Hijob: hayo va iffat libosi  ( 277943 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 19 B


Munira xonim  18 Noyabr 2006, 09:01:16

4. Hijob keng bo'lishi, tor bo'lmasligilozim. Chunki undan maqsad atrofdagilarni o'ziga jalb qilishdan saqlanishdir. Tor hijob ayollarning butun qaddi-qomatini namoyon qiladi. Bunday ayolga nazari tushgan erkak ayolning butun qaddi qomatini ko'z oldiga keltirib tasavvur qilishi mumkin. Bunday holatda esa ma'lum bir razillik, fitna sodir bo'ladi. Usoma ibn Zayd r.a. aytadi:"Rasululloh s.a.v. menga Dixyatul-Kalbiy sovg'a qilgan yopinchiqni berdilar. Men esa uni hotinimga kiydirib qo'ydim. Keyinroq Rasululloh s.a.v. meni ko'rib:"Nega yopinchig'ingni kiymayapsan?"deya so'radilar. Men:"Uni ayolimga kiydirib qo'ydim",-dedim. Shunda u kishi aytdilar:"Ayolingga borib aytki, yopinchiqning ichidan ko'ylakkiyib olsin, toki uning qomati va jismi bilinmasin".
5. Hijob atir yoki hushboy narsalar bilan hushbo'ylanmagan bo'lishi lozim. Rasululloh s.a.v. aytganlar:"HUshbo'y narsalarni sepib shu holda erkaklar undan kelayotgan hushbo'y hidni sezishlari uchun uiyidan chiqqan har qanday ayol zinokordir".
6. Hijob erkaklarning kiyimiga o'hshamasligi kerak. Rasululloh s.a.v. aytganlar:"O'zlarini erkaklarga o'hshatgan ayollar bizlardan emas. Hmada o'zlarini ayollarga o'hshatgan erkaklar ham bizlardan emas". Abu Hurayra r.a. shunday deganlar:"Rasululloh s.a.v. ayollar kiyimini kiygan erkaklarni va erkaklar kiyimini kiygan ayollarni la'natlaganlar". Rasululloh s.a.v. marhamat qilib aytganlarki:"Insonlarning uch toifasi borki, ular Qiyomatda jannatga kirmaslar va u kunda Alloh taolo ualrga qiyo ham boqmas. Ular:Ota=oansiga oq bo'lganlar, o'zini erkakka o'hshatgan ayol va o'z ayolining iffatini saqlashga beparvo bo'lgan erkak".
7. Hijob iymonsiz va kofir ayollarning kiyimiga o'hshamagan bo'lishi shart. Rasululloh s.a.v. aytganalr:"Kimki qaysi bir qavmga o'zini o'hshatsa, bas u o'shalardandir".
Abdulloh ibn Amr shunday deganlar:"Bir kuni Rasululloh s.a.v. meni maxsar bo'yog'i va za'faron rangga bo'yalgan kiyimda ko'rib:"Bu iymonsiz kishilarning kiyimi, buni aslo boshqa kiymagin",-dedilar".
8. Hijob ko'zga tashlanuvchan, atrofdagilar nazarini o'ziga tortadigan bo'lmasligi lozim. Rasululloh s.a.v. shunday deganlar:"Bu dunyoda odamlar ko'ziga tashlanuvchi kiyim kiyib yuruvchi kimsaga Alloh taolo qiyomatda xorlik libosini kiydirib qo'yadi".
Ko'zga tashlanuvchan va ajralib turuvchi kiyim, bu narsani kiyuvchilar uchun odamlarning diqqatini o'ziga jalb qilish vositasi bo'lib hizmat qiladi. Bu libos odamlarning oldida gerdayib yuruvchi maqtanchoq kishining qimmatbahova dabdabali kiymi  bo'lishi yoki o'zining zohidligini namoyish qilishga urinayotgan riyokor kishining juldur kiyimi ham bo'lishi mumkin.
 

