Muallif Mavzu: Dajjol haqida nima bilasiz?  ( 49895 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #15 : 22 Yanvar 2007, 13:39:23 »
DAJJOL HOZIR QAYERDA?

Dajjolning tarixi asrlar va zamonlar yangilanishi bilan yangilanib turuvchi qadimiy tarixdir. Shubhasiz, u mal’undir. Barcha payg’ambarlar uni la’natlagan.

Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men sizlarni Dajjoldan ogohlantirganman. Har bir nabiy qavmini undan ogohlantirgan. Nuh ham qavmini undan ogohlantirgan. Lekin men sizlarga, u haqda bironta payg’ambar qavmiga aytmagan so’zni aytaman. Bilib qo’yinglar, Dajjol g’ilaydir. Alloh g’ilay emas".

Abu Umoma rivoyat qilgan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam odamlarga nido qilib shunday dedilar: "Ey insonlar! Alloh Odam zurriyotini yaratgandan beri, yer yuzida Dajjol fitnasidan ko’ra kattaroq fitna bo’lmagan. Alloh azza va jalla bironta nabiyni yuborgan bo’lsa, albatta, u ummatini Dajjoldan ogohlantirgan. Men nabiylarning so’ngisiman. Sizlar eng so’nggi ummatsizlar. Shubhasiz, u sizlarga chiqadi. Agar u men orangizda bo’lgan vaqtda chiqsa, men o’zim har bir musulmon uchun u bilan hujjatlashib (g’olib chiqaman). Agar u, mendan keyin chiqsa, har bir kishi o’zi uchun hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga, har bir musulmonga yordam beradi.-" (Sahih hadis. Izohi yuqorida o’tdi).

Shubhasiz, Dajjol uzoq zamondan beri mavjud. Ulamolarning ehtimoliy gaplariga ko’ra, u Muso alayhissalom davrida ham tirik bo’lgan (Muhammad Iso Dovud. «Al-xuyutul xufya»). Alloh taolo bashariyatni uning yomonlik va musibatlaridan qutqarish uchun Iso alayhissalomni yer yuziga tushirgunicha, u tirik bo’ladi.

Dajjolning bunday uzoq umr ko’rishining siri quyidagicha bo’lishi mumkin. Dajjol, yomonlik, fitna, zalo-lat va makr-hiyla jihatidan iblisga o’xshaydi. Alloh taolo iblis va uning yordamchilariga qiyomatga qadar yashamoq uchun muhlat berganidek, Dajjolga ham qiyomatga qadar tirik qolishga ruxsat bergan. Zero, Dajjol butparastlar  pushti panohi, sigirga sig’inuvchilarning yo’lboshchisidir.

Imom Ahmadning«Musnad»ida Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan shunday hadis rivoyat qilingan: «Dajjolning ota-onasi o’ttiz yil farzand ko’rishmaydi. So’ngra ulardan hammaga zarar beruvchi, manfaati oz, g’ilay farzand dunyoga keladi. Uning ko’zi uxlasa ham, qalbi uxlamaydi".

Rivoyat qilinishicha, saxobalardan biri kimsasiz orolda zanjirband etilgan Dajjol bilan uchrashgan. Bu ajoyib va g’aroyib uchrashuvdan Dajjolning chiqishi bilan bosh-lanajak katta fitnadan oldin uning ahvoli qanday ekanini bilishimiz mumkin. Dajjol bilan sahobaning o’rtasida bo’lib o’tgan suhbatdan uning dunyoda ro’y berayotgan ba’zi voqealarni, hattoki Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg’ambar bo’lishi va Madinaga hijrat qilishidan ham xabardor ekani ma’lum bo’ladi. Keling, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga xabar bergan bu ta’sirli uchrashuv haqidagi hadisga quloq tutaylik.

Imom Muslim "Sahih" kitoblarida quyidagi hadisni keltirganlar: Omir ibn Shurahbil Sha’biy Zahhok ibn Qaysning singlisi, avvalgi muhojir ayollardan bo’lgan Fotima binti Qaysdan so’radi: "Boshqa birovdan emas, aynan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’zidan eshitgan bironta hadis aytib bersangiz".

