Hijob: hayo va iffat libosi  ( 277830 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Mahdiyah  30 Avgust 2009, 09:48:11

Azizlar, Muslima Begimning savollariga Allohning kalomi bilan javob berishingiz menga ham juda yoqdi. Allohning buyrug'ini faqat uning uchun bajarish haqiqiy mo'minning vazifasi haqiqatan ham. Biz ayollar uchun, shahsan men uchun Allohning farzlaridan eng og'ir bo'lgani Hijob, yani o'ranish. Davlat ishiga, o'qishiga bog'liq bo'lganim uchun, u yerga kirishda ro'molni yechishni o'ylaganim uchun men ham o'ranishga jasorat eta olmayapman. Ham bir tarafi O'zbekistonga borib-kelishlarda bu yerga turmushga chiqib, o'rangan o'rtog'larimning, aeroportdan boshlagan, OVİR vizasi olishda davom etgan qiyinchiliklaridan habarim bo'lgani uchun yana ham cho'chiyabman. Turmushga chiqqanimdan keyin yengi kalta kiymay qo'ydim. Bu ham men uchun katta narsa bo'ldi. Olloh rozi bo'lsin turmush o'rtog'im bu masalalarda menga da'vatchi bo'lyabdi. O'ranish mavzusiga kelganda esa, Sen men hohladim, deb emas, Olloh menga amr etgan, deb o'ranishingni hohlayman, chunki sen Yaratganning farzlarini yeriga keltirishga harakat qilayotgan, bolaligidan beri namoz o'qiydigan insonsan, deydi. İnsholloh bir kun menga ham Allohning amrini tom manoda bajarish nasib bo'lar.
Muslima Begimga bu yo'ldagi ishlarida Olloh yordamchi bo'lsin, deb qolaman.

Assalamu alaykum.

Siz mandan kattaroqsiz adashmasam.
Shuning uchun sizga balki aql o'rgatishim notog'ridir.
Lekin Islomda kichikmi kattami HAQ gapga qarladi.

Banda hech qachon ertaga nima bo'ladi, xatto 1 soniyadan so'ng nima bo'lishini bilmaydi.
Ayniqsa yoshlar hali ko'p yashayman dib o'ylashadi.
Lekin Alloh 1 soniya ichida yuragingizni to'xtatib qo'yishi hech gap emas!

Ikkilanayotgan bo'lsangiz shuni O'YLEN!

Chet elga chiqib-kirib yurishda muammolar bo'lishi mumkin deyabsiz. Albatta bo'ladi.
Muammo ochiq yurganlarni orasida bo'lmayabdimi.
Man bilganim tanishlarimni orasida ochiqlar ham OVIRda muammolari ko'p.

Shu xolatda Alloh taoloning Rasululloh solallohu alayhi vasalllamdan kelgan manadu: "Ey odam bolasi, sen Meni o’zing zikr qilsang, Men ham seni bir o’zim zikr etaman. Sen Meni jamoat ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida (yoki "œundan yahshiroq jamoat ichida", dedilar) eslayman. Sen Menga bir qarich yaqinlashsang, Men senga bir quloch yaqinlashaman. Sen Menga bir quloch yaqinlashsang, Men senga to’rt quloch yaqinlashaman. Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman" so'zlarini O'YLEN!

Man hijobga kirgunimcha har soniyam oxirgisi bo'lishi mukin deb ko'p yig'lardim.
Ko'zimda yosh ko'rinmasada qalbim bilan tezroq shu ne'amatga erishsam deb o'ylab yig'lardim.
Allohga HAMD bo'lsin.
Bu haqiqiy baxtga muyassar qildi!

Agar xozir kimdur "HIJOBING O'RNIGA DUNYO BOYLIGINI BERAMAN" disa, bu boylikni RO'MOLIMNING BIR TOLASIGA HAM ALMASHMIMAN!!!

Sizga ham boshqa birodar dugonalarimizga ham Alloh taolodan haqiqiy MUSTAHKAM IYMONni tilab qolaman!

