Hijob: hayo va iffat libosi  ( 278027 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 08:08:51

Ibodat ucholmay qanotin izlar,
Sabr esa poymol, oyoq ostida"¦
Sadoqatlar qadriga yig’lar,
Riyo hokim Ixlos ustida"¦

Fasod g’olib, urar qahqaha,
Nafs adashgan, yo’llari egri"¦
Halol ojiz, harom hukmron,
Oydek yuzlar Haqqa teskari"¦
Kubro

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2009, 10:49:23

Assalamu alaykum.
MUhammad Sohib, Mahdiyah, Alloh sizlardan rozi bo'lsin.
Bu singlimiz shuncha go'zal tushuntirish, ajoyib jumlalardan keyin, eng asosiysi Foniy joylagan va bu mavzuning boshida joylangan ALlohning kalomlarini o'qib, InshaAlloh haqiqiy muslimalar libosini sevib, o'zlarining ajralmas bir qismlari bo'lib qolganligini o'zlari ham bilmay qoladilar.
Biz Allohdan shuni umid qilib qolamiz. Alloh bu singlimizni O'zining eng sevikli bandalari qatorida qilsin...

Qayd etilgan


Muslima.bgm  29 Avgust 2009, 12:15:30

Assalomu aleykum azizlar.Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin. Yozganlarimga javoban bunchalik aniq va TA'SIRLI javoblar keladi deb o'ylamagandim to'g'risi. Foniy, Munira honim Ayniqsa Mahdiyahning yozganlari juda ta'sir qildi. sizlarning javoblaringizni o'qidimu to'g'risi ko'zlarimdan yosh chiqib ketti. Hijobga kirmaganimga sabab 5-6 yillar oldin qaysidir gazetada o'qigandim "Ayollar imonini yo'qotmasdan, to'g'ri yo'lda yursa qanday kiyim kiyishining farqi yo'q"deyilgandi. O'shandan beri shu gap rostdirda ,dinni tushunadigan kimdir yozgan deb yurardim.
Lekin sizlarning javoblaringiz fikrimni butunlay o'zgartirdi. Men musulmonman deymanu lekin ancha narsalarni bilmas ekanman.Kimdan , asosan qaysi kitoblardan o'rganishni bilmaganim uchun xam shu forumga yaqinda a'zo bo'ldim, va ancha narsalar o'rganyapman Allohga shukur.
Hijobga kirish xaqida ????? Agar yana bir o'ylab ko'ray desam Nafsimni enga olmayotgan bolamanmi. Iltimos faqat to'g'ri tushuninglar, axir hijob o'ramagan odam birdan o'ranishi.....
To'g'risi yozayapmanu yuqoridagi javoblarni ko'rib hijobga kiraman deyman, yana ikkilanaman.
Allohim o'zing meni to'g'ri yo'lga boshla

Qayd etilgan


Muslima.bgm  29 Avgust 2009, 12:32:57

Faqat Iblis kibr va or qilib, kofirlardan bo'ldi" (Baqara surasi, 34).


Sizga hijob bilan ta’luqli yana bir hushhabarni aytaymi?
Alloh hijoblangan ayolni hijobda bo’lganligi uchun nafaqat o’zini balki otasi, akasi, turmush o’rtog’i va o’g’lini JAXANNAM OLOVIdan saqlab qolar ekan.

Shu so'zlar juda qattiq ta'sir qildi. Hudo xoxlasa albatta hijobga kiraman.
Chunki xozir o'ylab qoldim, hijobdamasligim sababli hozir tutayotgan ro'zalarim qabul bo'larmikan??

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2009, 12:46:07

Assalamu alaykum, Muslima. bgm.
Sizga bir rivoyatni aytib bersam.
Lekin roviylari esimda yo'q, balki buni bilganlar bo'lsa to'ldirishar,InshaAlloh.
Bu balki nafsingizni yengishingizda sizga ozgina bo'lsa ham kuch ato qilar...

Hijob oyati nozil bo'lganidan keyin Rasululloh SAV bu oyatni barcha ashoblariga o'qib berdilar. Va barcha ayollarga, qizlarga yetkazinglar deb amr qildilar. BArcha onasiga, ayoliga, qiziga,singlisiga xullas barcha mo'minalarga yetkaza boshlashdi. Barcha mo'minalar Alloh amr qilganidek o'ranishdi.  "Eshitdik va itoat etdik", oyati ergashgan holda. Shunda bir ayol Madinaning qum ko'chalaridan o'tib borardi, aksiga olib u hali hijob oyatidan bexabar edi. SHunda uni ko'rgan bir ayol:"Ey, Falonchi, ayollarga avratlarini to'sishlari haqida oyat nozil bo'ldi, sen bexabarmisan?" dedi. Va bu oyatni to'laligicha unga tushuntidi. Bu buyruqni eshitgan ayol bir qadam ham bosmadi. Yerga yotdida, ustini qumlar bilan o'ray boshladi va birodaridan iltimos qildi:"Meni uyimdagilarga xabar ber, menga avratlarimni to'sishligim uchun biror narsa olib kelishsin", dedi....
U ayollardan Alloh rozi bo'lsin.
Bu ayollar hatto nafslaridan so'rab ham ko'rishmadi. Allohni buyrug'ini eshitishdimi, tamom, itoat etishdi. Chunki Allohning va Rasulining buyruqlari ustida tortishib, uni o'z nafsiga moslashtirish haqiqiy mo'minning ishi emas.
Biz u sahobiya ayollardek bo'lolmasmiz, lekin nima uchun bo'la olmaymiz? Bizni nima to'sadi bunday bo'lishlikdan? Nima uchun asl muslima bo'lish qo'limizdan kelmaydi? Hamma ayb o'zimizda, nafsimizni yenga olmaymiz. to'g'risi nafsimizni quliga aylanganmiz....
Ko'p gapirib o'tirmay, yetkazish bizdan, xulosa sizlardan, Hidoyat esa Allohdan.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2009, 12:49:47

