Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 69201 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 17 B


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:26:30

Nigorning uzatilganiga bir yarim yil bo‘lgan edi. Bir kun uyda yolg‘iz edim. Qaynonam kichik qaynsinglim bilan aylangani ketgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, ochdim. Nigor va qaynonasi. Nigor kirgach, qaynonasi:
— Men xolamlarnikiga kirib chiqaman. Biror soatda qaytaman. Siz o‘tiravering, — dedi va ketdi. O’tirib birpas suhbatlashdik. Dardli edi Nigor. Nimalardir demoqchi bo‘lar, lekin istihola qilib, ochilib gapirolmas edi. Oxiri:
— Yanga, sizga bir narsa aytmoqchiman, mendan rozi bo‘ling, — dedi.
Nigorning goho "kelin oyi", ko‘pincha "kelin poshsho", "kelin xonim" deyishiga o‘rganib qolgandim, hozir "yanga" deyishiga hayratlanganday bo‘ldim. Ko‘nglida po‘rtanalar, dovulu bo‘ronlar qo‘zg‘algandek to‘lqinlanar va chekayotgan vijdon azobidan xalos bo‘lishni istayotgani ko‘rinib turardi. Ko‘nglim zirqirab ketdi, unga achindim. Mehrim tovlab samimiyat bilan:
— Nigor, men roziman. Nima bo‘ldi? — dedim.
Ko‘z yoshlarini artib dediki:
— Ko‘p haqqingiz bor menda, yanga. Sizga ko‘p haqsizliklar qildim. Bir kun o‘zimga qaytishini o‘ylamadim. Bugun jazoyimni olayapman. Bunchalik qiyin, achchiq bo‘lishini bilmagan ekanman. Bir yarim yilki, tortmagan azobim qolmadi, bo‘g‘zimga keldi. Endi chidolmayman, yanga.
Nigorning ko‘zlaridan jaladay ko‘zyoshlar to‘kildi, ro‘molchasi ho‘l bo‘ldi. Davom etdi:
— Faqat qaynsingil dardi, qaynsingil balosi bo‘lsa chidardim, sabr etardim. Ikki kundan so‘ng egalik bo‘lib ketadi derdim. Lekin er dardi undan oshib tushdi. Har oqshom ichib keladi. Kunim mastni ovutish, so‘kish eshitish bilan o‘tmoqda.
«Gapir, — deydi, — gapir, men yaxshimanmi?»
«Yaxshisiz, hammadan yaxshisiz!» deyman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:27:04

«Men yaxshiligimni sendan so‘rab bilamanmi? Sen kim bo‘lding-ki, mening yaxshiligimni ta’riflasang», dey baqiradi. Uyat so‘zlar aytib so‘kinadi. Jim turish ilojsiz, yomonsan desang bu ham bo‘lmaydi. Qusadi. Ertalab libosini iflos holda ko‘rib, aybni menga ag‘daradi.
Nigor shu tariqa gapirib, ko‘nglida borini to‘ki bo‘shatdi:
— Sizga qilganim ortig‘i bilan qaytdi, yanga. Oh, bir qutulsaydim, — deb so‘zini tugatdi. Tasalli berdim:
— Xafa bo‘lmang desam, foydasiz, ammo nachora, sabrdan o‘zga chora yo‘q. Dunyo rohat dunyosi emas. Hammaning bir dardi bor. Bir kun siz ham huzur ko‘rasiz, — dedim. Shu yerda so‘zimni bo‘ldi:
— Mening dardim boshqalarnikidek emas. Bu ketishda faqat o‘lim huzuriga boraman, — dedi va ko‘zlarini yumdi. Ko‘z yoshlari duv-duv to‘kilarkan, diqqat qildim: Nigor bir yarim yil avvalgi Nigor emas, xarob bo‘lgandi, o‘n yoshga qarigandek edi. Avval o‘chim oshig‘i bilan olindi deb o‘yladim, so‘ng yana achindim. Bechora mendan ham ko‘proq aziyat chekibdi.
Ayol hikoyasi so‘nggida yana shularni aytdi:
— Mana, shunday, qizim. Seplaringni ko‘rdik. Dunyo keltirmaysan-ku. Kuching nimaga yetsa, qo‘lingdan nima kelsa shuni ado etasan. Qani nimalar deyisharkin deya bir yo‘qlab qo‘ygim keldi. Ular yonida bir-ikki og‘iz gapirdim, siz ham bor edingiz. Chiqayotganimda qulog‘imga nimalar demadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:27:11

Sochiq, paypoq keltirib oldilariga qo‘ymabsizmi-ey... Yana nima balolar. Bunday qilish uyat. Buni gapirib yurish insonga yarashmaydi. Tarbiyali odam bunday izzattalab bo‘lmaydi. Yana to‘yning ikkinchi kuniyoq kelgan-ketganga bularni gapirib yurish yaxshimas. Shundaymasmi, bolam?! Mashaalloh, go‘zalsiz, odoblisiz, ko‘lingizdan ish keladi. Ko‘rdim, uyni tartibga keltiribsiz. Yana nima kerak?
Uyga bir ko‘z yugurtirib chiqqach:
— Siz kelguncha iflos bo‘lib yotardi bu uy. Hamma narsa ostin-ustun, ayqash-uyqash edi. Nachora, bolam. O’z boshidagi kalini ko‘rmaganlar, boshqaning sunbul sochidan ayb axtararkan. Dunyo shunday, teskari dunyo, teskari aylanmoqda.
Kelinning dardi qo‘zg‘aldi. Haqiqatdan ayol aytgandek emasmi?! Ne qilsa, yoqtirishmaydi. Mehmon oldida izza qiladi, kiygan kiyimigacha gapirib kamsitadi:
«Buni kiyib bo‘lmaydi, qizim, borib pushti ko‘ylak kiyib keling», deydi. Boshqa mehmon oldida boshqacha gapirishadi.
«I-e, qizim, har kelganning yonida bu kiyilavermaydi-ku, ayb bo‘ladi. Tez o‘zgartirib, boshqasini kiyib keling. Qo‘limni o‘pishni unutmang».
Buyruq beraverishadi. Istasa unisini, istamasa bunisini kiydirgizishadi. Har kelgan mehmon uchun alohida libos kiymoq kerak, degan xulosaga kelgan holda ertadan kechgacha kiyim almashtiradi.
Kelin bugun o‘ziga bir hamdard (aslida dardiga dard qo‘shuvchi) topgandi. Uning hikoyasi dardiga malhamday ko‘rinsa, aslida tuz, undan ham battar bir zahar edikim, ikki tomonni — qaynona, qaynsingil va kelinni jiqqa musht qilishga, oila va ayniqsa kelinning dardini kuchaytirishga bemalol yetib ortardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:27:23

Bechora kelin tushuna olmasdi. «Men bu yerga turmush qurgani keldim, g‘avg‘o uchun emas» deya olmasdi. Ularning yomonliklari haqida eshittan har yomon gapni intiqomning bir turi sifatida qabul etar va ruhi bu so‘zlardan shifo topajagini o‘ylardi. Qolaversa, uning so‘zlari kunlar kelib asqotib qolishi mumkin.
Qaydan kelib qoldi bu ayol? Har kuni kelsaydi. Har kuni suhbatlashsaydi. Unga dardini yorsa, biroz yengil tortarmidi? Besh daqiqa degan ayol ikki soat o‘tirib qolganini juda yaxshi bilardi. Buguncha shunisi kifoyaligini, vazifasini yetarli bajarganini, hali zamon uy egalari — qaynona va qaynsingil kelib qolishi sezgan ayol:
— Vaqt kech bo‘ldi, bolam. Besh daqiqa deb shuncha qolib ketdim. Sizning hurmatingiz uchun, qizim. Yana kelaman, sizni yana yo‘qlayman. Hozir kelsalar nari-beri, past-baland gapirib yurishar. Yaxshisi ketayin. Kelganimni aytmang, hech narsa gapirmang, yaxshisi, — dedi.
Turdi, ro‘molini oldi, eshikka tomon yurarkan, nogoh to‘xtadi, yodiga muhim narsa tushib qolganday kelinposhshoga nasihat qilishni unutmadi:
— Sabr qiling, chirog‘im. Sabr bilan har ish hal bo‘ladi. Sabr qilsang, g‘o‘radan holva pishar deb bejiz aytishmagan. Bu dunyoga hech kim ustun bo‘lmaydi. Hamma ketadi. Bir kun; qarabsizki, eringiz bilan yolg‘iz qolibsiz.. Ikki kunda qaynsinglingiz uzatiladi. Uy o‘zingizga qoladi. Bir eringizni amallab idora qilarsiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:27:30

