Топ рейтинг www.uz Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)

Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 67789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:28:53

Sarob qovoq-tumshug‘ini osib uning ortidan ergashdi. Yarim soatcha gaplashdilar va qaytib keldilar. Qaynotam menga: "Masala hal", — degach, qiziga:
— Takror aytaman, qizim. Inson yaxshilik qilgan paytida insondir. Sendan bu uyda inson bo‘lishingni kutaman. Sen bu insoniy harakatni bajarishga, kattalarni hurmat qilishga, eringga itoat etishga majbursan. Qilasan. Yaxshilik bilan qilmasang, qanday yo‘l tutishimni juda yaxshi bilasan. Sen bugun qaynonangga yomonlik qilsang, ertaga sening boshinga undan yomoni keladi. Kelmaganda ham ertaga Alloh sendan bularning hisobini birma-bir so‘raydi. Sen bu yerda yaxshi yashasang, mening ko‘nglim ko‘tariladi, xursand bo‘laman. Bizning uyimizga kelgan kelin sening qilgashiringni onangga qaytarishni istasang sen ham davom ettiraver. Lekin shuni unutmaki, qizimning boshi majaqlansa ham qaynonasining dili og‘rishiga rozi bo‘lolmayman. Bundan keyin shunga ko‘ra ish tut.
Qaynotam shundan so‘ng qiziga:
— Oldimga tush, onangning qo‘lini o‘pib uzr so‘rab, yarashasan, — dedi.
Turdik. Birgalikda onamning xonasiga kirdik. Qo‘lini o‘pdi. Qaynotam qizining ishlaridan hijolatda ekanini, bundan keyin bunday odobsizlik qilmasligiga kafil ekanligani, qizining otasini uyaltirmasligini aytdi, ruxsat so‘rab xonadan chiqdi.
Orif:
— Mana og‘ayni, bu ikkinchi voqea. Turmush qurganimizga o‘n sakkiz kun bo‘ldi. Ko‘raylik-chi, otasining bu tanbeh, nasihatlari kor qilarmikin, — deya so‘zini tugatdi.
Oqshom cho‘kayotgandi. Ular o‘rinlaridan turdilar va yo‘l bo‘ylab pastga tusha boshladilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:03

X

Ramazon oyining ilk kuni, Abdulloh ikki oylik bo‘lgan edi. Munavvarxonim bu ikki oy ichida yeng shimarib ishga sho‘ng‘idi, ta’bir joiz bo‘lsa, uyning keliniga aylandi. Aslida Aminaning oy-kuni yaqinlasha boshlagach, ishlarni birgaliqda bajarishar, hatto ba’zi kunlar:
— Bo‘ldi, Amina, sen bugun biroz dam ol, urinib qolma, — deb biror ishni bajargani qo‘ymas, uning:
— Ona, hamma ish sizga qoladimi? — degan so‘zlariga e’tibor bermas:
— Sen bugun qaynonasan.. Qaynonalar ish qilmaydilar. Sen o‘tir, «Qur’on» o‘qi, o‘tirgan joyingda qiladigan ishing bo‘lsa qil, — deb o‘tqazib qo‘yardi.
Bola tug‘ilganidan so‘ng tunlari uxlay olmagan Amina Munavvarxonimning sharofati bilan kunduzi uxlab olar edi. Uydagi ishlarni birga bitirishgach:
— Amina, navbatni menga ber. Sen kechalari uxlolmayapsan, — deb Abdullohning beshigi yoniga o‘tirar, gul yuzli nabirasining beshigini Alloh, Alloh deb tebratar edi. Bu orada Amina tungi b,edorlik o‘rnini to‘ldirishga harakat qilar edi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Munavvarxonimning bu insoniy harakatlari, Aminani kelin emas, qiz o‘rnida ko‘rishlari, doimo tushunishga harakat qilishlari Aminani aslo taltaytirmadi. Uning bu ezguligidan yomonlik yo‘lida foydalanishni xayoliga ham keltirmadi. Hamma ham shunday yo‘l tutadimi? Ko‘rgan yaxshilitaga yaxshilik bilan javob qaytaradimi? Yohud har bir kelin qaynonasidan yaxshi muomala ko‘rsa, qaynonasi unga o‘z onasidek munbsabatda bo‘lsa, buni qadrlab, onasiga ko‘rsatadigan hurmatni qaynonasiga ham ko‘rsata oladimi? Hamma kelinlar shunday bo‘ladi, deya olmaymiz. Yaxshi, osuda hayot emas, naqadar foydali ekanin minglab qizlar idrok etsa, minglab oila huzur-halovat topadi. Amina ona shunday qizlardan biri.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:12

