Hijob: hayo va iffat libosi  ( 277965 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 19 B


imlaah  05 Mart 2009, 07:47:27

:as: Kim amal qila olyapti,kim esa qila olmayotganini yolg'iz Alloh taologina hukmini chiqarishga haqli.Biz bandalari kimning qay darajada Allohga qullik qilayotganini qaydan ham bilar edik.Balki kimdir qaysidir bir hijobni farzligini bilmaydigan qiz o'qib qolsa,shoyad qalbiga yo'l  ochilar.Vallohu a'lam.Muslimalarning niyatlari,inshaAlloh,Alloh uchun biron bir yaxshiilikni qasd qilish bo'lsa kerak deb gumon qilaman.

Fikrlaringiz juda go'zal.
Ammo inson o'zi amal qilmagan ilmga boshqalarni qancha chorlamasin befoyda bo'lib qolishiga O'zbekistondagi hozirgi holat ayni misol emasmi? Imomlar bor ,"ulamolar" koo'p ,Ilm va da'vatlar tomog'larida qolib ketayotibdi..
Sabab shu gapirayotgan gaplariga yetkazguvchini o'zida amal yoq.Men yuqoridagi savolni birovni tekshirish yoki kimnidir aybdor qilish maqsadi bilan emas balki yozayotganingizga o'zingiz ham intiling yozganlaringiz qalam va qog'ozlarda qolib ketmasin degan maqsadda yozdim.
Yozganlaringiz faqat qog'oz uchun sizning vazifangiz esa o'zingiz amal qilmagan yoki amalda to'sqinliklar borku degan insoniy sabab bilan qog'ozda qolaversa o'zingizga qarshi hujjat qilib yozmaganingiz afzal.Hidoyatni Alloh beradi kimgaki hidoyat berilgan bo'lsa HAQni ham qidirib topadi inshaAlloh. Mu'minni vazifasi  yetkazguvchi bo'lish emas balki ibrat bo'lguvchi bo'lishlikdir!!

Qayd etilgan


Muhseena  05 Mart 2009, 14:22:49

 :as: Imlaah Alloh rozi bo'lsin,siz post qilgan muslimalarga o'zingiz ham namuna bo'ling deb qo'ysangiz bo'ldi edi.Ular amal qilayotgandirlar,inshaAlloh.Vallohi hech kim o'ksib qolmasin deb yozgandim holos.Biz forumda kim qanday amallar qilayotganini bilmaymizku,shunchaki sizni yaxshi gumonga chorladim.Agar ko'z oldimda kimdir dinni bilaman deb da'vo qilsayu ammo unga amal qilmayotgan bo'lsa,men siz yozgan fikrni to'ldirmagan bo'lardim.
Nima bo'lganda ham Alloh barcha mo'minlarni hidoyatda bardavom qilsin. :)

Qayd etilgan


imlaah  05 Mart 2009, 14:55:23

:as: Imlaah Alloh rozi bo'lsin,siz post qilgan muslimalarga o'zingiz ham namuna bo'ling deb qo'ysangiz bo'ldi edi.Ular amal qilayotgandirlar,inshaAlloh.Vallohi hech kim o'ksib qolmasin deb yozgandim holos.Biz forumda kim qanday amallar qilayotganini bilmaymizku,shunchaki sizni yaxshi gumonga chorladim.Agar ko'z oldimda kimdir dinni bilaman deb da'vo qilsayu ammo unga amal qilmayotgan bo'lsa,men siz yozgan fikrni to'ldirmagan bo'lardim.
Nima bo'lganda ham Alloh barcha mo'minlarni hidoyatda bardavom qilsin. :)

Muhseena qiz siz meni tushunmabsiz.Demak fikrlarimni to'lg'azishingizga hojat yoq edi...
Alloh rozi bo'lsin sizdan.
Men yuqoridagi postim nihoyasida qoldirgan savolim muayyan bir shahsga qartilgan emas ...Bu forumda postlari amallaridan kelib chiqib yoziladi deb tasavvur qilganim bir qancha birodarlar borligini kuzataman.Musannif Adham,Birodar,Abdulaziz,Zubayr kabi forumchilarni postlarida fikrlarida ochiqlik bilan hayotdagi ko'rinishlari seziladi deb o'ylayman.Shu hulosadan kelib chiqib qizlarda ham shundaymi    va yuqorida aytganimdek bilganlaringizga o'zlaringiz ham amalga intiling qog'ozlarda qolmasin degan maqsadda savol qoldirgan edim..

Qayd etilgan


Muhseena  05 Mart 2009, 15:04:14

 :as: qo'ldan kegancha harakat qilamiz endi.Albatta islomda barchaga  ibrat va namuna bo'lishlik nasib qilsin.

Qayd etilgan


imlaah  06 Mart 2009, 07:46:29

Toshkentning eski shahar dahasida eski shinamgina mahalla.Shu mahallaga 2 ta yosh bolasi bilan yoshgina oila ijarada yashash uchun bir honadonga ko'chib keldilar.Oila sohibi namozhon,hushmuomala kamgap va kamtarin,Sohibasi esa hijoblik muslima sifatida mahalladan juda tez o'z o'rinlarini topdilar.Bu oilaga jajjigina farzandlariga hamma havas qilardi.Shu mahallada yashab Glier nomli musiqa maktabida fortepiano chalishni o'rganuvchi opa singil Gulzoda va SHahzodalar ham ko'p qatori  ichki havas bilan bu oilani kuzatardilar.Bir kuni Shahzoda yuragi hayajon bilan qo'shni kenayisini chaqirib kirdi.Uy sohibasi ochiq yuz bilan shiringina kulib bu oydek go'zal qizaloqni kutib oldi.Shahzoda qiynala qiynala ichki hislarini Muhlisa kenayisiga so'zlab berdi."Menga yordam bering ,aniqrog'i bizga opacham bilan menga.Bizlar musiqa maktabida o'qiymiz oilamizda hech kim namoz o'qimaydi,ko'chada hijoblik qizlarni ko'rganimda ularga havasim keladi.Men ham o'ranishlikni ,namoz o'qishlikni,islomni o'rganishlikni istayman." Qizginaning ko'z yoshlari bilan to'lib toshib ,shoshilib so'zlashini eshitgan Muhlisahon hayratdan "Subhanallah,Mashaallah" deb Allohga hamd etardi halos.
Shahzoda ichki tuyg'ularini shoshilib gapirib bolgacha undan so'radi :
-Sizga nima halaqit beradi hijob kiyib ,islomni o'rganishingizga ? Ahir o'zingiz istab hohlayotgan bo'lsangiz?
Shahzoda mahzun holatda so'zida davom etdi;
-Kenayi bilasizmi adamla bilan oyimla qabul qila olishmayapti.O'tgan kuni endi musiqadan dars olmayman oddiy maktabda o'qib hijob o'rayman desam oyimlani yuraklati yomon bo'lib o'zlarini tashlab yubordilar.Adamlar esa;" senga shu kerakmi badbaht" deb qo'llariga kirgan narsalarni menga qarata otdilar.
Akam kenayim va opacham menga honadan chiqib ota onamni ko'zlariga ko'rinmaslikni buyurdilar deb boshini egib oldi.
Vaziyyat o'ta qaltis ekanini hisobga olgan Muhlisa kelin bu qizaloqqa shoshilmaslikni sabr va duo bilan kutishlikni maslahat bergan edi.Shahzodani savoli qattiq o'yga soldi:
-Qnadayin shoshilmay kenayi ahir o'lim so'rab kelmas ekanku 15 kun avval soppa sog' yurgan dugonam kechqurun tinchgina uhlab ertalab uyg'onmadi.Menga ham shunday kelib qolsa qabrga kim kiradi mening o'rnimga ?
Muhlisa kelinni tillari lol edi.Bu ko'zlari chaqnab turgan qizaloqqa so'z topib berishdan ojiz edi.Nihoyat uzoq o'ylanib turgach so'radi:
-Shahzoda siz hijobga kirsangiz ota onangiz bu tariqa to'polon qilaveraslar oilangizda hamma sizga qarshi turaversa ,sizga nafrat bilan qarasalar siz bunga qachongacha chiday olasiz ?