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Noyabr 2006, 14:47:55

Fitna qo'zg'ovchi tannozlik libosidan saqlan.

Ey,mening muslima singlim! Agra sen shariat yuqorida keltirgan shartlarini bilib olgan bo'lsang, shu narsani tushunib olishing shartki, hijob kiyib yuribman degan qizlarning ko'pchiligi aslida hijob tutuvchilar qatoriga kirmaydilar. Chunki ularda haqiqiy hijobning asaridan hech narsa qolmagan. Bu yerda o'z nomi bilan atalishilozim bo'lgan narsa boshqa nom bilan atalmoqda holos. Zero, ulargo'zalligini namoyish qilishni hijob tutish deb, shuningdek, Allohga osiylikni Allohga itoat deb nomlamoqdalar. Islom taraqqiyotining dushmanlari Islomni boshlanishidayoq bo'g'ib yo'q qilish maqsadida o'zlarining "qarshi kurash mashinalarini" ishga solib Islomni yemirishga bor kuchlarini sarf qildilar. Lekin Alloh taolo ularning barcha kirdikorlarini barbod qildi va qalblarida Iymonlari sobit bo'lgan mo'minlar Allohga itoat etishda sodiq qoldilar.
Ochiq kurashda zafar qozona olmagan Islom dushmanlari Islom taraqqiyotini haq va hidoyat yo'lidan og'dirib yuborish maqsadida eng makkor va eng razil usullar bilan zarba berishga qasd qildilar. Ular o'zlari ihtiro qilgan yangi nushadagi "hijob"larni bu narsani o'zaro musulmonlar bilan murosa, sulh deya nomlab faol ravishda tarqata boshladilar. Shuningdek, ular bu narsa Allohga itoat etishga ham, shu bilan birga jamiyatni ham qoniqtiradi, qolaversa, ayol o'z "go'zalligini" ham muhofaza qiladi deb jar soldilar. Shar'iy hijobning ko'p yerda keng tarqalganligi bois iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan moda uylari hijobning haqiqiy ma'nosini buzib ko'rsatuvchi va ayol go'zalligini ko'z-ko'z qiluvchi yangi sun'iyhijob namunalarini bozorlarga tarqatdilar.Natijada o'sha sun'iy hijoblar "Zamonaviy hijob"degan jarangdor nomga ega bo'ldi.Holbuki, bu kabi narsalar avvalda ehtiyotkorlik va tanqid bilan qarshi olingan edi. Ijtimoiy qiyinchiliklarni daf qilish uchun "murosaga" intilayotgan suyuqoyoqlarning ma'lum qismini shar'iy hijobning moddiy zarbasi qiyin ahvolga solib qo'ydi. Vaqt o'tishi bilan "Zamonaviy Hijob" deya nom olgan "Fitna qo'zg'atuvchi tannozlik liboslari" har yerda tarqala boshladi. Ushbu yomon otliq "hijobni" kiyib yurgan kimsalar o'zlarini namunali qiz yoki ayol deb hisoblay boshladilar.
 

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Noyabr 2006, 14:49:26

Zamonaviy hijobga o'ralib olgan ey,singlim!!! O'z Robbing va Rasuli rozi bo'ladigan shar'iy hijobga bi kiyinishim muvofiq keladi,deb ko'r-ko'rona ishonishdan saqlan! Sening ushbu harakatingni maqtab, senga yomon maslahatlar berayotganlarga aldanib qolishdan ehtiyot bo'l. Bularning barchasigfa aldanib qolmagin va o'zingga o'zing taskin berib, "mening ahvolim ochiq-sochiq yurganlarda ko'ra yahshiroqdir,ahir ahmoqona ish ham yahshi kabi turli darajaga ega-ku",-deb o'zingni aldamagin.
Sen hijob tutish shartlari va shariatning buyruqlarini mahkam tutgan taqvoli opa-singillaringdan ibrat olishing lozimdir.Rasulullohdan s.a.v. rivoyat qilinadi:"Dunyo ishlarida o'zingizdan past kimsalarga boqing va din ishlarida esa o'zingizdan yuqori bo'lgan kimsalarga boqing. Mana shu narsa Allohning sizlarga bergan ne'matlariga noshukrbo'lmasliklaringizga olib boruvchi eng munosib ishdir".

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Noyabr 2006, 14:51:48

Umar ibn Hattob r.a. Allohning quyidagi oyatlarini o'qidilar:"Albatta "Parvardigorimiz Allohdir", deb so'ngra (yolg'iz Allohga toat-ibodat qilishda) to'g'ri ustivor bo'lgan zotlarning oldilariga (o'lim paytida) farishtalar tushib (derlar):"Qo'rqmanglar va g'amgin bo'lmanglar. Sizlarga va'da qilingan jannat hushhabarlari bilan shodlaninglar!"(Fussilat surasi,30-oyat).
So'ng  u kishi aytdilar:"Makkor tulkilar kabi ayyorlik qilmay ALlohga bo'lgan itoatlarida sobit bo'lgan kimsalarga AllohningO'zi madadkor bo'lsin".
Allohga itoat etishda mustahkam va og'ishmaydigan bo'linglar va haq yo'ldan har qanday zalolatdan holibo'lgan holatda yurib boringlar. Har qanday osiylikni tashlab chin dildan tavba qilishga shoshilinglar.
"Barchangiz Allohga tavba qilinglar, ey,mo'minlar! Shoyadki, shunda najot topsangizlar!"(Nur surasi, 31-oyat).
Biz ushbu buyruqni eshitamiz va itoat qilamiz. Qalbi Islomga nisbatan muhabbat va hurmatga to'la bo'lgan chin mo'min Qodir va Buyuk Robbisining buyrug'ini eshitishi bilanoq darhol uni hayotga tadbiq etadi. Bunda haqiqiy musulmonlar o'zlari voqe'dagi holatini tasavvur qila olamydigan va o'ztaqdiriga be'etibor o'zini yo'qotib qo'ygan kishilar to'dasiga parvo qilmagan hollarida Rasulullohning s.a.v. sunnatlariga itoat qiladilar. Alloh Buyuk va har bir ishga Qodir. U Zot O'ziga Va Rasuliga itoat etishdan bo'yin tovlagan kishilarning iymonini tan olmaydi. Alloh taolo aytgan:"Allohga va payg'ambariga iymon keltirdik va bo'ysundik deydilar-u, shundan keyin ulardan bo'lgan bir guruh yuz o'girib ketur. Ular mo'min emadirlar..... Alloh va Uning payg'ambariga o'rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, mo'minlarning so'zi,"Eshitdik va itoat qildik"demoqdir....."(Nur, 47-50).
 

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Noyabr 2006, 08:17:54

Safiya binti Shayba r.a aytadilar:"Biz Oisha r.a. huzurlarida bo'lganimizda quraysh ayollari va ularnig fazilatlari haqda so'z ochganimzda Oisha r.a. shunday dedilar:"Albbata quraysh ayollari fazilat egalaridir,lekin, Allohga qasamki, men ansoriy ayollardan ko'ra Allohning kitobini tasdiqlovchiroq va Uning oyatlariga iymonliroq ayollarni ko'rmadim. "Nur" surasini ushbu oaytlari nozil bo'ldi:"...ko'kraklarini ro'mollari bilan o'rasinlar..." Ushbu ilohiy hukm nozil bo'lganidan keyin ansoriy erkaklar o'z ayollariga Allohning oyatlarini tilovat qilib berishdi. Har bir erkak o'z hotiniga, opa-singlisiga, qiziga va barcha qarindoshlariga tilovat qilib bergach, buni eshitgan har bir ansoriy ayol Allohning nozilqilgan hukmiga iymon keltirib, uni bajarishga intilgan hollarida darhol boshlarini yopdilar va ko'kraklarini ro'mol bilan o'radilar".
hullas, Allohning buyrug'i bilan teng keladigan hech narsa yo'q va hech qanday ikkilanishsiz darhol Allohning buyruqlarini bajarish lozim.
Tavba qilgin muslima singlim! "Men kelajakda namoz o'qiyman, tavba qilaman, hijob tutaman", degan soz'larda yiroq bo'l. Chnki o'shakeljakka yetasanmi yoki yo'q buni Allohdan o'zga hech kim bilmas. Tavba qilishi lozim bo'lgan har birkishi tavbani orqaga surishi ham gunohdir.Muso a.s. aytgan so'zlarni sen ham ayt:"Men esa Sen rozi bo'lishing uchun shoshdim,Parvardigorim!"(Toxa surasi 84-oyat)
Shuningdek, avvalgi mo'min va mo'minlar aytgan so'zlarni aytginda mutlaq G'olib Zot bo'lgan Allohga o'zingni topshir:"Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag'firat qilishingni so'raymiz. Va faqat O'zingga qaytajakmiz"(Baqara surasi,285-oyat).
Xotimada Olamlarning Robbisi Alloh taologa hamdu sanolar va Uning eng sevimli bandasi va Rasuliga Durud va salovatlar aytamiz!!!
 

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Noyabr 2006, 08:19:30

Usgbu risolani bizga taqdim qilganlar:
Muallif: Doktor Abdulloh Muxlis.
Tarjimon:Umarali Qurbon.
Mas'ul muharrir: Bahodir O'ktam.
Muharrir: Hikmatjon Mo'min.
Risolaning ruscha matni  www.badr.esmartkid.com
veb - sahifasidan olingan.
Bularni barchasidan Alloh taolo rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


mutaallimah  11 Mart 2008, 22:17:40

Alloh Rozi bolsin hurmatli dindoshim juda gozal va kerakli dalilarni joylabsiz.. Alloh sizga hayrli ishlaringizni davomli qilsin...

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 14:13:51

ҲИЖОБ ИБОДАТ, ОДАТ ЭМАС!

Кириш сўзи

Аллоҳга ҳамду сано, Пайғамбаримиз Муҳаммадга Аллоҳнинг салоту саломлари бўлсин!

Қўлингиздаги бу мўжазгина китобча "ҳижоб" ҳамда "юзни тўсиб юриш" ҳақида бўлиб, муслима опа-сингилларимизга атаб ёзилгандир. Сир эмаски, бугунги кунда кўпгина Ислом диёрларида аёлларнинг ҳижоб масаласида сусткашликларга йўл қўйиб, ясан-тусан қилиб юришлари одат тусига айланиб қолди. Шубҳасиз, бу иш катта гуноҳлардан саналади ҳамда Аллоҳ таолонинг ғазаби ва аламли азобига сабабчи бўлади.

Шунингдек бу китобча - ҳажми кичкина бўлишига қарамасдан - ҳижобнинг фарзлиги, фазилатлари ва шартлари билан боғлиқ бир қатор масалаларни ўзида жамлаган бўлиб, унда ҳижоб масаласида эътиборсизлик қилиб, ясан-тусан касалига муккасидан кетиш қандай оқибатларга олиб бориши ҳақида сўз боради. Ҳамда бундай мункар амаллардан огоҳлантирувчи бир неча оят ва ҳадислар ҳам зикр қилинади. Аллоҳ таолодан бу рисоламизни муслима опахонларимиз ва сингилларимизга манфаатли қилишини сўраб қоламиз. Зеро, Аллоҳ бунинг Эгаси ва бу нарсага Қодир бўлган Зотдир.

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 14:14:28

Ҳижоб ибодатдир, урф-одат эмас!

