Muallif Mavzu: Dajjol haqida nima bilasiz?  ( 49994 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 15:38:01 muallifi AbdulAziz »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #1 : 10 Noyabr 2006, 08:38:35 »
MUQADDIMA

Olamlar tarbiyatkunandasi Allohga hamdu sanolar bo’lsin. Uning rasuli Muhammadga salovot va salomlar yog’ilsin. U zoti sharif Parvardigorining vahiyini odamlarga yetkazdilar, ummatni Dajjoldan ogohlantirdilar, uning xatar va fitnalaridon omonda bo’lish yo’llarini ko’rsatdilar.

Ammo ba’d: Dajjolning ishi o’ta xatarlidir. Shuning uchun har bir payg’ambar o’z ummatini uning yomonligidan ogohlantirgan. Demakki, har bir millat uning insoniyat boshiga solajak kirdikorlaridan xabardor bo’lgan.

Хo’sh, Dajjol kim o’zi? Biz qo’lingizdagi risolada Alloh qodir etganicha bu la’nati maxluq tavsifini keltirishga harakat qildik. Avvalo shuni aytib o’tishim kerakki, bu la’natining dunyosiga yaqinlashishga har qancha harakat qilmay, qurbim yetmadi. Chunki uning dunyosi Allohning la’natiga giriftor bo’lgan qavmning dunyosi bilan bog’liq ekan. Ha, ularning olami yomonlik, faqat yomonlikdan iborat bo’lgan olam.

U qavmning tarixiga nazar tashlagan odam ularning Alloh dinini o’zgartirib, unga tuhmat va bo’hton gaplarni qo’shib yuborganlariga guvoh bo’ladi.

Shuningdek, ularning uzoq o’tmishdan to xozirgi zamonamizga qadar hiyonat, axdu vafoni buzish va boshka jinoyatlar bilan mashhur bo’lganini ko’radi. Dajjolning fitna-fasodlariga zamin hozirlaydiganlar ham ular. Shuning uchun ham Dajjolning tarixini o’rganish juda qiyin. Lekin yaqin va uzoq mavqelardan unga ishora qilishimiz, payg’ambarlarning sunnatlariga ergashib, odamlarni undan ogohlantirishimiz zarur.
Biz bu kitobda Dajjol xaqida sahih hadislarni keltirdik, shular asosida uning suratini chizishga harakat qildik. Dajjol chiqishidan oldin bo’ladigan alomatlar, uning qayerdan chiqishi, qayerga yetib borishi, qaysi shaharlarga kira olmasligi, nimaga da’vat qilishi, uning fitnalari, Masih Iso ibn Maryam bilan uchrashuvi va tobe’larining takdiri haqida hikoya qilamiz. E’tiborga loyiq joyi shuki, Dajjol haqidagi gaplar hech bir asrda odamlarni befarq qoldirmagan. har bir zamonda odamlar Dajjol bilan o’z zamonlari o’rtasidagi bog’liqlikni topishga harakat qilganlar. Bizning davrimizda ham "uchar tarelkalar"ni Dajjol bilan bog’lashga harakat qilayotganlar chiqyapti. Albatta, bu dalil-xujjatsiz bir ijtihod, xolos. Lekin, sahih xadislarda kelganidek, Dajjolning g’ayrioddiy ishlari borligini inkor qilmaymiz. Bu g’ayrioddiylik zamonaviy texnologiyaning eng yangi yutuqlari bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Yana Alloh bilguvchiroq.

Amal sahifalari ro’para qilinadigan kunda bu kitobimizni sahifamizga yozishini Allohdan so’raymiz. Omin.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:13:23 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #2 : 10 Noyabr 2006, 08:40:35 »
DAJJOL HAQIDAGI SAHIH HADISLAR

Dajjolning oxir zamonda chiqishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan sahih hadislarda aniq ravshan bayon etilgan.

Birinchi hadis. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Dajjolning chap ko’zi g’ilay, sochi qalin. Uning jannati va do’zaxi bor. Aslida, do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir".

Yana Huzayfadan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men Dajjolda bo’ladigan narsalarni uning o’zidan ham yaxshiroq bilaman. Uning oqib turuvchi ikki anhori bo’lib, biri ko’zga oppoq suv bo’lib ko’rinsa, ikkinchisi alangalanib turgan olov bo’lib. Agar biron kishi unga duch kelsa, olov bo’lib ko’rinayotgan anhorga kelsin. Ko’zini yumib, boshini egsin va undan ichsin. Haqiqatda u sovuq suv bo’ladi. Dajjolning ko’zi o’chib ketgan bo’lib, ustida ortiqcha eti bor. Ikki ko’zi o’rtasiga "kofir" deb yozilgan. O’qishni bilgan-bilmagan har bir mo’min uni o’qiy oladi".

Ikkinchi hadis. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasuludloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni odamlar orasida Masihi Dajjolni zikr qilib shunday dedilar: "Alloh g’ilay emas. Bilib qo’yinglar, Masihi Dajjolning o’ng ko’zi g’ilay bo’lib, bo’rtib chiqqan uzumga o’xshaydi".

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana aytdilar: "Kechasi tushimda Ka’baning yonida turgan emishman. Shu vaqt bug’doy rang bir kishini ko’rdim. U siz ko’rgan bug’doy rang kishilarning eng chiroylisi edi. Sochi ikki yelkasiga tushgan, taralgan. (Boshidan suv tomib turardi.) Qo’llarini ikki kishining yelkasiga qo’yib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: "Bu kishi kim?" deb so’radim. "Masih Iso ibn Maryam", deb javob berishdi. Yana bir kishini ko’rdim. Sochi qisqa va jingalak. O’ng ko’zi g’ilay. Men ko’rgan odamlar ichida Ibn Qatanga juda o’xshab ketadi. Qo’llarini ikki kishining yelkasiga qo’yib, Baytullohni tavof qilardi. "Bu kim?" deb so’radim. "Masihi Dajjol", deb javob berishdi.

Uchinchi hadis. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Dajjol — g’ilay, sochi jingalak, rangi oppoq, boshi go’yoki daraxt shoxlariga o’xshaydi. U Abdul Uzzo ibn Qatan al-Ð¥uzoiyga juda o’xshab ketadi. Haqiqatda halok bo’luvchilar (o’sha vaqtda) halok bo’ladi. U g’ilaydir. Alloh g’ilay emas".

Тo’rtinchi hadis. Abu Hurayra shunday rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Ammo zalolatdagi Masihga (Dajjolga) kelsak, uning ko’zi g’ilay, peshonasi keng, burun teshigi katta, Abdul Uzzoga o’xshab qomati ozgina egilgan". "Ey Rasululloh sollallohu alayhi va sallam! Uning menga o’xshashi menga zarar qiladimi?" deb so’radi shunda Ibn Qatan: "Yo’q. Sen musulmonsan. U kofir", deb javob berdilar Payg’ambar alayhissalom".

Beshinchi hadis. Abu Ka’b aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlarida Dajjol tilga olindi (yoki Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolni esga oldilar), so’ng u zot dedilar: "Ko’zlarining biri yashil shishaga o’xshaydi Allohdan qabr azobidan panoh berishini so’raymiz".

Oltinchi hadis. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Dajjol mashriqdan, Ð¥uroson degan yerdan chiqadi. Yuzlari teri qoplangan sovutga o’xshaydigan guruhlar unga ergashadi".

Yettinchi hadis. Said ibn Jumhon Safniyadan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga xutba o’qib, shunday dedilar: Har bir nabiy ummatini Dajjoldan ogohlantargan. Ogoh bo’linglar, uning chap ko’zi g’ilay. O’ng ko’zining ustida ortiqcha eti bor. Ikki ko’zining o’rtasida "kofir" deb yozilgan. U bilan ikki vodiy chiqadi. Biri jannat, boshqasi do’zax. Aslida, uning do’zaxi jannat, jannati do’zax bo’ladi. Dajjol odamlarga: "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deydi. U bilan ikki farishta bo’lib, ular ikkita payg’ambarga o’xshaydilar. Men u payg’ambarlarning ismini, otalarining ismini ham bilaman. Ð¥ohlasam, ularning ismini aytishim mumkin. Biri Dajjolning o’ng tomonida, boshqasi chap tomonida bo’ladi. U: "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deganida, farishtalardan biri aytadi: "Yolg’on aygding". Lekin sherigidan boshqa bironta inson uning (gapini) eshitmaydi. Ikkinchisi (birinchi faryashtaning gapini tasdiqlab): "Rost aytding", deydi. Mana shu narsa (odamlarga) fitna bo’ladi. So’ngra Dajjol yo’lida davom etib, Madinaga yetib keladi. "Bu o’sha kishining (ya’ni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning) shahrimi?" deydi. Unga Madinaga kirishga ruxsat berilmaydi. So’ng Shomga yetib keladi. Alloh uni Afiq dovonida halok qiladi".

Yuqoridagi ma’nolarni ifodalaydigan, har xil rivoyatlar bilan kelgan boshqa sahih hadislar ham bor. Inshaalloh o’rni bilan, la’nati Dajjol haqidagi suhbatimiz asnosida o’sha hadislarni ham keltirib o’tamiz.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:14:21 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #3 : 10 Noyabr 2006, 08:42:46 »
DAJJOLNING SIFATI
(Suratini chizishga urinish)

Uning jussasi juda katta bo’ladi. Хudolikni da’vo qiladi. Shuning uchun Dajjolning gavdasi katta bo’lishiga qaramay, ojizligi va ko’zidagi nuqsonga ishora qilib, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Alloh g’ilay emas", deb aytgan edilar.

