Hijob: hayo va iffat libosi  ( 174034 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Munira xonim  17 Sentyabr 2009, 21:01:43

MEDENİYET EGER AÇMAK İSE BEDENİ

DESENE HAYVANLAR SİZDEN DAHA MEDENİ

"Madaniyat agar badanni ochmoq esa, hayvonlar sizdan yana ham madaniyatliroq ekanda"


Mehmet Akif Ersoy



Assalamu alaykum.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Juda ham ajoyib va aniq aytilgan gap ekan.
Agar INSONda o'zi da'vo qilayotgan AQL degan ne'matdan zarracha bo'lsa, shu gapni o'zi u uchun yetarli bo'lardi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Sentyabr 2009, 08:14:11

Kecha yana hijobga kirganimning ilk kunlarini esladim.
Chunki ayni bahorda (bahor bilan kuz fasli deyarli o'xshash havosi jihatidan) hijoblangandim.

Alloh bandasiga hayotda turli sinovlarni berarkan.

Mandek rus mahallalarida katta bo'lgan, deyarli hijobli ayolni ko'chada ko'rmagan qiz uchun hijobda bo'lishlik, xatto bir parcha ro'mol o'rashlik ham ajoyib tuyilardi.
Xatto buvimnikiga Qo'qonga borganimda ham ro'mol o'ramaganman.
Ro'mol o'rashni yomon ko'rardim.  :D
Vodiyda esa hatto kichkintoy qizchalar ham ro'molsiz yurmaydilar.

Ishqilib hijobga kirganimni ilk kunlari edi.
Opamni ishxonasiga nimadur ish bilan bordim.
Unda opam hali hijobda emas edi.
Ishxonasidagilar ham 90 % ruslar, o'zbegi bo'lsa ham rusdan farqi yoq edi.

Shundoq xonasiga kirishim bilan xonadagi qozoq ayolga salom ebrdim, u manga qaradiyu, tushunmay qoldi  :D , alik oldida manga "Iya bu nim ayurish yechib tashla ro'molingni" dedi.
Man ham darrov jaxlim chiqib: "Sizi ishiz nima, xoxlasam o'riman ro'molni, yechish uchun o'ramadim" dedim.  :D
Ayolni ensasi qotiiiiiiiiiiiiiiiiiiib ketdi....
Ichimdan allanimalar o'di, lekin bu hijobga kirganimga afsuslanish emas. Balki qo'pollik qilgani ko'nglimga tekkandir...

Kn opam xonaga kirib keldi (u xonada emasdi).
Shu ishxonada 2 qavatda ishlaydigan kursdoshimni yoniga ham chiqishim kerak edi.
Kursdoshimni eshigiga yaqinlashib qolganimda, shu institutda o'qiydigan Kamola digan sinfdoshim baqirib "Vay Dilnoz, o'zinmisan, Muborak bo'lsin! Biram yarashibdi! Bizga ham yuqsin, yuqsin, yuqsin!" deb mani quchoqlab oldi.
Gapirishga ham so'rashishga ham ulgurmadim, uni gaplaridan :)

Shu yerni o'zida Alloh naqadar BUYUK, ADL (o’ta adolatli), JABBOR (bandalari ishini isloh etuvchi), ALIYM (biluvchi, dono, ilm sohibi), ROFI’ (mo’minlar martabasini ko’taruvchi), BASIR (hamma maxfiy va oshkora narsalarni ko’ruvchi), SAMI' ( maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan o’tganini ham, eshituvchi), SHAKUR (oz ishga ko’p mukofot beruvchi) ekaniga amin bo'ldim

Qayd etilgan


Wild Flower  02 Oktyabr 2009, 10:37:16

Hijobsiz oynaga qarasam mandan hunuk odam yuq bulsa kerak deb uylayman. Alhamdulillah!!! Olloh Taolo Barchamizni iymonimizni kuchaytirsin!!!