Эй муслима аёл, унутманг, дин душманлари доимо ҳижобни инсонларга бузиб кўрсатишга уриниб келган. Уларнинг даъволарича, ҳижоб аёлларнинг ижтимоий қолоқлигига сабаб бўлармиш! Яна улар «ҳижоб аёлларни оёқости қилади, ҳурматини поймол этади», деган аҳмоқона фикрларни тарқата бошлашди. Улар бу ишлари билан аёлларга ҳижоб ўраб юриш ўрнига очилиб-сочилиб, ясаниб, юзларини ҳаммага кўрсатиб юришлари кераклигини уқтирмоқчи бўлишади. Уларнинг бу каби ҳаракатлари ўз таъсирини кўрсатмай қолмаяпти, албатта. Аслида улар – баъзи соддадил аёллар ўйлаётганларидек – бундай ташвиқотларини аёллар фойдасини кўзлаганларидан келиб чиқиб қилмайдилар. Аксинча, уларнинг мақсадлари аёл зотини бузиш, унинг ҳаёти ва иффатини оёқ йўқ қилишдан бошқа нарса эмас. Афсуски, улар кўзлаган мақсадларига кўзга кўринарли даражада эришмоқдалар.

Шунинг учун – эй муслима синглим – бу каби шайтоний сўзларга алданиб қолишдан ҳазир бўлинг! Доимо ҳижоб фаризасини маҳкам ушлаб, ўз динингиз билан азиз бўлиб юринг.

«Ҳолбуки, куч-қудрат – азизлик Аллоҳники, Унинг Пайғамбариники ва мўминларникидир». (Мунофиқун: 8 )

Бундай чақириқларга эътибор бермасдан, ҳижоб энг аввало Аллоҳга ибодат, Расулига итоат эканини, хоҳласа қилиб, хоҳламаганда ташлаб қўйса бўлаверадиган мубоҳ иш эмас, балки бу аёл кишининг иффати, ҳаёси ва поклигидан нишона эканини ҳамда ҳижоб кофирларнинг бу ҳақдаги аҳмоқона даъволаридан анча олий бўлган фазилат эканини қатъий равишда қалбингизга тугиб олинг!

Эй муслима аёл, Аллоҳ таоло сизни бадан ва аъзоларингизни бегона эркаклардан тўсиб пок бўлишингиз учун ҳижоб ўрашга буюрган. Бу билан (яъни, ҳижоб ўраш билан) сиз бошқалар тарафидан сизнинг иззат-нафсингизга тегадиган гапларнинг айтилишини олдини олган бўласиз.

Аллоҳ таоло сиз учун олийлик ва улуғворликни хоҳлаб сизни ҳижоб ўрашга буюргандир. Ҳижоб ўраш сиз учун машаққат эмас,  шараф бўлиши керак. Чунки сиз бу ишингиз билан Оламлар Парвардигорига бўйсуняпсиз. Ҳижоб сиз учун мукаммал сифат ва чиройли зийнат бўлибгина қолмай, комил иймонли, ҳушхулқли, одобли, иффатли ҳамда ҳаёли эканингиздан далолат ҳамдир. Бу билан сиз ахлоқсиз ва бузуқ аёллардан ажралиб турасиз.

Эй муслима аёл, ҳижобга эътиборсизлик қилишдан ва унга салбий муносабатда бўлишдан эҳтиёт бўлинг! Сизни ишонтириб айтаманки, қайси бир аёл Аллоҳнинг ғазаби ва азобига дучор бўлган бўлса, бунинг ягона сабаби Аллоҳнинг ҳукмларини писанд қилмаслиги ва уни ёмон кўриши бўлган. Зеро, ҳижобга эътиборсизлик қилиш Аллоҳнинг буйруқларини писанд қилмасликдан бошқа нарса эмас. Шунингдек, Аллоҳ таолонинг буйруғига «лаббай», деб жавоб бериб, ҳижоб ўраб, мана шу нарсада мустаҳкам турган аёл борки, Аллоҳ таолонинг розилигига, У Зот ҳузуридаги буюк ажр-мукофотларга эришмай қолмайди.

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 14:15:03

Шаръий ҳижоб қандай бўлади?

Шаръий ҳижоб ичи кўринмайдиган, қалин матодан тикилган бўлиши керак. Ҳижобнинг кўриниши зийнат бўлмаслиги шарт. Яъни, бичими тор, ранги эътиборни жалб қиладиган бўлмаслиги. Ҳушбўй атирлар сепилмаган ва машҳур (модадаги) кийим бўлмаслиги лозим. Мазкур сифатларга хилоф бўлган "ҲИЖОБ"лар ношаръийдир. Чунки, Расулуллоҳ  соллаллоҳу алайҳи ва саллам атир сепган ҳолда бегона эркаклар олдига чиқишни аёлларга ҳаром қилганлар.

«Қайси бир аёл ҳушбўй атирларни сепиб, (эркаклар) унинг ҳидини туйишлари учун бирор қавмнинг олдидан ўтар экан, у аёл зинокордир».

Бундан ташқари, ҳижоб эркакларнинг кийимларига ўхшамаслиги ва бутун баданларини – айниқса юзларини – тўлиқ тўсиб туриши лозим. Баъзи аёллар «Юз аврат эмас», деган даъво билан юзларини очиб юраверадилар. Натижада эркакларни ўзларига қаратадилар. Қандай қилиб юз аврат бўлмасин?! Ахир аёллардаги энг жозибали, кишиларни ўзига жалб қиладиган ва унинг гўзаллик нуқтаси бўлган аъзо юзлари эмасми?! Агар эркаклар аёлнинг юзига маҳлиё бўлишмаса, бошқа унинг қайси аъзоси билан фитналанишлари мумкин?!

Қуръони Карим ва саҳиҳ суннатда аёл ҳамма жойларини тўсиб юришга буюрувчи ҳужжатлар ворид бўлган. Чунки аёлнинг бутун бадани аврат!! Бегона эркакларга бирор жойини кўрсатиши ҳалол эмас. Қуйида ҳижобнинг фарзлигига далолат қилувчи далилларни келтириб ўтамиз:

«...ҳамда кўриниб тургандан бошқа зеб-зийнатларини (яъни, устларидаги либосларидан бошқа зеб-зийнатларини номаҳрамларга) кўрсатмасинлар ва кўкракларини рўмол билан тўссинлар!». (Нур: 31)

Оиша розияллоҳу анҳо айтади:

- Мана шу оят нозил бўлганда Ансорларнинг аёллари изорларининг бир четидан йиртиб олиб, ўша нарсани рўмол қилиб бошларига ташлаб олдилар».

Юқоридаги оят ва ҳадисларга ортиқча изоҳ шарт бўлмаса керак.

Бошқа бир саҳиҳ ҳадисда Оиша розияллоҳу анҳонинг машҳур «Ифк» ҳодисаси (Мунофиқлар тарафидан Оиша онамиз шанларига уюштирилган тухмат воқеаси) ҳақидаги қиссалари зикр қилинган. Унда айтилишича Оиша розияллоҳу анҳо бир жойда ухлаб қоладилар. Уйқудан турсалар Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам ва саҳобалар (Аллоҳ улардан рози бўлсин) кетиб қолишган бўлади. Узоқдан Сафвон ибн Муаттал розияллоҳу анҳуни кўришлари билан юзларини тўсиб оладилар.

Яна бир ривоятда Оиша розияллоҳу анҳо айтади:

«Жилбобим билан юзимни тўсиб олдим».

Шунинг учун ҳар бир муслима аёлга Аллоҳдан қўрқиши, ҳижобини комил суратда ўраши ва ҳижоб шаънини тўкадиган, ҳаёсига путур етказадиган ҳар қандай тўсиқ-сабаблардан воз кечиши вожибдир. Шундай қилса, баъзи бир фосиқ кимсаларнинг ҳаёсиз-бузуқ аёлларга қиладиган муомалаларидан ҳамда Аллоҳ таолонинг ғазаби ва жазосидан ўзини саломат сақлаган бўлади.

