O'zini ko'z-ko'z qilish tez avj oladigan yomonlikka keng yo'l ochib beradi.
Shariat va tarixni diqqat bilan o'rganadigan kishi shunga amin bo'ladiki, go'zallikni ko'z-ko'z qilish bu - buzuqlikdir. Bu narsa Dinga ham, dunyoga ham barobar zarar keltiradi. Agar ikki jins andishasizlarcha fahsh ishga mashg'ul bo'lsa ish yana ham yomon tus oladi. Buning yomon oqibatlari quyidagilardir:
Suyuqoyoqlar turli-tuman behayoliboslar, ziynatlar bian erkaklarning e'tiborini tortish uchun yasan-tusan qiladilar. Va bunga aslida qalblarida g'araz niyatlari yo'q,lekin shunday kiyinishni hohlaydigan ayollar va qizlar ko'r-ko'rona ergashadilar. Bu esa ma'naviyatning tubanlashuvi va pullarni haromga sarflanishiga olib keladi. Buning oqibatida ayol jirkanch va arzimas savdo moliga o'hshab qoladiki, uni har kimga taklif etish va har kim ko'zdan kechirib chiqishi mumkin bo'lgan matohga aylanib qoladi.
Erkaklarning ma'navir buzilishi. Bu hol yoshlarni, birinchi navbatda o'spirinlarni fohishabozlikka va turli harom ishlarni qilishga undaydi.
Oilaviy aloqalarning uzilishi,oilada ishonchni yo'qolishi, va ajralishlar sonini ko'paytiradi.
Ayolni reklama ashyosi sifatida sotish yoki uning savdo tizimlarida haridorlarni chaqirish vositasi bo'lib qolishi.
Ayolni obro'sizlantirish, yomon niyat va ayyorona maqsadlarda uni barchaga namoyish qilish. Buning oqibatida esa ayol yuzsiz va yovuz kishilarning tajovuziga duchor bo'lishi.
Turli kasalliklarning tarqalishi. Bu haqda Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Qaysi bir qavmda fahsh paydo bo'lsa va ular o'sha ish bilan ochiqdan-ochiq shug'ullansalar, darhol ular orasida ularning ota-bobolarida bo'lmagan o'lat kasalligi va boshqa kasalliklar tarqaladi".