Allohga shukur musulmonman, lekin hijobdamasman. Anchadan beri hijob haqidagi ma'lumotlarga qiziqardim. Sizlarga katta raxmat ancha foydali ma'lumot oldim.
Lekin bir narsani so'ramoqchiydim hijobga kirmasdan , dinimiz buyurgan amallarni bajarishda davom etilsa bo'ladimi? Qalbimiz to'g'ri bo'lsa bo'ldiku, shunday emasmi? Hijob o'ramasak xam nomahramlardan ko'zimizni olib qochsak, harom ishlar qilmasak, o'ta tor kiyimlar kiymasak avratimizni bekitgan bolamizmi ? Negadir doim harom ish qilmasam bo'ldida, o'zimga to'g'ri bo'lsam hijob shart emas deb o'ylayman. Iltimos shularga aniq javob bersangiz, Raxmat.
Assalamu alaykum.
Sizga javob yozmasam ham bo'lardi, chunki eng to'g'ri javobni Foniy, Alloh u kishidan rozi bo'lsin, berib qo'yibdilar.
Shunday bo'lsa ham shahsiy fikrimni bildirmoqchiman.
Yuqoridagi fikrlarni o'qigan bo'lsangiz, sizni fikringizga o'xshash fikrlarga aniq dalillar bilan javob berilgan.
Ayol qizlar uchun hijob farz hisoblanadi. Bu Allohning buyurug'i hisoblanadi. Buni ustida shartmi shart emasmi, deb muhokama qilish umuman mumkin emas. Bizga shart bo'lmagan narsani hech qachon ALloh taolo buyurmagan bo'lardi.
O'zimga to'g'ri bo'lsam bo'ldi, hijob shart emas deyishligingiz, hafa bo'lmangu, Allohni buyurug'ini o'zingiz bilmagan holda bo'lsa ham tan olmaslik. To'g'risi buni o'zingiz tan olsangiz ham nafsingiz tan olmaydi.
Shuning uchun biz musulmonmiz-mi, demak, Allohning har bir buyur'ini so'zsiz tan olishimiz va unga amal qilishimiz lozim.
Bu haqda boshqa mavzularda ham, Muslima bo'limida ham juda ko'p martalab takrorlangan, adashmasam.
Shuning uchun siga maslahatim:
Alloh sizni eng baxtli insonlar qatorida yaratibdi. Musulmon qilibdi, eng ulug' Rasuliga SAV ummat qilibdi, sog'lom aql beribdi, farosat beribdi.Sizu bizga ato qilgan ne'matlarini sanab sanog'iga yetolmaymiz. GAr shunday ekan, nega endi biz Allohni bizga ato qilgan ne'matlarini oldida juda kam hisoblangan, juda kam miqdorda talab qilgan ibodatu amallarni qilishga nafsimiz yo'l qo'ymaydi?!
O'zingizga berilgan ne'matlarni bir hisoblab chiqingda, Alloh sizni nima uchun yaratdi, shuni yaxshilab tafakkur qilib ko'ringda, Unga loyiq banda bo'la olyapsizmi, erta Qiyomat tongi otganida yorug' yuz bilan Uning huzurida tura olasizmi, shunga o'z nafsingizdan javob izlab ko'ring.
Qalbingizdagi Iymon va Nafs jangida Iymoningiz g'alaba qilishida unga ko'maklashing. Siz ozgina ko'maklashing u yog;ini Allohga tashlang. Chunki sizu biz ALlohni rozi qilish uchun bir qadam bossak, Alloh biz tomonga qarab o'n qadam bosadi. InshaAlloh.
Alloh roziligini topishingizda ALloh sizga madadkor bo'lsin.
Qiyomat tongi otganida qilgan solih amallaringiz va Allohning rahmati tufayli,RAsululloh SAV va U zotning ahli ayollari bilan birga bo'lishni nasib qilsin.
GAplarim og'ir botgan bo'lsa uzr so'rayman.