Кафт ва билакларни очиб юриш, кўзлари ва юзнинг бир қисмини кўрсатиб турадиган, эр кишини мафтун қиладиган ниқоблар тақиш ёҳуд остидан юзи ғира шира кўриниб турадиган юпқа мато билан юзини ўраш каби ҳижоб масаласида сусткашлик қилиш мумкин эмас. Бу каби ҳолат хунук юзни ҳам жозибадор қилиб қўяди.

Баъзи аёллар юқорида санаб ўтилган ножоиз амалларни қилиб юрган бўлсалар ҳам, ўзларини мукаммал ҳижоб ўровчи аёл деб ҳисоблайдилар. "Баданларидан баъзи жойларини очиб юришлари, фитнага сабаб бўлмайди, бундай юриш ман этилган ясаниб юришга кирмайди", деб биладилар.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар:  

«Икки тоифа кишилар борки улар жаҳаннам аҳлидандир. Мен ҳали уларни кўрмадим: Биринчиси қўлларида сигир думига ўхшаш қамчилари билан одамларни уриб юрадиган кимсалар. Иккинчиси кийиниб олган, (лекин) яланғоч, (бошқаларни ҳам) йўлдан оздирувчи, ўзлари ҳам (ҳақдан) оғган ҳамда бошлари (даги сочлари)ни туянинг (бир тарафга) мойил бўлган ўркачлари сингари дўппайтириб олган аёллардир. Улар жаннатга кирмайдилар, унинг ҳидини ҳам топмайдилар. Зеро, Жаннатнинг ҳиди фалонча масофадан келиб туради». Муслим ривояти

Аҳли илмлар ҳадисдаги «кийиниб олган, (лекин) яланғоч» деган сўзни «улар кийим кийишади, лекин тор, юпқа ёки баданининг ҳамма жойини тўсмайдиган кийимлар бўлади», дея таърифлашган.

Шайх Муҳаммад ибн Солиҳ Усаймин раҳимаҳуллоҳ шаръий ҳижоб ҳақида шундай дейди:

«Энг рожиҳ-кучли гапга кўра шаръий ҳижоб – аёл эркаклар назарини жалб қиладиган барча аъзоларини, хусусан юзини тўсиш билан бўлади. Шунинг учун аёл кишига юзини номаҳрам эркаклардан тўсиши вожибдир. Аммо маҳрамларига юзини кўрсатиши мумкин».

«Сочни тўсиб, юзни очиб юриш шаръий ҳижоб бўлади», дейдиган кимсага келсак, унга битта саволимиз бор:

- Айтингчи, кишини кўпроқ аёлларнинг сочи ўзига тортадими ёки юзими? Совчи қўяётган киши аввал аёлларнинг сочи ҳақида сўрайдими ё юзи (чиройи) ҳақидами?

Бу саволга фақат битта жавоб бор. У ҳам бўлса: «Албатта аёлларнинг юзи бошқа аъзоларига нисбатан жозибалироқ бўлади. Эркак киши ҳам албатта аввал аёл кишининг чиройи ҳақида сўрайди» деб жавоб беришдир. Бундан бошқача жавоб бериш қайсарлик ва бефойда тортишиш бўлади. Бунда шак-шубҳа йўқ. Чунки инсон табиатан – гарчи сочи унчалик чиройли бўлмаса ҳам – юзи гўзал бўлган аёлга кўпроқ мойиллик билдиради. Аксинча, агар унинг юзи унчалик чиройли бўлмаса – сочи ҳар қанча чиройли бўлмасин – барибир унга рағбат қилмайди.

Шаръий ҳижоб ҳақида хулоса қилиб шуни айтиш мумкинки, аёл киши ҳижоб ўрасин, токи у сабабли фитна содир бўлмасин ва унга нисбатан ҳам фитна содир этилмасин. Албатта бу ерда фитнанинг бўлиш-бўлмаслиги юзнинг очиқ ёки ёпиқлигига кўпроқ боғлиқ. Шундай экан, аёлларга юзларини номаҳрам эркаклардан тўсиб юришлари вожиблигида шубҳа ва тортишишга ўрин йўқ.

Qayd etilgan