Dajjol - inson bolasi. U jin ham, farishta ham emas. Demak, unda er kishilarniki kabi gavda va qomat bor. Odamlar singari yeydi, ichadi, uxlaydi, bedor bo’ladi, hojatga boradi, yer yuzida yuradi va ulov minadi. Хachirining ikki qulog’i o’rtasidagi masofa qirq ziro’ keladi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolii shunday sifatlaganlarki, biz uni ko’zimiz bilan ko’rib turgandekmiz. Umumiy hadislarda kelgan vasfga ko’ra, Dajjol — jussasi bahaybat, bo’yi baland, semiz kishi. Uning kalta, quyuq va jingalak sochi bo’lib, qomati ozgina egilgan. Rangi oq, ikki ko’zi o’rtasiga "kofir" deb yozilgan. Bu yozuvni o’qishni biladigan va bilmaydigan har bir mo’min o’qiy oladi. Ikki ko’zi g’ilay. Lekin o’ng ko’zi o’ta g’ilay bo’lganidan, nursiz bo’lib ko’rinadi. Chap ko’zinnng ustida ortiqcha eti bor. (U ko’zni qoplab turadigan bir parcha teri yoki ko’zning chetidan o’sib chiqqan go’shtga o’xshaydi.) Chap ko’zi ham g’ilay. Demak, u yaxshi ko’ra olmaydi. Deyarlik ko’r yoki ko’rga yaqin. Shunday bo’lishiga qaramasdan, u yer yuzini aylanib chiqadi va hamma yoqni fasodga to’ldiradi.

Dajjoliing taxminiy surati shu. Uning yomonligidan Alloh asrasin.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:14:47 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #4 : 10 Noyabr 2006, 08:50:49 »
DAJJOL CHIQISHI ALOMATLARI

Dajjol to’satdan, biron-bir belgisiz chiqib qolmaydi. Chunki uning chiqishi juda xatarli bo’lib, qiyomatning yaqinlashganini va yerning umri tugab borayotganini bildiradi. Uning chiqishi katta fitna bo’ladi. Juda ko’p insonlar Dajjol makrining qurboniga aylanishadi, haq bilan nohaq, aralashib, insonlarning dinlari ham buzilib ketadi. Shuningdek, bu la’nati ilohlikni da’vo qilib, odamlarga: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. Shuning uchun uning chiqishi tasodif bo’lmaydi. Balki oldin alomat va belgilari zohir bo’ladi. Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabarda u kishi shunday deganlar: "Madinada devor soyasida o’tirgan edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xonalarida edilar. So’ng oldimizga chiqib dedilar: "Nima qilib o’tiribsizlar?" Biz aytdik: Gaplashib o’tiribmiz".
"Nima haqida gaplashyapsizlar?"
"Qiyomat haqida".

"Sizlar o’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi. Avvalgisi quyoshning mag’ribdan chiqishi, so’ngra tutun, so’ngra Dajjol, so’ngra yer hayvoni, so’ngra uch marta yer yutishi, mashriqda bir marta, Arab jazirasida bir marta (uchinchisi aytilmagan), Isoning chiqishi. Ya’juj va Ma’jujning chiqishi. Oxirgi alomat - Yamanda Adan qa’ridan chiqadigan olov. U bironta odamni qoldirmay mahsharga haydab boradi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Shu ma’noda Huzayfadan rivoyat qilnngan boshqa hadis ham bor: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqdilar. Biz qiyomat haqida gaplashib o’tirgan edik. "O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat qoim bo’lmaydi, - dedilar. - quyoshning mag’ribdan chiqishi, Dajjol, tutun, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, Iso ibn Maryamning chiqishi, uch marta yer yutiish - mashriqda, mag’ribda, Arab jazirasida, Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarni mahsharga haydaydi. Odamlar tunda uxlasalar ham, kunduz kuni mizg’isalar ham, olov ular bilan birga bo’ladi (ya’ni, ulardan ajramaydi)" (Muslim rivoyati).

Imom Qurtubiy aytadi: "Yuqoridagi hadisda qiyomat alomatlari umumiy ravishda, tartibsiz keltirilgan. Birinchi hadisda esa "so’ngra" lafzini ishlatish orqali tartib ifodalangan. Lekin Huzayfaning yana boshqa hadisida tartib aniq bayon qilingan: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralarida edilar. Biz pastroqda o’tirgan edik. Bizning oldimizga chiqib: "Nimani eslayapsizlar?" deb so’radilar. «Qiyomatni», javob berdik. "O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi, — deb (sanay boshladilar): — Mashriqdagi yer yutish, mag’ribdagi yer yutish, Arab jazirasidagi yer yutish, tutun, Dajjol, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, quyoshning mag’ribdan chiqishi, Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarning orqasidan (quvib) yuradi" ("Тazkira" kitobidan).

Hadisning ba’zi roviylari: "O’ninchi alomat — Isoning tushishi", desalar, boshqalari: "Odamlarni dengiz tomon haydaydigan shamol", deydilar (Muslim rivoyati).
Bu alomatlarning eng avvalgisi uch marta yer yutishi. Ba’zisi Nabiy sollallohu alayhi va sallam zamonlarida ro’y bergan. Abul-Faraj ibn Javziy shunday hikoya qiladi: "Iroqda juda qattiq zilizila va yer yutish sodir bo’ldi. Bu ofat tufayli ko’p xaloyiqlar halok bo’ldi".
Qurtubiy aytadi: "Ustozlarimizning biridan eshitgan edik. Andalusning sharqidagi Qatartanda degan qishloqda zilzila bo’lgan va tog’ qulab qishloqni butunlay bosib qolgan. Do’stlarimizning biri xabar berishicha, Тarsah qishlog’ida ham qattiq yer silkinishi ro’y bergan. Uylarning devor va shiftlari qulab tushgan. qishloq ahlidan juda oz sonli kishilar salomat qolganlar".

Hadisda yer xayvoni Ya’juj va Ma’jujdan oldin chiqishi aytilgan. Aslida qiyomatning birinchi alomati Dajjolning chiqishidir, so’ngra Iso ibn Maryam tushadi. Keyin Ya’juj va Ma’juj chiqadi Alloh taolo ularni bo’yniga "nag’af" qurtini tushirib, halok qilgach, payg’ambari Iso nbn Maryam sollallohu alayhi va sallamning ham jonini oladi. Iso alayhissalomdan keyin, odamlar sekin-asta islom dinini unutib boradilar. Insonlar o’zlarining avvalgi johiliy odatlariga qayta boshlaydilar. Har safar Alloh bandalariga ogohlantiruvchi (rasul) yuborib, hujjat qoim qilgandan keyin ro’y berganidek, odamlar yana kufr va fosiqlikka qaytadilar. Shunda Alloh yerdan bir hayvonini chiqaradi. U (ya’ni, yer hayvoni) mo’minni kofirdan ajratadi. Kofirlarni kufrdan, fosiqlarni fisqu fujurdan qaytaradi. So’ngra yer hayvoni g’oyib bo’ladi. Odamlarga esa ozgina muhlat beriladi. Agar ular o’z tug’yonlarida davom etsalar, quyosh mag’ribdan chiqadi. Bundan keyin kofir va fosiqlarning tavbasi qabul bo’lmaydi. Jinlar va insonlardan ibodat mas’udiyati bekor bo’ladi. Chunki Alloh taolo aytadi:

"Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim" (Vaz-zoriyot, 56).

Agar ibodat qilish masuliyati ulardan soqit bo’lsa, yer yuzida ularning turishlari ma’nosi qolmaydi. Ulamolar shunday deb aytganlar. (Vallohu a’lam.)

O’n alomatdan biri bo’lgan tutun haqida Ali, Ibn Umar, Abu Hurayra, Ibn Abbos, Ibn Abu Mulayka va Hasaya: "Alloh taoloning ushbu:

"Bas, (ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni barchaga ko’rinadigan) tutunni keltiradigan Kunga ko’z tuting! U (tutun barcha) odamlarni o’rab olur. Bu alamli azobdir" (Duxon, 10-11), oyatida kelgan tutun o’sha alomatlardan biridir", deb aytganlari rivoyat qilingan. Yer hayvoni haqida Alloh shunday deydi:

"Qachon (kofirlarning) ustiga so’z-azob tushganda (ya’ni, qiyomat yaqinlashganida) Biz ular uchun yerdan jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo’lib qolganlari haqida so’zlar" (Naml, 82).

Mufassirlar yer hayvonini shunday ta’riflaydilar: "U juda bahaybat bo’lib, Safo tog’ining yorig’idan chiqadi. Yonidan o’tgan har bir kishi mo’min bo’lsa yuzi yorishib, peshonasida "mo’min" degan yozuv paydo buladi. Kofir bo’lsa, yuzi qorayadi va peshonasiga "kofir" deb yoziladi".
Abdulloh ibn Umariing aytishicha, "Yer hayvoni "jassosa"ning o’zidir" (jassosa haqida keyingi sahifalarda to’xtalib o’tamiz).

Alomatlarning oxirgisi Yamandan chiqadigan olovdir. Bir hadisda "Adan qaridan", deyilgan bo’lsa, boshqa hadisda "Hijoz yeridan", deb aytilgan.

Qozi Iyoz aytadi: "Ehtimol, ikkita olov odamlarni mahsharga yig’ishi mumkin yoki olov avval Yamandan chiqib, keyin Hijozda zohir bo’lishi mumkin".

Qurtubiy aytadi: "Hijozdan chiqadigan olov chiqib bo’lgan. Odamlarni mahsharga haydaydigan olov hali chiqmadi. U esa Yamandan chiqadi". Quyoshning mag’ribdan chiqishi haqida, Ð¥udo xohlasa, boshqa o’rinda so’z yuritamiz.

"(Qiyomat) soati yaqinlashnb qoldi va oy ham bo’lindi" (Qamar, 1), oyati karimasi haqida rivoyat qilinishicha, Maisa ahli Rasulullohdan mo’’jiza ko’rsatishni so’raganlarida, ularga oyni ikkiga bo’lingan holida ko’rsatdilar, oyning ikki parchasi tog’ning ikki tomonida turar zdi. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Guvoh bo’linglar", deb aytdilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Dajjol chiqishidan oldingi alomatlardan biri uch yil qahatchilik bo’lishidir. Odamlar qattiq  mashaqqat, ochlik va faqirlik ichida qoladilar.