Darvoza tomon yurishdi. Shunda kelin:
— Xola, aybga buyurmaysiz, qo‘lingizni o‘pishni unutibman, — dedi.
— Unday demang, chirog‘im. Tushunmaymanmi?! Begona emasmanku, xolangiz hisoblanaman-a?! Falon-pismadon desangiz xafa bo‘laman. Qo‘l o‘pishga havasmandlar qo‘lini o‘ping. Meni qo‘yavering. Xayr, xo‘sh, Alloh yor bo‘lsin!
Darvozani ochdi, asta boshini chiqarib, alangladi so‘ng birov ko‘rib qolmasin degan tarzda tez chiqib, yo‘rg‘alab qoldi. Kelinning ohistagina:
— Yana kutaman sizni xola, boshqa keling, bizni unutmang, — deyishiga tasdiq ma’nosida bosh qimirlatib, uzoqlashdi.
Ayol qay darajada samimiy edi? Albatta, kelin bu haqida o‘ylab ham ko‘rmadi, ayol o‘sha kun boshqasiga:
«Kelini juda ahmoq. Bugun bordim o‘tirdim-o‘tirdim, to darvoza oddiga kelib xayrlashguncha qo‘l o‘pish esiga kelmadi» deb aytganlarini eshitsa, har holda o‘sha ayol kimligini darhol bilib olar edi. U ketishi bilan kelin eshikni ohista bekitdi. Necha kun-ki, o‘ziga hamdard bir do‘st topolmayotgan kelin tomonga ham sarin bir shabada esganday bo‘ldi. Chuqur nafas oldi, xo‘rsindi. Qaynonasi ketayotib aylanishga uni ham taklif etmagani uchun o‘zicha koyinib xafa bo‘lgandi, hozir esa bundan xursand bo‘ldi. Sabr qil dedi ayol, qarabsiz-ki, uyda bir er, bir xotin qolibsiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:27:36

To‘g‘ri aytadi. Sulton Sulaymonga qolmagan dunyo qaynonasiga vafo qilarmidi, u ham bir kun xayr-xo‘sh qiladi, dunyoga vido aytadi. U ketgach, o‘zi xon, ko‘lankasi maydon. Yolg‘iz qaynsingilning qo‘lidan nima ham kelardi. Bir-ikki yil o‘tsin, ketishmasa ikkisiga ham o‘zi bas keladi. Hozirning ushdanoq qaynsingil bilan yolg‘iz qolsa, uni cho‘qib tashlaydiganday kuchli his etardi o‘zini. Hatto o‘tgan kun qaynonasining bog‘chada yo‘qligidan foydalanib, ishga joylashmoqchi bo‘lgan qaynsingilga shunday tikildiki, so‘zsiz, umi chekinmoqqa majbur etdi. Qaynonasi bo‘lsa, bunday qilolmasdi, ammo unga ham navbat keladi. Zotan, opasi kelin bo‘layotganda unga:
— Singlim, qaynona va qaynsingil shunday-ki, jim tursang, ular gapiradi, agar sen gapiradigan bo‘lsang, ular jim bo‘ladi. Ovozingni chiqarmasang boshingga chiqib oladi, bir oz dag‘alroq muomala qil, darhol bo‘yin egadilar, — degandi. Aytishicha, kelganining ikkinchi haftasidayoq qaynsinglisiga qo‘rslik qilgan edi:
— Qani keting-chi, siz kimsizki mening ishimga aralashasiz?! Bu uyning kelinposhshosi menman. Ikki kun o‘tar-o‘tmas kimningdir eshigiga ketasiz, shu ikki kun erimning nonini yeyish uchun ishlarimga aralashasizmi?! Qorningizni to‘ydirganimiz yetmaganiday, endi gapingizniyam eshitamizmi?! Odobingizni tuzating, — dedi va qiz jimib kolgan edi o‘shanda...
Yolg‘iz qolib ortiqcha totli xayollar surolmadi. Eshik ochilganday bo‘ldi. Derazadan qaradi. Keldilar. Qahva idishlarini yig‘ishtirmagani yodiga tushib, tezlik bilan saranjomladi. So‘ng: "Xush keldingiz", deya ularni kutib olmoq uchun tashqari chiqdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:00

* * *

Har kelin xonasiga kirib, o‘zlaricha taftish o‘tkazib, xotinlarga g‘iybat qilish uchun axborot to‘plash havasida bo‘lganlar Aminaning xonasiga kirish imkonini topa olmadilar. Lekin bari bir gap topish ilinjida kelinga "Qalaysiz?" deyishni unutmadilar. U haqida yomon gap eshitmagan, hatto Munavvarxonimning mish-mish, g‘iybat qilmasligini bilsalar ham, har duch kelganda bu savolni takrorlaydiganlar bor edi.
Bir kun xasta qo‘shni xotindan hol so‘ragani ketishgandi. Bemor og‘riq va iztirob ichida edi. Bir xilda yotolmay behuzur bo‘lar, goh o‘ng, goh chap yoniga ag‘darilardi. Munavvarxonim sog‘ayib keting, deb shifolar tiladi. Ayol chekayotgan azob qarshisida iztirobga tushmoqda edi. Shu sabab xastalikdan qutulolmasligini so‘zlardi.
— Hech bo‘lmasa, o‘lib qutulsam, — derdi. Munavvarxonim tasalli berdi:
Noumid bo‘lmang, singlim. Alloh buyukdir. Xastaligingiz uning mag‘firati uchun balki bir kafforatdir. Hali tuzalib qolasiz. Alloh taoloning o‘zi bir kun ichida shifo berishga qodir. Hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz. Shifo bergani uchun shukr etib, yaxshi ishlar qilasiz. O’limni orzu qilish yaxshi emas. Hammamiz o‘lamiz. Biroq qanday? Bo‘sh qo‘l bilanmi yoki oxirat uchun yig‘ilgan sarmoya bilanmi? Gap shunda. Allohdan shifo so‘rang. Xayrli umr so‘rang. Bu orada qo‘shnining tobi qochganligini eshitgan boshqa bir xotin ham kirib keldi.
— Hoy qiz, judayam mazangiz yo‘q. Nima buldi? Xabar yubormabsiz. Kelib ko‘rardik. U-bu narsa kerakmi, yolg‘izlikdan siqilmayapsizmi, ahvolingiz qalay? Qarang, qaboqlaringiz, chakkalariigiz cho‘kib ketibdi. Odam sal o‘ziga qaramaydimi? Bir ustixon bo‘lib qolibsiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:10

U bir oz shunga o‘xshash gaplarni vaysagach, Munavvarxonimga qaradi.
— Qalaysiz, Munavvarxonim? Yaxshimisiz?
— Xudoga shukr, yaxshiman?
— Kelin ham yaxshidir, inshaalloh. Ie, shu yerdamisan, qalaysan qizim?
— Rahmat, yaxshi xola.
Oradan besh daqiqa sassiz sadosiz kechdi. Faqat bemor ayolning ingroqlari eshitilib turdi: Munavvarxonimga qaradi.
— Bir oz suv...
Amina darhol suv keltirish uchun tashqari chiqdi. Xastaning to‘qqiz yoshlardagi qizi hovli supirish bilaya mashg‘ul edi. Onasi suv so‘rayotganini eshitib ichkari kirdi.
Bir ozdan so‘ng Amina Munavvarxonimning qulog‘iga yaqin qilib sekingina:
— Ona, hovliga chiqmoqchiman, — dedi. Munavvarxonim bosh qimirlatib tasdiqladi va Amina tashqari chiqdi. Bu orada haligi xotin bemor yonida o‘rinsiz so‘zlarini davom ettirdi. Bu gal Munavvarxonimga:
— Kelin bilan yaxshisan, inshaalloh, shundaymi? — dedi. Bu birinchi, ikkinchi yoki beshinchi so‘rashi emas edi.
— Xudoga shukr, yaxshimiz, — degan javobni oldi.
— Kelin biroz yotsiraganday, g‘alatiroq ko‘rindi. Yuzi ham tundroq bugun, bir gap bo‘ldimi deyman?

