Darsxona bo`limida dars kiritish va savol berish qoidalari  ( 8984 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


MaxCmd  20 Iyul 2006, 13:14:29

Darsxona bo`limida dars kiritish va savol berish qoidalari.

Dars kirituvchilar uchun:

1. Yuqoridagi kichik bo`limlarga e'tibor bering. Agar darsingiz biror kichik bo`limga mos kelmasa, shundan so`ng yangi dars mavzusini asosiy bo`limda oching.
2. Iloji boricha darsingiz mazmuni va mohiyatini dars mavzusida yoritishga harakat qiling.
3. Darslar Javob berish orqali, ya'ni avvaldan mavzu mavjud bo`lib, unga qo`shimcha dars kiritilayotgan bo`lsa, "Mavzu" dagi "Re: <mavzu>" ni o`chirib tashlab o`zingizning mavzuingizni yozing.
4. Yangi dars matnida mavzuingiz nomini Mavzu nomi ko`rinishida yozing. Bu o`rganuvchilar uchun qulaylik tug`diradi va mavzular chalkashib ketmaydi.
5. Avval yozilgan mavzuni qaytarmaslik.
6. Iloji boricha darsda beriladigan mavzuni ketma-ket(qadamma-qadam) yozing.

Savol beruvchilar uchun:

1. Yuqoridagi qoidalarning 1-, 2- lari savol beruvchilarga ham amal qiladi. Ya'ni o`z savolingizni mos kichik bo`limda bering.
2. Savolni dars ketayotgan xabar ichida bermang. Shu dars bo`yicha savol-javoblar xabarida savol bering.
3. Savol berishdan avval savolingizga mos darsni qarab chiqing, balki savolingiz biror mavzuda yoritilgan bo`lishi mumkin.
4. Forumning yuqori qismida "Qidirish" nomli knopka mavjud. Shu knopkadan tez-tez foydalanib turing.:)

Umumiy:

1. Savol yoki dars yozishda kalit so`zlarni ajratib yozishga harakat qiling. Xabar yuqorisida paneldagi qalin, og`ma, ostiga chizilgan, rangli va h.k. tugmalardan foydalanib turing.
2. Rasmlarni yuklashda http://www.imageshack.us/ xizmatidan foydalaning. Shu saytga kirib, Browse(Обзор) tugmasini bosasiz va o`zingiz xohlagan rasmni tanlaysiz. Keyin host it tugmasini bosib, rasmingiz serverga yuklanib bo`lishini kuting. Fayl serverga yuklanib bo`lgandan so`ng, sizga forumga qo`yish uchun kod yozilgan bandni (Thumbnail for forums (1) yozuvi to`g`risidagi) qaytaradi. Shu banddagi kodni olasiz va o`zingizning xabaringizga qo`yasiz.
3. Dars yoki savoldagi rasmlarda sizga kerak qismlarini ajratib qo`ying(biror chiziq yoki shunga o`xshash).

Qayd etilgan


MaxCmd  27 Sentyabr 2006, 08:33:35

Darsxona bo`limida dars yozuvchilar, iltimos, har bir darsingizga mavzu qo`ysangiz:



Savol beruvchilar ham bundan mustasno emas.

Qayd etilgan