Hadisi sharifda shunday deyiladi. "...Dajjol chiqishidan oldin uch yil qahatchklik bo’ladi. Odamlar ocharchilikka yo’liqadilar. Birinchi yil Alloh taolo osmonga yomg’irning uchdan yerga ham o’simligining uchdan birini ushlab qolishni buyuradi. Ikkinchi yili Alloh osmonga yomg’irning uchdan ikkisini, yerga ham o’simligining uchdan ikkisini ushlab qolishni buyuradi. Uchinchi yili kelganda Alloh osmonga hamma yomg’irni ushlab qolishni amr etadi. Biror tomchi yomg’ir tushmaydi. Yerga ham hamma o’simligini ushlab qolishni buyuradi. Birorta ko’kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi, barchasi halok bo’ladi, faqatgina Alloh xohlagani bundan mustasno". "Odamlar u zamonda nimani iste’mol qilishadi", deb so’rashdi. 'Тahil, takbir, tasbeh, tahmid (aytishadi). Bular odamlarga ovqat o’rniga o’tadi", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam (Hasan hadis. Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:16:14 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #5 : 10 Noyabr 2006, 08:54:04 »
DAJJOL QAYERDAN CHIQIB, QAYERGACHA BORADI?

Dajjol sharqdan, aniqrog’i, Хurosondan, Isfaxonning Yahudiyya nomli qishlog’idan chiqadi. So’ngra Iroq bilan Shom o’rtasidagi Hijozga boradi. Bu mal’un, uzoq masofalarni tezlik bilan bosib o’tishda, yerni tez suratda aylanib chiqshida g’ayri oddiy qudratga ega. Shuning uchun unga "Dajjol" deb nom berilgan. Dajjol so’zining lug’aviy ma’nolaridan biri "Yerni kesib o’tuvchi" deganidir. U yer yuzini xachirga o’xshaydigan, dumsiz eshagiga minib aylanib chiqadi. Avvalgi sahifalarda aytib o’tganimizdek, eshagining ikki qulog’i orasi qirq ziro’ keladi. Dajjol yomg’irli bulutni harakatlantirgan shamol kabi, yer yuzida juda tez harakat qiladi. Bu ham Allohning bandalariga yuboradigan sinovlardandir. Ba’zi hadislarda zikr qilinishicha, uning eshagi bosgan har bir qadam bir yilga teng kelar ekan. Eshak biror tekislik, do’nglik va chuqrlikni qoldirmay hammasini bosib o’tadi.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:16:42 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #6 : 10 Noyabr 2006, 09:10:08 »
DAJJOL YER YUZIDA QANCHA TURADI?! 

U yer yuzida qirq kun turadi. Ammo bu qirq kun, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sifatlaganlaridek, bizning qirq kunimiz kabi emas.

"...Biz so’radik; "Ey Rasululloh! U yer yuzida qancha turadi?"
Aytdilar: "Qirq kun. Bir kuni bir yildek, yana bir kuni bir oydek, yana bir kuni bir haftadek. Qolgan kunlari, sizlarning kuningizga o’xshash".

"Ey Rasululloh! Mana shu bir yilga teng keladigan kunda, bir kecha-kunduzdagi (besh mahal) namoz bizga kifoya qiladimi?"
"Yo’q. O’zingiz belgilab (o’qiyveringlar)".
"Ey Rasululloh! Yerda u qay tezlikda harakat qiladi"

"Ortidan shamol esgan yomg’irli bulut kabi. U bir qavmga kelib, da’vat qiladi. Ular unga iymon keltirib, da’vatini qabul qiladilar..." (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Dajjol Baytul Maqdisda, Masih Iso ibn Maryam qo’lida halok bo’ladi.

Hadisi sharifda shunday kelgan: "...So’ngra Iso alayhissalom tushib, sahar vaqtida (odamlar oldiga) boradi. Ular aytadilar: "Bir kishi (kelyapti)". Borib qarasalar. Iso ibn Maryam alayhissalom bo’ladi. Namozga takbir aytilgach, "(Imomlik qilish uchun) oldinga o’ting, ey (Allohning) Ruhi", deyishadi. U aytadi; "Imomingiz marhamat qilib (oldinga o’tsin) va sizlarga namoz o’qib bersin". Bomdod namozi o’qib bo’lingach, hammalari Dajjolning oldiga chiqadilar. La’nati kazzob Iso ibn Maryamni ko’rgan zahoti, tuz suvda eriganidek, erib ketadi. So’ngra Iso Dajjolni o’ldiradi. Hattoki daraxt va toshlar (tilga kirib) nido qiladi: "Ey Ruhulloh! Mana bu (orqamga berkingan) yahudiy (Dajjolning tobe’laridan)". Iso alayhissalom ulardan birontasini qoldirmasdan, hammasini halok qiladi.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:17:04 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #7 : 10 Noyabr 2006, 09:15:28 »
DAJJOL KIRA OLMAYDIGAN MAKONLAR

Aytib o’tganimizdek, Dajjolning qadami barcha shahar va qishloqlarga yetadi. Lekin muqqaddas shaharlar bo’lgan Makka va Madina bundan mustasno.

Makka — Allohning shahri, Uning O’zi shaharini har qanday tajovuz va yomonlikdan, bosqinchi va xiyonatkordan asraydi. Makka tavhid bayrog’i yer yuzida birinchi bo’lib ko’tarilgan makondir.

"Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (mayoqi) bo’lgan Ka’badurki, unda maqomi Ibrohnm (ya’ni Ka’bani qurishda Ibrohim alayhissalom oyoqlari ostida bo’lgan xarsang tosh) va unga kirgach, odam har qanday xavf-xatardan omon bo’lishi (kabi) ochiq oyat-alomatlar bordir. Va yo’lga qodir bo’lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo’lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas albatta, Alloh butun olamlardan behojat bo’lgan zotdir (Oli Imron, 96-97).

Madina — Nabiy sollallohu alayhi va sallam hijrat qilib borgan makon. Alloh uni yoqimli, xushbo’y qilgani uchun "Тayyi-ba" nomini oldi. Bu shahar Nabiy sollallohu alayhi va sallam hijratlari tufayli munavvar bo’ldi. U Zotning Qabrlari ham o’sha yerda. Alloh bu shaharning nurini, ko’rkamligini yanada zyayoda etdi, tuprog’ini ham xushbo’y, yoqimli qildi. Rasululloh Madinaga baraka so’rab duo qilganlar. Alloh uning mevaldriga, toshu tarozusiga baraka bergan.

Hadisi sharifda kelishicha, bu ikki muborak shahar mal’un Dajjolga harom bo’lishi haqiqat. Alloh dunyo va oxiratda uni xor qilsin.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sodlallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Biron bir shahar yo’qki, Dajjolning qadami yetmagan bo’lsa, ammo Makka bilan Madina bundan mustasno" (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Anasdan rivoyat qilingan boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Dajjol Makka va Madinadan tashqari hamma shaharlarga kiradi. Bu ikki sha-harning har bir dara va so’qmoqlarida farishgalar saf tortgan holda qo’riqlab turadilar. Dajjol (shahar tashqarisidagi) taqir yerga tushganida, yer uch marta silkinadi. Kofir va munofiqlarning hammasi (ikki haramni tashlab) Dajjol oldiga chiqadilar" (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Boshqa bir sahih hadisda: "Bironta makonga Dajjolning oyog’i yetmasdan qolmaydi. Lekin Makka, Madina, Baytul Maqdis va Тur tog’i bundan mustasno. Chunki farishtalar uni bu joylardan quvib chiqaradi", deyilgan.

Ma’lumki, Baytul Maqdis Ka’badan keyin ibodat uchun qurilgan ikkinchi uydir. Aksar payg’ambarlar shu yerga jo’natilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam me’roj kechasida avvalo Baytul Maqdisga borganlar. U, shuningdek, avvalgi payg’ambarlarning qiblasi hamdir. Alloh Ka’bani qibla qilib belgilaguniga qadar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham o’sha tarafga yuzlanib namoz o’qiganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam me’roj kechasida, Baytul Maqdisda barcha payg’ambarlarga (Odamdan Iso alayhimus-salomgacha) imom bo’lib namoz o’qidilar.

Тur tog’i payg’ambar Muso alayhissalom bilan Olamlarning Rabbi Alloh taolo o’rtasnda bo’lgan bevosita suhbatga guvoh bo’lgan tog’dir. Alloh taolo aytadi:

"Biz unga Тur (tog’innng) o’ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida (O’zimizga) yaqin etdik" (Maryam, 52).

Avval payg’ambarlikni, so’ngra haddidan oshib ilohlikni da’vo qilib, "Men parvardigoringizman", deb aytishga jur’at qiladigan kazzob Dajjol yuqorida zikr etilgan muqaddas makonlarga kira olmasligi aniq haqiqatdir.

(Bizga Dajjolni ko’rish taqdir qilinadimi, yo’qmi, har qanday holatda uning yomonligidan panoh so’raymiz. Chunki u juda katta fitna, keng tarqaladigan yomonlikdir. Buyuk Arshning sohibi bo’lgan Allohdan so’raymiz, Dajjolning yomomligidan qiyomat kunigacha bizga kifoya qilsin. Omin.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:18:06 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #8 : 10 Noyabr 2006, 09:18:53 »
DAJJOL ODAMLARNI NIMAGA CHAQIRADI?

Dajjol ishining boshida Alloh tarafidan yuborilgan payg’ambarligini da’vo qiladi va odamlarni o’zining payg’ambarligini tasdiqlashga chaqiradi. O’zini payg’ambarlarning oxirgisi ekanini aytadi. Bu haqdagi to’g’ri so’z esa, Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamning bizga bergan ushbu xabarlaridir: "Dajjol ishining boshida: "Men Allohning nabiyiman. Mendan keyin bironta payg’ambar kelmaydi..." deydi".

Kazzob bu bilan kifoyalanmaydi, nodonligi va ahmoqligi shu darajaga yetadiki, o’zini iloh va parvardigor deb e’lon qiladi.