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:17

Kelgandan beri xastaga xastalik, dardiga dard qo‘shgan, ozgina yashash umidi bo‘lsa shuni ham so‘ndirgan bu ezma xotinga ne kerak o‘zi? Nimaga erishmoqchi?
— Masalan, kelinim bilan yomon bo‘lsam, bunga biror chorangiz bormi yoki bu bilan biror narsaga ega bo‘lasizmi?
— Bu qanaqasi, Munavvarxonim, sizlar yaxshi yashamasangiz, chiqishmasangiz men nimaga ega bo‘lardim?!
— Unday bo‘lsa, bunchalik so‘rab-surishtirishda qanday ma’no bor? Tushunolmayapman. Yaxshi yashasa sizga foydasi yo‘q, yomon bo‘lsa ham biror zarar ko‘rmaysiz. Tashvishlanmang, chiqisha olmasak, atrofga yoyilib ketardi, gapirishga hojat qolmasdi. Umuman, nega endi chiqisholmasligimiz kerak? U o‘zimning qizim, men esa onasiman. Hayron qoladigan joyim shuki, birov qizingiz bilan qalaysiz demasdi, keliningiz bilan qalaysiz deydi. Nega u ko‘pchilikni bunchalik qiziqtiradi: hech tushunolmayapman. Yana takror aytaman, men kelinim bilan yaxshiman. Bundan keyin ham Xudo xohlasa yaxshi yashaymiz. Kelinimning hozirgi ma’yusligiga kelsak, mening qizim bemor yonida o‘zini qanday tutishni yaxshi biladi. Albatta, bu yerda to‘y bo‘layotgani yo‘q. Allohdan bemorga shifo so‘rab, qalban duo etarkan, kulolmaydi, albatta, kulsa odobsizlik qilgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:24

Yana ko‘p gapirishi mumkin edi, biroq o‘z dardi bilan ovora xastaning yonida noqulay. Zotan, bemorni xafa qilgan bu ayolga ozgina saboq berildi. Xastalar ziyorati haqida ham ozroq gapirsa bo‘lardi, biroq ayol allaqachon chiqib ketgan edi. U ketgach bemorning Munavvarxonimga birinchi so‘zi shu bo‘ldi:
— To‘g‘risi, ahvolim shunchalik bo‘lib qoldimi? Demak, ancha yomonlashibman-da ?
— Yo‘q, singlim. Xudoga shukr, yaxshisiz. Aytganimday, Allohdan umid uzmang. Shu yoshga kirdim, har yil nihollarning, daraxtlarning yozdan so‘ng qup-quruq bo‘lib qolganini ko‘raman. Ilk bahor kelishi bilan Alloh ularga yana hayot baxsh etadi, ular yana jonlanadi. O’sha jonsiz quruq novdalar, shoxlar yoz kelishi bilan qancha odamga soya bo‘ladi, qanchasiga meva beradi. Siz ham shunday bo‘lasiz, singlim. Bu xastalik siz uchun, bahor yozdan so‘nggi bir mavsumdir-ki, daraxt yaproqlaridek gunohlaringaz to‘kilmoqda. Alloh nasib etsa, yaqinda onadan qayta tug‘ilgandek pokiza, beg‘ubor bir musulmon xonim bo‘lib oyoqqa turasiz. Uzoq yillar qanchadan-qancha odamlarga foyda keltirgansiz. Faqat sabr eting. Kelgan-kettanga ahvolingizdan shikoyat qilmang. Doim Allohni yodingizda tuting, unutmang, tilingiz tolsa, dilingiz bilan go‘zal ismini takrorlang, singlim.
Xasta yonida uzoq qolmaslik lozim edi, birozdan so‘ng ketishga ruxsat so‘radilar. Bemor eshitgan so‘zlaridan mamnun edi. Yana bir oz o‘tirishlarini, yo‘qsa tez-tez yo‘qlab turishlarini iltimos qildi. Munavvarxonim so‘z berdi. Takror-takror shifolar tilab, Aminani yoniga olib xayrlashdi, o‘ziga aytalgan so‘zlardan farog‘at topgan, bir talay yaxshiliklar his etgan bir xasta vujud va bu vujudda iliq yoshlarga to‘lgan bir juft ko‘z bor edi.

Qayd etilgan