Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 96105 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:38

Shunday hukm berilishi bilan ish bitarmidi? Ya’ni nohaqligi aytilgan tomon haqiqatni tan oladimi? Qarshi tomondan uzr so‘rab, ahvolni yaxshilashga harakat qiladimi. Aslo!
Haqiqat shuki: tushunchasi mulohazasiz tor qaynona bilan tarbiyasiz kelin orasida krlgan erkakdek mushkul ahvolga tushgan hakam bo‘lgan emas.
Hakam nimaga asosan, kimning so‘zlarini e’tiborga olib hukm chiqarsin? Bir tomonda yigirma yil zahmat chekib o‘g‘shsh o‘stirgan, cheksiz huquqi bo‘lgan ona, ikkinchi tomonda butun umidm eridan bo‘lgan o‘ziga omonat sifatida berilgan rafiqa. Ikkalasi ham norozi, ikkalasi ham o‘zini haqli deb biladi, ikkalasi ham mazlum qiyofasidagi zolim yoki zolim ko‘rinishidagi mazlum.
Hali hech bir erkak bu ikki azaliy va abadiy raqib o‘rtasida chiqargan hukm bilan ikkala tomonni xursand qila olgan emas. Chunki zolim hisoblangan aslida mazlum deyilganning zulmi bilan mazlum, mazlum ko‘ringan esa zolim bo‘lib chiqaveradi.
Bular ikki raqibdirlar: biri sharqda, boshqasi g‘arbda bo‘lsa ham janjal uchun bir-biriga eng yaqin, lekin yonma-yon bo‘lsalar tinchgina yashashlari uchun koinot qadar keladigan, masofagarni oshishi kerak bo‘lgan darajada uzoqlar.
Mustafo shularni ko‘nglidan o‘tkazar ekan, turmushida yana-da mamnun bo‘lardi. Do‘sti Orif uylanganiga o‘n besh kun bo‘ldi. Kecha tushdan so‘ng aylanib kelish uchun istirohat bog‘i tomon yurarkan uning ilk dardini tingladi. G’amgin ko‘rinar edi Orif. Biroz yurdilar. Litsey qarshisiga kelgan edilar, Mustafo:
— Orif, bugun xafaroqsan? — dedi. Orif bosh irg‘adi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:44

— Ha, afsuski, xafaman, Mustafo.
— Nima gap, biron nima bo‘ldimi?
— Bir nima bo‘lishi ham gapmi Mustafo? Kecha oqsho janjal bo‘ldi.
— Tinchlikmi?
— Tinchlikka o‘xshamaydi, oshna. Kecha sen bilan xayrlashgach uyga bordim. Dasturxon tayyor ekan. Ikkita likop qo‘yilgan. Alohida idishlarda ovqat yeyishga o‘rganmaganimiz dan hayron bo‘ldim. Ko‘ray-chi nima bo‘lar ekan deb kutdim. Bir mahal rafiqam qozonni keltirdi, likoplardan biriga oz, boshqasiga ko‘proq ovqat soldi.
— Nima gap? — deb so‘radim. Javob berdi.
— Endi alohida likoplarda ovqat yeymiz.
— Xo‘sh, yana bitta likop qani? Ikkita keltiribsan.
— Ikkita yetadi. Onang ana u likopdan, biz ikkalamiz bunisidan yeymiz.
Shunday deb ko‘proq ovqat solingan likopchani oldimizga tortdi. Siqildim:
— Nega onam alohida yeyishi kerak yoki nega biz birga yeyishimiz kerak? — dedim.
— U ovqat yeyishni ham zo‘rg‘a eplaydi. Biz bo‘lsak ikkalamiz birgamiz, bittamiz. Birga yeyishimizda ma’no yo‘q. Nima bo‘lganda ham u boshqa, biz boshqamiz, shunday emasmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:51

Qanchalar ezilganimni so‘z bilan ifodalay olmayman. Dasturxon ham chirpirak bo‘lib aylanayotgandek edi nazarimda. Kelganiga o‘n besh kungina bo‘lgan xotinim menga xo‘jayin, ega chiqib, birgalashib onam bir chetta surib chiqaradigan bo‘ldik. O’zimni tutdim va so‘radim:
— Agar shu yerda mening emas, sening onang o‘tirgan bo‘lsa-yu, men uni bir tomonga ajratib, ikkalamizning birga ovqat yeyishimizni taklif qilsam, nima degan bo‘larding?
— Mening onam senikidaymi? Shunday qilishga loyiq ayolmi onam?
— Ya’ni, sening onang hurmatga loyiq, shundaymi?
— Albatta.
— Men uchun esa o‘z onam qadrliroqdir. Dunyoda undan qadrliroq ayol yo‘q.
— Shu yuzi burishgan ayolmi onam deb sevganing, Orif? Bunday g‘alati gaplarni gapirma. Xafa bo‘laman.
— Afsuski, ranjishing uchun yana bir bor takrorlayman. Qarshingdagi, sen xushlamagan keksa ayol men uchun dunyodagi jamiki ayollardan azizroqair. Men uning bir tola sochiga dunyoni beraman.
Onam gap-so‘zlarimizni hayrat va hasrat bilan tinglamoqda edi. Menga:
— Ug‘lim, kelin haq. Qo‘y, ikki kunlik umri qolgan bu kampir ovqatini alohida idishda yesin. Bu bilan bir narsa bo‘lib qolmaydi. Sizlar yaxshi bo‘lsangiz bas, — dedi.
— Yo‘q, ona, — dedim. Men tirik ekanman bu uyda mening onam xo‘rlanmaydi: Hech kim mening onamni kamsita olmaydi. Bunga hech kimning haqqi yo‘q!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:27:57

Keyin xotinimga yuzlandim:
— Bu birinchi va so‘nggisi bo‘lsin. Bu voqeani bir shart bilan bo‘lmadi deb hisoblayman. Bundan keyin onamga qarshi harakatingni zarracha sezmay. Agar shunday biror narsadan shubhalansam, o‘zingdan ko‘r. Hozir yana bir likop keltir. Faqat bu oqshom ayaohida idishlarda ovqat yeymiz. Ertaga bunday razolatni ko‘rmayin, — dedim. Shu bilan ish bitdi.
Istirohat bog‘iga yetib kelgan edilar. Bir o‘rindiqqa o‘tirdilar. Orif davom etdi:
— Mustafo, onam bu holdan qattiq ranjidi degan fikrdaman. Chunki u dasturxondan och turib ketdi. Meni yemayapti demasin deb qo‘li taomga borib kelardi-yu ammo ovqat hech kamaymadi. Yolvordim, majbur qildim, foydasi bo‘lmadi.
— Qornim och emas edi, — deb turib ketdi. Kechqurun xotinimga qattiq tanbeh berdim. Ko‘raylik-chi, nima bo‘lar ekan. Turmush qurganimizga bor-yo‘g‘i o‘n besh kun bo‘ldi. Hozirdan shu ahvol bo‘lsa, keyinroq nima bo‘ladi? Tongda onamning ko‘nglini ko‘taray dedim-u hali turmagan ekan. Uyg‘otgim kelmadi.
Mustafo eshitganlaridan ta’sirlandi, qattiq ranjidi. Ammo nima ham qila olardi. Qo‘lidan biron ish kelsaydi, do‘sti uchun jon deb qilgan bo‘lardi.
Kechagana kelin bo‘lib kelgan ayol bu holda bo‘lsa, keyinroq yaxshi bo‘ladi deyish soddalik bo‘lar edi. Sabr qil deya olmasdi. Onasining ezilishiga sabr qilishni tavsiya etish na unga yarashardi, na Orif bunga sabr qila olardi. Bu aslida sabr emas, zulmdan ko‘z yumish bo‘lar edi. Shunday zulmki, ezilgan onasi, ezgan xotini. Shu bilan birga uni yaxshilik bilan to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilishini, nasihatlar, yaxshi gaplar bilan o‘git berishini Orifga maslahat berdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:28:04

Taskin berishga harakat qildi. Oxiri baxayr bo‘lishi uchun birgalikda duo qilaylik, dedi.
Oqshom bu voqeani eshitgan Munavvarxonim juda ranjidi. Orifdek yaxshi yigitning boshida shunday savdolar bor ekanmi deb yig‘ladi, keksa ayol ko‘rgan zulm uchun ko‘z yosh to‘kdi, qo‘llarini ochib duo qildi.
Bu voqeadan so‘ng uch kun o‘tgach Orif Mustafoga bundan-da qayg‘uliroq xabarni yetkazdi:
— Uch kunki onam nonushtaga chiqmadi. Men uxlayapti deb o‘ylab uyg‘otgani ko‘zim qiymasdi. Bugun tongda yana turmagach ko‘nglimga shubha oraladi. Ajabo, onam uyg‘oq bo‘lsa ham yonimga chiqmayaptimikin, deb xonasiga bordim, eshikni sekingina taqillatib:
— Ona, ona, — deb chaqirdim. Javob bo‘lmadi. Yana eshikni taqillatdim, chaqirdim, yana javob bo‘lmadi. Uchinchi marta taqillatmoqchi edim, xonamizning eshigi ochildi, xotinim:
— Onang u yerda emas, — dedi. Hayron bo‘ldim:
— Qaerda bo‘lmasa? — dedim va xona eshigini ochdim. Haqiqatdan ham hech kim yo‘q edi. Yotoq olib tashlangan, uy boshqacha jihozlangan edi. Hech narsani anglay olmadim. Xotinimga qarab:
— Onam qaerda? Nega bu yer bunday jihozlangan? — dedim. Xotinim o‘ta xotirjam ovozda:
— Bu yerni mehmonxona qildim. Uni bemalolroq yerga ko‘chirdim. O’ziga juda munosib joyga.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:28:10

Bu gaplarni shu qadar sokin, xotirjam gapirar ediki, hayron qolasan. Go‘yoki, uydagi bir stulning o‘rnini almashtirganini aytayotgandek befarq edi. Uyda onam uchun bu xonadan qulayroq joy yo‘q edi. Uchinchisi o‘tiradigan xonamiz edi.
— Qaerda?
— Yuring, — deb qo‘limdan tutdi. Shunda miyamda chaqmoq chaqqandek bo‘ldi. So‘z bilan ta’riflab bo‘lmas iztirob tuydim. Meni narvon tomon boshlamoqtsa edi. Narvon bilan chiqiladigan yagona joy chordoq edi. Sabr kosam to‘lgan edi. Sho‘rlik onaizorimni ko‘rish uchun tishimni tishimga bosdim, chidadim. Narvonga tirmashdim:
— Shu yerdami?
— Ha, degandek boshini qimirlatdi.
— Qachon ko‘chirding?
— Idishini alohida qiltan kunimiz o‘rnini ham ko‘chirgan edim.
Ortiq kuta olmadim. Tezda narvondan ko‘tarilib, eshikni ochdim. Chang va mag‘orli havo dimog‘imga urildi. Ko‘zlarim ko‘nikkuncha kuta olmadim.
— Ona, ona, deb chaqirdim. Ko‘rpaning ostidan ovoz keldi:
— Nima deysan, bolam?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:28:17

Onamning ovozi edi. Ichkariga yurdim. Ko‘rgan manzaram shunday edi: onam o‘rinda, ustiga ko‘rpani tortgan, orqasini eshikka o‘girib o‘tirar edi. Ko‘rpa-to‘shak zo‘rg‘a sig‘adigan joy naridan-beri tozalangan, singan ashqol-dashqollar bir tomonga surib qo‘yilgan, atrofi changligidan oyoq bosib bo‘lmaydigan holga kelgan bu iflos yer onam uchun yotoqxona, xotinimning ta’biri bilan aytganda, munosib xona bo‘lgan edi.
Turganida boshini egmasa shiftga tegar, yillar bo‘yi yig‘ilgan chang va mog‘ordan boshqa fazilati bo‘lmagan chordoq edi onamga loyiq ko‘rilgan joy. Ko‘zlarimdan qo‘yilgan yoshlarni artib:
— Ona, bu yerda nima qilayapsiz? Qani, pastga tushaylik, — dedim. Boshini ham burmasdan:
— Sizlar pastda yashayveringlar. Bu yerda bemalolroqman, menga shu yer qulay, — dedi. Ovozi siniq edi.
— Nega menga aytmadingiz, ona? "Menga shu yerda yot deyapti", deb nega aytmadingiz?
— Nega aytay, o‘g‘lim. O’zing: "Men aytsam yaxshi bo‘lmaydi. Sen ayt, onam ovqatini alohida yesin, pastda ham yotmasin. Mening xabarim yo‘qdek chiqaversin. Mehmon kelganda siqilishib qolamiz. Men aytsam xafa bo‘ladi", debsan-ku, — dedi.
Keyin chuqur xo‘rsinib:
— Shunaqa, o‘g‘lim, — dedi. — Bir paytlar jajjigina go‘dak bo‘lganing, meni tong sahargacha uxlatmaganlaring, yuzingga birorta pashsha qo‘nmasin deb soatlab qo‘riganlarimni bilmaganliging uchun shunday qilsang ranjimayman. Shu yoshga kelguningcha bir og‘iz yomon so‘z aytdimmi? Seni o‘rtoqlaringdan uyaladigan axloq bilan ulg‘aytirdimmi? Yoki jomelarda domlalar onangizni shu kuyga soling, deb nasihat beradimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:28:22

Qo‘lini ko‘tarib ko‘z yoshlarini artdi va davom etdi:
— Nima qilay. Madomiki, o‘g‘lim meni ko‘rishni istamas ekan, men o‘g‘limga ortiqcha yuk bo‘layotgan ekanman, buning haad chorasi topilar; Ikki-uch kundan so‘ng Alloh o‘lim yuborar, xor-zor bo‘lmasman deb chidayman. Sen ishingga boraver, o‘g‘lim. Yaxshi bor. Alloh ishingni o‘nglasin. Seni ikki dunyoda uyaltirmasin. Ertang buguningdan yaxshi bo‘lsin. Faqat oqshomda menga bir lampa olib kel. Tunda qorong‘u bo‘ladi, atrofni ko‘ra olmayapman.
Onamning bu so‘zlarini eshitib qanday ahvolga tushganimni tasavvur qila olmaysan. Men ham ta’riflab bera olmayman.
— Turing, ona, sizning bu yerga ko‘chganingizdan xabarim yo‘q. Men unga ko‘rsatib qo‘yaman, turing, — dedim.
— Turmayman, o‘g‘lim. Bor ishingga boraver. Sizlar pastda baxtli bo‘lsangiz, men uchun bu yerda yashash — saroylarda yashashdan afzaldir. Sen saodat ichida yashasang, men uchun eng katta saodat shudir.
Pastga qarab baqirdim:
— Sarob!
Meni yuqoriga chiqarib, o‘zi pastga tushgan edi.
— Ha, Orif!
— Bu yoqqa kel! Sarob keldi.
— Menga qara, — dedim. — Razillik ustiga razillik qilayapsan. Men qachon senga "onam shu yerda yotsin" dedim?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:28:34

Xotinimning avzoyi birdaniga o‘zgardi:
— Nima qilaylik Orif? Menga mehmonxona kerak. Hayhotday xonani qaynonaginam egallagan, men mehmonlar qarshisida xijolatdaman. Buiday narsalarga ortiqcha e’tibor berish yaramaydi. "O’g‘lingiz shuni istaydi", deb xato qildimmi? Yoki kemshik bir kampirni deb meni ranjitasanmi? O’shanda aytmagan bo‘lsang, endi ayt.
Keyin onamga yuzlandi:
— Mana, o‘g‘lingning o‘zi aytayapti. Mendan ayb qidirma. Bundan keyin sening joying shu yerda. Ovqatingni ham shu yerda yeysan.
Menga qarab:
— To‘g‘rimi, Orif, gapirsang-chi? — dedi.
Miyamga qon quyilgan edi. Shallaqilikning, odobsizlikning bu darajasini hech kim ko‘rgan emas. Shiddat bilan hayqirdim.
— Tezda to‘shakni yig‘ishtir. Onamni o‘z qo‘ling bilan xonasiga joylashtir, — deb buyurdim. Meni eshitmadi ham:
— Nega tushar ekan? Mening uyimda qolishga qaynonamning nima haqqi bor? Chordoqning nimasi bo‘lmas ekan? — deb baqirdi.
Onamga tegishli uyga kelgan kelinning uni chordoqda yashashga majbur qilishi aqlga sig‘masdi.
— Ko‘rsatib qo‘yaman senga, tez to‘shakni yig‘ishtir, — deb u tomon yurdim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:28:45

— Men ko‘tara olmayman. Kim keltirgan bo‘lsa o‘sha ko‘tarsin. Men bu yerda qaynonaga cho‘ri emasman. Asrandi xizmatkor ham emasman, — deb javob berdi.
Demak, sho‘rlik onaizorim o‘z uyida shunday haqoratlanish ustiga ko‘rpa-to‘shakni olib chiqishga ham majbur qilingan. Ortiq toqat qilolmadim. Xotinimga tashlandim, uch-to‘rt shapaloq tushirdim. Nima qilayotganimni bilmas edim. Onamning qo‘limdan ushlashi bilan o‘zimga keldim.
— Qo‘y, o‘g‘lim. Meni yaxshi ko‘rsang, bas qil. Xudo haqqi, bas qil, — derdi.
To‘xtadim. Keyin to‘shakni oldim va pastga tushirdim. Xonasiga yoydim.
— Ozgina hurmatsizlik qilsa menga ayting, — dedim. Uydan chiqdim. Qaynotamni qidirib topdim, voqeani aytib berdim. Oxirida:
— Sizning onangizga shunday qilishsa nima qilgan bo‘lardingiz? — deb so‘radim.
— Avvalo yaxshilab do‘pposlardim dedi. Men ham shunday qilganimni aytdim.
— Qo‘ling dard ko‘rmasin, yaxshi qilibsan, o‘g‘lim, — dedi. So‘ngra:
— Sen tush paytida uyda bo‘l. Men jomedan chiqishim bilan sizlarnikiga boraman. Bu ishni shunday qoldirib bo‘lmaydi, — dedi. Qaynotam tushdan so‘ng yetib keldi. Biroz suhbatlashdik. Keyin menga:
— Ruxsat bersang, Sarob bilan xonangizda gaplashsam, deb o‘rnidan turdi.

Qayd etilgan