Bu xususda kelgan sahih hadislar juda ko’p.

Safiynadan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Mendan oldin o’tgan payg’ambar borki, ummatini Dajjoldan ogohlantirgan. Uning chap ko’zi g’ilay. O’ng ko’zining ustida ortiqcha eti bor. Ikki ko’zining o’rtasida "kofir" deb yozilgan bo’lib, Allohga iymon keltirgan har bir mo’min uni o’qiy oladi. Uning ikki anhori bo’lib, biri jannat, boshqasi do’zaxdir. U bilan ikki farishta bo’lib, payg’ambarlardan ikkitasiga o’xshab ketadi. Хohlasam, u (payg’ambar)larning va otalarining ismini aytib berishim mumkin. Biri Dajjolning o’ng tomonida, boshqasi chap tomonida bo’ladi. Dajjol: "Men sizlarning rabbingaz emasmanmi? Men tiriltiraman va o’ldiraman", deydi. Farishtalardan biri: "Yolg’on aytding", deydi. Lekin (uning gapini) sherigidan boshqa bironta inson eshitmaydi. Ikkinchi farishta sherigiga: «Rost aytding", deb gapini tasdiqlaydi. Odamlar uning gapini eshitib, Dajjolning gapini tasdiqlayapti, deb o’ylaydilar. Bu fitna bo’ladi. So’ngra yo’lida davom etib, Madinaga yetib keladi. (Shaqarga kirishga) unga ruxsat berilmaydi. "Bu o’sha kishining (ya’ni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning) shahrimi?" deb so’raydi So’ngra yo’lida davom etib, Shomga yetib keladi. Alloh uni Afiq tepaligida halok qiladi» (Sahih hadis. Ahmad, Тabaroniy, Тayolisiylar chiqargan).

Samura ibn Jundubning hadisida Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Dajjolning chap ko’zi g’ilay bo’lib, ustida ortiqcha eti bo’lgan holda chiqadi. U pes va moxovlarni davolaydi, o’liklarni tiriltiradi. Va (odamlarga qarata): "Men sizlarning rabbingizman", deydi. Kimda-kim. "Sen mening rabbimsan", desa, Dajjol fitnasiga tushadi. Kimki "Mening rabbim Alloh azza va jalla", deb, o’lgunicha shu (e’tiqodda) tursa, uning fitnasidan qutulib qoladi. Unga fitna ham, azob ham bo’lmaydi. Dajjol yer yuzida Alloh xohlaganicha turadi. So’ngra mag’rib tomondan Muhammad sollallohu alayhi va sallamni va u zotning dinlarini tasdiq etib, Iso alayhissalom keladi va Dajjolni o’ldiradi. So’ngra qiyomat qoim bo’ladi» (Hasan hadis. Ahmad, Тabaroniy rivoyatlari).
Samura ibn Jundubdan rivoyat qilingan yana bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Dajjolni eslab, shunday deganlar: "U chiqqan vaqtda, o’zini "Alloh" deb da’vo qiladi. Kim unga iymon keltirsa, gapini tasdiqlab ergashsa, avval qilgan solih amallari unga foyda bermaydi. Kimda-kim unga kofir bo’lsa va "yolg’onchi" desa, o’tmishda qilgan gunohlari tufayli jazolanmaydi. Dajjol yer yuziga egalik qiladi, faqat Harami sharifga va Baytul makdisga kira olmaydi. U Baytul maqdisdagi mo’minlarni qamal qiladi» (Hasan hadis. Ibn Abu Shayba chiqargan).

Ahmad ibn Hanbal «Musnad»larida Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anxudan quyidagi hadisni keltiradi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Dajjol din zaiflashgan, ilmdan yuz o’girilgan vaqtda keladi. U qirq kunda yer yuzini aylanib chiqadi. Uning bir kuni bir yildek (uzun), bir kuni bir oydek, yana bir kuni bir haftadek bo’ladi. Qolgan kunldri esa, sizlarning kuningizga o’xshash. U ikki qulog’ining o’rtasi qirq ziro’ keladigan eshagini minib yuradi. Odamlarga: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. U g’ilay, Rabbingiz esa, g’ilay emasdir. Uning nkki ko’zi o’rtasiga "kofir" deb yozilgan bo’lib, o’qishni bilgan-bilmagan har bir mo’min uni o’qiy oladi. Хoh quruqlik bo’lsin, xoh suv, u hamma yerga yetib boradi. Faqatgina Madina va Makkaga kirishni Alloh unga harom qiladi. Bu shaharlarning eshiklarnda farishtalar (qo’riqchilik qilib) turadilar. Uning nondan qilingan tog’i bo’ladi. Unga ergashmagan insonlar qattiq mashaqqatda (ocharchilikda) bo’ladilar. Uning ikki daryosi bor, ularni men Dajjoldan yaxshiroq bilaman. Bir daryosining nomi "Jannat", boshqasining nomi "Do’zax". U kimni "Jannat" deb nomlangan daryoga kiritsa, haqiqatda, do’zaxga kirgan bo’ladi. Kimni "Duzax" degan daryoga kiritsa, aslida jannatga kirgan bo’ladi. U bilan shaytonlar jo’natiladi. Ular odamlarga gapiradilar. Dajjol bilan juda katta fitna keladi. Osmonga buyursa, insonlar ko’z o’ngida yomg’ir yog’adi. Bir kishini o’ldiradi, keyin insonlar ko’z o’ngida uni qayta tiriltiradi. So’ngra insonlarga qarata: "Ey insonlar, shunga o’xshash ishlarni faqatgina parvardigor bajara oladi-ku!" deydi. Odamlar Shomdagi Duxon nomli toqqa qochadilar. Dajjol yo’l bosib, ularning oldiga keladi, ularni qattiq qamal qiladi va holdan toydiradi. So’ngra Iso alayhissalom tushib, sahar vaqtida insonlar oldiga keladi. "Ey insonlar, 6u yovuz kazzobning oldiga chiqishdan sizlarni nima to’syapti?" deydi. Odamlar: "Bu kishi (aqldan ozgan, shekilli)", deyishadi. Yaqin borib qarasalar, Iso ibn Maryam alayhissalom ekani ma’lum bo’ladi. Namozga takbir aytilgach, «(Imomlik qilish uchun) oldinga o’ting, ey (Allohning) Ruhi", deyishadi. U zot aytadi: "Imomingiz marhamat qilsin (oldinga o’tsin) va sizlarga namoz o’qib bersin». (So’ngra) Dajjolning oldiga chiqadi. La’nati kazzob Iso ibn Maryamni ko’rgan zahoti tuz suvda eriganidek erib ketadi. Hattoki daraxt va toshlar (tilga kirib) nido qiladi: «Ey Ruhulloh (Iso ibn Maryam), mana bu (orqamga bekingan) yahudiy (Dajjolning tobe’laridan)». Iso ibn Maryam ulardan birontasini qoldirmasdan, hammasini halok qiladi».
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:18:43 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #9 : 14 Noyabr 2006, 09:02:34 »
DAJJOLNING FITNALARI

Dajjol chiqqach, avvalo, payg’ambarlikni da’vo etadi. Keyin o’zini ibodat qilinadigan iloh deb e’lon qiladi. Odamlarga "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?" deydi. Dajjol bu da’voni qilishdan oldin g’ayrioddiy hodisalar yoki mo’’jizalar ro’y beradi. Aslida ular Alloh taolo bandalarini sinash uchun yuborgan fitna-sinovlar bo’ladi. Bu hodisalarni ko’rib, mo’minning iymoni ziyodalashsa, kofir zalolatga chuqurroq botadi. Unga ergashganlar esa, halok bo’ladilar.

Dajjolning fitnalaridan biri Alloh taoloning irodasi bilan o’liklarni tiriltirishidir. Yosh, baquvvat bir yigitni chaqirib, qilichi bilan uni ikki bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra yigitni turishga buyuradi. Yigit go’yoki hech narsa bo’lmaganidek, kulib turib ketadi.

Uning fitnalaridan yana biri osmonga yomg’ir yog’dirishni buyursa, osmondan yomg’ir yog’ishi, yerga o’simlik undirishni buyursa, yerdan ko’kat unib chiqishidir. Hatto chorva mollar (yaylovdan) oldingidan ko’ra semizroq va kattaroq bo’lib, yelinlari sutga to’lib qaytadi. So’ngra Dajjol odamlar qoshiga kelib, ularni o’ziga ibodat qilishga chaqiradi. Insonlar bosh tortib, da’vatidan yuz o’giradilar. Shunda yer, go’yoki unda avval o’simligu nabotot o’smagandek, xarobaga aylanadi. Odamlar qo’lida bironta mol-mulki qolmay qaytadilar. Yer bo’shab, taqir bo’lib qoladi. Mol-dunyolar yo’q bo’lib ketadi.

Dajjolning fitnalaridan yana biri, u xarobazorlardan o’taturib, unga xazinalarini chiqarishni buyuradi. Shu zahoti xazinalar to’zg’igan aridek chiqib keladi.

Uning yana boshqa bir fitnasi, u bir kishini chaqirib aytadi: "Agar ota-onangni qayta tiriltirsam, mening xudoligimga guvohlik berasanmi?" "Ha", deydi u kishi. Shunda ikki shayton unga ota va onasi suratida ko’rinib: "Ey o’g’lim, unga ergash, u sening rabbing bo’ladi", deyishadi.

Yana bir fitnasi, uning jannati va do’zaxi bo’ladi. Aslida do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir. Kim unga ergashsa, jannat deb o’ylagan anhorga kirgizadi. Lekin u do’zaxga kirgan bo’ladi. Kimda-kim unga osiy bo’lsa, do’zax deb bilingan anhorga otadi. Aslida uni jannatga kirgazgan bo’ladi.

Bu fitna va tuzoqlarning hammasi ishonchli, sahih hadislarda kelgan. Dajjolning kimligi bizga yanada ravshan bo’lishi uchun, shunga o’xshash fitnalar haqida xabar bergan ba’zi hadislarni keltirib o’tamiz.

