Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 95929 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 17 B


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:52:22

Munavvraxonimnig chap tomonida bir ayol o’tiribdi. Yuzida hech kulgu, tabassum yo’q. Munavvarxonim uni ilk ko’rganini,uyiga kelganini esladi. Ayol uni ko’rishi bilan uyalib, biroz ortga chekingandek bo’ldi. Lekin Munavvarxonim o’zini hech narsani bilmagandek, u ayolni tanimagandek ko’rsatdi. To’y davom etgan ikki-uch soat ichida ayolni xijolat qilmaslik cuhun u tarafga biror marta ham qaramadi. Keyin ham bu ayol,Aminaning qarindoshidir, ora-sira Munavvarxonimga ro’baro’ keladi. Bir kuni yolg’iz qolganlarida uzr so’rash uchun bu mavzuda o’giz ochsa Munavvarxonim:"O’tmishdagi yomonliklarni faqat tavba qilish uchun eslaylik", deydi albatta. Munavvarxonimning oldidan o’tar ekan boshlagan ashulasini nihoyasiga yetkazdi:
"œMen boshqa dard istamam,
Qaynona dardim bor mening".
To’yga kelganlar,ayniqsa qaynonadan kuyganlar,yuragini oldirib qo’yganlar, o’z dardlariga sherik bo’lgan qizni telbalarcha olqishladilar. Vaqt allamahal bo’lib qoldi. Mehmonlar birin-ketin tarqala boshladilar. Amina bu so’nggi kechada ota-onasi bilan uyda yolg’iz qoldi.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Fevral 2009, 08:25:25

Bugun Mustafolar xonadoniga kelin keladigan sevinchli bir kun. Lekin vaziyat boshqacharoq. Mustafoga kelinning kelganligi xushxabarini beriladigan peshin vaqti. Shu mahalda katta jome' hovlisida Mustafoning ko'zlaridan yosh quyilmoqda. Shu onda Amina ota uyini tark qilayotganini o'ylamoqda Mustafo. O'ziga omonat sifatida topshirilayotgan bir ayolning haqlariga ko'ngildagidek rioya etolmaslik qo'rquvidan ko'z yosh to'kmoqda.
Uch kun avval onasi aytgan nasihatlarni esladi Mustafo. Kechki ovqatdan so'ng onasi shunday nasihat qilgandi. "O'g'lim, Alloh nasib qilsa uch kundan keyin kelin keladi. Uyimizga bir qiz ota-onasini tark qilib keladi.AHil bo'laylik, kelganiga afsus chekmasin. Shafqatli, marhamatli bo'lib, unga insoniy muomala qilishingni istayman. Hech qachon uni hafa qilmasligingni so'rayman. Seni har kimdan ziyoda yaxshi ko'raman. Lekin Alloh omonat sifatida bergan kelin,agar o'g'limdan norozi bo'lsa, men kleinni emas, o'g'limni aybdor deb bilaman. Bir kun Alloh huzuriga sen bilan chiqamiz va kelin haqqi rioyasining hisobini beramiz. Uni hurmat qilganing meni hurmat qilganingdir. Uni hafa qilsang, emn battar hafa bo'laman. Men uning qaynonasi emas, o'z onasiman. U ham mening kelinim emas, qizimdir.
Hamma oila ham bir xil emas. Unga o'z uyining odatlarini tark etish qiyin kechishi mumkin.Sen va menga nisbatan kamchilikka yo'l qo'yishi mumkin. Bundan hafa bo'lma. Inson ba'zan Allohning yo'liga yura olmay xatoga yo'l qo'yadi. Bu bandaga nisbatan ham bo'lishi mumkinligini o'ylab, tasalli top, tinchlan. XOm sut emgan banda, lekin u ham vijdon sohibi, sekin asta xonim bo'lar, yaxshilik yo'lini tutar.
Doimo Allohga duo qil. Yaxshilik va yaxshi turmush ato etishini so'rab yolvor o'g'lim. Seni uylnatirdim, meni uyaltirma!Mening sutimni emganingni, meni o'g'lim ekaningni isbotla. Alloh seni shod etsin,ikki dunyoda yuzingni yorug' qilsin.
Munavvarxonim shunday deb ikki qo'lini Mustafoning yelkasiga qo'yib:
-Menga so'z ber, Mustafo, qo'lingdan kelganicha, kuching yetganicha, aytganlarimni bajar. YAxhsi turmush kechirish uchu sabr matonat bilan harakat qilishga so'z ber. Musulmon so'zidan qaytmaydi, so'z ber o'g'lim,-dedi va Mustafoning va'dasini oldi.
Mustafo katta jome' hovlisida ana shularni esladi. Koshki bergan so'zim yol'on chiqmasaydi, deb o'ylar edi.
Osmon tiniq, quyoshli, sarin shabada esib turgan bir kunda Amina ko'z yoshlari sel bo'lib,ota uyi bilan xo'shalshdi. Ulug'larning qo'llarini o'pdi, duolarini oldi. Yangi uyga bormoq uchun murakkab, g'aroyib tuyg'ular og'ushida mashinaga, shu besh-o'n kun ichida taniy boshlagan bir ikki ayol orasiga o'tirdi. Ulov yo'lga tushdi. Aminani bir uyga tushirdilar. Unib - o'ssin deyildi. Ustidan tang pul sochdilar. Erkaklar chekingach ilk bor Munavvaxonim uning yoniga bordi. Aminaga:
-Qaynonagni qo'lini o'p-, deyishdi.
Munavvarxonim ularga qayrilib qaradi:
-Yo'q, bu mening qizim, onasining qo'lini o'padi,-dedi va qo'lini tutdi.
Amina yillar bo'yi faqat yaxshilik uchun ochilgan, faqat yaxshilik cuhun cho'zilgan gullardek pok ozoda qo'lni o'pdi va ko'ziga pshonasiga ohista bosdi. Uyga qadam tashlashi bilan aytilgan bir jumla so'z beran ishionch unga kifoya. Go'yo g'ariblik va yolg'izlik hislari tumandek tarqab ko'ngli oftobli osmondek charaqlab ketdi. Munavvarxonimning :Xush kelding, bolam!" deb ochilgan quchog'i Aminaga orom va huzur bog'idek tuyuldi.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Fevral 2009, 10:54:51

Oqshomgacha kelib ketuvchilar ko'p bo'ldi. Kechgacha uy ayollarga to'ldi. Oqshom yaqinlashgach, erkak mehmonlar kela boshladi. Yusuf afandi uy sohibi sifatida kelganlarni kutib oldi. Azon aytilgach, jome'ga borildi. Shom namozidan keyin taom tortildi. Taklif etilan ikki hofiz Qur'oni Karim o'qidi. Amina xonasida ilohiyni tingladi:
Xos bog'ingga kelganlar,
Gullaringni terganlar,
Xabar berdi ko'rganlar,
Nuri Qur'on ichinda.

Bu hikmatlar barchaning ko'zalrini yoshladi. Ma'no maqomi bilan ko'ngillarda huzurbaxsh tuyg'ular uyg'otardi.Hofiz afandi Faxri Koinot sav uchun yozilgan bir na't ham o'qidi:
Sevarmiz sunnatingizni sizdan asar, iz deyaroq,
Eslarmiz ismingizni har on Sarvarimiz deyaroq,
Uzoq tushmasak szining lutfingizdan.shohi Rasul,
Torttarmiz sharbati mavtni,qo'rqmasdan Alloh deyaroq.
Tilarmiz: qolamylik hech sizni sevmoqdan yiroq,
Ummatingiz mahsharga yetgay shafoat deyaroq.

Oxiri mahalla imomi duo qildi. So'ng Mustafo imomdan boshlab ulug'larning qo'llarini o'pdi. Do'stlari bilan qo'l siqishib ko'rishdi. Keyin onasining oldiga kirdi.
-Bolam, Alloh seni ikki dunyoda mas'ud etsin,-deya duo qildi Munavvarxonim. Mustafo onasining qo'lini o'pdi. Kelinning xonasiga, Aminaning oldiga kirdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Fevral 2009, 10:59:03

Yusuf afandi qarindosh ayollarga taom yeyilgan dasturxonlarni, kosa tovoqlarni tozalashni buyurmoqda. Mehmonlar hufton namozi cuhun jome'ga ketisharkan, azon ovozi eshitildi. Bu azon har kimga - uylnagan Mustafoga ham Allohning bandasi ekanini, farzini ado etish vaqti kirgani va shart ekanini eslatardi.
Ichkari kirarkan Mustafo tahoratli bo'lgani uchun:
-Qani, Amina avval namozni o'qiylik, bandalik burchimizni ado etaylik,-dedi. Joynamozlar yozildi va Mustafo "ALLOHU AKBAR!" deb namozni boshladi. Amina umr bo'yi itoat etmoq qarori bilan unga ergashdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Fevral 2009, 11:09:26

Amina tongda uyg'onib Munavvarxonimning qo'llarini o'pdi. Yangi oila qurganlar uchun bir odat bu. Juma bo'lgani uchun Mustafo masjidga ketdi. Munavvarxonim kelini bilan yolg'iz qoldi:
-Qizim, bundan so'ng sendan har kim :Qaynonang bilan qandaysan" deb so'raydi. Men aslida bir yaxshi ayol emasman. Balki senga nohaqlik qilib, bilib bilmay hafa qilib qo'yishim mumkin.Bular o'zimizning dardimiz, uyning ichida qolsin. Senga nisbatan nohaqlik qilsam, faqat o'zimga ayt,tuzataman. Ammo boshqalarga gapirma,yaxshimiz degin. Bu savollarni beganlarning maqsadi dardingga chora izlamoq emas, qo'shib chatib elga tarqatish. Ikkimiz qaynona kelin emas, ona bolamiz. Shunday yashashga harakat qilamiz. Bugundan e'tiboran kelinliging nihoyasiga yetdi. Balki men senga onalik qilishni uddalay olmasman, ammo sen qiz bo'lishni uddalarsan, InshaAlloh.
Munavvarxonim bu gaplarni aytgacha, so'radi:
-Qur'on o'qishni bilasanmi?
-Ha,ona.
-Yaxshi, uyimizda har tongda Qur'on o'qish odat. Bu odat senga ham tegishli. Alloh hargiz seni uyaltirmagay. Bandam har kun Meni birinchi, eng avval eslaydi,Kalomimni o'qiydi, deb saodatlar ato etgay,InshaAlloh.
Bu odat, bu nasihat Aminaga juda ma'qul keldi.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:02:20

To’ydan keyin uyda Mahmud og’a bilan xotinidan boshqa hech kim qolmadi. Ular oldiga qo’yilgan turli taomlarga qo’l uzatmagan va tomoqlaridan o’tmasdi ham. Uy Cho’rum ta’biri bilan aytganda, suvi tingan tegirmonday jimib qolgan. Ketgan faqat Amina edi. U o’zi bilan uyning barcha nash’u namosini ham olib ketgandi. Mahmud og’a qorni ochligiga qaramasdan:
-Onasi, ol dasturxonni hech narsa yemaymiz,-dedi. Xonimning yig’lashi uchun shuning o’zi kifoya.
-Onasi, yana yig’layapsanmi?
-Yig’lamay nima qilay, kulayinmi?
-Kul, Allohga shukr, qizing yaxshi bir xonadonga tushdi. InshaAlloh, endi yuzimiz yorug’, xursand bo’lamiz.
-Xo’sh, unda nega xursand emassiz?
-Meniki hozir o’tib ketadi onasi. Faqat undan ayrilganim uchun ko’nglim biroz qayg’uli. Lekin kelin qilib uzatganim uchun hafa emasman.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:02:59

Aminani odatga binoan to’ydan so’ng ota uyiga qo’l o’pmoqqa olib bordilar.Mehmondorchilikka chaqirilgan bir-ikki yaqin qarindoshlar ham bor edi. Kirganda-chiqqanda yolg’iz duch kelgan har bir kishi:
-Qaynonang bilan qandaysan?-der edi. Amina o’rgatilganiga binoan:
-Allohga shukr, juda yaxshimiz,- deb javob berardi.
To’ydan bor yo’gi ikki kun o’tdi. Ikki kun ichida ham savollariga javob bo’lgudek biror hodisa bo’lgandir deb o’ylashardi. Lekin Aminadan yaxshi javob olishardi. Aslida oila muhiti javobdanb ham yaxshiroq edi. Bir ona farzandiga shafqat ko’rsatadi. Amina ham bu shafqatni ko’rmadim deyolmaydi. Onasidan mehr muhabbat ko’rmagan farzand bo’lmaydi. Bu o’lguncha davom etadi. Amina kelin bo’lgach, Munavvarxonimni onasiday yaxshi ko’rmaganligini iddao etolmaydi. U buyuk shuurli, mehr muhabbat bilan yaxshi ko’rishiga har vaqt guvoh bo’lajakdir. Onasi xavotirlanib uning yuzida hafalik izlari bormikin deb qaragan bo’lsa-da, mamnuniyatdan boshqa narsa ko’rmadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:03:33

Har mahallada suvni loyqlatib yurivchi bekorchi xotinlar topiladi. Ular kelin tushgan uyga o’ralashib qoladilar. Kelin ko’rish bahona, niyatlari ezmalik, g’iybatchilik. Juda ham qiziqib to’y bo’lib o’tgan xonadonga yuguradi ular. Kelinni, seplarini ko’radilar, kim nima hadya etganligi to’g’risida ma’lumot oladilar. Boylar bilan bellasholmagan, keragicha yoki oshirib toshirib uyini bezab tuzay olmaganlar bo’ladiki, kelganlarga uy ko’rsatishni istamaydilar. Bu bekorchi g’iybatchilar esa hehc uzrni qabul qilmaydilar. Go’yo hokimday, tergovchiday turib oladilar. Hamma yoqni titib ko’radilar, tekshiradilar. Hadyalar haqida nasihatlar o’qib, qaynona qaynota quruq qolganligini, bu ish juda katta ayb ekanligini uqtiradilar. Kelgan hadyalarni bir qismi oddiy, bularni keltirgandan keltirmagan afzal deyishadi.  HAdyalarni bir-bir ko’zadan kechirib, yaxshi yomonga ajratib bergan bo’lishadi. Kamchiliklarni aytib o’tishgach, navbat uy tuzashga, narsalarni joylashtirishga keladi. Shu karavot burchakka emas, unisiga munosib ko’chirish kerak. Chetda turgan mana bu kichik taglik bir qarich yana o’ngroqqa olinsa uyga boshqacha fayz kiradi. Ko’rpa yostiq och moviydan nim pushti bo’lsa, yotoqdagi narsalar falochinikiga o’xshab joylashtirilsa yaxshi bo’lardi. Shunga o’xshash maslahatlar aytib chiqib ketishadi. Kelinposhsha o’sha ondan boshlab ma’yuslanadi. 

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:04:45

Ne-ne zahmatlar evaziga yig’ilgan seplar, hadyalar yerga urildi, kelin ko’ziga past ko’rsatildi. Bu ishlar bir — ikki g’iybatchi ayollar tomonidan amalgam oshiriladi. Bu xotinlar seplarni yig’ish uchun ertani erta, kechni kech demay ter to’kkan ota mehnatining qadriga yetarmidi? Qo’l qadoqlarini ko’rarmidi? Ularning yana bir maqsadi kleinning qusurlarini topib, elga yoyishdir. Qusur topolmasa, qo’shib chatib g’iybatnamo gaplarni ko’paytiradilar, shundan zavqlanib, ko’nglini xushlab yuradilar.
Munavvarxonim bularni yaxshi bilgani uchun brogan joyda kelin xonasini, sepini ko’rishga intilmaydi. Hatto uy egalari:
-Kelinning xonasini ko’rmaysizmi?-deb taklif etsa ham, shunday javob beradi:
-Yo’q, u joy faqat kelin kuyovga tegishli, menga hech qanday aloqasi yo’q.
Amina kelgach bu odat takrorlanadimi? Albatta. Lekin Munavvarxonim bunga ruxsat bermaydi. Begona ayol tugul, hatto o’zi ham ularning xonasiga kirmaydi. Derazasidan ham qaramaydi. Garchand hozirgacha yuzlab kelin uylari kezilgan bo’lsa-da, g’iybatchi xotinlar uchun ham, kelin uchun ham aslo foyda bergan emas. Munavvarxonim biladiki, ruxsat etmasa, buni ham g’iybat qiladilar, albatta.Yo’q yerdagi gaplarni to’qib chiqaradilar. Bu gaplar yo Munavvarxonim yoki Amina haqida bo’ladi. Uy ko’rishni istaydilarmi? MArhamat! Mehmonxona, oshxonani ko’rsinlar.Ular uydan, uydagilardan, Aminadan qanchalik kamchilik axtarmasin, aslo topolmaydilar. Chunki Amina uy ishlariga ota uyida yaxshilab o’rgangan. Qolaversa, Munavvarxonim ham qarab turmaydi. Kutilmagan bir paytda mehmon kelib qolishi yoki odamlar o’zi uchun emas, balki pokizalarni Alloh sevgani va Alloh rizosi cuhun ozodalikka e’tibor beriladi bu xonadonda. Bir umr mish-mishu g’iybatlardan uzoq yurgan, dili pok Munavvarxonim tonglari:
-Meni banda haqqi bilan huzuringga kelmoqdan O’zing saqla, emn haqimda g’iybat qilganlarni avf et,- deya duolar, iltijolar, nolalar qilgan. Allohni eslab, Rasulullohga SAV salovat aytib ko’ngil uyini nurlantirgan Munavvarxonim uyida biror tartibsizlik ko’rolmaydi. Aminaga ayb taqolmaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:06:06

Yangi kelin tushgan uyga kelib o’tirgan g’iybatsevar xotinlar baribir bir yo’l topib maqsadiga erishishga intiladilar. Aminaning bir daqiqa tashqariga chiqishidan foydalanib so’rashadi:
-Munavvarxonim, shu kelin bug’doyrang yoki jinday qoramag’iz emasmi,emnga shunday tuyuldi-da.Bir oz  go’zalrog’ini topsangiz bo’lmasmidi?
-Bo’lishi mumkin. Qoralik Allohdan. Yonida bo’lib, bu Munavvarxonimning bo’lajak kelini, yo Rabbiy, yana bir oz go’zalroq yarat dermidingiz,-degan javobni oldilar. Xotinlarning rangi ro’yi salgina o’zgarganday bo’ldi. Munavvarxonim davom etdi:
-Tashqi chiroy ikki kunda o’tib ketadi,birovga vafo qilmaydi. Qarigach bizni hech kim yoshlikda go’zal bo’lganimiz uchun hurmat qilmaydi. Ammo ko’ngil go’zalligi o’tkinchi emas. Muhimi ham shu — ichki go’zallik, qalb go’zalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq ichki go’zalligi, odobi va tarbiyasi cuhun oldim. Mayli, mening kelinim qoramag’iz, bug’doyrang bo’lsinu, go’zallik boshqlaarga qolsin. Bug’doyrang chirkinlik alomati emasku! Birov oqni, birov sariqni yaxshi ko’radi. Men esa qoramag’iz, bug’doyrangni yoqtiraman.
Amina kirishi bilan Munavvarxonim gapini to’xtatdi. Maqtashni lozim ko’rmadi. Birovning yonida kelinining kamchiligini aytishni yoqtirmaganidek, maqtashni ham xush ko’rmadi. Xotinlar ketishga chog’landi. Keksaroq bir ayol Aminaning qulog’iga pichirladi:
-Qizim, qaynonagga e’tibor ber. Umring bo’yi Allohga yolvorsang ham, ehtimol bundan yaxshi, bundan go’zalroq bir qaynona topolmas eding. Qadriga yetgin.

Qayd etilgan