Alloh hijobni nasib qilganidan keyin, shu hijoblanishda SOBITQADAM qilishini faqat O'ZIDANGINA SO'RIMAN

Qayd etilgan


Ansora  30 Avgust 2009, 12:54:40

Mahdiyah, tabiiki gaplaringizdan hech ham hafa bo'lmadim. Siz yuqorida aytib o'tgan gaplarni o'zim ham o'zimga takrorlaganman, takrorlayman. Ollohdan umid kesilmas, bir kun meni qarshimga ham o'ranishim uchun hayirli bir sabab chiqarsin, deb duo qilyabman. Yuqorida aytib o'tgan sabablarim,cho'chishlarim tabiiki shunchaki bir "sabab". Mening ham bu dunyoning hech bir ne'matida ko'zim yo'q. Nasib ishi Ollohdan, uning butun amrlarini yeriga keltirgan qullaridan bo'lishni menga ham nasib qilgandir insholloh.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Sentyabr 2009, 00:33:08

Bu foniy dunyoda Alloh taolo ayollar uchun hijobni farz qildi. Lekin afsuski hijobni Allohni ayollar uchun farz qilgan iffat libosini boshqacha tushinadigan ayollar ham juda ko'p. Hijob o'rab Allohni farzini ado etib yurgan ayollarga ming rahmat. Hijobga kirolmiman deb bahona qilishga ayollarga hech narsa sabab bo'lolmaydi.

Rasululloh sallallohu alayhi vassallam aytadilar: – «Аллох таъоло хаёли, кўздан яшириндир ва кўздан яширин(бўлишни)ёктиради. Шунингдек, Расулуллох Соллаллоху алайхи васаллам: «Аллох буюк ва кодир зотдир. У зот либосини ўз уйидан бошка ерда ечган аёлни ўз химоясидан махрум килади»- deya marhamat qilganlar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2009, 22:59:03

Hijobning naqadar muhimligini siz allaqachon anglab yetdingiz.
Hijobsiz qo’ygan qadamingiz o’zingiz va o’zgalar uchun katta zararligini bilasiz. Ammo hijobga kirishga kelganda esa haliyam ikkilanmoqdasiz. Hijobga kirmay desangiz - iymon halovatini sog`ingan qalbingiz ochiq-sochiq kiyimlarda taskin topolmayapti, kiray desangiz - ming hil sabablar yo`lingizga to`g`anoq bo’lmoqda. Hijobdan keyingi qiyinchilik va mashaqqatga to’la hayotingizni tasavvur qilganingiz sari hijobni kiyish u yoqda tursin, hatto u haqda eshitgingiz ham kelmaydi. Mana shunday ikki o’t orasida yashamoqdasiz. Aslidachi? Aslida ham hijobga kirish shu qadar og`ir ishmi? Hijobda yashash mashaqatmi?

Hijobga kirishdan ham, hijobda yashashdan ham unga kirish oldidagi ikkilanishlar, ikki o’t orasida yashash qiyinroq ekan. Hijobga kirgach esa sizni qiynagan ming xil savollar va ikkilanishlar barham topadi, elkangizdan og`ir yuk tushib, hijobgamas, blki orom uyiga kirgandek o`zingizni yngil his qilasiz. "œYo tavba. bu shu qadar oson ish ekanu, men bo’lsam shuncha qiynaldima", - deysiz. Ishonmaysizmi? Keling unda bir urinib ko’ramiz.


1. Avvalombor ishni hijobga kirishingizga qarshilik qilayotgan sabablar ro’yxatini tuzishdan boshlaymiz. Erinmasdan har bir bahona va sabablarni bir boshidan yozib chiqing va ularga yichim izlang. Shunda bazi sabablar hatto ro’yhatga yozishga ham arzimas darajada ekanligini o’zingiz ham anglab yetasiz. O`ylab qarasangiz, arziydigan, katta sabablar bir-ikkitadan oshmas ekan. Shundaymi?


Qanchalik katta bo’lmasin, ularga ham echim bor, albatta. Siz esa o’sha yichimlar ustida o’ylang, boshqalardan ham maslahat va yordam so’rang.