-Kenayi hammasiga chidayman.To'g'ri onamlarni yuraklari yomon lekin oilada faqatgina mening muammoyim emas kattalarni muammolarida ham shunday o'zlaridan ketib qolish  holatlari  borku.Men yuraklari sabab o'lib qolsalar aybdor bo'laman deb o'tiraversam ,ohirat kuni mening ochiq yurgan sochlarim uchun men bilan barobar javob bermaydilarmi? Men Allohdan umid qilaman oyimlar ,kenayimlar opam hammamiz begona erkakni qarashlarida zino borligini his qilib o'ranib hayot o'tkazishlikni.Harakat qilmay faqat duo qilib yuravergan bilan nima o'zgaradi ota-onamni qarshiliklarini yenga olmayman deb o'tiraversam vaqt o'tgan sayin mening shijoatim yo'qolib faqatgina umid bilan yashaydigan bolib qolmaymanmi?...
Suhbat uzoq davom etdi.Shahzoda ichki kechinmalarini bir muslima birodariga aytib qalbi orom olar darajada taskin topib uyiga chiqdi.
Kechki ovqat vaqtida yana hijob,islom mavzusida gap boshlagan edi.G'azablangan adasi o'rnidan tura solib qizginaning uzun o'rim sochini qo'liga o'rab olib dopposlay ketdi.Otani bu jaholatdan hech kim qaytara olmadi.Qizginani kaltaklab holdan toygan ota beholgina o'tirib qoldi.Har zarbaga Alhamdulillah deb yig'lagan qizaloq bu johil otani hayratga solgan edi...Oilada bu qizga qarshi turfa choralar ko'rila boshlandi...
Qatiyyat va  iroda qizginaga har qanday malomat, zulmga qarshi kurasha oladigan shijoat berdi.Janjalli suhbatlarni tez -tez takrorlab yurdi,bu suhbatlar natijasida onasi ko'p bora yurak og'rig'i sabab davolanishiga to'g'ri keldi . Bir kuni ertalab maktabga ketishidan avval boshiga ro'mol o'rab oldi.Maktabda ham oiladagidek muomala va munosabat boshlandi.Chunki qiz maktabda juda yahshi o'qirdi bir qancha konkurslar laureati edi..
Oila va maktab birgalashib qizaloqqa qarshi turfa razilona makru hiylani ishlatib ham jajjigin bu qizaloqni tanlagan yo'lidan qaytara olmadilar.
Shahzoda boshiga o'ragan ro'molni har qancha mashaqqat va azoblarga qarshi turib yechmadi.Singlisidagi bu matonatdan ibrat olgan Gulzoda ham unga sherik bo'ldi .Subhanallah.Opa singilni shijoatlariga hayratlangan, mashhur qo'shiqchiga yordamchi bo'lib yurguvchi akalari ham masjida qatnab singillarini haq yo'lda ekaniga iqror bo'ldi.Va Alhamdulillahki endi opa singillarning himoyachisi akalari bo'ldi.Yanda quvonarlisi oilaning yagona kelini hamma hurmat qiladigan Lazokat ham hijob ne'matiga taslim bo'ldi.Shahzoda hursand chunki u maqsadiga erishayotgan edi.Alloh kechalari o'qigan namozlari , duo va iltijolarini natijasiz qoldirmagan edi.Ota ona asta sekin farzandlariga "taslim" bolishdan o'zga chorasi yo'qligini his qila boshladilar.Latifgina masuma Shahzodani shijoati  duo iltijolari,nafsini yenga olishi oilasining hidoyatiga sabab bo'lib barcha mashaqqatlarini unutgan edi..