Abu Said Хudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Dajjol chiqqanida, mo’minlardan bir kishi uning oldiga boradi. (Yo’lda) qurollangan kishilarga — Dajjolning kishilariga duch keladi. Ular: "Qayerga ketyapsan?" deb so’raydilar. U: "O’sha chiqqan kishi (Dajjol)ning oldiga", deydi.

«Uning rabbimiz ekaniga ishonmaysanmi?»
«Rabbimizda sirlik yo’q».

«O’ldiringlar uni», deyishadi so’ngra. Ba’zilari boshqalariga: "Rabbingiz (ya’ni, Dajjol) o’zi yo’g’ida birontasini o’ldirishingizdan sizlarni qaytarmaganmidi?» deydi. Keyin: "Yuringlar, uni Dajjol oldiga olib boramiz", deyishadi.

Mo’min kishi Dajjolni ko’rgan zahoti: "Ey insonlar! Axir bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zikr qilgan Dajjol-ku", deydi.

Dajjol (odamlariga) buyuradi, mo’min kishi qorni bilan yerga yotqiziladi. Dajjol: "Uni ushlab, boshini yoringlar", deydi. Mo’min kishining orqasi va qorniga ko’p urishadi. Dajjol: "Mening (xudoligimga) iymon keltirmaysanmi?" deydi. (Mo’min) kishi: "Sen kazzobsan, masihi Dajjolsan", deb aytadi. Keyin u mo’minning boshi o’rtasidan arra bilan arralashga buyuradi. Uni ikki oyog’i orasigacha aralab, ikkiga bo’lib yuborishadi. So’ngra Dajjol ikki bo’lakning o’rtasiga kelib: "Тur", deydi. U avvalgidek raso odam bo’lib o’rnidan turadi.

Dajjol: "Endi menga iymon keltirasanmi?" deydi.
Mo’min: "Sening (kimliging) haqida ahlim yanada ziyodalashdi", deb aytadi. So’ngra deydi: "Ey insonlar! Dajjol mendan keyin bironta insonni men kabi holatga sola olmaydi"
Dajjol mo’min kishini so’yish uchun ushlaydi. Uning bo’yni bilan o’mrovi o’rtasiga pichoq qo’yadi. Lekin (so’yishga) qodir bo’lmaydi.

Dajjol mo’min kishining qo’l va oyog’idan ushlab daryosiga uloqtiradi. Dajjol uni do’zaxga uloqtirdi deb o’ylaydilar. Aslida uni jannatga tashlagan bo’ladi. Bu (mo’min kishi) Olamlar Rabbi huzurida shahidlarning eng ulug’idir" (Sahih hadis. Buxoriy va Muslim rivoyati).

Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Dajjol keladi. Lekin unga Madinaga kirish harom hilingan bo’ladi. Madina yaqinidagi giyohsiz taqir yerga yetib keladi. (Madinadan) odamlarning yaxshisi yoki yaxshilaridan biri uiing oldiga chiqib shunday deydi: "Guvohlik beramanki, sen Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislarida bayon qilgan Dajjolsan».

Dajjol aytadi: "Agar men bu (kishini) o’ldirsam (keyin tiriltirsam), mening ishim (ya’ni, xudoligim) haqida shubhalanasizlarmi ?

Odamlar: "Yo’q", deydilar.
Dajjol uni o’ldirib, so’ngra tiriltiradi.

Kishi aytadi: "Allohga qasamki, sen haqingdagi fikrim hech qachon hozirgidan-da qat’iyroq bo’lmagan».

Dajjol uni yana o’ldirishni xohlaydi. Lekin Alloh undan bu qudratni tortib oladi» (Sahih hadis. Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Abu Umoma Bohiliy shunday deydilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga xutba o’qidilar Хutbalarining aksarida Dajjol haqida gapirib, bizni ogohlantirdilar va shunday dedilar: «Alloh taolo Odam sollallohu alayhi va sallamni yaratgandan beri yer yuzida Dajjol fitnasidan ko’ra kattaroq fitna bo’lgan emas. Albatta, Alloh jo’natgan har bir payg’ambar ummatini Dajjoldan ogoxdantirgan. Men oxirgi payg’ambarman, sizlar esa, oxirgi ummatsizlar. Shubhasiz, u sizlarga chiqadi. Agar u chiqqan vaqtda, men orangizda bo’lsam, o’zim har bir musulmon ustida u bilan hujjatlashaman. Agar mendan keyin chiqsa, har kim o’zi hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga har bir musulmonga (yordam beradi). Dajjol Shom bilan Iroq o’rtasidagi Хulla degan joydan chiqadi. O’ng va chap taraflarni bosib o’tadi. Ey Allohning bandalari, ey insonlar, sobitqadam bo’linglar. Mendan oldin bironta payg’ambar aytmagan sifatlarni men sizlarga aytib beraman. U ishining boshida: "Men Allohning nabiyiman", deydi. (Bilinglarki) mendan keyin nabiy kelmaydi So’ngra haddidan oshib: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. (Bilinglarki) o’lmaguningizcha Rabbingizni ko’rmaysizlar. U g’ilay bo’ladi. Rabbingiz g’ilay emas. Uning ikki ko’zi o’rtasida "kofir" degan yozuv bo’lib, o’qishni bilgan-bilmagan har bir mo’min uni o’qiy oladi. Uning fitnalaridan biri, uning jannati va do’zaxi bo’ladi. Aslida do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir. Kimda-kim uning do’zaxiga tushish bilan imtihon qilinsa, Allohdan panoh tilasin va Kahf surasining avvalini o’qisin. Olov Ibrohimga (alayhissalom) salqin va salomatlik joyi bo’lgani kabi, Dajjolning olovi ham unga salqin va salomatlik joyi bo’ladi. Uning fitnalaridan yana biri, bir a’robiyga aytadi: "Agar ota-onangni qayta tiriltirsam, rabbing ekanimga guvohlik berasanmi?" U: "Ha", deydi. Unga ikki shayton ota-onasi suratida gavdalanib, aytadilar: "Ey o’g’lim, unga ergash. U sening rabbing".

Dajjolning fitnalaridan yana biri, bir kishiga g’olib bo’lib, uni o’ldiradi. Arra bilan uni arralab, ikki bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra odamlarga shunday deydi: "Qaranglar bandamga. Men uni hozir qayta tiriltiraman. So’ngra u mendan boshqa rabbi borligini da’vo qiladi». Alloh u kishiga qayta jon berganda, yovuz, kazzob unga shunday deydi: "Rabbing kim?" U aytadi: "Rabbim Allohdir. Sen Allohning dushmanisan. Sen Dajjolsan. Allohga qasamki, sen haqingdagi fikrim hech qachon bugungidek qat’iyroq bo’lmagan" (Hasan hadis. Izohi yuqorida keldi).

Nuvos ibn Sam’on Kilobiydan rivoyat qilinadi; "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni tush vaqtida Dajjolni esga oldilar, uni kamsitdilar va fitnasini katta sanadilar. Hatto biz uni xurmozor tarafda deb gumon qilib qoldik. So’ngra shunday dedilar: «Men sizlarga Dajjol chiqishidan qo’rqmayman. Agar u men sizlarning orangizda bo’lgan vaqtimda chiqsa, o’zim har biringiz uchun u bilan hujjatlashaman. Agar men sizlarning orangizda bo’lmagan vaqtimda chiqsa, har kim o’zi uchun hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga, har bir musulmonga (yordam beradi). U sochi jingalak, ko’zi uzumdek bo’rtib chiqqan, yosh yigitdir. Men uni xuddi Abdul Uzzo ibn Qatanga o’xshataman. Kimda-kim unga duch kelsa, Kahf surasining avvalini o’qisin. Dajjol Shom bilan Iroq o’rtasidagi Хulla degan joydan chiqadi. U o’ng va chap taraflarda fasod tarqatadi. Ey Allohning bandalari, sobitqadam bo’linglar».

Biz so’radik: "Ey Rasululloh! U yerda qancha turadi?"
"Qirq kun. Bir kuni bir yilga teng, yana bir kuni bir oyga teng, yana bir kuni bir haftadek, qolgan kunlari esa, sizlarning kuningiz kabidir", deb javob berdilar.
Biz yana so’radik: "Ey Rasululloh! Mana shu bir yilga teng keladigan kunda bizga bir kunlik (besh mahal) namoz kifoya qiladimi?"
«Yo’q. O’zingiz belgilab (o’qiyveringlar)», deb aytdilar.

"Ey Rasululloh! Yer yuzida u qanday tezlikda harakat qiladi", deb so’radik keyin.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: «Shamol haydayotgan yomg’irli (bulutga) o’xshaydi. Bir qavmga kelib, da’vat qiladi. Ular unga iymon keltirib, da’vatini qabul etadilar. Shunda u osmonga buyuradi, bas, yomg’ir yog’adi. Yerga buyuradi, ko’kat undiradi. Odamlarning chorva hayvonlari kechqurun (yaylovdan) kattalashib, yelinlari sutga to’lib, biqinlari semirib qaytadi. So’ngra boshqa qavmga kelib, da’vat qiladi. Ular Dajjolning so’zini rad etadilar. Dajjol ulardan yuz o’girib ketganida, yerlar hosilsiz bo’lib, qo’llaridagi molu dunyolaridan biron narsa qolmaydi.

U xazinalar (ko’milgan) joydan o’tib, "xazinalaringni chiqar", deydi. Хazinayu dafinalar, asalarilar ona ariga ergashganidek, uning ortidan ergashib yuradilar.

