Hijob: hayo va iffat libosi  ( 278085 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Wild Flower  05 Noyabr 2009, 20:05:55

Ayollar baxt topaman deb dunyo kezadilar, lekin bilmaydilarki Hijob-bu baxt. bunaqa Baxt har kimga ham berilavermaydi. Har kim ham tushunmaydi...

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2009, 11:45:17

Hijob-bu baxt. bunaqa Baxt har kimga ham berilavermaydi. Har kim ham tushunmaydi...

 :as:
   Bekorga bu libosni HAYO VA IFFAT LIBOSI deyishmaydi. Libos kiygani, avratlarni berkitgani bilan hayosi va iffatini saqlamas ekan u ayolni libosida yaxshilik yo'q. Unda faqat libos degan nom bo'ladi, LEKIN BU LIBOSNING ASL SIFATLARI VA HAYRI yo'qoladi, bugun biz guvoh bo'layotganimizdek, ming afsus....
    Allah har bir HAYO VA IFFAT LIBOSI egasiga uni faqat kiyishlikni emas, balki asl mohiyatini anglash bahtini ham nasib qilsin! Amin!

Qayd etilgan


Robiya  07 Noyabr 2009, 12:10:09

 :ms:

 :as:

Ilohim opajonim, aytganingiz kelsin!..

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Noyabr 2009, 08:45:55

FAN HIJOBNING FOYDALI EKANLIGINI TASDIQLADI


Muslimalar hijobda o’zlarini «himoyalangan», «xavfsiz» va «muhtarama» deb his qilishlarini aytar edilar (hijob — Islom dinida ayollarga farz qilingan kamtarona libos bo’lib, ularning go’zalligini, badanlarini va qaddi qomatlarini begona ko’zlardan to’sib turadi). Endi esa buning ilmiy tarzda isbotlangan hikmati borligi aniqlandi.

Psiholog Syuzan Fiske hamda Prinston universitetining bir guruh tadqiqotchilari sog’lom erkaklar bosh miyasini magnit-rezonansli tomografiya vositasida tekshirib ko’rishdi. Tekshirilayotgan erkaklarga yarim yalang’och hamda to’liq kiyingan erkak va ayollarning bir qator fotosuratlari ko’rsatib turildi. Badanlari ochiq ayollarni ko’rgan erkaklarda aniq va ochiq-oydin qo’zg’alish kuzatildi. Suratdagi ayollarning badani qanchalik ochiq bo’lsa, erkaklar bosh miya po’stlog’ining old motor hududi hamda o’rta chakka qismining orqa tomonida (premotornaya kora golovnogo mozga i zadnyaya chast' sredney visochnoy borozdi) qo’zg’alish shuncha kuchli bo’ldi. Ma’lumki, miyaning bu qismlari asbob-uskunalar bilan ishlar, qo’llarning harakati va umuman biror amalga undash kabi hatti-harakatlarni boshqaradi (Sikara, Del'-Amor).

«Go’yo erkaklar shu zahoti o’zlarida bu ayollarga nisbatan uyg’ongan istak-hohish haqida o’ylay boshladilar», - dedi Fiske xonim 12-16 fevral' kunlari Chikagoda bo’lib o’tgan Amerika fanni rivojlantirish uyushmasining har yili bo’lib o’tadigan uchrashuvida. «Ular bu fotosuratlarga odamlar jonli jismlarga qaragandek qaradilar», - deydi u (Nikolson).

Erkaklarning o’zlashtirish qobiliyatlari sinab ko’rilganda, ular cho’milish kiyimlarini kiygan ayollarning yuzlari ko’rsatilmagan suratlarini boshqalarga ko’ra yahshiroq eslab qolganlari ma’lum bo’ldi, vaholanki ular bu suratlarga bor-yo’g’i bir lahza ko’z tashlagan edilar, holos (Landau).

Fiske xonim o’z guruhi bilan erkaklarning ayollarga nisbatan adovat kayfiyatini ham sinab ko’rdi. Ma’lum bo’ishicha, tajovuzkorroq erkaklar cho’milish kiyimidagi ayollarning suratlarini tomosha qilayotganda ularning miyasidagi o’z fikrini va boshqalarning hissiyotlarini o’ylab ko’rishni (oddiy qilib aytganda, o’ylab ish qilishni) boshqaruvchi hududlarda faoliyat eng kam bo’lgan.

