Hijob: hayo va iffat libosi  ( 277990 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 19 B


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:42:27

Assalamu alaykum,aziz birodarlar..Sizlanri e'tiboringizga Doktor Abdulloh Muxlisni Hijob haqidagi risolasidan parchalarni havola qilmoqchiman. Bu risolada Hijob haqidagi oyati karimalar va hadisi shariflar bor. Hijobning fazilatlari va hislatlari haqida fikr yuritiladi. Har bir Iymon egasiga shu fikrlarni o'zi yetadi, deb umid qilaman. Hijobsiz yurgan har bir opa - sinlimizga shu risolani o'zi yo'lboshchi bo'ladi,Inshaalloh. Bularda to'g'ri hulosa chiqarib,"Eshitdik va itoat qildik..."deguvchi mo'munalar qatorida bo'lishadi, deya umid qilaman.
Marhamat bu risola bilan tanishing.Alloh har birimizni to'g'ri yo'lga boshlasin.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:43:30

Barcha olamalarni hukmdori, mehribon va rahmli, qiyomat kuning podshohi bo'lmish ALloh taologa hamdu sanolarimiz bo'lsin. Allohim, O'z bandang va rasuling Muhammad s.a.v. hamdu ularning ahillari va ashoblariga Sening rahmating va marhamatlaring bo'lsin.
Yahshi oqibat taqvo egalari va halokat adolatsiz kimsalar uchundir.
Shariat musulmon ayolning mavqeyini ko'taradigan va iffatini saqlash uchun kafolat beradigan ulkan ga'mho'rliklarni o'z zimmasiga oladi. Islomda ayol libosi hamda ziynatlarini muhofaza qilib chegarashdan maqsad har qanday buzuqlik hayosizlikka olib boruvchi omil hisoblanmish ayol go'zalligini ko'z-ko'z qilinishining oldini olishdir. Bu sohada Islom qonunlari har qanday holatda ham ayol erkini aslo cheklamaydi, aksincha uni horlik va razillik botqog'iga botib qolishdan muhofaza qiladi. Shu bilan birga Islomayolni begona nomahramlarning nazaridan saqlaydi. Mening aziz muslima opa-singillarim, ushbu risolada biz hijobning fazilatlari haqida so'z yuritmoqchimiz, toki hijob barcha uchun qadrli va qimmatli, mo'tabar bo'lib hisoblansin. Shuningdek,bunda hijob turuvchilarning munavvar taqdirlari haqida hushhabar beramiz. Biz o'zini ko'z-ko'z qilishning yomon oqibatlari haqida so'z yuritmoqchimizki, bu narsadan insonlarni qaytarish va shu kabi hayosizliklarning bu dunyoda va u dunyodagi og'ir oqibatlaridan ogoh qilishni o'zoldimizga maqsad qilib qo'ydk. Mutlaq saqlovchi Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin. Va ALloh taolo O'zi biz uchun har ishda kifoyadir, Inshaalloh.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:47:00

Hijobning fazilatlari.

Hijob Alloh taolga va Uning rasuliga itoatni ifodalaydi. Alloh taolo O'ziga shuningdek, rasuliga ham itoat qilishni barchamizga amr qildi:"Alloh va Uning payg'ambari bir ishni hukm qilgan0buyurgan vaqtida biron mo'min va mo'mina uchun(Allohning hukmini qo'yib) o'z ishlaridan ihtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning payg'ambariga osiy bo'lsa, bas, u ochiq yo'ldan ozish bilan ozibdi".(Ahzob, 36-oyat.)
Alloh taolo yana marhamat qilib aytadiki:"Yo'q,Parvardigoringizga qasamki, to ular o'zlarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha - bo'ysunmagunlaricha zinhor mo'min bo'la olmaydilar"(Niso, 65-oyat).
Alloh taolo ayollarga hijob tutishni buyurdi. Qodir va Oliy Zot bo'lgan Alloh taolo aytadiki:"Mo'mina ayollarga ayting, ko'zlarini(Nomahram erkaklarga tikishdan) to'ssinlar va avratlarini (Haromdan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (utilaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko'rsatmasinlar va ko'kraklarini ro'mollari bilan to'ssinlar!..."(Nur, 31-oyat)
"O'z uylaaringizda barqaror bo'linglar(ya'nibesabab o'z uylaringizdan tashqariga chiqmanglar,magar, biror hojat bilan chiqqanlaringizda esa) ilgarigi dinsizlik davridagi yasan-tusan kabi yasan-tusan qilmanglar!")Ahzob,33-oyat.
"...Qachon sizlar (Payg'ambar ayollardan) biron narsa so'rasngizlar parda ortidan turib so'ranglar.Mana shu sizl;arning dillaringizni ham, ularning dillarni ham toz tutguvchiroqdir."(Ahzob, 53-oyat).
"Ey,payg'ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning ayollariga ayting, ustilariga yopinchiqlarini o'rasnlar!"(Ahzob, 59-oyat)

Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Ayol - avratdir". Bu esa ayolning mastura-o'rangan bo'lishi kerakligini anglatadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:49:14

Hijob - bu iffat.

Alloh taolo ayolning hijob tutishini iffat ramzi dab belgiladi. Alloh taolo"Ahzob" surasining 59-oyatining davomida aytadi:"...Mana shu ularning (cho'ri emas, balki ozod ayol ekanliklarini) tanilib,ozorlanmasliklari uchun eng yaqin vositadir".
Alloh taolo fitnaga sabab va birovlarni o'zigan jalb qilish yoshidan o'tgan keksa ayollarni hijob yopinmay, yuz va kaftlarini ochib yurishlarida joizligini bildirib aytadi:"Hotinlardan keksayib qolgan, erga tegishni o'ylamaydiganlari biron-bir zeb-ziynatlari bilan yasanmagan hollarida kiyimlarini (ya'ni ro'mol yopinchiqlarini)olib qo'yishlarida ularga gunoh yo'qdir..."(Nur, 60-oyat).

Lekin oaytning davomida Alloh taolo keksa ayollar uchun afzalroq va ma'qulroq bo'lgan narsani oydinlashtirib bayon qiladiki:"O'zlarini pok(ya'ni ro'mol yopinchiqlarida) tutishlari oz'lari uchun yahhsiroqdir. Alloh taolo eshitguvchi va bilguvchidir".(Nur,60-oyat)
Ya'ni keksa ayollar uchun ham ro'molda, ustki yopinchiqda turishlari afzalroqdir.Ushbu tariqa Alloh taolo hijobni iffat alomati ekanligini ma'lum qiladiki, hatto bu libos keksa ayollar uchun ham lozim topildi. Endi fitnaning uyasi bo'lgan yosh qizlar haqida nima deyish mumkin?

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:50:31

Hijob - bu poklik.

Alloh taolo aytadi:"...Qachon sizlar (payg'ambar ayollaridan) biron narsa so'rasangizlar parda ortidan turib so'rangizlar. Mana shu sizlarning dillaringizni ham, ularning dillarini ham toza tutguvchiroqdir"(Ahzob,53-oyat)

Alloh taolo hijobni mo'min va mo'minalar qalbidagi poklik kabi tasvirladi. Zero biron bir narsani ko'rmasa, qalbda ham hech qanday noma'qulchilik kechmaydi. Modomiki, ko'z biror narsaga tushar ekan, qalb ham biror narsani hohlashi yoki aksincha hohlamasligi ham mumkin. Bundan kelib chiqadiki qalb ham keraksiz, noma'qulnarsalarga guvoh bo'lmasligi lozimdurki, zero bu narsa kishini yo'ldan ozdiradi. Hijob hatto qalbida marazi bor kishilarni ham shahvatini man qiladi.
"Bas, sizlar (parda ortidan biror nomahram erkakka javob qilgan paytlaringizda) mayin-nazokatli so'z qilmanglarki, u holda holda ko'nglida maraz-nifoq bo'lgan kimsalar ta'ma qilib qolur. Yahshi, to'g'ri so'zni so'zlanglar"(Ahzob, 32-oyat)
 

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:52:28

Hijob bu himoya, taqvo va iymondir.

Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Alloh taolo hayoli, ko'zdan yashirindir va ko'zdan yashirin bo'lishni yoqtiradi".
Shuningdek, Rasululloh s.a.v.:"Alloh Buyuk va Qodir Zotdir. U Zot libosini uyidan boshqa joyda yechgan ayolni o'z himoyasidan mahrum qiladi",- deya marhamat qilganalr.
Alloh taolo aytadi:"Ey,Odam bolalari, Biz sizlarga avratlaringhizni berkitadigan libosni ham, yasan tusan libosini ham tushirdik. Hammasidan yahshiroq libos taqvo libosidir."(A'rof, 26-oyat)
Alloh atolo hijob  haqida so'z yuritar ekan, hususan mo'mina ayollarga qarata aytadi:"Mo'mina ayollarga ayting..."(Nur, 31-oyat)" "...Va mo'minlarning ayollariga ayting..."(Ahzob, 59-oyat).
Bani Tamim avlodidan bo'lgan ayollar ensiz tor kiyimlarni kiygan hollarida Oisha r.a. oldilariga kelganalrida, onamiz u ayollarga qarata aytdilarki:"Agar sizlar mo'mina bo'lsangizlar bu liboslar mo'mina ayollarning libosi emas. Agar sizlar iymonsiz bo'lsangizlar u holda bu liboslarni huzurlanib kiyaveringlar".