So’ngra barvasta, yosh yigitni chaqiradi, uni qilichi bilan urib, otilgan o’q masofasicha bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra yigitni chaqiradi. Yigit yuzi yorishib (go’yoki hech narsa bo’lmagandek) kulib keladi. Dajjol shu holatda turganida, Alloh Masih Iso ibn Maryamni jo’natadi. U Damashqning sharqidagi oq minora yoniga, sariq kiyim kiygan, qo’lini ikki farishtaning qanotlariga qo’ygan holda tushadi. Iso ibn Maryam boshini egsa suv tomadi Agar ko’tarsa, marjondek terlar oqadi. Uning nafasi yetgan kofir o’lmasdan qolmaydi. Nafasi esa ko’zi yetgan joygacha yetadn. U Dajjolni qidiradi. Nihoyat, Ludda darvozasi yonida topib, uni o’ldiradi. So’ngra Iso alayhissalom Alloh Dajjoldan saqlagan qavmning oldiga boradi. Ulardan qo’rquv va mashaqqatni ketkizib, jannatdagi darajalari haqida gapirib beradi. Holat shunday bo’lib turganda Alloh taolo Iso alayhissalomga: "Men ularga qarshi jang qilishga birrotasining qudrati yetmaydigan bandalarimni chiqardim. Bandalarimni Тur tog’iga (olib chiqib) saqla", deb vaxiy qiladi. So’ng Alloh Ya’juj-Ma’jujni jo’natadi. "Ya’juj va Ma’juj (to’g’oni) ochilib, ular har bnr tepalikdan oqib keladilar» (Anbiyo, 96). Ularning avvali Тabariya ko’lidan o’tib, uning suvini ichib qo’yadilar. Oxiridagilar o’tayotganlarida: "Bu yerda oldin suv bor edi", deb aytadilar. Iso payg’ambar va uning as’hoblari qamal qilinadi. Hatto ulardan biriga ho’kizning boshi, bugungi kundagi sizlarning yuz dinoringizdan afzal bo’ladi (ya’ni, qattiq ocharchilik bo’ladi). Iso payg’ambar va uning as’hoblari duo-iltijo qiladilar. Shunda Alloh taolo Ya’juj va Ma’juj bo’yniga nag’af qurtini tushiradi. Ular bir odam o’limidek, hammalari o’lib bitadilar. So’ngra Iso payg’ambar va uning as’hoblari yerga tushadilar. Bir qarich ham bo’sh yer topa olmaydilar. Hammayoqni Ya’juj-Ma’jujlarning jasadi va badbo’y hidi bosib ketgan bo’ladi. Iso va as’hoblari yana duo-iltijo qiladilar. Alloh yomg’ir yog’diradi. Yomg’ir, toshli uy bo’lsin, junli uy bo’lsin, hammasiga tushadi. Yerni yuvib, oynadek (silliq va pokiza) qilib qo’yadi. So’ngra yerga aytiladi: "Mevalaringni undir, barakangni qaytar". O’sha vaqtda bir guruh (odamlar) bir dona xurmoni yeb (qo’yadilar) va uning shoxi ostida hammalari soyalanadilar. Alloh taolo sutga baraka beradi. Hattoki bir homilador tuyaning (suti) bir guruh odamga kifoya qiladi. Homilador sigirning (suti) bir qabilaning odamlariga yetadi. Homilador qo’yning (suti) bir urug’ ahliga yetarli bo’ladi. Ular shunday holatda ekanlarida Alloh xushbo’y shamolni jo’natadi. U odamlarning qo’ltiqlari ostidan esib o’tadi. Shu bilan Alloh har bir mo’min va muslimning jonini oladi. (Yer yuzida) faqat yomon odamlar qoladi. Ular eshaklar kabi, ayollar bilan oshkora yaqinlik qiladilar. Ularning ustiga qiyomat qoim bo’ladi».

Boshqa rivoyatda: Ya’juj-Ma’jujning "avval bu yerda ko’l bo’lar edi", degan so’zidan keyin quyidagi jumla kelgan: "So’ngra yo’llarida davom etadilar. Nihoyat "Хomr" degan toqqa yetib keladilar. U Baytul Maqdisdagi tog’dir. Ular aytadilar: "Yerdagilarning hammasini o’ldirib bo’ldik. Kelinglar, osmondagilarni ham o’ldiramiz». Ular osmonga qarata o’q ota boshlaydilar. Alloh o’qlarini qizil qonga bo’yalgan holda o’zlariga qaytaradi" (Тermiziy "Jome’" kitobida bu hadisni sanadlarini bog’lab keltirgan).

Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujni halok qilgach, bo’yinlari tuya bo’yni kabi yo’g’on qushlarni jo’natadi. Ular Ya’juj va Ma’jujning jasadlarnni chuqur o’raga olib borib tashlaydilar Тermiziydan boshqalar: "Qushlar Ya’juj va Ma’jujning jasadlarini Muhayyalga olib borib tashlaydi» (Muhayyal - kun chiqar tarafdagi dengiz), deb rivoyat qilganlar.

«Musulmonlar Ya’juj va Ma’jujdan qolgan o’q-yeylarni yetti yilgacha olovda yog’adilar» (Sahih hadis. Izohi yuqorida o’tdi).
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:19:25 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #10 : 14 Noyabr 2006, 09:04:07 »
MO’MINGA XUSHXABAR

Dajjolning siyrati qo’rquv va hadikni paydo qiladi. Ha, uning fitnalariga aldanish, guruhiga qo’shilib qolish, do’zaxiga kirish va nihoyat, uning tobe’lari qatorida halok bo’lish qo’rquvni paydo qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ummatlarini Dajjoldan aniq va ravshan qilib ogohlantirdilar. Biz bu hadislarning ba’zisini hukmingizga havola qildik.

Dajjol zikr qilinganida mo’min kishi ogoh bo’lishi va hadiksirashi tabiiy. Lekin vorid bo’lgan umumiy hadislardan Nabiyymiz sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga mehribonliklarini, ular uchun tashvishlanishlarini va ularniig najot topishiga qanchalar ishtiyoqli ekanliklarini bilib olamiz: "Men sizlarga Dajjol chiqishidan qo’rqmayman. U chiqqanda, orangizda bo’lsam, men sizlar uchun u bilan hujjatlashib (g’olib) bo’laman. Agar u men orangizdan ketganimdan keyin chiqsa, har bir kishi o’zi uchun hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga har bir musulmonni himoya qiladi".

Bu so’zlar har bir mo’minga qalb oromi va xotirjamlikni baxsh etadi.

Dajjol haqiqiy mo’minga zarar bera olmasligi haqidagi mana bu hadis esa, unga yanada ko’proq xotirjamlikni keltiradi. Huzayfadan rivoyat qilinadi: "Ba’zilaringiz (tomonidan sodir bo’ladigan) fitna Dajjol fitnasidan kura, menga xavfliroq» bironta fitna, hoh kichik bo’lsin, hoh katta, Dajjol fitnasi oldida arzimas bo’lib qoladi. Kimda-kim oldingi fitnalardan najot topgan bo’lsa, Dajjol fitnasidan ham qutulib qoladi. Allohga qasamki, u musulmonga zarar bera olmaydi. Uning ikki ko’zi o’rtasiga kofir deb yozilgandir" (Sahih hadis. Ahmad rivoyati).

Imom Qurtubiy aytadi: «Agar: "Nima uchun hadisda "Dajjol musulmonga zarar bera olmaydi", deb aytilyapti, axir Madinadan uning oldiga chiqqan kishini arra bilan ikki bo’lakka ajratib, o’ldiradi-ku. Bu zarar, bo’lib ham, eng katga zarar emasmi?» deb so’rasalar, shunday javob beramiz: "Hadisdan bu ma’no ko’zlanmagan. Balki hadisning ma’nosi — haqiqiy musulmon Dajjolni belgilaridan tanigani uchun, la’nati uni fitnaga solib, dinidan chiqara olmaydi. Kimning iymoni zaif bo’lsa, Dajjol qo’lida sodir bo’ladigan g’ayrioddiy ishlarni ko’rib, aldanadi va unga ergashadi. Vallohu a’lam» («Тazkira» kitobidan).
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:20:07 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #11 : 28 Noyabr 2006, 10:39:50 »
MASIH (ISO) MASIH (DAJJOL)NI O’LDIRADI

Hadisda keldiki: «...So’ngra Iso alayhissalom yerga tushadi. Sahar vaqtida insonlar oldiga kelib shunday deydi: "Ey insonlar! Bu jirkanch kazzobga qarshi chiqishdan sizlarni nima to’syapti?" Odamlar: "Bu kishi (aqldan ozgan, shekili)", deydilar. Borib qarasalar, Iso ibn Maryam ekanini ko’radilar. Namozga takbir aytiladi. Shunda (imomlik qilish uchun) oldingi safga o’ting, ey (Allohning) Ruhi", deyishadi. Iso aytadi: "Imomingiz marhamat qilsin (oldinga safga o’tsin) va sizlarga namoz o’qib bersin".

Bomdod namoziki o’qib bo’lishgach, hammalari Dajjolning oldiga chiqadilar. Kazzob Dajjol Isoni ko’rgan zahoti tuz suvda eriganidek eriy boshlaydi. Hattoki daraxt va toshlar (tilga kirib) nido qiladi: "Ey Ruhulloh, bu (orqamga berkib olgan) yahudiy (Dajjol tobe’laridan). Iso Dajjol tobe’laridan birontasini qoldirmay halok qiladi» (Hasan hadis. Ahmad va Hokim rivoyati).

Avvalgi sahifalarda, Iso ibn Maryamnining tushishi va Dajjolni qatl etishi bayon qilingan edi.

Abu Umoma Bohiliy rivoyat qilgan hadisda aytiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Dajjol haqida zikr qilgan vaqtlarida, Abu Askarning qizi Ummu Shurayk so’radi: "Ey Rasululloh! (O’sha vaqtda) arablar qayerda bo’ladi ?»