Qayd etilgan


Muhyiddin  25 Mart 2009, 18:15:01

Shayton hijobni yomon ko'rsatishga harakat qiladi. Buni mana bu video rolikdan ham ko'rishingiz mumkin.

Shaytan 1: DON'T WEAR HIJAB, YOU WILL LOOK UGLY

http://www.youtube.com/watch?v=i5kNNn-hciQ&feature=related

Hijobdagi muslima singillarimizni bunday fitnalardan Allohning oz'i asrasin!

Qayd etilgan


Muhseena  25 Mart 2009, 18:39:16

Shayton hijobni yomon ko'rsatishga harakat qiladi. Buni mana bu video rolikdan ham ko'rishingiz mumkin.

Shaytan 1: DON'T WEAR HIJAB, YOU WILL LOOK UGLY

http://www.youtube.com/watch?v=i5kNNn-hciQ&feature=related

Hijobdagi muslima singillarimizni bunday fitnalardan Allohning
oz'i asrasin!

Astag'firulloh,juda qo'rqinchli ekan.Ohirgacha ko'rolmadim,Allohning o'zi asrasin har xil fitna-yu balolardan

Qayd etilgan


Muhyiddin  25 Mart 2009, 19:20:44

Shayton hijobni yomon ko'rsatishga harakat qiladi. Buni mana bu video rolikdan ham ko'rishingiz mumkin.

Shaytan 1: DON'T WEAR HIJAB, YOU WILL LOOK UGLY

http://www.youtube.com/watch?v=i5kNNn-hciQ&feature=related

Hijobdagi muslima singillarimizni bunday fitnalardan Allohning
oz'i asrasin!

Astag'firulloh,juda qo'rqinchli ekan.Ohirgacha ko'rolmadim,Allohning o'zi asrasin har xil fitna-yu balolardan

Ha, shaytonvachchani rolini o'ynashni aktyor rosa o'xshatibdi...
Bu rolik linkini, shayton qanday vasvasa qilishi to'g'risida tasavvur hosil qilish uchun qo'yildi.

 

Qayd etilgan


Muzayyana  27 Mart 2009, 11:33:01

YOVUZ KUN

Dunyo bir seskandi, dunyo bir to‘zdi,
Iymon har tomonga sochilgan kuni,
Xilqat ummonida vajohat suzdi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qahrdan tug‘ilgan bu yovuz dillar
Faqat ma’siyatga cho‘zmishlar qo‘llar -
Hamma gunohlarga ochildi yo‘llar
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Allohga har qancha to‘kmasin ko‘z ashk,
Erlarning qalbidan ko‘tarildi rashk.
Kufr, shirk yo‘lida boshlandi kurash
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar,
Bo‘y ko‘rsatdi ko‘ngli chirkin beburdlar
Oldlar yig‘ladilar, chinqirdi ortlar
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qushlar parvozida halovat yo‘qoldi
Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi.
Ko‘zimiz o‘ngida g‘urur toptaldi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Silkindi og‘riqdan go‘dak beshigi,
Yopildi mehrning so‘nggi teshigi.
Yopildi iymoning so‘nggi eshigi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Endi fisq yurmaydi, unda bor qanot...
G’urabo faxshga berildi hayot.
Ming yillik qonunga darz ketdi xayxot
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Boshqa amallarni qilsang-da tinmay,
Endi gunohlardan ketding og‘rinmay -
Eng so‘nggi fitnaning oldi olinmay
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Bu katta gunohning avvali qani?
Bu jirkanch gumrohning avvali qani?
Savollar javobsiz qolgan hamisha,
Javob izlab hamma tolgan hamisha.

Chunki bu savolning javobi yo‘qdir,
Erkaklarning ko‘ngli gunoh-la to‘qdir.
Islomga ilk daf’a otilgan o‘qdir -
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qayd etilgan


Muzayyana  27 Mart 2009, 11:38:20

А смолингни ёп жон синглим
А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни
Аомахрам ксрмасин сани жамолингни,
Аамоён қил мусулмонлик тақвоингни
Ҳурлар ксриб ҳавас қилсин жамолингни.
А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни
Йигитлар ксрмасин қошу камонингни,
Юзинг гулгун сани ғунча даханингни
А аҳми керак санга шунда АЛЛОҲ ингни.

А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни
Узун сочинг сийпалаган товонингни,
Унутгин сен нафсу ҳавас ҳавоингни
А­слаб қсйгин бир кун борар маконингни.

А смолингни ёп жон синглим рсмолингни
Қаро қилма ажру савоб дафтарингни,
Жаханнамга стин қилма баданингни
Оқлагин сен онажонинг нон тузини.
Аонкср бслсанг билиб қсйгин хатоингни

А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни,
Йиғлаб ссла рсмол ёпган миллатингни
Юракдан ҳис қилгин сен хам фарзларингни.
Излагин сен стган чашмон чимматингни

А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни,
Ғайридинга алмаштирма миллатингни
Даюс қилма довюрак ср, сғлонингни.
Ҳақ йслида чиқар шаърий саводингни

А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни,
Фаришталар ёзиб борар савобингни
Қиёмат кун кийгин нурдан либосиигни
Осон килар хакка бирдан жавобингни

А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни,
А ози қилгин Лайғамбаринг, АЛЛОҲ ингни
Тинглаб тиловат қил Қуръон каломингни
Ҳижобланиб қувватла сен ИСЛОМ ингни
А смолингни ёп жон синглим, рсмолингни

Qayd etilgan