Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 96018 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:26:23

Munavvar boshqa tinglamadi, turdi. Onasi o‘tirgan xonaga kirdi. Yoniga o‘tirdi. Bu yerda ham g‘iybat. Uning-buning ortidan gapirish... Onasi turishi bilan bu ko‘ngilsiz suhbatdan qutuldi. Shundan so‘ng Munavvar uy ishlarini bahona qilib bunday jamoatlarda qatnashmaydigan bo‘ldi.
Munavvar madaniyatli qiz bo‘lish yo‘lida edi. Oila a’zolari bilan birga tamsil etmoq lozim bo‘lsa, bir gul g‘unchasini ko‘z oldiga keltirish kifoya. G’uncha, bandi, novdasi, yaproqlari, tikanlari bir oilani tashkil etadi. Shoxchalar, yaproqlardan, tikonlardan murod g‘uncha — gul. G’unchasiz qaralganda, mo‘lyasaldagi zavqli huzur hosil bo‘lmaydi. Shu gulg‘uncha go‘zalligi hurmatidan qo‘lga kiruvchi tikanlarga ham yomon nazar solinmaydi. Uning xushbo‘yli malhami tikan zahmini yengillashtirib, hatto unuttirib yuboradi. Yoki uning go‘zal, muattar hidlaridan atrofdagilar shu qadar mast bo‘ladilar-ki, hatto qo‘llariga kirgan tikandan xabarsiz qoladilar. Oilada Munavvar bir gulg‘unchaki, oilasy uning xush fe’li, go‘zal axloqi soyasida, kaftda, qo‘lda tutilar holga kelmoqda.
Gulg‘uncha qayda bo‘lsa, u yerni xush bo‘yi bilan gulistonga aylantiradi. Bu muattar hidlardan ko‘ngillar entikadi. Atrof ham chiroyli holatga keladi. Munavvar gulg‘unchani qanday avaylashni yaxshi biladi. Kelini Aminaga ham gulbog‘ zavqini munosib ko‘rdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:26:33

IX

Munavvarxonim Aminani haftada bir marta, juma kunlari ota-onasinikiga olib borardi. Qaynonasi yonida Aminaning aytolmaydigan, maxfiy bir gapi yo‘q edi. Shu bilan birga u:
— Amina bugun juma, qizim, menga bir joynamoz bering, ibodatni ado etayin, — der, bir xonaga kirib, uzundan-uzoq namozini o‘qib chiqar edi.
Kelinligiga olti oycha bo‘lib qolgandi, bir gal onasi Aminadan turmushi haqida jiddiyroq so‘radi:
— Qizim, har safar yaxshiman deysan. To‘g‘risini ayt, balki mening yordamim tegar. Ering, qaynonang bilan qalaysan? Shikoyating bormi, ayt, qizim.
Amina har gal yaxshiman deb aytardi. Bu gal jiddiy bir tarzda:
— Hamma ishim yaxshi, baridan mamnunman. Lekin qaynonamning bir kamchiligi bor. Oh, shu... Bo‘lmasa...
Onaning yuragi hapriqdi:
— Nima u, qizim?
Amina jiddiyatini buzmasdan davom etdi.
— Menga qaynonaligini ko‘rsatgani yo‘q. Men kelin emasmanmi? Boshqalarday bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Ulardan kam joyim bormi?
Onasi hech narsani anglamadi:
— Tushunmadim, qizim. Qaysi qaynonang? Qanaqa haq? Ochiqroq gapir, yuragimni siqma.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:26:43

— Hech ortimdan gapirmaydi. O’zimga yomon so‘z aytmaydi. O’g‘liga yomonlab, urdirmaydi. Kamchiligimni yuzimga solmaydi. Qizishmaydi. Nima qilay bunday qaynonani, ona?!
Aminaning yuzi jiddiy, hazil alomatlari yo‘q; «Ajabo hazilmi, rost gapiryaptimi?»
— Qizim, nimalar deyansan? Bunday fazilat qaysi qaynonada bor? Qaysi kelin shunday qaynonaga, shunday imkonga ega? Sen shundan shikoyat qilyapsanmi hali? Yo hazillashayapsanmi?
Amina onasini tashvishga qo‘ymoqchi emas. Chidolmadi.
Kuldi.
— Ah, sen qiz, menga tegishyapsan, shundaymi? — deb onasi kulib yubordi. Picha kulib olgach Amina:
— Hazillashdim, onajon. Allohga shukr, hech qanday shikoyatim yo‘q. Na qaynonamdan, na erimdan. Faqat sizlardan boshqa yashayapmiz, bu shikoyatga kirmaydi. Chunki o‘zingiz ko‘ryapsiz, har juma kelib guribmiz. Siz bilan, otam bilan ko‘rishyapmiz. Hasratga o‘rin yo‘q. Ahvolim yaxshn oulgach, nimadan shikoyat qilay, onajon?!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:26:48

To‘ydan so‘ng uch oy o‘tgach, bunday ko‘rishish masalasini Munavvarxonim qat’iy bir qoidaga bog‘ladi. Aminani juma kunlari onasining uyiga olib boradi. Bir gal shunday taklif bo‘ldi:
— Oyshaxonim, bir taklifim bor. Aminani har hafta siznikiga olib kelyapman...
Aminaning onasi gapni bo‘ldi:
— Tabiiy, bu yer onasining uyi, har kun keling. U qizim bo‘lsa, siz opam. Shunday emasmi?
Munavvarxonim davom etdi:
— Mening aytmoqchi bo‘lganim shuki, Amina bu yerga juma kunlari kelyapti, men esa sizlarning tezroq ko‘rishib turishingizg‘i istayman. Buning u^gun siz ham haftaning bir kuni biznikiga borsangiz. Masalan, dushanba kuni. Shunda uch kunda bir ko‘rishgan bo‘lasiz. Mabodo yanada ko‘proq uchrashishni istasaigiz, marhamat, eshigimiz siz uchun doimo ochiq. Faqat o‘n besh kunda, oyda bir borayin demang, — dedi va o‘sha kundan boshlab, Amina dushanba o‘z uyida, jumada onasining uyida diydorlashuv imkoniga ega bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:26:58

* * *

Yusuf afandi aytganidek, Mahmud og‘a qiznni «Yaxshi bir oilaga» tushishiga sababchi bo‘lgan birodarini duo qildi. Hurmati yanada ziyoda bo‘ldi. Goh Mustafoga, goh Munavvar xonimga nisbatan qizlariga ko‘rsatayotgan insoniy muomalalari uchun ko‘nglida mehr-muhabbat uyg‘ondi.
Bir kun uyda xotini bilan suhbatlashayotib, gap Aminaning bir necha kun kelib uyda turishiga taqaldi. Onasi istardi buni. Bir-ikki kun ko‘z oldida bo‘lishini istardi:
— Mustafoga aytsangiz, bir-ikki kun keltirib qo‘ysa, — dedi. Og‘aga bu fikr ma’qul kelmadi.
— Nima qilarding, onasi, bu yerda turishidan bir foyda yo‘q. Uyida bo‘lgani yaxshi-ku. Uzoq emas, xohlaganda borib ko‘rasan. Haftada bir kelib turibdi. Xudoga shukr, shikoyat-hasratga o‘rin yo‘q. Erining uyiga ko‘ngli ilisin.
— Otasi, u yer uyi-yu, bu yer uyi emasmi? Nega unday deysiz?
— Shuning uchunki, Aminaning uyi bu yer emas. Bu yer ota-onasining uyi. Endi o‘sha yerda yashaydi, kun kechiradi, bu yerga faqat mehmon bo‘lib keladi. Biz uchun odatiy mehmonlardan emas, o‘z qizimiz sifatida keladi. Lekin uni tunab qolishiga ko‘ndirish uchun harakat qilma.
— Sizning qizingizga mehr-muhabbatingiz bormidi?
— Men qizimni yaxshi ko‘raman. Lekin uni qanday yaxshi ko‘rishimni bilmaysan. Mehr-muhabbat seningcha, bir xil bo‘lsa, menimcha yana boshqacha. Uch yoshli qizaloqni suyganday jonim, jigarim qilib erkalashimniistayman. Og‘a xotinining ko‘ziga bir qarab, davom etdi: — Men qizimni juda yaxshi ko‘raman, ammo qalban yaxshi ko‘raman. Masalan, uning bu yerda turishidan ko‘ra, erining uyida turishini istayman. Men uchun muhimi bu yerga kelib  olishi emas, balki eri, qaynonasi bilan yaxshi yashashidir. Xudoga shukr, tinch.
Mahmud og‘a gapining so‘ngida xotiniga Aminani tunab qolishga majbur qilmasligini uqtirdi. Faqat bu suhbatdan Aminaning xabari yo‘q.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:04

* * *

To‘ydan so‘ng oylar o‘tdi. Shu kunlarda Aminaning ko‘zi yorishi kutilmoqda. Bir payshanba oqshomi xuftonni o‘qib yotdilar. Yarim kecha. Amina yengilroq sanchishdan uyg‘ondi. «Bismilloh»ni aytdi. Sanchish davom etmadi. O’tib ketdi. Amina yana uxlash uchun ko‘zlarini yumdi. Endi uyquga ketay deganida ikkinchi sanchiq turib, ko‘zlarini ochishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Amina uxlolmadi. Mustafoni uyg‘otib onasini chaqirishini aytdi.
Mustafo bomdodni o‘qib uyga qaytganda, onasi uni ochiq chehra va mamnunlik bilan kutib oldi:
— Muborak bo‘lsin, bolam, o‘g‘illi bo‘ldik. Beadad shukr, Alloh shu kunlarga yetkazdi, — dedi.
Bir kun o‘tgach, Mustafo onasidan so‘radi:
— Ona, nevarangizga qanday ism qo‘yasiz?
— Munosib ko‘rganingni qo‘y, o‘g‘lim. Onasi bilan kelishib yaxshi bir ism topib qo‘yinglar.
— Bu uyda bizning aytganimiz bo‘ladimi?
— Bo‘lmaydimi, o‘tlim? Juda bo‘ladi. Xudoga shukr uylanding, farzandli bo‘lding. Uyning boshlig‘i sensan.
— Xo‘p; men ismqo‘yish haqqimizni sizga bag‘ishlayman, ona.
— U holda, shu to‘rt ismdan birini tanlang: Ahmad, Ibrohim, Abdulloh, Nuriddin. Bulardan qaysi birini qo‘ysangiz ham mening aytganim bo‘lgan bo‘ladi.
— Endi Aminani bir ko‘rib chiq. Go‘dakka Abdulloh deb ism ko‘yildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:11

* * *

Aminaning o‘g‘illi bo‘lganini eshitgan qarindoshlar va qo‘shnilar: «Muborak bo‘lsin, qutlug‘ bo‘lsin, unib-o‘ssin», deya duolar qilib, tabriklab birin-ketin kela boshladilar. Mezbonlar: «Rahmat. Qulluq, qulluq» deb kutib olishdi. Shundan so‘ng birinchi savollari shu bo‘ldi:
— Ismini nima deb qo‘ydingizlar?
Abdulloh ismini yoqtirganlar, juda yaxshi bo‘libdi deyishdi. Mahalla imomining xotini:
— Payg‘ambarimizning (s.a.v.) otasining ismi ham Abdulloh ekan. O’tgan kun biznikilar Payg‘ambarimizning (s.a.v.): «Ismlarning eng yaxshisi Abdulloh va Abdurahmondir», deganlarini kimgadir aytayotgan edilar. Yaxshi bo‘libdi. Bundan yaxshi ism bo‘lmaydi, — dedi.
Boshqa biri:
— Endi ishlar teskarisiga kstdi. Xayolga kelmagan ismlarni qo‘yishmoqda. Hayvonlarning nomlari bilan atashmoqda, ism qilib qo‘yishmoqda. Bir oy avval opam nevarali bo‘ldi. Otini nima qo‘ydingiz, desam kelin darhol:
«Oltoy qo‘ydik, xolajonim. Qanday, yaxshimi?», deydi.
«A? Qanday yaxshi bo‘lsin, qizim? Xech bo‘lmasa Bo‘ztoy demaysizmi?», dedim. Kelin poshshaga gapim yoqmadi. Lekin hech narsa demadi. Xafa bo‘lgani yuzidan bilinib turardi. Darhol eri ko‘shildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:18

«Xolam-a ja hazilkash, Evo, hazillashdilar, — dedi. So‘ng menga qarab, shundaymi, xola? Qarang Evo xafa bo‘ldi, ko‘nglini oling».
«Hazil bir yoqda tursin-u, ammo, bu ishda o‘zing hazil qilmagin, o‘g‘lim. Rostdan ham bolaning oti Oltoymi?»
«Oltoy, xola. Yo sizga yoqmadimi?»
«Yoqdi desam, yolg‘on bo‘lsa. Toy deb otning bolasini aytishadi. Qo‘yar ekansiz, hech bo‘lmasa, Qirtoy qo‘ying, el bo‘ladi, otlarning ola-qizil ranglisidan ko‘ra bo‘z bo‘lgani yaxshiroq», dedim. Yigit ham bir oz ranjidi.
Ranjisa ranjisin, menga nima?! Oltoydan ham ism bo‘ladimi? Bugun Oltoy deydi, ertaga Bo‘ztoy, indinga, Xudo bilsin, qanday toy deydi. Bir kun kelib, otlar ham qolib, boshqa hayvonlar xayollariga keladi. Kelinning ismi ham Evo emish. Yetti pushtimda yo‘q. O’zini Istambuldan topib keltiribdi. Opamdan so‘radim, kimlardan dedim, u ham yaxshi bilmaydi. Musulmonmi, boshqami?... Yigit menga bir balolarni tushuntirgan bo‘ldi. Oltoy qaylardagi bir tog‘ning nomi emish, avval bobolarimiz u yerda yashaganmish, qahatchilik, ocharchilik bo‘lgach, bu yerga kelganmish, falon-piston dedi, ammo koshki quloq solsam. Endi navbat tog‘larga kelibdi.
Boshqa bir xotin:
— Bizning bolalar qo‘ygan ismiga aql yetmaydi, singlim. Mening ham ikki nevaram bor. Er-xotin bir bo‘lib, yaxshi ism qo‘yamiz dedilar. Biriga Tongut deyishdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:25

— Ikkinchisiga to‘g‘ri, durust bir ot qo‘yinglar, — dedim. O’g‘lim: «Bu bizning ishimiz, o‘zimiz bilamiz», — dedi. Bunisini Oykut ko‘ydilar. Kattasini Tahsin, kichigini Oliya deya boshladim. «Bolani hozirdan boshqa ismga ko‘niktirmang, o‘rganib qolmasin», deb jahllari chiqdi. Men ham endi bir narsa demaydigan bo‘ldim. Tilim kelmaydi, ularning ismiga, ayb emasmi, singlim.
Munavvarxonim bu suhbatlarni tinglab o‘tiribdi. Allohga shukr, o‘g‘li ular aytgan xilidan emas. Kelini ham ko‘nglidagidek. To‘rt ismdan birini qo‘ying deganida: «Yo‘q, men bunaqasnni istamayman», deyishi mumkin edi. Deya olardi. Qaynonani biror ishga aralashtirmaslik hozirgi kelinlar uchun odat holiga keldi. Shunday bo‘lmagani uchun, Allohga shukronalar aytdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:31

* * *

Mustafo bu paytda o‘g‘lining otasi bo‘lish nash’asi ichida edi. Hayotidan behad mamnun edi. Munavvarxonim kabi bir ona, Amina kabi bir xonim sohibi bo‘lmoq va uch yildan beri na onasidan, na xonimidan kichik bir shikoyat eshitmaylik, buning ustiga samimiyat ichida yashashlarini ko‘rmoq bu ko‘hna Cho‘rumda necha kishiga nasib bo‘lgan ne’mat edi?! Agar bir begona odam ularning turmushini bir-ikki hafta kuzatsa, Munavvarxonim Aminaning onasimi, qaynonasimi — bilii qiyin edi.
Gul tikansiz demoq, haqiqatdan yuz o‘girmoqdir. Amina bir gul. Tikani ham bor. Tikanchalik bo‘lsin og‘riqlari, qusurlari bor. Bular Mustafonint fikricha, arzimas narsalar. Ammo bir kun Mustafo onasiga aytmoqchi bo‘ldi. Masalan, o‘tgan kun tuflisini tozalamabdi. Ikki kun avval ovqatni sho‘r qilib yubordi. Falon kun kiyimining tugmasini qadab qo‘yishni unutdi. Shunga o‘xshash bir-ikki kamchilik... Shularni gapirmoqchi edi. Munavvarxonim darhol:
— Mustafo, o‘g‘lim, sen har holda dunyoda turib jannatni talab qilayotganga o‘xshaysan. Shu ham gapmi? Senday er yigitga bu yarashmaydi. Bunday kamchilik har kimda bo‘lishi mumkin. Amina jannatdan kelgan bir farishta emas-ki, istagan narsangni istagan shaklda, istagan vaqtingda bajarsin. Yoki bunday mayda-chuyda gaplarni senga onang o‘rgatgan edimi? Sen gapirmading, men eshitmadim. Agar shularni gapirib, qizimni xafa qiladigan bo‘lsang, men ham seni xafa qilaman, — dedi. Shu bilan gap tugadi. Aslida Mustafo bu gaplarni shikoyat uchun aytmagan edi. Qani onam nima derkin, oldidan bir o‘tib quyayin qabilida ish tutgan edi. Onasining bunday fikrini bir ne’mat bilib, shukronalik bilan qabul qildi. Chunki hamma joyda azaldan kelib, abadga o‘tayotgan bir dard bor edi. Odamning ilk uylanishi bilan boshlangan va so‘nggi uylanganning uyida ham shu zaylda davom etayotgan bir dard... Har kun yangilanuvchi va boshqa bir yerdan yorib chiquvchi, kamayish o‘rniga ortib boruvchi bir dard. Qaynona-kelin murosasi dardi... O’rtadagi erkak esa o‘zi ishtirokchisi bo‘lmagan jangaing tomonlarini mamnun eta olmagan nohaq hakam...

Qayd etilgan