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: "Ular juda oz qoladi. Aksar qismi Baytul Maqdisda bo’lib, imomlari solih kishi bo’ladi. Odamlarga bomdod namozini o’qib berish uchun oldingi (safga) o’tmoqchi bo’lganida, ularning oddiga Iso ibn Maryam alayhissalom tushadi. Iso odamlarga (imom bo’lib) namoz o’qib berishi uchun imom orqaga chekinadi. Shunda Iso alayhissalom uning yelkasiga qo’lini qo’yib shunday deydi: "Oldingi (safga) o’t va (odamlarga imom bo’lib, namoz o’qib) ber. Chunki sen uchun (namozga) takbir aytildi". U odamlarga imom bo’lib namoz o’qiydi. Namoz tugagach, Iso alayhissalom aytadi: "Eshiklarni ochinglar". Bas, eshiklar ochiladi. Тashqarida Dajjol yetmish ming Bani Isroil yahudiylari bilan hammasi qilich va aslahalar bilan qurollangan turgan bo’ladi. Dajjol Isoni ko’rgan zahoti suvda erigan tuzdek eriydi va orqasiga qocha boshlaydi. Iso unga qarata: "Men senga bir zarba beriishm kerak. Mening zarbamdan qochib, qutula olmaysan", deydi.

Iso Dajjolga Damashq sharhidagi Ludda darvozasida yetib oladi va unga zarba berib, o’ldiradi. Alloh Dajjol tobe’lari bo’lgan yahudlarni mag’lub etadi. Ular bironta tosh yoki daraxt yoxud hayvonning orqasiga yashirinsalar, u tilga kirib, gapiradi: «Ey Allohning bandasi! Mana bu yahudiy (Dajjolning tobe’daridan). Kel, uni o’ldir". Faqatgina "g’arqada" degan daraxt gapirmaydi. Chunki u yahudlarning daraxtidir».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Isoning (yer yuzida) turadigan kunlari qirq yil bo’ladi. Bir yili yarim yilga teng. Yana bir yili bir oy kabi. Bir oyi bir haftadek. Oxirgi kuni uchqundek bo’lib, Madinaning bir eshigidan kirib, ikkinchi eshigiga borguningizgacha kech kirib qoladi". "Ey Rasululloh! Biz bu qisqa kunlarda namozni qanday o’qiymiz", deb so’rashdi. "(Dajjol chiqqan) o’sha uzun kunlarda (oldin) qilganingiz kabi vaqtni belgilab, namoz o’qiyveringlar", deb javob berdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana shunday dedilar: "Iso alayhissalom ummatim ichida adolatli hakam va odil imom bo’lib turada. Хochni sindiradi, cho’chqani so’yadi (ya’ni, o’ldirib yuboradi), jizyani bekor qiladi, (ya’ni, ahli kitob Islomni qabul qiladi) sadaqani tark etadi, qo’y va tuyalarning zakotini olishga harakat qilinmaydi (chunki sadaqa va zakotni hech kim olmaydi), nafrat va adovat ko’tarilib ketadi Zaharli jonivorlarning zahari yo’qoladi. Hatto yosh bola ilonning iniga qo’l suqsa ham, ilon uni chaqmaydi. Qiz bola sherga narsa suqsa ham, sher zarar bermaydi. Bo’ri xuddi itlardek qo’ylarni (qo’riqlaydi.) Idish suvga to’lganidek, yer yuzi tiichlikka to’ladi. Odamlarning gapi bir xil bo’lib, faqat Allohga ibodat qilinadi. Urush olovlari so’nadi. Quraysh o’z mulkini qaytarib oladi. Yer tog’oraga o’xshab, Odam alayhissalom davri (o’simliklaridek, katta) o’simliklar undiradi. Hatto bir necha nafar kishi bir bosh uzum ustiga jamlanib (yeyishganda), uzum ularni to’ydiradi. Yana bir nechta odam anor (yeynsh uchun) to’planadilar. Anor ularga yetarli bo’ladi. Ho’kiz shuncha-shuncha pul bo’ladi. Ot bir necha tanga bo’ladi".

“Ey Rasululloh! Nima uchun otlar arzon bo’ladi?" deb so’rashdi.
"Chunki, u urushga minilmaydi (ya’ni, urush bo’lmaydi)".
"Ey Rasululloh! Ho’kizlar nima uchun qimmat bo’ladi?"
"Chunki ular bilan yer haydaladi».

So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so’zlarida davom etib, shunday dedilar: "Dajjol chiqishidan oldin uch yil qahatchilik bo’lib, odamlar qattiq ocharchilikda qoladilar. Birinchi yil Alloh osmonga yomg’irning uchdan birini ushlab qolishni, yerga esa o’simligining uchdan birini ushlab qolishini buyuradi. Ikkinchi yili kelganda, Alloh osmonga yomg’irning uchdan ikkisini, yerga ham o’simligining uchdan ikkisini ushlab qolishni buyuradi. Uchinchi yili Alloh osmonga bir qatra ham yomg’ir yog’dirmaslikni buyuradi. Bir tomchi yomg’ir ham tushmaydi. Yerga o’simlik undirmaslikni buyuradi. Yerda bir dona ko’kat o’smaydi. Bironta uy hayvoni va yovvoyi hayvon qolmay, halok bo’ladi. Alloh xohlagani bundan mustasno". Shu vaqt savol berildi: "Odamlar o’sha zamonda qanday hayot kechiradilar?"

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: "Тahlil, takbir, tasbeh, tahmid mana shular odamlarga ovqat o’rniga o’tadi" (Hasan hadis. Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Bu hadisning qiymati va ahamiyati haqida Ibn Moja shunday deydi: "Abu Hasan Тanonisdan eshitdim. U Abdurahmon al-Muharibiydan ushbu so’zlarni eshitgan ekan: "Bu hadisni muallimlar maktab o’quvchilariga o’rgatishlari lozim".

Хullas, har bir mo’min kishi Rabbimiz takdir qilgan ishlarni bajarish uchun Iso alayhissalomning yer yuziga tushishiga iymon keltirishi lozimdir. Buni sahih mutovotir hadislar e’tirof qilgan. Biz ushbu hadislarning ba’zilarini aytib o’tdik.

Muslim va Ibn Moja Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Ibn Maryam adolatli hakam bo’lib, yer yuziga tushadi. Хochni sindirib, cho’chqani o’ldiradi, jizyani bekor qiladi, tuyalar tashlab qo’yiladi va ularning zakotini olishga harakat qilinmaydi. Nafrat, adovat va hasad ko’tarilib ketadi. Odamlar molidan sadaqa berish uchun boshqalarni chaqiradilar. Lekin bironta odam sadaqa olmaydi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Abu Hurayradan rivoyat qilingan yana bir hadisdagi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Iso ibn Maryam orangizga tushganda, imomingiz o’zingizdan bo’lsa, nima qilasizlar?" (Boshqa hadisda: "O’zingizdan bo’lgan kishini imom qilsa...") deganlaridagi «o’zingizdan» lafzi xususida Ibn Abu Zi’b: "Buning ma’nosini bilasizlarmi?" deb so’radi. "O’zingiz ayta qoling", deyishdi. U javob berdi: "Rabbingizning Kitobi va Nabiyingizning sunnatiga binoan imomlik qilsa", degan ma’nodadir».

Bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Nafsim qo’lida bo’lgan zotga qasamki, Iso ibn Maryam Ravhodagi tepalikda haj yoki umra yoki ikkisini ado qilish uchun "labbayka"ni aytadi».
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:20:41 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #12 : 06 Dekabr 2006, 09:45:38 »
ISO MASIH YER YUZIDA QANCHA TURADI?

Iso alayhissalomniig yer yuziga tushganidan keyin qancha muddat turishi haqida turli xil rivoyatlar kelgan.

Тo’g’ri, u zotning yer yuzida qancha turishlarini belgilab bergan hadislar bor. Ularning ba’zisida, Iso yer yuzida yigirma to’rt yil turadi, deb aytilgan. Lekin tekshiril-gan sahih hadislar, u zotning yetti yil turishlarini e’tirof etadi.

Abdulloh ibn Amr rivoyat qilgan hadis:"... So’ngra odamlar yetgi yil turadilar. (Bu vaqt mobaynida) ikki kishi bir-biri bilan janjallashmaydi. Keyin Alloh Shom tarafdan sovuq shamol yuboradi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:21:11 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #13 : 23 Dekabr 2006, 08:46:05 »
ISONING YERGA TUSHISHI YANGI RISOLAT EMAS

Iso alayhissalom oxir zamonda yer yuziga yangi risolat (shariat) olib tushmaydi. Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam — nabiylarning oxirgisi taolo Ahzob surasida "Nabiylarning oxirgisi", deb aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mendan keyin payg’ambar bo’lmaydi", deganlar. Yana: "Men kuzatuvchiman" (ya’ni, "payg’ambarlarning oxirgisi va kuzatuvchisiman"), deb aytganlar.

Shuningdek, u zot Umar ibn Хattobga shunday deganlar: "Agar Muso tirik bo’lganida, faqat menga ergashish unga durust bo’lardi".

Iso alayhissalomning tushishlari esa, oxirgi payg’ambar bo’lgan Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan oldingi payg’ambarning kelishidir. Lekin u zot Muhammad alayhissalomning shariatlariga ergashadi.

"Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha payg’ambarlardan: "Men sizlarga qanday Kitob va hikmat bermayin, keyin sizlarning payg’ambarligingizni tasdiq etuvchi bir payg’ambar (ya’ni, Muhammad alayhissalom) kelgach, albatta, unga iymon keltirursiz va yordam berursiz", deb ahd-paymon olgach, ularga: "Mana shu ahd-paymonimni iqror bo’lib qabul qildingizmi?" dedi. U payg’ambarlar: "Iqrormiz", deb javob qilishgach, Alloh aytdi: Guvoh bulingiz! Men ham sizlar bilan guvoh bo’lguvchilardanman» (Oli Imron, 81).
Jobir ibn Abdulloh aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlarini eshitdim. "Ummatimning bir toifasi qiyomat kuniga qadar haq ustida kurashadilar. Shu vaqt Iso ibn Maryam alayhissalotu vassalom tushgach, amirlari aytadi: "Kel (ey Iso). Bizga (imomlik qilib) namoz o’qib beri. Iso aytadi: "Yo’q. Allohning bu ummatga ko’rsatgan fazlu karami tufayli, sizlar bir-biringazga amirsiz" (Sahih hadis. Muslim, Ahmad rivoyatn).

Imom Qurtubiy aytadi: "Iso alayhissalom shariati Muhammadiyani e’tirof etib, uni yangilab tushadi. Chunki, u shariatlarning oxirgisi. Shuningdek, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ham rasullarning oxirgisi. Iso adolatli hakam bo’lib tushadi. Demak, u imom ham, qozi ham, muftiy ham emas. Balki musulmonlarning o’sha vaqtdagi sultoni bo’ladi. U vaqtga kelib, Alloh ilmni ko’targan, odamlar shariatdan bexabar qolgan bo’ladilar. Iso alayhissalom yerga tushishdan oldin Alloh taoloning amri bilan odamlar o’rtasida hukm qilishi, o’zi esa amal qilishi uchun shariat ilmidan yetarli mikdorda egallagan bo’ladi. Mo’minlar Iso atrofida jamlanib, o’zlari ustida hakam bo’lishini so’raydilar. Chunkn Isodan boshqa birontasi bu ishga yaramaydi. Shariat hukmini bekor qilish esa mumkin emas. Chunki yer yuzida «Alloh, Alloh», deb aytilar ekan, qiyomat bo’lmaydi. Demak, shariat hukmlari amalda bo’ladi...»

Shu yerda savol tug’iladi: "Nima uchun Iso oldinroq emas, aynan shu vaqt yer yuziga tushadi?"

Keling, savolga javob berish uchun, so’zni yana Qurtubiyga bersak.

Imom Qurtubiy aytadi: "Biz bu savolga uch xil javob beramiz. Birinchi javob: Bani Isroil avval boshida Iso alayhissalomni o’ldirib, osmoqchi bo’ldilar. Lekin voqealar Alloh taolo kitobida bayon qilib bergan tarzda sodir bo’ldi. Ular doimo Isoni o’ldirganlarini da’vo qilganlar, shuningdek, sehrgarlik va boshqa yaramas ishlarni u zotga nisbat berganlar. Shuning uchun Alloh ularga xorlik kiyimini kiydirdi. Ayniqsa, Alloh Islomni aziz qilib, bayroqini yuqori ko’targan vaqtdan boshlab, ularda yer yuzining bironta qismida na saltanat, na quvvat, va na obro’-e’tibor qoldi. Qiyomat yaqinlashib, juda kuchli fitnachi Dajjol chiqquniga qadar shunday bo’ladi. U chiqqach, birinchi bo’lib, Bani Isroil yahudiylari unga bay’at beradi. Shu bilan ular go’yoki musulmonlardan o’ch oladilar. Dajjolning tobe’lari shu holatda bo’lib turgan vaqtlarida, Alloh ular "o’ldirganmiz", deb yurgan kishini - Isoni tushiradi va ularga, boshqa munofiq, fosodlarga uning tirik ekanini ko’rsatadi. Хudolikni da’vo qilayotgan raislari va yo’lboshchilari ustidan uni g’olib qiladi. Dajjolning askarlari bo’lmish Bani Isroilni ham Iso va u bilan birga bo’lgan mo’minlar qo’li bilan mag’lub qiladi. O’sha kuni qochishga joy topa olmaydilar. Agar ulardan biri daraxt, tosh yoki devor orqasiga yashirinsa, ular tnlga kirib, aytib beradi. Hatto Iso uning tepasiga kelganida, yo u Islomni qabul qiladi, yoki o’ldiriladi. Boshqa millatdagi kofirlarning taqdiri ham shunday bo’ladi. Yer yuzida bironta kofir qolmaguncha ish shu taxlit davom etadi.

Ikkinchi javob: Iso alayhissalom yer yuziga tushishining sababi, Dajjolni o’ldirish emas, balki, ajalining yaqinlashgani uchundir. Chunki Iso ibn Maryam hozir tirik, Alloh uni o’z huzuriga ko’targan. Тuproqdan yaralgan maxluq samoda o’lishga mumkin emas.
Alloh taolo aytadi:

"Biz sizlarni (yerdan) yaratdnk, yana unga qaytarurmiz va (qiyomat kuni) sizlarni yana bir bor undan chiqarurmiz" (Тoha, 55).

ALLOH taolo Isoni yerga tushirib, birinchi marta uni yerga dafn qiladi. Yaqindagi kishilar uni ko’radi, uzokdagilar u haqda eshitadi. So’ng uning jonini oladi. Mo’minlar Isoni dafnga tayyorlab, namozini o’qiydilar. Keyin ajdodlari bo’lgan payg’ambarlar dafn qilingan joy — "Muqaddas yer"ga dafn qilinadi. Qiyomatda ham ular bir bilan birga qayta turg’aziladi. Isoning yer yuziga tushirilishining sababi shu. Lekin uning tushishi Dajjolning Ludda darvozasiga yetib kelgan vaqtga to’g’ri kelib qoladi. Bu to’g’ridagi hadislar aytib o’tildi.

Dajjolning fitnasi xudolikni da’vo qilish darajasiga yetadi. Mo’minlardan birontasiga uni o’ldirish nasib etmaydi. Shuning uchun Iso unga yuzlanish va o’ldirishga haqli bo’ladi. Chunki Iso ibn Maryam Alloh O’z risolatini yetkazish uchun tanlagan, kitobini nozil eggan, uni va onasini oyat-alomat qilgan payg’ambarlardan. Demak, Isoning yer yuziga tushish sababi mana shu aynan Dajjolni o’ldirish emas. Vallohu a’lam.

Uchinchi javob: Iso Injilda Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlarining fazilatini topgan:

"Mana shu ularning Тavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa..." (Fath, 29).

So’ngra Allohdan o’zini Muhammadning ummatidan qilishini so’rab duo qilgach, osmonga ko’tardi. Oxir zamonda ISLOM dinidan, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning dinidan unutilganlarni yangilash uchun Alloh uni yerga tushiradi. Isoning tushishi Dajjolning chiqishiga to’g’ri kelib qoladi va uni o’ldiradi.

Isoning tushishi odamlar fitnaga duchor bo’lgan, Dajjolga qarshi jang qilish har bir musulmonga farz bo’lgan vaqtga to’g’ri keladi. Iso ham musulmonlardan biri bo’lgani uchun boshqalarga farz bo’lgan narsa unga ham farz bo’ladi. U ham Muhammad sollallohu alayhi va sallam tobe’laridan bo’lgani uchun jangga kiradi va odamlar ko’z o’ngida Dajjolni o’ldiradi.

Isoning qayerga dafn qilinishi xususida har-xil gaplar bor. Halimiy: "Muqaddas yerga", deb aytsa, boshqalar, "Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan birga dafn qilinadi", deydilar. Vallohu a’lam" ("Тazkira" kitobidan).
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:22:08 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #14 : 15 Yanvar 2007, 11:46:41 »
DAJJOL CHIQISHIGA IYMON KELTIRISH SHART

Dajjolning chiqishi va u qiyomat alomati ekani haq. Bu ahli sunna, ahli fiqh va ahli hadislarning mazhabidir. Dajjolning chiqishini faqat xavorijlar inkor qiladilar. Lekin biz — ahli sunna val-jamoa Dajjolning chiqishini ko’zimiz bilan ko’ramizmi, yo’qmi, baribir iymon keltiramiz. Chunki bu haqda bizga to’g’riso’z Muhammad sollallohu alayhi va sallam xabar berganlar. Nabiyimiz ko’zlari bilan ko’rib turgandek, uni bizga ta’rifladilar, aybu nuqsonlarini ochib berdilar. Avvalo, payg’ambarlikni da’vo qilib, so’ngra xudolikni iddao etishini ham xabar berib aytganlarki: "Albatta, Alloh g’ilay emas. Uning ko’zi o’rtasida "kofir" degan yozuv bo’lib, uni, o’qishni biladigan, yoki bilmaydigan har bir musulmon o’qiy oladi".

Dajjol xudolikni da’vo qilgan vaqtda, mo’minlar "Sening yomonligingdan, Allohdan panoh so’raymiz", deydilar. O’qishni biladigan-bilmaydigan mo’min borki, uning ikki ko’zi o’rtasidagi "kofir" degan so’zni o’qishi ham g’ayrioddiy narsa bo’lib, Parvardigorning mo’min bandalariga bergan ne’matlaridir... Subhonalloh...

Kofir esa o’qishni bilishi yoki bilmasligidan qat’iy nazar, johilligi, kofirligi va g’aflatdaligi uchun, bu yozuvni o’qiy olmaydi. Shuningdek, kofir Dajjolnnng illat, nuqsonlarini payqamaydi. Uning ojizligivi, yaratuvchi emas, balki maxluq ekanini ko’rib tursa ham, iloh deb biladi va unga ibodat qiladi. Mana shular Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam xabar bergan, g’ayb ishlarini tasdiqlashdagi ahli sunna val-jamoaning tutgan yo’lidir. Biz bu xabarlarga ishonamiz va bu voqealarning sodir bo’lishiga guvohlik beramiz.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:22:28 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Achchiq tosh haqida nimalarni bilasiz?

Muallif SumeyyaBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 33173
So'nggi javob 13 Iyun 2014, 21:28:27
muallifi Абдурроҳман
Quest Net haqida nimalarni bilasiz?

Muallif Musannif AdhamBo'lim Iqtisod saboqlari

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 27644
So'nggi javob 08 Fevral 2010, 16:40:27
muallifi uzboy
Tez yordamni ishorati (+) haqida nima deysiz?

Muallif AnsoraBo'lim Umumiy

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 13967
So'nggi javob 29 Oktyabr 2011, 13:10:29
muallifi Ansora
"Rasulullohgagina berilgan besh xislat" haqida nimani bilasiz?

Muallif Niso NurBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 4397
So'nggi javob 12 Fevral 2013, 23:37:22
muallifi Niso Nur
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13595
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin