1-shart sharhi
Alloh Тaolo "œNur" surasining 31-oyatida marhamat qiladi:
وَقُلْ لِلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آَبَائِهِنَّ أَوْ آَبَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُولِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَى عَوْرَاتِ النِّسَاءِ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِنْ زِينَتِهِنَّ وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Ma’nosi: "œ(Ey Muhammad), mo’minalarga ayting, (ularga qarash halol bo’lmagan narsalarga qarashdan) ko’zlarini pastga tushirsinlar, (halol bo’lmagan qilmishlardan) jinsiy a’zolarini saqlasinlar, ko’rinib qolgan tomonlardan (ya’ni yuz va kaftlardan) tashqari ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar, ro’mollari bilan (boshlari, bo’yinlari va) ko’kraklarini yopsinlar. (Ular) erlari, otalari, erlarining otalari, bolalari, erlarining bolalari, aka-ukalari, aka-ukalarining bolalari, opa-singillarining bolalari, (o’zlari kabi mo’mina) ayollari, cho’rilari, ayollarga behojat, shahvati yo’q kishilar yo avratini bilmaydigan yosh bolalardan boshqa kishilarga ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar. Hamda bekitgan ziynatlari bilinishi uchun oyoqlari bilan (yerni urib, ovoz chiqarib) yurmasinlar. Barchangiz Allohga tavba qilinglar, ey mo’minlar, shoyad najot topsangizlar". (Ya’ni, tavba qilsangizlar, albatta najot topasizlar. Qur’on oyatlaridagi "œshoyad" so’zi "œalbatta", "œshubhasiz" ma’nolarini anglatadi.)
Ahzob surasining 59-oyatida Alloh Тaolo Payg’ambari Muhammad sollallohu alayhi va sallamga bunday marhamat qiladi:
....
"œEy payg’ambar, juftlaringiz, qizlaringiz va mo’minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini yopsinlar! Ularning tezroq tanilishlari va ozorlanmasliklari mana shu (tufaylidir). Alloh mag’firatli va rahmli bo’lgan zotdir".
"œBirinchi oyat ziynatning barchasini yopish vojibligiga va begona kishilar oldida ziynatning biron o’rnini ochmaslikka ravshan dalildir. Faqat ayollardan beixtiyor ochilib qolsa, zarari yo’q. Mana shu ochilib qolgan o’rnini yopishga ayollar shoshilsalar, gunoh bo’lmaydi", deydi Hofiz Ibni Kasir o’z tafsirlarida.
"œKo’rinib qolgan tomonlardan tashqari ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar" oyati to’g’risida Ibni Abbos roziyallohu anhumo aytadilarki: "œYuzi va kaftlaridir".
Barcha ulamolar aytadilarki, har bir namozxon namozida avratini yopishi vojibdir. Ayol kishi esa namozida yuzi va kaftlarini ochadi, bundan boshqa o’rinlarini yopishi vojib. Bilagining yarmigacha ochilib qolishini Payg’ambar sollallohu alayhi va sallam ayol kishiga ruxsat berdilar. Ayolning yuzi va kaftlari avrat bo’lmagani uchun ham namoz o’qishida ochib o’qiydi. Agar avrat bo’lganida edi, ochish man qilinardi.
Ayolning yuzi va kaftlari avrat emasligiga Abu Dovudning Oisha roziyallohu anahodan qilgan rivoyati ham dalil bo’ladi. Oisha aytadilarki, Asmo binti Abu Bakr yupqa kiyimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldilariga kirganida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam undan yuz o’girdilar, so’ng: "œEy Asmo, ayol kishi balog’atga yetganidan keyin uni mana bu o’rinlardan — yuz va kaftlariga ishora qildilar — boshqasining ko’rinishi to’g’ri bo’lmaydi" deb aytdilar. (Bu hadis isnodi bir necha yo’llar bilan quvvatlangan.)
Yana Abu Dovud sahih yo’l bilan qatodadan rivoyat qiladi, payg’ambar sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar (ma’nosi): "œqizbola balog’atga yetganida uning yuzi va qo’lining bo’g’inigacha bo’lgan o’rindan boshqa o’rinlarining ko’rinishi to’g’ri bo’lmaydi". (Хulosa: Ayol kishining yuzi va kaftlarini avrat yo avratmasligi to’g’risida ulamolar qadimdan turli fikrlar bildirib kelishgan. Ba’zi kimsalar yuz yopish dindan emas kabi g’aroyib gapni ham aytishgan. Alboniy rahimahulloh yuqoridagi ikki oyatni bayon qilib hamda juda ko’p sahih hadislar keltirib aytadilarki: "œAyol kishi yuzini yopishi afzal, lekin vojib emas. Yuz va kaftlarni ochish shariatda harom emas, balki ruxsatdir". Alboniy so’zlari qanday chiroyli so’z ekaniga imkoni borlar u kishining "œ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,," kitobiga murojaat qilsalar qoniqqan bo’lardilar. Тarjimon izohi.)-