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:53:33

Hijob - bu hayo va ayol nomusining qalqonidir.

Rasululloh s.a.v. shunday deganlar:"Har bir din o'ziga hos hususiyatga ega. Islomning o'ziga hos hususiyati hayodir".
Shuningdek,u kishi aytganlarki:"Hayo Iymondandir, Iymon esa Jannatdadir". Yana Rasululloh s.a.v. aytganlarki:"Hayo va Iymon o'zaro chambarchas bog'liqdir. Agar ushbu ikki sifatdan biri yo'q qilinsa ikkinchisi ham o'z-o'zidan yo'q bo'ladi".
Oisha r.a. hikoya qiladilar:"Rasululloh s.a.v. va otam dafn qilingan uyga - dahmaga kirganimda bu yerda o'z oatm va erim bor, degan o'y bilan ustimdagi yopinchiqni olib qo'yar edim. Keyinroq dahmaga Umr r.a. dafn qilingach,undan hayo qilib yopinchiqqa o'rangan holda kiradigan bo'ldim".
Bundan malum bo'ladiki hijob ayol tabiatiga hos bo'lgan hayo bilan uyg'unlashadi. Shuningdek, sog'lom fikrli, es-hushi joyida va o'z ayoli va qizini turli hil nopok nazarlardan muhofaza qiladigan iymonli erkakning ayol nomusini himoya qilish degan tabiiy tuyg'usi bilan hijob to'la mos keladi. Johiliyat va Islom davridagi ko'pgina qonli to'qnashuvlarning asosiy sababi - ayol nomusi va erkini saqlash edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:54:23

O'zini ko'z-ko'z qilishni illatlari.

O'zini ko'z-ko'z qilish va hijobsiz yurish Alloh Rasuliga osiylik bo'lib hisoblanadi. Darhaqiqat, qaysi bir kimsa Alloh hamda Rasuliga bo'ysunmas ekan, faqat o'zigagina zarar keltiradi va bu bilan u kishi Allohga hech qanday ziyon yetkaza olmaydi. Rasululloh s.a.v.aytganlar:"Ummatimning barchasi Jannatga dohil bo'lai,magaram jannatdan bosh tortganlarigina unga kirmaslar". Shunda sahobalar Rasululloh s.a.v. dan so'radilar:"Ey, Rasululloh s.a.v. jannatdan bosh tortuvchilar ham bo'ladimi?" U muborak Zot javob berdilar:"Kimki menga itoat qilsa jannatga kiradi. Modomiki menga itoat etmas ekan, jannatga kirishdan bosh tortibdi".
 

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:55:17

O'zini ko'z-ko'zqilish kishini la'natga duchor qiladi va Allohning rahmatidan mahrum qiladi.

Umaya binti Ruqayqa r.a. Rasululloh s.a.v.ning huzuriga Islomga sodiqligi haqida qasamyod qilish uchun kelganida Rasululloh s.a.v. dedilar:"Men sendan quyidagi shartlarga binoan qasamyodingni qabul qilaman:Allohga hech narsani va hech kimni sherik qilmaysan,o'g'rilik,zino,g'iybat va tuhmat qilmaysan,marhumlar ustida dod solib yig'lamaysan, johiliyat davridagidek yasan-tusan qilmaysan".
Bu yerda Rasululloh s.a.v. o'zini ko'z-k'oz qilishni eng dahshatli va halok qiluvchi gunohlar qatorida sanab o'tdilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2006, 08:56:41

O'zini ko'z-ko'z qilish Qiyomatda zulmat-qorong'ulikdir.

Rasulullohdan s.a.v. rivoyat qiladilarki:"O'z go'zalligini birovlar oldida namoyish qiluvchi ayol qiyomat kunida nursiz, dahshatli bir zulmat ko'rinishida bo'ladi".
Buning ma'nosi shundan iboratki, behayo va o'z libosini mag'rurlarcha namoyish qilayotgan ayol qiyomat kunida go'yo dahshatli qorong'ulikdan yaralgan kabi qop-qora ko'rinishda namoyon bo'ladi. Garchi bu hadis o'z ishonchliligi jihatidan zaif bo'lsa ham uning mazmuni haqdir. Gap shundaki, gunoh ish qilish mobaynida lazzat azob bilan, rohat uqubat bilan, to'qlik ochlik bilan, farovonlik yo'qchilik bilan, yorug'lik zulmat bilan jazolanadi. Buning aksi ham bo'lishi mumkinki, ro'zador odamning og'zidan keladigan hid yoki Alloh yo'lida qurbon shahidning qoni qiyomat kunida mush-anbarning hididan yoqimliroq va hushbo'yroq deya e'tirof qilinadi.
 

Qayd etilgan