Assalamu alaykum, Muslima. bgm.
Sizga bir rivoyatni aytib bersam.
Lekin roviylari esimda yo'q, balki buni bilganlar bo'lsa to'ldirishar,InshaAlloh.
Bu balki nafsingizni yengishingizda sizga ozgina bo'lsa ham kuch ato qilar...
Hijob oyati nozil bo'lganidan keyin Rasululloh SAV bu oyatni barcha ashoblariga o'qib berdilar. Va barcha ayollarga, qizlarga yetkazinglar deb amr qildilar. BArcha onasiga, ayoliga, qiziga,singlisiga xullas barcha mo'minalarga yetkaza boshlashdi. Barcha mo'minalar Alloh amr qilganidek o'ranishdi. "Eshitdik va itoat etdik", oyati ergashgan holda. Shunda bir ayol Madinaning qum ko'chalaridan o'tib borardi, aksiga olib u hali hijob oyatidan bexabar edi. SHunda uni ko'rgan bir ayol:"Ey, Falonchi, ayollarga avratlarini to'sishlari haqida oyat nozil bo'ldi, sen bexabarmisan?" dedi. Va bu oyatni to'laligicha unga tushuntidi. Bu buyruqni eshitgan ayol bir qadam ham bosmadi. Yerga yotdida, ustini qumlar bilan o'ray boshladi va birodaridan iltimos qildi:"Meni uyimdagilarga xabar ber, menga avratlarimni to'sishligim uchun biror narsa olib kelishsin", dedi....
U ayollardan Alloh rozi bo'lsin.
Bu ayollar hatto nafslaridan so'rab ham ko'rishmadi. Allohni buyrug'ini eshitishdimi, tamom, itoat etishdi. Chunki Allohning va Rasulining buyruqlari ustida tortishib, uni o'z nafsiga moslashtirish haqiqiy mo'minning ishi emas.
Biz u sahobiya ayollardek bo'lolmasmiz, lekin nima uchun bo'la olmaymiz? Bizni nima to'sadi bunday bo'lishlikdan? Nima uchun asl muslima bo'lish qo'limizdan kelmaydi? Hamma ayb o'zimizda, nafsimizni yenga olmaymiz. to'g'risi nafsimizni quliga aylanganmiz....
Ko'p gapirib o'tirmay, yetkazish bizdan, xulosa sizlardan, Hidoyat esa Allohdan.