«Bu paytda erkaklar ayollarning aqli haqida o’ylab ham ko’rmas ekanlar», - deydi Fiske xonim (Sikara, Del'-Amore, Landau).

Hullas, erkaklar o’zlarining jozibasini bo’rttirib ko’rsatuvchi ayollarni insoniylikdan uzoqroq deb qabul qilar ekanlar.

Fiskening «IslamOnline»ga taqdim qilgan maruzasiga ko’ra, erkaklarning atrofdagi voqelikni fahmlab olish tizimi tormozlanib qolsa, ular shahvoniy hislarni qo’zg’atuvchi ayollarning insoniylik darajasini past deb qabul qilar ekanlar (Sikara).

Fiske xonimning aytishicha, insonda boshqa bir kishi haqda bunday yomon taassurot hosil bo’lishi laboratoriya tadqiqotlarida kam uchraydigan holdir. Bunga o’hshash holat faqat bir marta - yaqinda «National Geographic»da chop etilgan maqolada qayd etilgan edi. Unga ko’ra, tajribada ishtirok etgan kishilarga daydilar va narkomanlarning fotosuratlari ko’rsatilganda ularda nafrat va ijirg’anish hislari uyg’onganligi kuzatilgan (Del'-Amore).

Erkaklar yarim yalang’och ayollarning suratini ko’rganda uysiz daydilarni ko’rgandagidek holatga tushmadilar. Aksincha, tadqiqotlar bu erkaklarning fotosuratdagi cho’milish kiyimi kiygan ayollarni «itarib yuborgisi», «qo’liga olgisi», «tutib olgisi» kelganligini qayd etdi (Del'-Amore, Landau).

Ushbu tadqiqotda ishirok etgan Prinston universiteti bitiruvchisi Mina Sikaraning fikricha, erkaklar o’z ayollari yoki opa-singillariga ochiq libos kiygan ayollarga qaragandek qaramaydilar.

Buning ustiga, erkaklar to’liq o’rangan ayollarning suratlarini ko’rganda o’z fikrlarini asosan uchinchi shahsda — «u itarib yubordi», «qo’lida ko’tarib turibdi», «tutib oldi» shaklida bildirganlar. Bu esa, Fiske xonimning fikricha, erkaklar o’rangan ayollarni mustaqil, hur ayollar deb qabul qilishlarini, ularga nisbatan biror hatti-harakat sodir etish fikridan uzoq bo’lishlarini ko’rsatadi (Eshl'man, Landau).


Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Noyabr 2009, 08:49:11

Ayolning libosi qanchalik to’liq bo’lsa, unga hurmat shunchalik ko’p bo’ladi

Fiske xonimning aytishicha, tadqiqot natijalari ayollar uchun, ayniqsa erkak-ayollar aralash bo’ladigan sharoitlarda ishlaydigan g’oyatda muhim hulosalarga olib keladi. O’z ayollik jozibasini bo’rttirib ko’rsatib yuradigan ayollarga ko’p nazar solish erkaklarning o’sha ayollarga bo’lgan munosabatiga va buning oqibatlariga bevosita tasir ko’rsatadi (Landau, Sempl).

Luorens universiteti professori Piter Glik olib borgan tadqiqotda erkaklarning ayollarga salbiy munosabatda bo’lish sabablari o’rganildi. Ma’lum bo’lishicha, ishhonada ochiq-sochiq kiyinib yuradigan ayollarning saviyasi va aql-zakovati, ayniqsa ular rahbar lavozimda bo’lsalar, erkaklarning nazdida pastroq tuyular ekan. «DiversityJobs» ma’lumotlariga ko’ra, professor Glikning tadqiqotlarida «yuqori mansab, rahbar lavozimda ishlovchi ayollar qo’l ostidagilarning hurmatiga sazovor bo’lishlari uchun kamtarona va ananaviy kiyinishlari kerak»ligi qayd etilgan.

Bir qator tadqiqotlar ham pornografiyani tomosha qilish va ayollarga nisbatan tajovuz holatlari, shu jumladan zo’rlashlar o’rtasida bevosita bog’liqlik borligini ko’rsatmoqda. Bosniya va Iroqda bo’lib o’tgan urushlarda misli ko’rilmagan g’ayriinsoniy jinoyatlarini sodir qilgan soldatlarning aksariyati pornografiyaning ashaddiy ishqibozlari ekanligi, hatto bunday suratlarni qotilliklardan keyin «o’ziga kelish» uchun tomosha qilishlari ma’lum bo’lgan (Chu, Rijali).

