Jamiyat va inson > Oila va jamiyat
Hijob: hayo va iffat libosi
Munira xonim:
Hijob bu himoya, taqvo va iymondir.
Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Alloh taolo hayoli, ko'zdan yashirindir va ko'zdan yashirin bo'lishni yoqtiradi".
Shuningdek, Rasululloh s.a.v.:"Alloh Buyuk va Qodir Zotdir. U Zot libosini uyidan boshqa joyda yechgan ayolni o'z himoyasidan mahrum qiladi",- deya marhamat qilganalr.
Alloh taolo aytadi:"Ey,Odam bolalari, Biz sizlarga avratlaringhizni berkitadigan libosni ham, yasan tusan libosini ham tushirdik. Hammasidan yahshiroq libos taqvo libosidir."(A'rof, 26-oyat)
Alloh atolo hijob haqida so'z yuritar ekan, hususan mo'mina ayollarga qarata aytadi:"Mo'mina ayollarga ayting..."(Nur, 31-oyat)" "...Va mo'minlarning ayollariga ayting..."(Ahzob, 59-oyat).
Bani Tamim avlodidan bo'lgan ayollar ensiz tor kiyimlarni kiygan hollarida Oisha r.a. oldilariga kelganalrida, onamiz u ayollarga qarata aytdilarki:"Agar sizlar mo'mina bo'lsangizlar bu liboslar mo'mina ayollarning libosi emas. Agar sizlar iymonsiz bo'lsangizlar u holda bu liboslarni huzurlanib kiyaveringlar".
Munira xonim:
Hijob - bu hayo va ayol nomusining qalqonidir.
Rasululloh s.a.v. shunday deganlar:"Har bir din o'ziga hos hususiyatga ega. Islomning o'ziga hos hususiyati hayodir".
Shuningdek,u kishi aytganlarki:"Hayo Iymondandir, Iymon esa Jannatdadir". Yana Rasululloh s.a.v. aytganlarki:"Hayo va Iymon o'zaro chambarchas bog'liqdir. Agar ushbu ikki sifatdan biri yo'q qilinsa ikkinchisi ham o'z-o'zidan yo'q bo'ladi".
Oisha r.a. hikoya qiladilar:"Rasululloh s.a.v. va otam dafn qilingan uyga - dahmaga kirganimda bu yerda o'z oatm va erim bor, degan o'y bilan ustimdagi yopinchiqni olib qo'yar edim. Keyinroq dahmaga Umr r.a. dafn qilingach,undan hayo qilib yopinchiqqa o'rangan holda kiradigan bo'ldim".
Bundan malum bo'ladiki hijob ayol tabiatiga hos bo'lgan hayo bilan uyg'unlashadi. Shuningdek, sog'lom fikrli, es-hushi joyida va o'z ayoli va qizini turli hil nopok nazarlardan muhofaza qiladigan iymonli erkakning ayol nomusini himoya qilish degan tabiiy tuyg'usi bilan hijob to'la mos keladi. Johiliyat va Islom davridagi ko'pgina qonli to'qnashuvlarning asosiy sababi - ayol nomusi va erkini saqlash edi.
Munira xonim:
O'zini ko'z-ko'z qilishni illatlari.
O'zini ko'z-ko'z qilish va hijobsiz yurish Alloh Rasuliga osiylik bo'lib hisoblanadi. Darhaqiqat, qaysi bir kimsa Alloh hamda Rasuliga bo'ysunmas ekan, faqat o'zigagina zarar keltiradi va bu bilan u kishi Allohga hech qanday ziyon yetkaza olmaydi. Rasululloh s.a.v.aytganlar:"Ummatimning barchasi Jannatga dohil bo'lai,magaram jannatdan bosh tortganlarigina unga kirmaslar". Shunda sahobalar Rasululloh s.a.v. dan so'radilar:"Ey, Rasululloh s.a.v. jannatdan bosh tortuvchilar ham bo'ladimi?" U muborak Zot javob berdilar:"Kimki menga itoat qilsa jannatga kiradi. Modomiki menga itoat etmas ekan, jannatga kirishdan bosh tortibdi".
Munira xonim:
O'zini ko'z-ko'zqilish kishini la'natga duchor qiladi va Allohning rahmatidan mahrum qiladi.
Umaya binti Ruqayqa r.a. Rasululloh s.a.v.ning huzuriga Islomga sodiqligi haqida qasamyod qilish uchun kelganida Rasululloh s.a.v. dedilar:"Men sendan quyidagi shartlarga binoan qasamyodingni qabul qilaman:Allohga hech narsani va hech kimni sherik qilmaysan,o'g'rilik,zino,g'iybat va tuhmat qilmaysan,marhumlar ustida dod solib yig'lamaysan, johiliyat davridagidek yasan-tusan qilmaysan".
Bu yerda Rasululloh s.a.v. o'zini ko'z-k'oz qilishni eng dahshatli va halok qiluvchi gunohlar qatorida sanab o'tdilar.
Munira xonim:
O'zini ko'z-ko'z qilish Qiyomatda zulmat-qorong'ulikdir.
Rasulullohdan s.a.v. rivoyat qiladilarki:"O'z go'zalligini birovlar oldida namoyish qiluvchi ayol qiyomat kunida nursiz, dahshatli bir zulmat ko'rinishida bo'ladi".
Buning ma'nosi shundan iboratki, behayo va o'z libosini mag'rurlarcha namoyish qilayotgan ayol qiyomat kunida go'yo dahshatli qorong'ulikdan yaralgan kabi qop-qora ko'rinishda namoyon bo'ladi. Garchi bu hadis o'z ishonchliligi jihatidan zaif bo'lsa ham uning mazmuni haqdir. Gap shundaki, gunoh ish qilish mobaynida lazzat azob bilan, rohat uqubat bilan, to'qlik ochlik bilan, farovonlik yo'qchilik bilan, yorug'lik zulmat bilan jazolanadi. Buning aksi ham bo'lishi mumkinki, ro'zador odamning og'zidan keladigan hid yoki Alloh yo'lida qurbon shahidning qoni qiyomat kunida mush-anbarning hididan yoqimliroq va hushbo'yroq deya e'tirof qilinadi.
Navigation
[0] Message Index
[#] Next page
[*] Previous page
Go to full version