7. Ammo hijob sizga juda yarashdi! Ana endi ko`chaga chiqsangiz ham shu libosda chiqing. Har xil qarashlar, gap sozlar deysizmi? Nahotki shugina sabab bilan sizga qanchalar yarashgan hijobingizni echsangiz? Yo`g`a, bu o’rinda kalta koylak va elkasiz, tor liboslarda mahalladan o’tgan davringizni eslang... Mahalla-ko’yning: "œvoy bu, bu qizning koylagi bormi-yoqmi?" - qabilidagi pichinglarini esladingizmi? O’shanda ularning gapidan jahlingiz chiqqan bolsada: "œbu modani tushunmagan odamlarga qosa nimalar demaydi" - deya mag`rur ketaverardingiz. Huddi o’sha uslubni endi bu o`rinda qo’llang. "œAllohning buyruqlarini bilmagan va hijobning naqadar g`ozalligini anglamaganlarga qolsa ular nimalar deyishmaydi?!"
8. - "Mahalla - koy mayliya, ota-onam va boshqa yaqinlarimga ham yoqmadi bu uslubda kiyinishim", - deysizmi? Unda sizga bir savol.
Ilgari kiygan kiyimlaringizni hammasi barcha yaqinlaringizga birdek yoqqanmi? Y`oq, albatta, bunday bo’lishi mumkin emas. O’sha kiyimlaringiz yoki o’ta torligi, yoki juda kalta va ochiqligi bilan, yoki g`alati uslubi bilan juda bo’lmasa, narxi bilan yaqinlaringizni sal bo’lsada noroziligini o`yg`otgan. "œSizga yoqmasa ham, menga yoqadi" qabilida yaqinlaringizga yoqmagan kiyimingizni yaxshi ko’rib kiyishda davom etgansiz. Bu o`rinda ham hijobni sizni egningizda sobit qolishi uchun sizdan birgina harakat kerak. Siz uni ham ilgargi zamonaviy libosingizni qanchalar yaxshi korgan bolsangiz, buni ham shunchalik seving va himoya qiling! Osongina egningizdan tushib ketishiga yo`l qoymang! "œSizga yoqmasa ham bu libos menga va barcha mo`minlarga, eng asosiysi - Allohga yoqadi" - deya oling! Yaqinlaringizga esa xushmuomalalik bilan tushuntiring va ularga ham hidoyat so’rab duo qiling.
9. - Shahrimizda, mahallamizda, oilamizda hech kim hijob kiymagan, bir o`zim...
Men sizni juda yaxshi tushunaman. Demak siz islom nuri yoritmagan joylarda va bu nurdan bebahra odamlar orasida yasharkansiz. Islomdan qatra nur bolib kirib bormaysizmi o`sha manzillarga. Odamlar hamma joyda birinchi bolish uchun astoidil harakat qiladi, nega siz bu g`ozal yo’lda birinchi bo’lishni istamaysiz? Bir ozingizga shuncha savob, ularni birma-bir yig`ib olsangizchi!
10. Hijobni kiygach, uni kiyishingizga qarshi bo’lgan odamlardan uzoqroq yurishga harakat qiling, chunki ular tezda sizda hijobni yechish istagini uyg`otib qo’yishlari mumkin. Hech bo’lmaganda, hijobga organib qolguningizcha ulardan uzoqroq bo’ling.
11. Hijobni kiygach, mobodo uni yechish istagi tug`ilib qosa, xuddi uni kiyishni qanday orqaga cho’zgan bolsangiz, shunday "œertaga, indinga echaman" deb, nafsizni aldab turing, shunda sekin-sekin organib qolasiz va butun umr hijobda yurgandek u bilan qadrdon bolib qolasiz, InshaAlloh!
12. Hijobdaligingizda tez-tez sizni ta’qib qiladigan nigohlarni: "G`alati kiyinganim uchun menga qarashyapti" deb emas, balki: "Ular mendan islomni organishmoqda, ibrat olsihmoqda" deb sharh qiling. Shunda sizni "œbular nega buncha baqrayishadi" - degan fikrlar g`azablantirmaydi.
13. Hijob kiyganingizdan keyin bolayotgan har bir ezgu ishga "Alloh meni hijob kiyganim uchun taqdirlayapti" degan o`yda boling. Shunda hijobga va boshqa Allohning farzlariga majburiyat deb emas, balki mehr bilan qaraysiz, ularni sevib bajarasiz.
14. "œHijob kiysam uni qilomayman, buni qilomayman" deb og`rinmang, hijob kiyish bilan hamma narsadan kechish shartmas, bazi bir odatlaringiz islomga zid bo`lsa-yu, uni birdaniga toxtaolmasangiz, sekin-sekin toxtating, ammo hijobni echmang u odatingiz uchun. Masalan, men raqsni, sportni, ashulani judayam yaxshi koraman. Yashirmay aytamanki, boshida menga bo’yanish, yasanish, raqs, musiqa, soch kesish va hokazolar mumkinmas hijobga kirsang, desalar: "Ma hijobingni, ol, manga hech keragi yo`q", degan bolardim. Islomga zid odatlaringizni sekin-sekin kamaytiring yoki o’shanga oxshashiga ozgartiring. Masalan, men stadionda va sport klubida shug`ullanishni hovliga kochirdim. Boshida kunda bir soat raqs bilan shugullangan bosam keyin 20 minut, 10, haftada bir hozir raqssizam juda yaxshi yashayapman. Musiqani esa sekin rep, hip-hopdan mazmunli ashulalarga, keyin diniy ashulalarga, keyin nashidlarga, hozir esa mp3 imda quron suralari qogan holos. Boyanish, o’zingizga qarashni ham uyingizga kelganda maromiga etkizib qiling, juda xohlasangiz eski modniy kiyimlaringizni ham kiyavering. Uyingizda o`zingizga yoqqandek, qulay va gozal liboslarni bemalol kiyavering (bahonada uyingizni va uyda o’tirishni ham yaxshi korib qolas).