Qayd etilgan


Hadija  07 Oktyabr 2009, 14:31:25

HAYOLI BO’L!

Shubhasiz, hayo imondandir. Bunday deyishgan: «Ibodat (bandalik) yetmish ikki bobdir. Yetmish biri Allohdan hayo qilishdan iborat. Bittasi esa ezgulikning barcha turlariga daxldor».

«Allohdan haqqoniy hayo qilingiz», dedilar Rasululloh (s.a.v.). «Alhamdulillah, biz hayo qilamiz», dedik. Rasululloh (s.a.v.): «Bu (siz o‘ylagan tarzdagi) hayo emas. Allohdan haq-rost hayo qilgan boshini va boshidagi a’zolarini, qorni va qornini tashkil etgan a’zolarni muhofaza etsin, o‘limni (va tuproq ostida) chirishni o‘ylasin! Oxiratini o‘ylagan kishi dunyo hayotining zeb-ziynatlarini tark etadi. Kim ana shunday qilsa, Allohdan haqqoniy hayo etgan bo‘ladi» , deya marhamat qildilar. (Imom Ahmad. I, 378-bet; Termiziy. «Qiyomat», 24-bet).

Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayh bunday der ekanlar: «Besh narsa ilohiy rahmatdan marhumlik alomati sanaladi: qalb qattiqligi, ko‘z xiraligi (yig‘lamasligi), hayo ozligi, dunyoga rag‘bat ko‘rsatish va uzun orzular».

As-Sariyyus-Saqotiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Hayo va uns (muhabbat) qalb eshigini taqillatishadi, u yerda zuhd va varo’ (taqvodorlik)ni topishsa, joylashib olishadi, bo‘lmasa qaytib ketishadi. Hayoning alomati - gunohga yo‘l qo‘ymaslikdir».

Men deymanki, gunohga yo‘l qo‘ymaslikdan maqsad gunohda davom etmaslikdir.

Ustozim Aliyyul - Mursiy rahmatullohi alayh aytadiki: «Murid tavbada shunday sobit bo‘lsinki, chap tomondagi farishta yigirma yil bu kimsaga biror gunoh yozolmasin» so‘zidan maqsad aslo gunoh qilmaslik yoki gunohda davom qilmaslik, darhol tavba va istig‘for etish ma’nosidami, deya savol so‘raldi.

Bunday javob berdilar: «Maqsad ikkinchisidir. Chunki sodiq murid gunoh qilgach, darhol tavba va istig‘for qiladiki, gunohi tavbadan so‘ng o‘chiriladi. Natijada farishta yozadigan hech bir narsa topolmaydi. Chunki u, qul tavba va istig‘for aytar, deya kutadi. Agar banda pushaymon bo‘lib istig‘for aytsa, farishta ham o‘sha gunohni yozmaydi».

Yana shu narsa haqiqatki, ikki farishta qavliy va fe’liy gunohlarni yozadi. Gunoh qilgan kishi gunohini oshkor etib «men shu-shu gunohlarni qildim», desa farishta o‘shani yozadi. Bunga dalil ushbu oyati karimadir: «Holbuki, shak-shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘ (farishta)lar bordir. Ular sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar» (Infitor surasi, 10-12-oyatlar). Biroq bilish yozish emas, buni ham bil.

Imom Sha’roniy, "œIbodat va zikr ahliga tavsiyalar"

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 07:14:58


Kitob va Sunnatdagi muslima ayolning hijobi

الإهداءإلى كل من رضيت بالله رباً وبالإسلام ديناً وبمحمدٍ نبياً ورسولاً إلى كل من ارتفعت بالإسلام فوق الهوى  إلى ابنة خديجة وأسماء وسمية إلى كل فتاة التزمت كتاب ربها تلاوةً وتدبراً وعملاً إلى كل فتاة وضعت تحت قدميها الشعارات البرَّاقة والخادعة من دعاة التحلل والفجور     
إلى كل فتاة تريد سعادة الدنيا والآخرة