Fotima: "Mayli, xohlasang, aytib beraman", deb, quyidagi hadisni aytdi: «Ibn Mug’iyraga turmushga chiqqan edim. U o’sha vaqtdagi Quraysh yigitlarining eng yaxshilaridan edi. Erim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bo’lgan bir jihodda jarohatlandi. (So’ng meni taloq qildi.) Men beva qoldim. Shunda bir nechta sahoba bilan birga Abdurahmon ibn Avf menga sovchi bo’lib kelishdi. Shu vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ozod qilgan qullari Usoma ibn Zayd uchun so’rab kelib qoldilar. Men ilgari, Rasulullohning sollallohu alayhi va sallam: "Kim meni yaxshi ko’rsa, Usomani ham yaxshi ko’rsin", deganlarini eshitgan edim. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga taklif qilganlarida, «O’zingiz hohlagan kishiga turmushga beravering", dedim. Rasululloh: "Unday bo’lsa, Ummu Sharikning uyiga ko’chib o’tgin", dedilar. Ummu Sharik ansoriy ayol-larning badavlati bo’lib, Alloh yo’lida juda ko’p infoq-ehson qilar, ko’pchilik uning uyiga mehmon bo’lib tushar edn. Men: "Хo’p bo’ladi", dedim. So’ng Rasululloh: "Yo’q, unday qilmay qo’yaqol. Ummu Sharikning mehmoni ko’p. Ro’moling tushib ketishi yoki etagang ko’tarilib, oyog’ing ochilib qolishi, natijada (o’sha yerdagi) kishilar, sen xohlamagan holda badaningta ko’zi tushib qolishini istamayman. Yaxshisi, amakingning o’g’li Abdulloh ibn Umar ibn Ummu Maktumning uyiga boraqol". (U qurayshning Bani Fihr qabilasidan bo’lib, men uning urug’idan edim.)

So’ng uning uyiga ko’chib o’tdim. Idda muddati tugagan kuni Rasulullohning muazzinlari "Jamoat namoziga (kelinglar}", deb nido qilayotganini eshitdim. Masjidga chi-qib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o’qidim. Men erkaklarning ortida turgan ayollar safida edim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozni o’qib bo’lgach, kulib minbarga chiqdilar va «Hech kim joyini tark etmasin", deb aytdilar. So’ngra: "Bilasizlarmi, nima uchun sizlarni (bu yerga) yig’dim?" deb so’radilar. Odamlar: "Alloh va Rasuli bilguvchiroq", deyishdi. Rasululloh: "Allohga qasamki, men sizlarni ixtiyoriy ravishda yig’madim, qo’rqqanimdan ham emas (ya’ni, behudaga yig’madim). Тo’plaganimning sababi shuki, Тamim ad-Doriy* nasroniy kishi edi. U kelib menga bay’at berdi va Islomni qabul qildi. So’ngra Masihi Dajjol haqida bir voqeani so’zlab berdi. Uning gaplari men sizlarga aytgan xabarga to’la mos kelyapti. Menga aytipshcha, u (Тamim ad-Doriy) Laxm va Juzom qabilasidan o’ttiz kishi bilan birga kemaga minibdi. Тo’lqin ularni dengazda bir oy (xas-cho’pdek) o’ynagan. Nihoyat, ular kun botar tarafda, bir orol oldida langar tashlaganlar, qayiqlarga o’tirib, qirg’oq tomon suzganlar va orolga qadam qo’yganlar. Ularning oldiga yunglari o’sib ketgan jonivor kelgan. Yungining ko’pligidan oldi qaysi, orqasi qaysi, bilolmabdilar. "Holingga voy, kimsan o’zi?" deb so’rabdilar. "Men Jassosaman", debdi u. "Nima degani u Jassosa?" deb so’rabdilar yana. Maxluq aytibdi: "Ey qavm, ibodatxonadagi anavi kishining (oldiga) yuringlar. Chunki u sizlarning xabaringazga mushtoq".

Тamim ad-Doriy aytadi: "Maxluq bizga ibodatxonadagi kishini ta’riflab bergan edi, maxluqdan shayton emasmikan", deb cho’chidik. Тez yurib, ibodatxonaga kirdik. Qarasak, ikki qo’li bo’yniga bog’langan, tizzasidan to’pig’igacha temir bilan kishanlangan juda bahaybat odamni ko’rdik. Biz undan: "Holinga voy bo’lsin, sen kimsan?" deb so’radik. U aytdi: "Mening xabarimni bildingiz Menga aytinglarchn, sizlar kimsiz o’zi?" "Biz arablarmiz. Kemaga mingan edik. (Safarimiz) dengizda dovul bo’lgan vaqtga to’g’ri kelib qoldi. Тo’lqin bizni bir oy (xas-cho’pdek) o’ynadi. So’ngra mana bu orol yaqiniga langar tashladik. Qayiqlarga o’tirib (qirg’oq tomon suzdik) va orolga chiqdik. Shu vaqt, yungining ko’pligidan na oldi va na orqasi bilinadigan jonivor oldimizga keldi. "Holingga voy, kimsan o’zi?" deb so’radik. U: "Men Jassosaman", dedi. Biz: "Jassosa nima degani?" deb so’radik yana. U: "Ibodatxonadagi anavi kishining (oldiga) boringlar. U sizlarning xabaringizga mushtoq", dedi. Keyin sening oldinga tezda keldik. Maxluqni shayton emasmikan, deb cho’chidik». Shunda bahaybat kishi dedi: "Bayson (falastindagi shahar) xurmozori haqida menga xabar beringlar". Biz aytdik: "Uning nimasi haqida so’rayapsan?" U: "Uning xurmolari haqida so’rayapman. Meva beryaptimi?" dedi. Biz: "Ha", dedik. "Yaqinda, u meva bermay qo’yadi, -dedi u. Keyin aytdi: - Endi menga Тabariya ko’li (Baytul Maqdis atrofidagi ko’l) haqida xabar beringlar». "Uning nimasini so’rayapsan?" dedik.
"Unda suv ko’pmi?"
"Ha. Uning suvi ko’p".
«U ko’lning suvi (oz muddatdan keyin) quriy boshlaydi, — dedi va yana aytdi: — Endi menga Zug’ar (Shomdagi shahar) bulog’i haqida xabar beringlar». "Uning nimasini so’rayapsan?" dedik biz. U: "Buloqda suv bormi? Odamlar ekiklarini buloq suvi bilan sug’oryaptimi?" deb so’radi. Biz: "Ha. Buloqning suvi ko’p. Aholi ham ekinlarini buloq suvi bilan sug’oryapti", dedik.

U keyin: "Omilarning payg’ambari haqida menga xabar beringlarchi? U nima ishlar qildi?" deb so’radi. Biz: "U payg’ambar Makkadan chiqdi va Yasrib (Madina)ga ko’chib o’tdi", dedik. U: "Arablar unga qarshi jang qildilarmi?" deb so’radi so’ngra. Biz: "Ha". dedik. "U arablar bilan qanday (yo’l tutdi) ?" deb savol berdi keyin. Biz unga: "Payg’ambar atrofdagi arablardan g’olib keldi. Oqibatda hammalari unga bo’yinsundilar", deb javob berdik. U: "Shunday bo’ldimi?" deya ta’kidlab so’radi Biz: "Ha"' dedik. "Albatta, arablar unga itoat qilsalar o’zlari uchun yaxshi bo’ladi, - dedi u. So’ng shunday deb qo’shib qo’ydi: - Endi men sizlarga o’zim haqimda xabar beraman. Men Masih Dajjolman. Yaqinda menga chiqish uchun ruxsat beriladi va men chiqaman. Men yer yuzini qirq kecha-kunduz ichida aylanib chiqaman. Makka va Тiybadan tashqari bironta qishloq, shaharni qoldirmay kiraman. Bu ikki shaxarga (kirshp) menga harom qilingan. Ulardan biriga kirmoqchi bo’lsam, bir farishta qo’lida yalang’ochlangan qilich bilan peshvoz chiqib, meni to’sadi. Makka va Тiybaning har bir tepaligida farishtalar ularning hududini qo’riqlab turadi".

(Hadis roviyi) Fotima binti Qays aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asolari bilan minbarlariga ishora qilib, "Тiyba, mana shu bo’ladi, Тiyba, mana pgu bo’ladi", deb (Madinani) aytdilar. Keyin shunday dedilar: "Ogoh bo’linglar, men sizlarga bu haqda xabar bergan edimmi?» Odamlar: "Ha" deb  javob berdilar. Rasululloh aytdilar: "Men sizlarga Dajjol haqida, Makka va Madina haqida aytgan gaplarim Тamimning xabariga to’liq mos kelsshi meni ajablantirdi. Bilib qo’yinglar, Dajjol Shom yoki Yaman dengazida. Yo’q, u mashriq tarafdan (chiqadi). Ha, u mashriqdan (keladi), mashriqdan (keladi)». Qo’llari bilan mashriqqa ishora qildilar. Men Rasulullohdan mana shu so’zlarni yodimda saqlab qolganman", dedi Fotima binti Qays («Sahihi Muslim»).   
                 
E’tiborli joyi shundaki, Dajjolning nomi Qur’onda ochiq-oydin kelmagan. Haqiqatda, nima uchun u zikr qilinmagan? Albatta, bu mulohazada jon bor. Lekin Alloh Dajjolni e’tiborga olmagani, uning ishini nazar-pisand qilmagani uchun bu pastkashning nomini Qur’oni Karimda zikr qilmasligi, ehtimol, mo’minlarning qalbiga xotirjamlik baxsh etar. Chunki, u haqiqatda zaif, haqir va aldoqchi. U: "Men ibodatga loyiq ilohman", deb odamlarni aldaydi.

Ibn Kasir aytadi: "Dajjolning o’zi da’vo qilayotgan rububiyat maqomiga nisbatan nuqsonli ekani aniq va ravshandnr. Alloh uning nomini Kalomida zikr qilmaganining sababi shuki, bu narsa, ya’ni, Dajjol nomi Qur’onda aytilmasligi ham mo’min bandalarga iymonni, Alloh va rasuliga taslim bo’lishni ziyoda qilishini bilgani uchundir»

Qur’on Dajjolni oshkora zikr qilmadi, balki unga ishora qilib o’tdi.

"Shak-shubhasiz osmonlar va yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin ko’p odamlar bilmaydilar" (G’ofir, 57), oyatining sharhida imom Bag’aviy aytadilar: "Oyatdagi insonlardan murod Dajjoldir. Bu "ozchilik o’rniga ko’pchilikni ishlatish" qoidasidir». Ba’zilar: "Alloh taoloning ushbu:

"Parvardigoringizning ayrim oyat-alomatlari keladigan kunda esa ilgari iymon keltirmagan yokn iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan iymoni) foyda bermas..." (An’om, 158) oyatida ham Dajjolga ishora qilingan", deyishadi.

Bu oyatni, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari sharhlaydi: "Agar uchta oyat-alomat chiqsa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan iymoni) foyda bermas. Ular — Dajjol, yer hayvoni va quyoshning mag’ribdan chiqishi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Yana Ibn Kasir  aytadi: "Dajjol uluhiyatni da’vo qilgani sababli, Alloh uni kamsitib, Qur’onda ismini oshkora zikr qilmadi. Uning ishi Rabbul olamiyn nazdida eslashga arzimaydi. Uning da’vosini hikoya qilish eng haqir va kichik narsadir".

Biz esa, Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallam o’z hadisi shariflarida Dajjolning chiqishini ta’kidlaganlariga, uning fitnasidan ogohlantirganlariga ishora qilib o’tmoqchimiz. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozlarining oxirida, tashahhuddan keyin Dajjolning yomonligidan panoh tilashni doimiy odat qilganlarining o’zi bizga kifoya.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deb duo qilar edilar: "Allohim! Men Sendan dangasalikdan, qarib-qartayishdan, gunohdan, qarzdor bo’lishdan qabr fitnasi va qabr azobidan, do’zax fitnasi va do’zax azobidan, boylik fitnasidan panoh so’rayman. Men Sendan yana faqirlik fitnasidan panoh berishingna, Masivd Dajjol fitnasidan omon saqlashingni so’rayman. Allohim! Mening xatolarimni suv, qor va do’l bilan yuvgin. Oq kiyim kirdan tozalangani kabi qalbimni ham xatolardan tozalagin. Mashriq bilan mag’rib orasini uzoqlashtirganing kabi men bilan xatolarim o’rtasini uzoqlashtirgin" (Sahih hadis. Muslim, Abu Dovud, Тermiziy, Ibn Moja rivoyati).
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:23:57 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Dajjol haqida nima bilasiz?
« Javob #16 : 06 Fevral 2007, 12:38:38 »
ХULOSA

Dajjol barcha payg’ambarlar tilga olgai g’ayb haqiqatlaridan biri bo’lib, uning surati bizga ma’lum. Uni sifatlagan sahih hadislarni ktobimizda keltirdik. Shubhasiz, Dajjol katta imkoniyatlarga ega bo’ladi. Hattoki, u o’z zamonasining ilg’or texnologiyasidan ham foydalanadi. Albatta, uning davriga kelib texnologiya yanada rivojlanib, tarakkiy etgan bo’ladi. Ba’zilarning aytishiga ko’ra, o’n to’qqizinchi asrga kelib fanga ma’lum bo’lgan "Uchar likopchalar"ni boshqarayotganlar ham Masihi D,ajjolning lashkarlari emish. Uchar likopchalar esa, hadislarda bayon qilingan Dajjoliing tez yurar ulovi emish. Albatta, bular dalil-hujjatga asoslanmagai gaplar, xolos. Lekin qanday vosita bilan bo’lishidan kat’iy na-zar, u g’ayrioddiy tezlik bilan harakatlanishi xadislarda vorid bo’lgan.

Rasulullohdan: "Dajjolning tezligi qanday deb so’rashganida, u zot shunday javob berganlar: "Yer unga qo’chqorning terisi o’ralgandek o’raladi (ya’ni, uzog’i qisqa bo’ladi)".