15. Eng asosiysi, unutmang, hijob - bu oddiy kiyim! Uni kiygach, undan qandaydir bir ilohiy tuyg`ularni kutmang. "œHijob kiydim, endi eng mustahkam imonni qo’lga kiritdim", deya mag`rurlanib ketmang. O`zini musulmon sanagan, ammo hali hijobgacha yetib kelmagan muslimalarga past nazar bilan qaramang va ularni dillariga ozor beradigan gaplar bilan tanbeh bermang. Imon qalbda boladi. Imonni hijob kiyib ham topolmay otib ketganlar qancha. Hijob hech kimga imon bermaydi, u borini himoya qiladi halos. Imonni kuchaytirguvchi taqvoni hijobni kiygach ham mustahkam ushlashga harakat qiling. Ilm olishga va unga amal qilishga harakar qiling, yo`qsa hijob kiygan eksponatdan farqingiz qolmaydi. Hijob jamiyatdagi ko’p kasalliklarini oldini oluvchi bir himoya vositasi. Uni kiyish bilan farishta, yechish bilan fohisha bolib qolmaysiz. Ammo uni kiyib taqvoyingizni yanada mukammal qilishingiz, yechish bilan fahshga yo`l ochishingiz mumkin. Shuni bilingki, hijob bu jannatga kafolat emas, ammo hijobsiz ham jannat kafolatlangan emas.
16. "Men namozni namoz oqish istagi paydo bo’lsa o`qiyman", yoki: "Menda hijobga kirish istagi paydo bo`lmagan", deb ko’p aytishadi. Bu kabi so`zlar bilan o`zingizni aldamang, amallarni paysalga solmang. Bilingki, bu istakni kelishini kutib otirish - g`irt axmoqlik!
Chunki siz bu istakni butun umr kutsangiz ham kelmasligi mumkin. Qayerdan bilasiz, balki u sizni birinchi bo’lib qadam tashlashingizni kutayotgandir? Hech kim yo’lidan oltin chiqib qolishini kutib otirmaydi, vaholanki tilladan bo’lgan ziynatlarni topib olganlar ko’p. Xuddi shunay siz ham noma`lum tuyg`ularni kutib umringizni g`aflatda o’tikizmang.
Hech kormagan, yemagan, mazasini totmagan notanish ovqatni nomini aytsa egingiz keladimi? Yoq, sizga bu nomlar kompyuter, stol, stul kabi oddiy narsa nomidek eshitiladi. Ammo kabob, osh, manti, chuchvara kabi sizga tanish nomlar aytilsa-chi? Ishtahalaringiz ochilib, yegingiz keladi. Nega? Chunki siz ularni bilasiz, yegansiz, mazzasini totgansiz. Xuddi shunday namozning lazzatini angalsh uchun uni oqish kerak, hijobni esa o’rab ko’rish kerak. Undan keyin ham lazzat eshiklari ochilmasa, darrov orqaga qaytmasdan eshik oldida turing. Qayta-qayta taqqilating eshikni. Niyatingiz holis bosa, Insha Alloh, u eshiklar ochiladi.
Va shu o’rinda boshqalarga ham maslahatim: "Hijobli bo’la turib unday qildi, bunday qildii" kabi gaplarga chek qoying! Odamlarni hijoblilardan maksimal narsalarni kutishi qizlarni hijob kiyishga jur’atsiz qilib qo’yadi. Tushuning, u ham oddiy bir odam, u ham barcha singari xato qilishi mumkin. Kecha yarim yalong`och yurgan qiz bugun shu joygacha etib kelipti, shunisiga rahmat deng. "Hijobliyam shunaqa bo’larkanmi", deb uni hijobini echishiga sababchi bolgandan kora, unga yordam bering, qolingizdan kelsa. Bo`lmasa - jim boling, ammo zinhor-bazinhor uni izza qilmang. Juda xunuk ish bo’lsa, sekingina o’ziga ayting, chioyli tushuntiring.
Siz, hijob kiymoqchi bogan opam yoki singlim, bunaqa gaplarga ahamiyat bermang. Siz tog`ri yo’ldasiz, ketavering undan hech narsaga qaramay. Bilmaganingizni sekin-sekin organib olasiz. Hech kim mukammal emas.
17. Hijob kiygandan keyin ayb ish qilib qoygandek ovozingiz sinq, boyningiz egik yurmang! Hijob kiyishdan uyalmang! Podiyumda ketayotgan modellarga bir qarang, egninga nimani ossalar ham "œmashhur kutere falonchini liboslarini namoyish qilyapman" deb mag`rur yuraverishadi. Oliy moda, avangard deya aqlga sig`maydigan kiyimlarni kiyib chiqaverishadi. Bu libos haqiqatda juda go`zal va betakrorligiga shu qadar qat`iy ishonch bilan yurishgani tufayl ham bugun ko’pchilik moda orqasidan chopmoqda. Nega endi ular bir ojiz bandani kiy degan istagini ikkilanmay amalga oshirsayu, biz esa kuch va qudrat egasi bo’lgan Alloh taolaning buyrug`ini aybdordek ikkilanib, amalga oshiramiz? Hijob Oliy Zotning buyrug`i bolib, aslida u oliy moda! Qachonki biz bunga ishonib, qat’iy qadam tashlashni boshlar ekanmiz, ana shundagina dunyo modasi ortimizdan chopadi!
O’zbekoyimning hijobga kirmoqchi bo'lgan opa singillarimizga bergan maslahatlari