Agarda Amina Munavvarxonimdek emas, uning naq aksi bo‘lgan qaynona qo‘liga tushsa nima qilgan bo‘lardi? Unga ham Munavvarxonimga qilgan xonimligini, olijanobligini ko‘rsatib, bugungi Amina bo‘la olarmidi? Bunga javob berish mushkul. Unda har bir qizni borgan yerini gulzorga aylantirgan Munavvar deb tasavvur qilish kerak. Qizligida, kelinligida, qaynonaligida, har holida gullar kabi diltortar, zilol suvdek tiniq, o‘n to‘rt kunlik oydek sokin va mag‘rur Munavvar... Yoshligi keksaligidan go‘zal, keksaligi yoshligidan nuroniy butun hayoti odob pardasi bilan o‘ralgan, har bir harakati samimiyat bilan yo‘g‘rilgan Munavvar... Har bir qiz shunday bo‘la oladimi? Harakat qilsa, bo‘la oladi. Amina ham shunday ayol bo‘lishi uchun qaynonasidan o‘rnak oladi.
Munavvarxonim Ramazon oyida saharlikni Aminani turg‘izmasdan o‘zi tayyorlashga harakat qiladi. Ulardan bir soat avval turar, qo‘li ish bilan, qalbi Robbi bilan band holda yegulik hozirlar, shu topda son-sanoqsiz musulmonlarning Yaratganga ibodat niyatida shirin uyqusidan kechib, turganligini o‘ylar edi. Og‘iz yonilishiga qirq-ellik daqiqa qolganda o‘g‘li bilan qizining eshigini sekingina taqillatib, ularni uyg‘otar, Aminaning:
— Ona, nega meni uyg‘otmadingiz? Birga tayyorlasak bo‘lmasmidi? — deyishiga javoban kulimsirab:
— Nasib bo‘lsa, keyingi Ramazonda birga turamiz, qizim, der, birga ovqatlanar edilar. Keyin esa har erining oldida bittadan «Kur’oni karim», Mustafo ularga eshitiladigan ovoz va ular kuzata oladigan tezlik bilan bomdod namozigacha o‘qiydilar, azon aytilishi bilan kitoblar hurmat bilan yopiladi, Mustafo bomdod nomozini jome’da o‘qish niyatida, har qadamiga savob yozilishini o‘ylay-o‘ylay yo‘lga chiqadi, uyda esa huzuri pokda hurmat bilan qo‘l qovushtirib turgan ikki ayol qoladi. Go‘yoki insoniyat bog‘ida ochilgan atirgul va uning bag‘ridan chiqib ochilmoqqa chog‘langan bir g‘uncha...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:18

Ramazon Amina uchun umri davomida o‘tkazgan barcha ramazonlardan barakaliroq keldi. Shu paytgacha tongdan oqshomgacha och yurishdan iborat bo‘lgan ro‘zaning mohiyatini onasida ko‘rgan o‘rnaklar yordamida angladi. Bir kuni Abdullohni hech ovutolmadi, unga baqirishga majbur bo‘ldi.
— Qizim, bola baqirishni qaydan tushunsin? Bizga aytolmayotgan bir dardi bordir, — degan onasiga:
— Ona, ro‘za og‘iz inson asabiylashadi. Qarang hech tinmayapti, — deb javob berdi.
Munavvarxonim vazmin ohangda:
— Amina, ro‘za asabiylashish uchun emas, asablarga hokim bo‘lish uchun tutilishi kerak. Inson ro‘zador bo‘lgan paytida tongdan oqshomgacha namoz o‘qiyotgandek, o‘zini ibodatda deb bilishi kerak, — dedi.
Qaynonasi to‘g‘ri gapirayotgan edi. Chunki o‘zi ham har doimgidanda sokin, mulohazali edi ramazonda...
Bir oqshom Mustafo qo‘lida tarvuz bilan ichkariga kirdi. Onam chanqagandir, iftorlikda muzday tarvuz yediray, duosini olay deb sotib olgan edi. Lekin tarvuzni so‘yganida hafsalasi pir bo‘ldi. Tarvuz xom chiqdi. Yuragi siqildi. Ham pul bekorga sarflangan, ham onasining ko‘nglini ololmagan edi. Dardini onasiga aytganida Munavvarxonim:
— Xafa bo‘lma, o‘g‘lim, Alloh sendan rozi bo‘lsin. Meni xursand qilay deb olding-ku, shuning o‘zi yetarli. Men xursandman, — deb taskin berdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:25

— Ammo pul ham bekorga ketdi, ona.
— Bunda ham bir xayr bordir, o‘g‘lim.
— Bunda qanday xayr bo‘lishi mumkin? Bekordan-bekorga pul ketishi xayrmi?
— Hozir sen istasang, yoki men, Mustafo, menga yana bitta tarvuz keltir desam borib olishga puling yetadi, to‘g‘rimi?
— Xudoga shukr, ona, yetadi.
— Holbuki oqshomgacha harakat qilib, urinib, bor-yo‘q topganini kundalik yeguliklarga yetkiza olmaydigan qanchadan-qancha odamlar bor, agar bu tarvuzni ular olganlarida borib boshqasini ololmas edilar. Hech bo‘lmasa, qo‘lida besh tangasi bo‘lmagan faqirga duch kelmasdan senga kelganiga shukr qil. O’zi faqir va xasta bir kishisi ham bo‘lsa, nima qilardi u sho‘rlik?
Mustafo boshini egdi va oldin aytgan so‘zlaridan xijolat chekdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:33

* * *

Bu uyda Aminaning diniy, axloqiy bilimlari ham ortmoqda edi. Chunki juma va yakshanba oqshomlari Munavvar xonim Mustafodan:
— O’g‘lim, bugun imom jome’da nimalar dedi? Esingda qolganlarini gapir, biz ham biron narsa o‘rganaylik, — der, Mustafo xotirasida qolganlarini aytib berar edi. Hatto shu vajdan aytilganlarni jon qulog‘i bilan tinglar, uyda eshitganlarini anglatar, shu tariqa Munavvarxonimning ham Aminaning ham diniy va axloqiy bilimlari ortar edi. Munavvarxonim eshitish bilan qanoatlanmas, bularni qanday amalga oshirish haqida uzoq-uzoq o‘ylar edi. Avval aytganimizdek, uning insoniy tutumlarida eng buyuk hissa tushunchalariga oid edi. Ko‘rganlarini bir voqea-da, demasdan axloqiy jihatdan baholardi.
Cho‘rumda Arafa kunlari qabristonlar ziyorat qilinadi. O’tganlar ruhiga fotiha o‘qiladi. O’sha kuni erta tongdan to kechgacha son-sanoqsiz erkak-ayol qabristonga kelib-ketadi. Maqsad ibrat olish bo‘lgani holda maqsadga erishish imkonsiz bo‘ladi.
Munavvarxonim Mustafoga Arafadan bir kun oldin:
— O’g‘lim, bugun qabristonga borib, o‘tganlar ruhiga fotiha o‘qiylik. Asr namozidan chiqqach, kelib bizni olib bor.
Mustafo:
— Xo‘p bo‘ladi, ona, xudo xohlasa, — deb javob berdi. Keyin esiga tushib qolgandek so‘radi:
— Arafa ertaga-ku, ertaga borsak-chi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:41

— Ertaga hamma boradi, o‘g‘lim. Odam to‘lib ketadi. Bemalol ziyorat qilib bo‘lmaydi. Biz bugun boraylik.
— Bo‘pti, ona. Nima desangiz shu.
Mustafo tayinlangan vaqtda keldi. Munavvarxonim va Amina hozir edilar. Abdullohga qo‘shni ayol qarab turadigan bo‘ldi. Birgalikda yo‘lga chiqdilar. Munavvarxonim Mustafoni to‘xtatdi. Sekin shivirladi:
— Shu yerda o‘qiylik, ko‘p ichkari kirmaylik.
Mustafo ovozini chiqarmadi. Devor tagiga o‘tirib o‘qiy boshladilar. Bir daqiqadan so‘ng ko‘zlar yumilgan, ko‘ngillar go‘yoki dunyodan uzilgan edi. Qarshilarida tuproq va toshdan iborat bir uyum bor ediki, kechagina hayot bo‘lgan insonlarni ifoda etar edi. Bu yerda ne-ne mard yigitlar, qahramonlar dafn qilingan edilar. Oralarida fazilatdan boshqa narsadan qo‘l tortgai, yaxshilikdan boshqa yo‘lga biron odim otmagan hurmatli insonlar bor edi. Yana bular orasida umrnni yomonlik yo‘lida sarflagan, biror kishiga nafi tegmagan kishilar ham bor. Dunyo tegirmoni ularni shunday yanchgan ediki, har ikkalasidan ham oldin yashaganliklariga yagona guvoh bo‘lgap chirigai suyaklardai boshqa nom-nishon qolmagandnr.
Ziyoratchilar fotihalarini o‘qir ekanlar, ko‘zlari o‘ngida achiparli manzara jonlangan edi. Ona sutiga to‘ymagan, hatto ona yuzini ko‘rmagan go‘daklar, dunyodan, dunyodagi hamma narsadan to‘ygap, yagopa istagi o‘lim bo‘lganlar xayollariga keldi. Kelinlar libosida dunyoga vido aytgan qizlar, bir daqiqa yashashi uchun xazinalar sarf etilgan nozanin vujudlar, yetim-esirlarini och-yalang‘och qoldirib kslgap bagri kuyik otalar, onalar qarshilarnda namoyon bo‘ladilar. Bir so‘z bilan dunsga hukmini o‘tkazgap sultonlarning egniga kiygani yamoq ko‘pligi ham bo‘lmagan faqirlar bilan ayni holdagi hazin ahvoli ko‘z oldilariga keldi. Zolim va mazlum, olim va johnl, sulton va qul bu yerda yonma-yon yotar edi. Dunyo bozoridan bir kafan olib kelgan, ikki yo‘qlik orasidagi o‘tkinchi borliqqa ishonib, mag‘rur yurganlarning yurti edi bu yer.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:47

Bu yerda bir hid bor edi. Hech narsada mavjud bo‘lmagan hid. Bu hidki; Robbiga qul bo‘lib yashagan, gulzorga kirayotgandek qabrga kirgan, nega qullik yo‘lida yana bir odim ota olmadim deb pushaymon bo‘lganlar bilan, oxiratni xayoliga ham keltirmasdan oxirat olamiga ko‘chgan, haqiqat olami kechgach nadomatdan g‘amga botganlarning tuprog‘idan qorishtirilgan hid. Bu tuproqda yaxshi yashagan xayrli insonlarnnn gullardan xushbo‘yroq, mushku anbardan ham muattarroq hid bilan yomonlikdan boshqa narsani bilmaganlarning jirkanch hidlariiing birlashishidan hosil bo‘lgan g‘alati hid bor edi. Bu yerda hozirdayoq jannat hayotini yashayotgan, dunyoning turli lazzatlarini ko‘pdan unutgan, qabrida ma’naviy saltanat hukm surgan tolei baland saodat ahli, mo‘minlar bor. Yana bu sr chekkan azoblari zo‘ridan hayqirig‘i falakka qadar chiqqan sasi dunyoni to‘ldirguchi necha gunohkorlar borki, ko‘rganlar ularnp uyqudalar deb o‘ylaydilar.
Har daqiqada o‘tgan-qaytgandan fotiha umid qilib dengizga tushgan nochor kishidek madad kutgan bu jamoat o‘qilgan fotihalar va qilingan duolardan so‘ng Munavvarxonim ko‘zlarini artdi va Mustafoga:
— Ketaylik endi, — degandek qaradi.
Mustafo o‘rnidan turdi. U oldinda, ikki ayol orqada, sekin-asta qabristonni tark etdilar. Og‘ir qadamlar bilan uyga tomon yurdilar. Uydan chiqqanlariga endigina kirq besh daqiqa bo‘lgan edi. Abdulloh beshikda tinchgina uxlamoqda edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:29:54

* * *

Bayram hech bir kelin bilan qaynonani Munavvarxonim bilan Aminaning o‘rtasidagi samimiyat darajasida yaqinlashtirmagan. Mustafo hayit namozini o‘qib jome’dan qaytgach, Alloh bergan ne’matni, qullik vazifamizni bajarishda quvvat bo‘lsin degan niyat va duo bilan yegan oila dasturxonidan turgach, odatga ko‘ra bir-birlarni qutladilar. Munavvarxonimning qo‘lini ehtirom bilan o‘pgan Amina, so‘ng bir-birini quchoqlagan bu ikki ayolni, aslida qaynona-kelin ekanliklari hech kimning, hatto Mustafoning ham xayoliga kelmaydi.
Tabriklagani kelgan bir-ikki qarindosh bilan diydorlashgandan so‘ng Munavvarxonim Mustafoga:
— Mustafo, sen endi Yusuf afandinikiga bor. Qo‘lini o‘p. Salomimni yetkaz. Bayram bilan qutla. O’ yerdai Aminalarnikiga o‘t, kechqurun borishimizni ayt. Undan keyin istagan joyingga bor, — deb, jo‘natdi. Uyda bayram shukuhi ichra ikki ayol va uyning quvonchi Abdulloh qoldi.
Asrdan so‘nggi sarin shabada shoxlarni sekin-sekin qimirlatar ekan, Abdulloh uyqudan uyg‘onib, ko‘zlarini ochdi. Eshik taqilladi, Ali kelgandi. Yoshi ulug‘larni ziyorat qilgan, duolarini olgan, qarindoshlarga onasi va yangasining salomlarini yetkazgan, jajji Abdullohning sog‘ligi haqyda xabar bergan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 09:30:06

— Ona, bugun yaxshigina charchadim, — der ekan, onasining uning boshini silagan qo‘lidan ushladi, takror-takror o‘pdi. Shu orada ularga qarab turgan Aminaning ko‘zlari uning bo‘ynidagi kuyishdan qolgan izlarga tushdi. Iztirobli xotira jonlandi. Yangasiga nisbatan yomonlik his qilmasin deb butun aybni o‘z bo‘yniga oltan, buni bugungacha biror kishiga sezdirmagan fazilat obidasi bo‘lgan onaning chizgan manzarasi bir lahzada ko‘z o‘ngiga keldi. Bu voqeadan so‘ng bir hafta-yuz tuban yotgan, tez-tez ingragan bu bolaning o‘sha paytdagi holini o‘yladi...
— Ona, eshik taqilladi.
Ali shunday deya eshikka yugurdi. Mustafo kelgan edi.
— Ona, borgan joylarimda salomingizni yetkazdim. Aminalarnikiga ham kirdim. "Kechki ovqatda, albatta kutamiz", — dedilar. Nima deysiz?
Munavvarxonim:
— Juda ham yaxshi, taklif etishayotgan ekan, borish kerak. Amina, Abdullohni kiyintir, yo‘lga chiqaylik.
O’n besh daqiqadan so‘ng, quyosh botishga hozirlanar ekan, Abdulloh og‘zida so‘rg‘ich, bobosining qo‘lini o‘pish uchun buvisi quchog‘ida yo‘lga chiqqan edi.

Cho‘rum shahri, 28.8.1969. Juma.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 10:27:33

Qaynona (roman)



Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Hajmi: 591 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan