Hijob: hayo va iffat libosi  ( 144854 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 19 B


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:57:46

O'zini ko'z-ko'z qilish munofiqlikdir.

Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qiladilarki:"Ayollaringizni eng yahshisi Allohdan taqvo qiluvchi mehribon, hushmuomala, serfarzand hamda yumshoqtabiat va hamdard bo'luvchi ayollardir. Ayollaringizni eng yomoni o'zini ko'z-ko'z qilivchi va mutakabbir ayollardirki, ular munofiqlardir. Bu kabi ayollardan jannatga faqat "oq qarg'a"ga o'hshaganlarigina kira oladilar".
Ushbu hadisda Rasululloh s.a.v. bu kabi ayollarning  jannatga kamdan-kam kirishlarini ta'kidlab ular uchun "oq qarg'a" iborasini ko'chma ma'noda ishlatganlar. Aslida ham oq qarg'a tabiatdda deyarli uchramaydigan qush hisoblanadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 09:00:03

O'zini ko'z-ko'z qilish behayolik va sharmandalikdir.

Rasululloh s.a.v. dedilar:"O'z erining uyidan boshqa joyda libosini yechgan ayol Alloh va o'zi orasidagi pardani yirtibdi. Albatta Alloh taolo har ishga Qodir va Buyuk Zotdir".

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 09:02:07

O'zini ko'z-ko'z qilish buzuqlikdir.

Abbalda at'kidlaganimizdek, ayol avratdir. Avratni ochmoq esa jirkanch va razil ishdir:"Ular qachon buzuq ish qilsalar:"Ota-bobolarimizni shunday holda topganmiz. Buni bizga Alloh buyurgan",deydilar.Ayting(Ey Muhammad)"Alloh hech qachon bunday buzuq ishlarga buyurmaydi"(A'rof, 28-oyat). 
Bunday ishlarga shaytondan boshqa hech kim boshlamaydi:"Shayton sizlarni kambag'al bo'lib qolishingizdan qo'rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi"(Baqara,268-oyat).
O'zini ko'z-ko'z qiluvchi ayollar jamiyatda buzuql;iklarni tarqatuvchi havfli va zararli baktariya kabidir. Alloh taolo aytadiki:"Mo'minlar orasida buzuqliklar tarqatishni yahhsi ko'rgan kimsalar bu dunyoda ham, ohiratda ham alamli azobga giroftordirlar. Alloh biluvchi, sizlar esa bilmassizlar".

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 09:03:09

O'zini ko'z-ko'z qilish shayton yo'lidir.

Odam a.s. bilan Havvo hamda Allohning dushmani Iblis orasida bo'lgan hodisalar shuni ma'lum qiladiki, Iblis hamma joydan ahloqsizlikni yoyish va odamlarning avratlarini ochishga harakat qiladi. Iblisning asosiy maqsadi insonlarni hayosiz qilish va o'zlarini ko'z-k'oz qilishga o'rgatishdir. Alloh taolo aytadi:"Ey, Odam bolalari, Shayton otalaringizni avratlarini o'zlariga ko'rsatish uchun (y'ani uyatli holga solish) liboslarini yechib jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo'ymasin"(A'rof, 27-oyat).
Ushbu tariqa Iblis o'zini ko'z-ko'z qilish va yopinchiqlarni yechishga bo'lgan da'vatning asoschisi bo'ldi. Shuningdek, hozirda "ayol ozodligi" deb nomlanayotgan sohta shiorlarning ham rahnamozi Iblisning o'zidir. U o'ziga itoat qiluvchi va Allohga osiylik qiluvchining imomi-rahnamosidir. Bular birinchi navbatda o'zini ko'z-ko'z qiluvchi musulmon yoshlarni yo'ldan ozdiruvchi behayo ayollardir. Rasululloh s.a.v. aytadilar:"Men o'zimdan keyin erkaklarga ayollardan ko'ra havfliroq fitnani qoldirmadim".

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 09:04:47

O'zini ko'z-ko'z qilish yahudiylar usuli.

Yahudiylar halqlarni ayol fitnasi yordamida buzish bo'yicha nihoyat darajada zafar qozondilar. Ayolning tashqi go'zalligidan foydalanish yer yuzidagi yahudiy tashkilotlarining eng sinalgan va eng ishonchli quroli hisoblanadi. Bu sohada ular anchagina boy tajribaga egadirlar. Rasululloh s.a.v. aytadilar:"Bu dunyoning ishlarida ehtiyotkor bo'linglar, shuningdek ayollar masalasida ham ehtiyot bo'linglar, chunki Bani Isroildagi birinchi nizo ham ayollar tufayli sodir bo'ldi".
Rasululloh s.a.v. kofirlarga o'hshashdan va ayollar masalasida ularga ergashishdan qaytarganiga qaramay, ko'pchilik musulmonlar bu qaytariqqa amal qilmayaptilar. Shunday qilib Rasululloh s.a.v. bashoratlari ro'yobga chiqdi. U kishi aytganlar:"Sizlar avvalgi halqlarning izidan ergashasizlar. Hatto ular dobning iniga kirsalar ham ortidan ergashib kirasizlar". Sahobalar Rasululloh s.a.v.dan so'radilar:"Bular yahudiy va nasorolarmi?" Rasululloh s.a.v. javob berdilar:"Yana kim bo'lmasa?"
Alloh va Rasuliga bo'ysunmay, yahud va nosorolarga ergashayotgan ayollar Allohning buyrug'ini "eshitdik va itoat etmadik"deya qarshi olib Allohning g'azabiga duchor bo'lgan yahudiylarga naqadar o'xshamasalar. Shuningdek, bu ayollar Allohning amrini eshitgach "eshitdik va itoat etdik" deya javob berayotgan haq muslima ayollardan naqadar uzoq bo'lmasalar.
Alloh taolo aytadi:"Kim haq yo'lni bilganidan keyin payg'ambarga hilof ish qilsa va mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa, Biz uni katganicha qo'yib beramiz. So'ngra jahannamga dohil qilamiz. Naqadar yomon joydir u".(Niso surasi,115-oyat)
 

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 09:06:32

O'zini ko'z-ko'z qilish qoloqlik va ma'naviy buzuqlikdir.

Yopinchiqsiz va yarim yalang'och yurishga intilish faqat hayvonlargagina hos hususiyatdir. Insonlarda esa bunday hususiyat faqat eng tuban kimsalardagina bo'lishi mimkin. Bu kabi insonlarning hayo va iffat libosini kiyish hususidagi ong saviyalari hayo va o'ranishlikka nisbatan tabiiy ravishda muhabbat hissi bilan Alloh sharflagan inson ongining saviyasidan ancha tubandir. O'z ziynatlarini ko'z-ko'z qilishni, ahloqsizlikni hamda hayosizlikni go'zallik deb hisoblash bu - insonning tabiiy hususiyatlarining buzulishidan o'zga narsa emas. Holbuki, bu narsa johillik va ma';naviy buzuqlik belgisidir. Insonning ma'naviy yuksalishi uning o'z avratini libos yordamida yopishi bilan chambarchas bog'liqdir. Insoniyatning libos bilan o'ranishi hamisha taraqqiyot mahsuli bo'lib kelgan. Shuningdek ayolning hijob bilan o'ranish instinkti o'z nomusini himoya qilish instinkti bilan to'la muvofiq keladi. Avratni libos bilan o'rashdan qochsih masalasiga kelsak, bu hol o'z go'zalligini ko'z-ko'z qilish va ikki jinsni o'zaro shahvoniy ishlarga undovchi, hirsdan quvvta oluvchi instinktidir. Bunday ishga intilgan va bunga rozi bo'lgan har qanday kimsa albidagi o'z nomusini saqlash hissini yo'qotadi. Shuningdek, o'sha kishi buning evaziga buzuq ayollarning ko''z-ko'z qilayotgan go'zalligi va nomahram ayol bilan zino qilish orqali jirkanch mahluqqa aylanadi. Bundan kelib chiqadiki, suyuqoyoqlik va o'zini ko'z-ko'z qilish insoniy hususiyatlarning yo'q bo'lishi, behayolik, rashk-qizg'anish hissining yo'qolgani va hissiyotning zaiflashuvi, his - tuyg'ularning nobud bo'lganidan nishonadir.
 

Qayd etilgan


Laylo  18 Noyabr 2006, 07:28:16

Assalamu alaykum!
Judayam dolzarb risola ekan.
Barchamizga ushbularga amal qilish nasib etsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Noyabr 2006, 08:54:29

O'zini ko'z-ko'z qilish tez avj oladigan yomonlikka keng yo'l ochib beradi.

Shariat va tarixni diqqat bilan o'rganadigan kishi shunga amin bo'ladiki, go'zallikni ko'z-ko'z qilish bu - buzuqlikdir. Bu narsa Dinga ham, dunyoga ham barobar zarar keltiradi. Agar ikki jins andishasizlarcha fahsh ishga mashg'ul bo'lsa ish yana ham yomon tus oladi. Buning yomon oqibatlari quyidagilardir:
Suyuqoyoqlar turli-tuman behayoliboslar, ziynatlar bian erkaklarning e'tiborini tortish uchun yasan-tusan qiladilar. Va bunga aslida qalblarida g'araz niyatlari yo'q,lekin shunday kiyinishni hohlaydigan ayollar va qizlar ko'r-ko'rona ergashadilar. Bu esa ma'naviyatning tubanlashuvi va pullarni haromga sarflanishiga olib keladi. Buning oqibatida ayol jirkanch va arzimas savdo moliga o'hshab qoladiki, uni har kimga taklif etish va har kim ko'zdan kechirib chiqishi mumkin  bo'lgan matohga aylanib qoladi.
Erkaklarning ma'navir buzilishi. Bu hol yoshlarni, birinchi navbatda o'spirinlarni fohishabozlikka va turli harom ishlarni qilishga undaydi.
Oilaviy aloqalarning uzilishi,oilada ishonchni yo'qolishi, va ajralishlar sonini ko'paytiradi.
Ayolni reklama ashyosi sifatida sotish yoki uning savdo tizimlarida haridorlarni chaqirish vositasi bo'lib qolishi.
Ayolni obro'sizlantirish, yomon niyat va ayyorona maqsadlarda uni barchaga namoyish qilish. Buning oqibatida esa ayol yuzsiz va yovuz kishilarning tajovuziga duchor bo'lishi.
Turli kasalliklarning tarqalishi. Bu haqda Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Qaysi bir qavmda fahsh paydo bo'lsa va ular o'sha ish bilan ochiqdan-ochiq shug'ullansalar, darhol ular orasida ularning ota-bobolarida bo'lmagan o'lat kasalligi va boshqa kasalliklar tarqaladi".
 

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Noyabr 2006, 08:56:07

Nigoh bilan zino qilish keng tarqaladi. Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Ko'z nigoh zinosini amalga oshiradi". Bu holatlarda Alloh taoloning rahmatiga erishish maqsadida shariatning begona ayollardan nigohni olib qochish haqidagi buyrug'ini amalga oshirish qiyinlashadi.
Bashariyat uchun Allohning ommaviy qirg'in balosini yuborish havfi. Buning oqibati atom qurollari yoki zilzilalarning asoratidan ham havfliroqdir. Zero, Alloh taolo shunday degan:"Biz qachon bir shaharni qilishni hohlasak, uning boyonlarini (O'zimiz yuborgan payg'ambarga itoat etishga) buyurib, ular itoatsizlik qilishgach u shahar (aholisi) ustiga So'z (azob tushishi) vojib-muqarrar bo'lur"(Al-Isro surasi,16-oyat)
Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Agar insonlar yovuzlikni ko'rib, uni man qilmasalar, ular Allohning azobi tushishiga yaqinlashibdilar".

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Noyabr 2006, 08:59:20

Shariat talab qilgan Hijobning shartlari.

1. Hijob ayolning butun tanasini yopib turish lozim, shu qatorda har ehtimolga qarshi yuzini va kaftlarini ham.
2. Hijobning o'zi bezak, zeb-ziynat bo'lmasligi bo'lmasligi kerak. Alloh taolo bu haqda shunday degan:"Ko'rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarni ya'ni(ustilaridagi libosdan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko'rsatmasinlar va ko'kraklarini ro'mol bilan to'ssinlar". (Nur, 31-oyat)
"...ilgarigi dinsizlik (davri)dagi yasan0tusan kabi yasan-tusan qilmanglar!"(Ahzob, 33-oyat).

Alloh taolo ayolning go'zalligini va ziynatlarini berkitib turish uchun majburiy qildi. Shuning uchun ham hijobning o'zi ziynatlangan va ko'zga tashlanadigan bo'lishi aqlsizlik hisoblanadi.
3. Hijob qaddi-qomatni namoyon qiladigan darajada yupqa matodan bo'lmasligi lozim va ko'zga tash;anmaydigan tusda bo'lishi kerak. Faqat shu holdagina ayolni haqiqiy o'ranishiga erishish mumkin. Yupqa hijob ayolni nomigagina o'raydi. Aslida esa u yalang'och holdadir. Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Ummatimning oxirida yasan-tusan qilib kiyinganlari holda yalang'och va boshlari tuyaning o'rkachiga o'hshash ayollar bo'ladilar. Ularning la'natlanglar, chunki ular mal'un(la'natlangan)dirlar. Boshqa bir hadisda esa shunday deyilgan:"ULar hargiz jannatga kirmaydilar,hatto uni hidini ham hidlamaydilar. Holbuki,jannatning hidi bir qancha masofada sezilib turadi".
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ma'lum bo'ladiki, nafis, harir qomatlarini ko'rsatib turuvchi kiyim kiyish qattiq va halokatli gunohdir.
 

Qayd etilgan