Allohdan tilayman sizga doimo,
Mustahkam Iymonu, mazmunli umr,
Hayo gulshanida gul bo'ling a'lo,
Nozik qalbingizga yetmasin zulm.

Dunyoda yuring-u, dunyo bo'lmang siz,
Bir umr yashang siz saodat izlab,
Duoga qo'l ochar birodaringiz,
Hamisha Allohdan Haq ishni so'rab...

Qayd etilgan


Muslima.bgm  29 Avgust 2009, 13:49:51

Sizlarga savolim bor edi. Fikrlaringizni eshitib bugunoq hijob sotib olaman deb o'yladim. lekin bir savol to'xtatib qo'ydi. Men namoz o'qishni bilmiman. Avval namozni o'rganib keyin hijobga kiraymi? yoki hijobga kirib namoz o'qishni o'rganib boraymi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 17:50:47

Assalamu alaykum yana bir bora.

Kimdur hijobni tushunib anglab hijobga kiraman desa o'zimni  dunyodagi eng baxtli insonlardan biri deb his qilaman.

Alloh rozi bo'lsin.
Agar yoq dimasangiz sizga PM orqali telimni qoldiraman.
Qanday savol yo muammo bo'lsa bemalol tel. qilib so'rayvering.
Alloh qodir qilganicha yordamimni ayamiman.

Qayd etilgan


Ansora  29 Avgust 2009, 20:07:10

Azizlar, Muslima Begimning savollariga Allohning kalomi bilan javob berishingiz menga ham juda yoqdi. Allohning buyrug'ini faqat uning uchun bajarish haqiqiy mo'minning vazifasi haqiqatan ham. Biz ayollar uchun, shahsan men uchun Allohning farzlaridan eng og'ir bo'lgani Hijob, yani o'ranish. Davlat ishiga, o'qishiga bog'liq bo'lganim uchun, u yerga kirishda ro'molni yechishni o'ylaganim uchun men ham o'ranishga jasorat eta olmayapman. Ham bir tarafi O'zbekistonga borib-kelishlarda bu yerga turmushga chiqib, o'rangan o'rtog'larimning, aeroportdan boshlagan, OVİR vizasi olishda davom etgan qiyinchiliklaridan habarim bo'lgani uchun yana ham cho'chiyabman. Turmushga chiqqanimdan keyin yengi kalta kiymay qo'ydim. Bu ham men uchun katta narsa bo'ldi. Olloh rozi bo'lsin turmush o'rtog'im bu masalalarda menga da'vatchi bo'lyabdi. O'ranish mavzusiga kelganda esa, Sen men hohladim, deb emas, Olloh menga amr etgan, deb o'ranishingni hohlayman, chunki sen Yaratganning farzlarini yeriga keltirishga harakat qilayotgan, bolaligidan beri namoz o'qiydigan insonsan, deydi. İnsholloh bir kun menga ham Allohning amrini tom manoda bajarish nasib bo'lar.
Muslima Begimga bu yo'ldagi ishlarida Olloh yordamchi bo'lsin, deb qolaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2009, 20:34:09

Sizlarga savolim bor edi. Fikrlaringizni eshitib bugunoq hijob sotib olaman deb o'yladim. lekin bir savol to'xtatib qo'ydi. Men namoz o'qishni bilmiman. Avval namozni o'rganib keyin hijobga kiraymi? yoki hijobga kirib namoz o'qishni o'rganib boraymi.

Assalamu alaykum.
Men ham xuddi Mahdiyahga o'xshab biror bir muslima birodarimizni hijoblanganini yoki hijoblanish niyatida yurganini bilsam o'zimni eng baxtli inson hisoblayman.
Ko'plab birodarlarimizni, opa-singillarimizni hijoblanishiga guvoh bo'lganman. Har safar tushuntirib bo'lmaydigan his-hayajon, sevinch yoshlari bilan qarshilaganman. Va bu kunlar meni hayotimda bir umr saqlanib qoladi, chunki, bu kunlarim hayotimdagi eng baxtli kunlarim bo'lgan.
InshaAlloh, yana ko'plab shunday kunlarim bo'ladi. Balki sizni ham shunday baxtli kuningziga guvoh bo'lishlik baxtini nasib qilar, aziz singiljonim.
Sizga maslahatim: Ikkisini birdaniga boshlang. Amin bo'lingki boshingiz sajdaga tekkan va avratlaringiz yopilgan kun hayotingizdagi eng baxtli kuningiz, oxiratda esa sizn uchun Jannatga burxon - hujjat, Jahannam o'tiga parda bo'luvchi amallaringizdan bo'ladi,InshaAlloh.
Alloh tez kunda sizga haqiqiy baxt, qalb xotirjamligi, ruh halovatini nasib qilsin...

Qayd etilgan