2. Imkon qadar hijobli qizlar davrasida yurishga intiling, agar hijobli dugonalaringiz bo’lmasa, ko’chada o’rangan qizlarni ko’rsangiz ham borib ular bilan do’stlashing, yoki islom markazlari, masjidlarga borib bo’lsa ham ular bilan uchrashing. Tortinmang, odatda bunday qizlar juda xushmuomala bo’lib, sizga yordam berishni xush ko’rishadi. Internetda bo’lganingizda ham ularni rasmlarini tomosha qiling, ya`ni kozingizni koniktiring. Chunki biz ozimizni zamonaviy hisoblab, ochiq va tor kiyimlar kiyishga o’rganib qolganmiz, keng va yopiq liboslar na ko’zimizga yoqadi, na ko’nglimizga. Ammo sinchiklab qarasangiz, yopiq kiyimlar ham go’zallikda ochiqlaridan o’tsa-o’tadiki, aslo qolishmaydi. Turli xil hijob o’rash uslublarini qarab chiqsangiz, har biri betakror va oziga hosligini korasiz.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2009, 23:00:02

3. Ham feli chiroyli, ham hijobni farosat bilan oraydigan nozik didli go’zal ayollarga koproq qarang. Shunda "œhijoblining axvoli shumi", - deydiganlar toifasidan bo`lmaysiz. Hijobga kirganingizdan keyin siz ham shu ayollar toyifasidan bolishga intiling. Ro’moli osilgan, yelkasi oqqanlardan bo’lmang. To`gri, hijob ayol go`zaligini va ziynatlarini berkitish uchun mo`ljallangan, ammo go`zallikni ham did va farosat bilan berkitish mumkin. Hijob ham islomiy hayotning bir korinishi. "Nega bu ayol ro’mol o’rab yuribdi?" - degan savolni orqasidan keladigan; "Musulmon bo’lgani uchun, muslimalar odatda shunday qilishadi"... kabi ko’plab javoblar orqali islomni oz bolsada taniy boshlashadi. Hali islomni bilmaydigan qancha odamlar bor, yaqinda menga horijlik tanishlarim: "hijob oraganingdan keyin sochingni haftada nechi marta yuvadigan bolding? Har holda kamaytirgan bo’lsang kerak, axir sochingni kirligini ro’molda hech kim ko’rmaydiku?" - deyishdi.
Naqadar axmoqona savol, ammo o’tmishda g’arbning podshosi umrida bir marta cho’milgan bir paytda musulmonlar bir kunda 5 marta tahorat olganini, hech qachon g`usulsiz junub holda yurmaganligini va yurmasligini bilmagan kishilardan bundan ham bema’niroq savollar chiqishi ham mumkin. Bunday savollardan xafa bo’lmang. Siz ularga Islom poklik dini ekanligini, hijob kir va nopok sochlarni bekitish uchun emas, balki tozalik va poklikdan yaraqlab turgan sochlarini chang va g`uborlardan, oftob tig`idan, qish izg`irinidan, yomon ko’zlardan asrash bilan birga bu g`ozal pokiza sochlar o`z jilosi bilan o`zgalarni hayollarini bo`lmasligi uchun o`ralishini tushuntiring. Va imkon qafar amal bilan so’zingizni quvvatlang.

4. Agar yilkasi ochiq kiyimlarda o’sgan bo’sangiz, asta-sekin kalta bosada, engi bor koftalarga o’ting, shortik va kalta yubkalaringizni uzaytiring. Mobodo yubkada yurishni yomon ko’rsangiz, shimda yuring. Oyoqlaringizni yopishga harakat qiling. Shu yo’l bilan sekin-sekin yopiq kiyinishga o’rganasiz. Boshida tor bo’lsada, yopiq kiyining.

5. Yopiq kiyimga organgach, sekin ro’mollar va chiroyli sharflar sotib oling va ro’molda yurishni uyda mashq qiling. O’zingizga qulay va yarashadigan uslublarni o’rganing. Ko’nikma hosil qilish uchun avval uyda va hovlida o’rab yuring. Keyin sekin-sekin, Insha Alloh, silliqina hijobga o’tib olasiz.

6. Boshida ozingizga yoqqan zamonaviy kiyimlar, masalan, tizzagacha keladigan klassik uslubda tikilgan kostuym-shim va xushbichim yubka-kofta degandek, ilgari kiyingan uslubizga yaqin kiyimlardan boshlang. Chunki birdan keng arabcha abayalarni kiyish o’rganmagan nafslarga og`ir keladi. Zamonaviy qilib tikilgan uzun yeng va etakli liboslaringizni endi ko’chada ham kiyishni boshlang. Bir qancha muddatdan keyin ilgari oyoqlaringiz yopilsa yuragingiz siqilgan bolsa, endi oyog`ingiz korinsa hijolat cheka boshlaysiz.

7. Zamonaviy va yopiq libosga ham konikib qoldingiz. Endi uning rangiga mos romol tanlaysiz va chiroyli qilib o’raysiz. Ana bo’ldi ,siz endi Alloh nozik hilqat vakilalariga munosib korgan eng g`ozal libosdasiz. Ko’rdingizmi bu qanchalar oson ekan?

-"œHa, kiyishku oson, ammo uni asrash qiyinda", - deysizmi?

Yo`q bu ham siz o`ylaganchalik qiyin ish emas, faqat ba`zi bir nozik jihatlariga e’tibor qaratsangiz bas.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2009, 23:01:07

7. Ammo hijob sizga juda yarashdi! Ana endi ko`chaga chiqsangiz ham shu libosda chiqing. Har xil qarashlar, gap sozlar deysizmi? Nahotki shugina sabab bilan sizga qanchalar yarashgan hijobingizni echsangiz? Yo`g`a, bu o’rinda kalta koylak va elkasiz, tor liboslarda mahalladan o’tgan davringizni eslang... Mahalla-ko’yning: "œvoy bu, bu qizning koylagi bormi-yoqmi?" - qabilidagi pichinglarini esladingizmi? O’shanda ularning gapidan jahlingiz chiqqan bolsada: "œbu modani tushunmagan odamlarga qosa nimalar demaydi" - deya mag`rur ketaverardingiz. Huddi o’sha uslubni endi bu o`rinda qo’llang. "œAllohning buyruqlarini bilmagan va hijobning naqadar g`ozalligini anglamaganlarga qolsa ular nimalar deyishmaydi?!"

8. - "Mahalla - koy mayliya, ota-onam va boshqa yaqinlarimga ham yoqmadi bu uslubda kiyinishim", - deysizmi? Unda sizga bir savol.
Ilgari kiygan kiyimlaringizni hammasi barcha yaqinlaringizga birdek yoqqanmi? Y`oq, albatta, bunday bo’lishi mumkin emas. O’sha kiyimlaringiz yoki o’ta torligi, yoki juda kalta va ochiqligi bilan, yoki g`alati uslubi bilan juda bo’lmasa, narxi bilan yaqinlaringizni sal bo’lsada noroziligini o`yg`otgan. "œSizga yoqmasa ham, menga yoqadi" qabilida yaqinlaringizga yoqmagan kiyimingizni yaxshi ko’rib kiyishda davom etgansiz. Bu o`rinda ham hijobni sizni egningizda sobit qolishi uchun sizdan birgina harakat kerak. Siz uni ham ilgargi zamonaviy libosingizni qanchalar yaxshi korgan bolsangiz, buni ham shunchalik seving va himoya qiling! Osongina egningizdan tushib ketishiga yo`l qoymang! "œSizga yoqmasa ham bu libos menga va barcha mo`minlarga, eng asosiysi - Allohga yoqadi" - deya oling! Yaqinlaringizga esa xushmuomalalik bilan tushuntiring va ularga ham hidoyat so’rab duo qiling.

9. - Shahrimizda, mahallamizda, oilamizda hech kim hijob kiymagan, bir o`zim...
Men sizni juda yaxshi tushunaman. Demak siz islom nuri yoritmagan joylarda va bu nurdan bebahra odamlar orasida yasharkansiz. Islomdan qatra nur bolib kirib bormaysizmi o`sha manzillarga. Odamlar hamma joyda birinchi bolish uchun astoidil harakat qiladi, nega siz bu g`ozal yo’lda birinchi bo’lishni istamaysiz? Bir ozingizga shuncha savob, ularni birma-bir yig`ib olsangizchi!

10. Hijobni kiygach, uni kiyishingizga qarshi bo’lgan odamlardan uzoqroq yurishga harakat qiling, chunki ular tezda sizda hijobni yechish istagini uyg`otib qo’yishlari mumkin. Hech bo’lmaganda, hijobga organib qolguningizcha ulardan uzoqroq bo’ling.

11. Hijobni kiygach, mobodo uni yechish istagi tug`ilib qosa, xuddi uni kiyishni qanday orqaga cho’zgan bolsangiz, shunday "œertaga, indinga echaman" deb, nafsizni aldab turing, shunda sekin-sekin organib qolasiz va butun umr hijobda yurgandek u bilan qadrdon bolib qolasiz, InshaAlloh!

12. Hijobdaligingizda tez-tez sizni ta’qib qiladigan nigohlarni: "G`alati kiyinganim uchun menga qarashyapti" deb emas, balki: "Ular mendan islomni organishmoqda, ibrat olsihmoqda" deb sharh qiling. Shunda sizni "œbular nega buncha baqrayishadi" - degan fikrlar g`azablantirmaydi.

13. Hijob kiyganingizdan keyin bolayotgan har bir ezgu ishga "Alloh meni hijob kiyganim uchun taqdirlayapti" degan o`yda boling. Shunda hijobga va boshqa Allohning farzlariga majburiyat deb emas, balki mehr bilan qaraysiz, ularni sevib bajarasiz.

14. "œHijob kiysam uni qilomayman, buni qilomayman" deb og`rinmang, hijob kiyish bilan hamma narsadan kechish shartmas, bazi bir odatlaringiz islomga zid bo`lsa-yu, uni birdaniga toxtaolmasangiz, sekin-sekin toxtating, ammo hijobni echmang u odatingiz uchun. Masalan, men raqsni, sportni, ashulani judayam yaxshi koraman. Yashirmay aytamanki, boshida menga bo’yanish, yasanish, raqs, musiqa, soch kesish va hokazolar mumkinmas hijobga kirsang, desalar: "Ma hijobingni, ol, manga hech keragi yo`q", degan bolardim. Islomga zid odatlaringizni sekin-sekin kamaytiring yoki o’shanga oxshashiga ozgartiring. Masalan, men stadionda va sport klubida shug`ullanishni hovliga kochirdim. Boshida kunda bir soat raqs bilan shugullangan bosam keyin 20 minut, 10, haftada bir hozir raqssizam juda yaxshi yashayapman. Musiqani esa sekin rep, hip-hopdan mazmunli ashulalarga, keyin diniy ashulalarga, keyin nashidlarga, hozir esa mp3 imda quron suralari qogan holos. Boyanish, o’zingizga qarashni ham uyingizga kelganda maromiga etkizib qiling, juda xohlasangiz eski modniy kiyimlaringizni ham kiyavering. Uyingizda o`zingizga yoqqandek, qulay va gozal liboslarni bemalol kiyavering (bahonada uyingizni va uyda o’tirishni ham yaxshi korib qolas).

15. Eng asosiysi, unutmang, hijob - bu oddiy kiyim! Uni kiygach, undan qandaydir bir ilohiy tuyg`ularni kutmang. "œHijob kiydim, endi eng mustahkam imonni qo’lga kiritdim", deya mag`rurlanib ketmang. O`zini musulmon sanagan, ammo hali hijobgacha yetib kelmagan muslimalarga past nazar bilan qaramang va ularni dillariga ozor beradigan gaplar bilan tanbeh bermang. Imon qalbda boladi. Imonni hijob kiyib ham topolmay otib ketganlar qancha. Hijob hech kimga imon bermaydi, u borini himoya qiladi halos. Imonni kuchaytirguvchi taqvoni hijobni kiygach ham mustahkam ushlashga harakat qiling. Ilm olishga va unga amal qilishga harakar qiling, yo`qsa hijob kiygan eksponatdan farqingiz qolmaydi. Hijob jamiyatdagi ko’p kasalliklarini oldini oluvchi bir himoya vositasi. Uni kiyish bilan farishta, yechish bilan fohisha bolib qolmaysiz. Ammo uni kiyib taqvoyingizni yanada mukammal qilishingiz, yechish bilan fahshga yo`l ochishingiz mumkin. Shuni bilingki, hijob bu jannatga kafolat emas, ammo hijobsiz ham jannat kafolatlangan emas.

16. "Men namozni namoz oqish istagi paydo bo’lsa o`qiyman", yoki: "Menda hijobga kirish istagi paydo bo`lmagan", deb ko’p aytishadi. Bu kabi so`zlar bilan o`zingizni aldamang, amallarni paysalga solmang. Bilingki, bu istakni kelishini kutib otirish - g`irt axmoqlik!
Chunki siz bu istakni butun umr kutsangiz ham kelmasligi mumkin. Qayerdan bilasiz, balki u sizni birinchi bo’lib qadam tashlashingizni kutayotgandir? Hech kim yo’lidan oltin chiqib qolishini kutib otirmaydi, vaholanki tilladan bo’lgan ziynatlarni topib olganlar ko’p. Xuddi shunay siz ham noma`lum tuyg`ularni kutib umringizni g`aflatda o’tikizmang.
Hech kormagan, yemagan, mazasini totmagan notanish ovqatni nomini aytsa egingiz keladimi? Yoq, sizga bu nomlar kompyuter, stol, stul kabi oddiy narsa nomidek eshitiladi. Ammo kabob, osh, manti, chuchvara kabi sizga tanish nomlar aytilsa-chi? Ishtahalaringiz ochilib, yegingiz keladi. Nega? Chunki siz ularni bilasiz, yegansiz, mazzasini totgansiz. Xuddi shunday namozning lazzatini angalsh uchun uni oqish kerak, hijobni esa o’rab ko’rish kerak. Undan keyin ham lazzat eshiklari ochilmasa, darrov orqaga qaytmasdan eshik oldida turing. Qayta-qayta taqqilating eshikni. Niyatingiz holis bosa, Insha Alloh, u eshiklar ochiladi.

Va shu o’rinda boshqalarga ham maslahatim: "Hijobli bo’la turib unday qildi, bunday qildii" kabi gaplarga chek qoying! Odamlarni hijoblilardan maksimal narsalarni kutishi qizlarni hijob kiyishga jur’atsiz qilib qo’yadi. Tushuning, u ham oddiy bir odam, u ham barcha singari xato qilishi mumkin. Kecha yarim yalong`och yurgan qiz bugun shu joygacha etib kelipti, shunisiga rahmat deng. "Hijobliyam shunaqa bo’larkanmi", deb uni hijobini echishiga sababchi bolgandan kora, unga yordam bering, qolingizdan kelsa. Bo`lmasa - jim boling, ammo zinhor-bazinhor uni izza qilmang. Juda xunuk ish bo’lsa, sekingina o’ziga ayting, chioyli tushuntiring.

Siz, hijob kiymoqchi bogan opam yoki singlim, bunaqa gaplarga ahamiyat bermang. Siz tog`ri yo’ldasiz, ketavering undan hech narsaga qaramay. Bilmaganingizni sekin-sekin organib olasiz. Hech kim mukammal emas.

17. Hijob kiygandan keyin ayb ish qilib qoygandek ovozingiz sinq, boyningiz egik yurmang! Hijob kiyishdan uyalmang! Podiyumda ketayotgan modellarga bir qarang, egninga nimani ossalar ham "œmashhur kutere falonchini liboslarini namoyish qilyapman" deb mag`rur yuraverishadi. Oliy moda, avangard deya aqlga sig`maydigan kiyimlarni kiyib chiqaverishadi. Bu libos haqiqatda juda go`zal va betakrorligiga shu qadar qat`iy ishonch bilan yurishgani tufayl ham bugun ko’pchilik moda orqasidan chopmoqda. Nega endi ular bir ojiz bandani kiy degan istagini ikkilanmay amalga oshirsayu, biz esa kuch va qudrat egasi bo’lgan Alloh taolaning buyrug`ini aybdordek ikkilanib, amalga oshiramiz? Hijob Oliy Zotning buyrug`i bolib, aslida u oliy moda! Qachonki biz bunga ishonib, qat’iy qadam tashlashni boshlar ekanmiz, ana shundagina dunyo modasi ortimizdan chopadi!

O’zbekoyimning hijobga kirmoqchi bo'lgan opa singillarimizga bergan maslahatlari



Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Sentyabr 2009, 05:58:30

Albatta, ochiq-sochiqlik qiyofasiga kirgan go'zal bir ayol, nomahram o'nta erkakdan ikki-uchtasining nazar solishini xush ko'rsa, qolgan etti-sakkiztasining qarashidan siqiladi. Ham fahsh va fujur yo'liga kirmagan bir go'zal ayol, nozik va ta'sirchan bo'lganidan, moddatan yomon ta'sirlari hayotda ko'rilayotgan, balki zaharlayotgan past nazarlardan, albatta siqiladi. Hatto, eshitamizki, ochiq-sochiqlik avj olgan Ovrupa mamlakatlarida ko'p ayollar bu kabi diqqatli nazarlardan siqilib: "Bu nusxalar bizni ko'z hibsiga olib siqmoqdalar," deya polislarga shikoyat etmoqdalar.

Demak, dinsiz madaniyatning tasatturni rad etishi, fitratga xilofdir. Qur'onning tasattur amri fitriy bo'lish bilan birga, ul shafqat ma'dani va qiymatli abadiy bir rafiqa bo'la oladigan ayollarni, tasattur ila tubanlikdan, xorlikdan va ma'naviy asirlik va qashshoqlikdan qutqarmoqda.

Qayd etilgan


Ansora  06 Sentyabr 2009, 06:18:58

MEDENİYET EGER AÇMAK İSE BEDENİ

DESENE HAYVANLAR SİZDEN DAHA MEDENİ

"Madaniyat agar badanni ochmoq esa, hayvonlar sizdan yana ham madaniyatliroq ekanda"


Mehmet Akif Ersoy


Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Sentyabr 2009, 18:06:20


"Madaniyat agar badanni ochmoq esa, hayvonlar sizdan yana ham madaniyatliroq ekanda"

Mehmet Akif Ersoy


JUDA ZO'R GAPAKAN!

Qayd etilgan


Hadija  17 Sentyabr 2009, 20:10:55

Sizlarga savolim bor edi. Fikrlaringizni eshitib bugunoq hijob sotib olaman deb o'yladim. lekin bir savol to'xtatib qo'ydi. Men namoz o'qishni bilmiman. Avval namozni o'rganib keyin hijobga kiraymi? yoki hijobga kirib namoz o'qishni o'rganib boraymi.

Muhtarama aziz birodarim, opammisiz, singlimmisiz, kim bo'lishingizdan qat'iy nazar InshaAlloh, mo'mina muslima birodarimsiz. Sizni hijob hususida niyatingizni eshitib, yuragim hapqirib ketdi. Ooooooo, uning lazzatini bilsangiz edi, hijobni kiygach, uhlaganda ham yechmaslikni o'ylab qolasiz. Shunchalik shirin, shunchalik totliki, ayniqsa Uni Jannat Libosi deb atasangiz, Allohning farmonini qilayotganingizni bilib ham holis UNGa qanchalik yaqin ekaningizni his qilasiz, qalbdan oqqan yoshlar, ko'zga sekin-asta chiqa boshlaydi, UNga, faqat Unga intilib, Uning uchun yashashni yana bir bora istab qolasiz. Alhamdulillah, qanchalik BAXTlimizki biz muslimalar, Uning uchun sajdaga bosh to'kilganda bir BAXTga erishsak, Hijoblanganda ikkinchi marotaba BAXTga erishamiz...
Aziz birodarim, bu niyatingizni bildirganingizga deyarli 1 oycha bo'libdi, hijoblandingizmi? Agarda Muborak Mohi Ramazonda o'rangan bo'lsangiz, sizni chin-chin qalbimdan, Bu Baxtga yetishgan-u, yetishmaganlar nomidan tabriklayman. Ilohim Huzuriga ham, O'ziga sevikli bo'lib, hayirli amallaringiz bilan hijoblangan holingizda O'sha Dahshtli kunda Rahmonnign suyukligi bo'lib yo'liqingkki, kofira-yu, munofiq holatida Hijoblanmay o'tgan ayollar, sizga havas qilib, O'zlarini Iymon lazzatidan bebahra qo'yganlari uchun havas va o'zlari uchun nadomat bilan qarasinlar...


HIJOBga qarshilik qilayotganlarga esa, niyatim, tilagim va istagim, ILOHIM Alloh, HIJOBdagi baxt lazzati bilan jazolasin.... (:amn:)

Qayd etilgan