Fiske xonim o’z tadqiqot natijalari boshqa olimlarning hulosalari bilan solishtirib ko’rib, yuqoridagi mazmundagi teledasturlarni tomosha qilish ham insonning zo’ravonlikka bo’lgan emotsional sezgisini susaytirib yuborishini qayd etdi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Noyabr 2009, 08:50:20

G’URUR VA ISHONCH

Kamtarona va ananaviy bichimdagi liboslarning afzalligi ochiq-oydin bo’lishiga qaramay, OAVda hijob haqidagi fikrlar muslimalarni kamsitilgan, haqsizlardek tasvirlaydi. Biroq, Karen Deniel'son xonim hijob ayol kishida o’ziga ishonch va g’urur hissini mustahkamlaydi.

Deniel'son xonim asli amerikalik bo’lib, Iordaniyada yashar ekanlar. Hijobni ilk bor yigirma yil avval, 1983 yilda muslima bo’lganlaridan keyin kiygan ekanlar. «Ko’chada hijobda yuraman. Hijobdaligimda mening erkaklar uchun go’zal yoki hunukligimni hech kim ko’ra olmaydi, - deydilar Karen «IslamOnline» muhbiriga. - Meni o’zimning ahloqim va zakovatimga qarabgina baholashlari mumkin. Bu imkoniyatni menga hijobim beradi. Chunki men ko’zga tashlanmaydigan, erkaklarning etiborini tortmaydigan libosda kamtarona qiyofada bo’laman».

«Men hijobda o’zligimni saqlab qolaman, o’z fikrim, o’z qarashlarimga ega bo’laman, - suhbatga qo’shiladi Sumayya Finnigen. — Men hamma nima desa shuni gapirmayman, hamma nima kiysa shuni kiymayman, men qanday libos kiyishni o’z etiqodimdan kelib chiqib tanlayman. Bu esa men uchun mutlaqo hurriyatdir».

1979 yilda Islomni qabul qilgan amerikalik muslima Bilqis Muhammadning fikri ham huddi shunday. Uning aytishicha, hijob «ayolning o’zini ham, uning atrofidagilarni ham kamtarlikka, hayoli bo’lishga undab turadi». Bugungi kunda Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan Bilqis xonim qaddi-qomatini ham, yuzini ham begona ko’zlardan to’sib yuradi va «bu narsa atrofdagilarni, ayniqsa begona erkaklarni ko’zi va tilini tiyib yurishga majbur qiladi, menga bekorchi gap aytishga yo’l bermaydi» deydi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Noyabr 2009, 08:51:47

HIJOB VA XAVFSIZLIK


Iordaniyada yashovchi yana bir amerikalik ayol - Kari Abudeyi o’n ikki yoshidan buyon Islomda ekan. U ham «IslamOnline»ga interv'yu berishga rozi bo’ldi. «Men hijobda yursam, kamtarona kiyinsam, o’zimni mutlaqo xavfsiz sezaman», - deydi u. «Bu meni erkaklardan to’suvchi, ularning nazarlaridan, menga va mening nomusimga hurmatsizlik qilishlaridan himoya qiluvchi pardamdir. Bu parda meni tasodifan ko’zi tushib qolgan begona erkakning instinktiv (beihtiyor) sinovchan nazar tashlashidan, ularda menga nisbatan shahvoniy mayl uyg’onishidan, hatto ochiq-sochiq libos kiyganlarni ko’rganda ularning fikridan o’tadigan hayollardan ham himoya qila oladi».

Kari xonim so’zida davom etib, shunday deydi: «Bu senga shilqimlik qiladigan erkaklardan, ularning yoningga kelib olishidan, gap otib, senga tikilib turishidan va hatto qo’l tekkizishidan himoya qiluvchi mustahkam zirhli qalqondir».

Asli Londonlik Finnigen xonim hijob kiyishni «Parvardigorimga itoat ramzi, ayolni jismoniy jihatdan ham, manaviy jihatdan ham himoya qilish» deb hisoblaydi va hozirgi holatini 1999 yilda Islomga kirib, hijob kiygungacha bo’lgan davr bilan qiyoslaydi. «Bazan, kimdir ortimdan ergashib kelmayaptimikan, deb hatto o’z uyimga etib olguncha qo’rqqanimdan sal yopiqroq kiyim kiyib olsam bo’lar ekan, deb afsuslangan paytlarim bo’lardi. Har kuni kechqurun uyga qaytar ekanman, menga kimdir tashlanib qolmasmikan, nomusimga tajovuz qilib qolmasmikan, deb ortimga qo’rqa-pisa qarab kelardi», - deb eslaydi Finnigen xonim.

To’g’ri, ayolning xulq yoki kiyimidan qati nazar unga tajovuz qiladiganlar ham topiladi, - tan oladi Bilqis xonim. Biroq, uning fikricha, muslimaning hijobi «ko’ngilsiz jismoniy tajovuzlardan qo’shimcha himoyadir».

«Hijobning asosiy maqsadlaridan biri — ayolni maishiy buzuq kishilarning nazaridan, shilqimlik qilib, gap otadiganlardan himoya qilishdir», - deydi ar-Riyoddagi al-Imom universiteti professori shayh Riyod al-Musaymiriy.

«IslamToday» nashriga ko’ra, bazi g’arb sharhlovchilari ayolning ro’mol o’rashi uning ijtimoiy mavqei pastroqligini tan olishidir, deb hisoblaydilar. «Bundan ham qattiq adashish mumkinmi? Ahir Quroni karimda bunday libosdan maqsad ayolning atrofdagilar tomonidan hurmat qilinishidadir, deb ochiq-oydin aytilgan-ku. Hijob ayolning nomidan atrofdagilarga «Meni inson sifatida hurmat qil, shahvatni qondirish omili sifatida emas» deb turadi, deb yozadi «IslamToday».

Bilqis xonim hijob kiyishda bir lahza ham ikkilanmaganlarini aytadilar. «Menda xavfsizlik muammosi bo’lmagan. Men bu haqda hech qachon o’ylab ham ko’rmaganman», - deydi u. «Bu Allohning farzlarini ado qilish masalasi edi. Men Islomni qabul qilib, uning yarmigagina rioya qilib, bahtli bo’la olmas edim ahir. Men yo muslima bo’lib, shariat ahkomlariga eng to’liq tarzda amal qilishim yoki avvalgi holimda qolishim kerak edi».

«Mening bu libosim menga ham, atrofdagilarga ham mening kimligimni, ahloqimni, dinimni eslatib turadi, - suhbatga yana qo’shiladi Deniel'son xonim. - Bu eng oliy maqom xavfsizlikdir. Bu tafakkur va sog’lom qalbdir. Alloh Taologa hamdu sanolar bo’lsin!»

Amel' S. Abdulloh — adiba, publitsist, tarjimon. Salomatlik, fan, tehnologiyalar, madaniyat, tarih, tilshunoslik va maorif mavzularidagi 200 ortiq maqola muallifi


Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Noyabr 2009, 08:54:08

Har bir muslimalar uchun va muslimlar uchun ushbu maqolani o'qib chiqishlarini tavsiya etardim. Aynan biz uchun bu juda kerak maqola ekan. hammasi haqiqat.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Noyabr 2009, 06:52:19

Eng afzal ziynat

Hazrat paygambarimiz (s.a.o.v) bunday deb marhamat qilgan edilar:

Ayo kishi uchun eng yaxshi ziynat — bu ularning iffat va hayolaridir.

Nahjul Fasoha ; 425-bet; 2008-hadis;


Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Noyabr 2009, 06:57:41



Pushaymon bo’lishni istamasang

Imom Javod (a.s) aytadi: Uch narsa bordirki, unga amal qilganlar hargiz pushaymon bo’lmaydilar: 1. Shoshma-shosharlik qilmaslik; 2. Maslahat bilan ish ko’rish; 3. Biror ishni bajarishga qaror qilganda Allohga tavakkal qilish;

Musnad ul- imomil Javod (a.s). 247-bet;

Eng yaxshi tarkib

Imom Boqir (a.s) eng yaxshi aralashma va tarkib — bi ilm bilan hilm aralashmasidir.

Bihorul anvor; dorul ihyo atroul arabi; 75-jild; 172- bet;

Faqirlik nima ekanligini bilasizmi?

Imom Hasan (a.s)dan faqr nima?-deb so’rashdi. Shunda ul hazrat bunday dedilar: Hamma narsaga o’ch bo’lish faqirlikdir.

Tuhaful uqul; 228-bet;


Qayd etilgan