Bu risola Muhammad Nosiruddin Alboniy rahimahulloh qalamiga mansub. Unda siz aziz opa-singillarga muslima ayolning libosini qanday bo’lishi, uning shartlari va u to’g’risidagi ulamolar fikrlari bayon qilinadi. Bu risola tufayli Alloh Тaolo roziligiga erishish va jannatdagi oliy martabalar egasi bo’lishni Ul Zotdan iltijo qilamiz!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 07:16:02

Hijob shartlari

1.Istisno qilingan o’rinlardan tashqari badanning barchasini yopishi;
2.Bezalgan bo’lmasligi;
3.Ichi ko’rinmaydigan darajada qalin bo’lishi;
4.Тormas, keng bo’lishi;
5.Atirlangan, xushbo’y bo’lmasligi;
6.Er kishi libosiga o’xshamasligi;
7.Kofirlar libosiga o’xshamasligi;
8.Shuhrat libosi bo’lmasligi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 07:18:24

1-shart sharhi

Alloh Тaolo "œNur" surasining 31-oyatida marhamat qiladi:

وَقُلْ لِلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آَبَائِهِنَّ أَوْ آَبَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُولِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَى عَوْرَاتِ النِّسَاءِ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِنْ زِينَتِهِنَّ وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Ma’nosi: "œ(Ey Muhammad), mo’minalarga ayting, (ularga qarash halol bo’lmagan narsalarga qarashdan) ko’zlarini pastga tushirsinlar, (halol bo’lmagan qilmishlardan) jinsiy a’zolarini saqlasinlar, ko’rinib qolgan tomonlardan (ya’ni yuz va kaftlardan) tashqari ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar, ro’mollari bilan (boshlari, bo’yinlari va) ko’kraklarini yopsinlar. (Ular) erlari, otalari, erlarining otalari, bolalari, erlarining bolalari, aka-ukalari, aka-ukalarining bolalari, opa-singillarining bolalari, (o’zlari kabi mo’mina) ayollari, cho’rilari, ayollarga behojat, shahvati yo’q kishilar yo avratini bilmaydigan yosh bolalardan boshqa kishilarga ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar. Hamda bekitgan ziynatlari bilinishi uchun oyoqlari bilan (yerni urib, ovoz chiqarib) yurmasinlar. Barchangiz Allohga tavba qilinglar, ey mo’minlar, shoyad  najot topsangizlar". (Ya’ni, tavba qilsangizlar, albatta najot topasizlar. Qur’on oyatlaridagi "œshoyad" so’zi "œalbatta", "œshubhasiz" ma’nolarini anglatadi.)
Ahzob surasining 59-oyatida Alloh Тaolo Payg’ambari Muhammad sollallohu alayhi va sallamga bunday marhamat qiladi:
....
"œEy payg’ambar, juftlaringiz, qizlaringiz va mo’minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini yopsinlar! Ularning tezroq tanilishlari va ozorlanmasliklari mana shu (tufaylidir). Alloh mag’firatli va rahmli bo’lgan zotdir".
"œBirinchi oyat ziynatning barchasini yopish vojibligiga va begona kishilar oldida ziynatning biron o’rnini ochmaslikka ravshan dalildir. Faqat ayollardan beixtiyor ochilib qolsa, zarari yo’q. Mana shu ochilib qolgan o’rnini yopishga ayollar shoshilsalar, gunoh bo’lmaydi", deydi Hofiz Ibni Kasir o’z tafsirlarida.
"œKo’rinib qolgan tomonlardan tashqari ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar" oyati to’g’risida Ibni Abbos roziyallohu anhumo aytadilarki: "œYuzi va kaftlaridir".
Barcha ulamolar aytadilarki, har bir namozxon namozida avratini yopishi vojibdir. Ayol kishi esa namozida yuzi va kaftlarini ochadi, bundan boshqa o’rinlarini yopishi vojib. Bilagining yarmigacha ochilib qolishini Payg’ambar sollallohu alayhi va sallam ayol kishiga ruxsat berdilar. Ayolning yuzi va kaftlari avrat bo’lmagani uchun ham namoz o’qishida ochib o’qiydi. Agar avrat bo’lganida edi, ochish man qilinardi.
Ayolning yuzi va kaftlari avrat emasligiga Abu Dovudning Oisha roziyallohu anahodan qilgan rivoyati ham dalil bo’ladi. Oisha aytadilarki, Asmo binti Abu Bakr yupqa kiyimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldilariga kirganida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam undan yuz o’girdilar, so’ng: "œEy Asmo, ayol kishi balog’atga yetganidan keyin uni mana bu o’rinlardan — yuz va kaftlariga ishora qildilar — boshqasining ko’rinishi to’g’ri bo’lmaydi" deb aytdilar. (Bu hadis isnodi bir necha yo’llar bilan quvvatlangan.)
Yana Abu Dovud sahih yo’l bilan qatodadan rivoyat qiladi, payg’ambar sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar (ma’nosi): "œqizbola balog’atga yetganida uning yuzi va qo’lining bo’g’inigacha bo’lgan o’rindan boshqa o’rinlarining ko’rinishi to’g’ri bo’lmaydi". (Хulosa: Ayol kishining yuzi va kaftlarini avrat yo avratmasligi to’g’risida ulamolar qadimdan turli fikrlar bildirib kelishgan. Ba’zi kimsalar yuz yopish dindan emas kabi g’aroyib gapni ham aytishgan. Alboniy rahimahulloh yuqoridagi ikki oyatni bayon qilib hamda juda ko’p sahih hadislar keltirib aytadilarki: "œAyol kishi yuzini yopishi afzal, lekin vojib emas. Yuz va kaftlarni ochish shariatda harom emas, balki ruxsatdir". Alboniy so’zlari qanday chiroyli so’z ekaniga imkoni borlar u kishining "œ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,," kitobiga murojaat qilsalar qoniqqan bo’lardilar. Тarjimon izohi.)-

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 07:19:43

2-shart sharhi
(Bezalgan bo’lmasligi)

"œNur" surasining oyatida Alloh Тaoloning so’zi bunday edi: "œ(Mo’minalar) ziynatlarini ko’rsatmasinlar". Mana shu oyat ustki kiyimini ham o’z ichiga oladi. Agar ustki kiyim ziynatli bo’lsa, er kishilar nazarini jalb qiladi. Yana Alloh Тaolo "œAhzob" surasining 33-oyatida bunday deydi: "œ(Ey payg’ambar ayollari) uylaringizda qaror topingiz (behojat tashqariga chiqib ketmangiz) hamda (Islomdan) avvalgilar (ning tabarruji) kabi tabarruj qilmangiz".
Хitob payg’ambar sollallohu alayhi va sallam ayollariga qilingan bo’lsa-da, barcha mo’minalarni o’z ichiga oladi. Ayol kishi er kishining shahvatini uyg’otadigan narsalarni, ya’ni ziynat, bezaklari va yopishi vojib bo’lgan o’rinlarini ochishiga  tabarruj deyiladi. Bundan ma’lum bo’ladiki, ayol kishining ustki kiyimi bezalgan bo’lmasligi kerak. "œAyol kishi ziynati, kiyimi ostidagi tilla va marjon kabi taqinchoqlarining ko’rinishi, mushku anbarlar bilan o’zini xushbo’y qilib ko’chaga chiqishi tabarrujga kirib, bu tufayli unga la’nat yog’iladi. Bunday ayollar to’g’risida payg’ambar sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar (ma’nosi):
"œDo’zaxni ko’rdim, qarasam, uning ko’pchilik ahli ayollar ekan". (Buxoriy va Muslim rivoyatlari). ....... deydi Zahabiy rahimahulloh.
Bu o’rinda shuni qayd etmoq lozimki, agar ayol kishining ustki libosi oq yo qora rangdan boshqa bo’lsa, ziynatli deyilmaydi. Ba’zilar tushunchasi mana shunday. (Oq va qoradan boshqa rangli ustki kiyimlar ham shariatda joiz.) Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamning bu boradagi hadislari (ma’nosi): "œAyollarning atiri shuki, undagi rang ko’riladi, hidi esa sezilmaydi". Yana Qosim rivoyatida: "œOisha ehromli bo’lganida sariq kiyim kiyar edilar", deyilgan. Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamning boshqa ayollari ham sariq va qizil kiyim kiyganliklari to’g’risidagi rivoyatlarni ham Alboniy rahimahulloh keltiradilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 07:20:43

3-shart sharhi
(Ichi ko’rinmaydigan darajada qalin bo’lishi)

Agar ayol kiyimining ichi ko’rinsa, avrati yopilgan deyilmaydi, balki bunday ayol fitnasi va ziynati ziyoda bo’ladi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilarki:
(Ma’nosi) "œUmmatimning oxirida kiyimli yalang’och ayollar bo’ladi. (Ularning) boshlaridagi (sochlari tuya o’rkachi) kabi yig’ilib ko’tarilgan bo’ladi. Ularga la’nat aytinglar, chunki ular la’natlangan ayollardir".
Ibni Abdulbarr aytadilarki: "œPayg’ambar sollallohu alayhi va sallam jasadni gavdalantiradigan darajada tor kiyinadigan ayollarni nazarda tutdilar, ular nomiga kiyingan, haqiqatda esa yalang’ochdirlar". Bunday qilmish eng katta gunohlardan biridir, deydi Ibni Hajar Al-Haytamiy. Shuning uchun ulamolar: "œJasadni gavdalantirmaydigan darajada avratlarni yopish vojib bo’ladi", deb aytadilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 07:21:53

4-shart sharhi
(Тormas, keng bo’lishi)

Kiyimdan maqsad fitna oldini olishdir. Bu maqsad kiyim keng bo’lganda hosil bo’ladi. Тor kiyim jasadni yopsa-da, uni yoki ba’zi a’zolarini gavdalantirib turadi va erlar ko’ziga shakllantiradi. Bunday qilmish qanchalar buzg’unchilik keltirishi ma’lumdir.
Usoma bin Zayd aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o’zlariga Dihyatul-Kalbiy hadya qilgan qalin qibtiya (qavm nomi) liboslarini menga kiydirdilar. Men esa uni ayolimga kiydirdim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: “Senga nima bo’ldi, qibtiya (libosini) kiymayapsan?” dedilar. Men: “Ayolimga kiygizgan edim” dedim. Ul zot: “Ayolingga ayt, uning ostidan gilola (jasad gavdalanmasligi uchun ko’ylak ostidan kiyiladigan kiyim) kiysin, chunki men uning suyaklari hajmi sifatlanib qolishidan qo’rqaman” dedilar”. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bu buyruqlarini bajarish vojib bo’ladi. Yuqoridagi hadisdan yana shu ma’lum bo’ldiki, ustki kiyimning rangi emas, balki jasadni sifatlamasligi ta’kidlanmoqda. Ayol kishi namoz o’qishida ham ichi ko’rinmaydigan va jasadini sifatlamaydigan kiyim kiyishi lozim. Тor hijob kiyadiganlar Alloh Тaolodan mag’firat so’rasinlar, bu qilmishlarini takrorlamasinlar va quyidagi hadisni eslasinlar (ma’nosi):
“Hayo bilan Iymon bir-biriga bog’langan narsalardir. Agar ulardan biri ko’tarilsa, ikkinchisi ham ko’tariladi”, dedilar payg’ambar sollallohu alayhi va sallam.

Qayd etilgan