Boshqa hadisda: "Uning tezligi shamol xaydayotgan yomg’ir kabidir, deyilgan.
Nuvos ibn Sam’on rivoyat qilgan hadisda aytiladi: "Ey Rasululloh, uning yerdagi tezligi qanday?" deb so’radik. "Shamol haydayotgan yomg’ir kabi", deb javob berdilar.
Hadisning sharhlovchilara shunday deydilar: «Hadisdagi "yomg’ir" so’zidan aslida bulut nazarda tutilgan. Shunga binoan xadisning ma’nosi quyidagicha bo’ladi: "U yer yuzida kuchli shamol haydayotgan bulut kabi harakat qiladi".

Ehtimol, Dajjolning tezligini bulutga o’xshatish zamirida uning tabiatga Alloh tarafidan berilgan kuchlardan foydalanishi mumkinligini bildiradi.

Тermiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Dajjolga yuzlari teri qoplangai sovutga o’xshash kavmlar ergashadi". Ya’ni, ular janglarda, ko’pincha, dushman zarbasidan saqlovchi  dubulg’a kiyib oladilar.

Shuningdek, sharqiy Osiyo xalqlarining yuzlari yapaloq, yonoqlari sovutga o’xshab bo’rtib chiqqan. Ular hozirgi kunda tez suratlarda rivojlanib bormoqdalar. Bu taraqqiyot esa dabdaba, isrof va turli xil ma’siyatlarning ildiz otishiga sabab bo’lyapti. Zero, Dajjolning chiqishi xam mana shunday fasodning keng tarqalish  vaqtiga to’g’ri keladi.
Alloh taolo aytadi: "... hatto yer chiroy olib, yasan-tusan qilganida va yerning ahli unga (ya’ni, yerni qoplagan ekin-tekinlarni o’rib-yanchib olishga) kodirmiz, deb o’ylay boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go’yo kuni-kecha obod bo’lmaganidek «o’rib» (vayronaga aylantirib) qo’yurmiz..."  (Yunus, 24).
Nima bo’lishidan qat’iy nazar, Dajjolning lashkari mag’lubiyatga uchraganida, IsoMasih uni o’ldirmoqchi bo’lganida unga kuch-kudrati ham foyda bermay qoladi.

Muhimi, Dajjolning chiqishi qiyomatning katta alomatlaridan biri va bu alomat ko’ra dunyoning umri nihoyasiga yetayotganining darakchisi ekanini bilishimizdir. Albatta, bu bosqich bilai qiyomat qoim bo’lishi orasida o’nlab, balki yuzlab yillar o’tishi mumkin.
So’zimizning nihoyasida ta’kidlab o’tmoqchimizki, suyukli nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam kazzob Dajjolga qarshi bizga bergan qurol bilan qurol-lanishimiz qoldi, xolos. Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: "Sizlardan bironta kishi Dajjolga yo’liqsa, unga Kahf surasining avvalini o’qisin" (Muslim, Тermiziy rivoyati).

Hazrati Sayyidimiz yana shunday deydilar: "Sizlardan bironta kishi Dajjolga duch kelsa, uning yuziga tupirsin va Kahf surasining avvalini o’qisin" (Тabaroniy rivoyati).

Allohdan Masihi Dajjol fitnasidan panoh berishini so’raymiz. Тavfiq Undan. Nabiyimiz Muhammadga, sahobalariga va oila-a’zolariga Allohning rahmati va salomi bo’lsin.
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:24:32 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 07:27:40 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: DAJJOL HAQIDA NIMA BILASIZ?
« Javob #18 : 02 Dekabr 2007, 01:39:07 »
Dajjol haqida nima bilasiz?



Tarjimon: Abdug’afur Sodir

Hajmi: 224 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Achchiq tosh haqida nimalarni bilasiz?

Muallif SumeyyaBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 33116
So'nggi javob 13 Iyun 2014, 21:28:27
muallifi Абдурроҳман
Quest Net haqida nimalarni bilasiz?

Muallif Musannif AdhamBo'lim Iqtisod saboqlari

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 27624
So'nggi javob 08 Fevral 2010, 16:40:27
muallifi uzboy
Tez yordamni ishorati (+) haqida nima deysiz?

Muallif AnsoraBo'lim Umumiy

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 13952
So'nggi javob 29 Oktyabr 2011, 13:10:29
muallifi Ansora
"Rasulullohgagina berilgan besh xislat" haqida nimani bilasiz?

Muallif Niso NurBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 4392
So'nggi javob 12 Fevral 2013, 23:37:22
muallifi Niso Nur
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13585
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin