Chuqur nafas olgach:
-Har kim ham sendek emas, bolam. Birov harakat qilib topadi, mol-mulkini farzandi uchun sarflaydi, birovbning tuki ham qimirlab qo’ymaydi. Ne qilasan elchilik!...
SO’ngra o’sha narsalarni taxlab, joyiga qo’yarkan o’chicha qo’shib qo’ydi:
-Inson buni faqirga bergani ham uyaladi. Koshki uyi yaqinroq bo’lsa, jahannamning tubi. Bormasdimu, ammo nachora non qayg’usi"¦
Amina beovtalandi. Haligi matohni bir ayol uylanadigan o’g’li uchun olmoqda. Qiz oilaning yolg’iz qizi. Bu shubha atrofida uzoq to’xtamadi AMina. Ayol ishini bitirgandi. Amina shubhadan tamoman qutulishni istadi. O’sha ayol Munavvarxonimmi yo boshqami?
-Xola,,bu narsalarni o’sha ayolga eltasizmi?
-Ha, qizim, nimaydi, nechora.-Qo’li bilan bo’g’ziga ishora qilib,-shuncha og’izni to’ydirmoq lozim. U yerdan boshqa mushtariylar chiqar.
Shu payt onasi ham gapga qo’shildi:
-U ayol qaysi mahalladan? Kimlardan? Bilasizmi?
Bo’xchaga e’tibor bermagandek boshini biroz ko’tarib ilgariga ishora qildi:
-Xuv, o’sha yoqda, QOrako’ldan nari. Nimaydi otiyam. Hozir, Muruvvatmidi, Munavvarmidi"¦shunaqa bo’lsa kerak.
Ona bola bir-birlariga qarab qo’yishdi. Qarashlarida ko’p mazmun nihon edi. Amina ma’yus tortdi. Xotin aytgan ayol o’sha Munavvarxonim edi. Hozirdan bu tushunchada bo’lgan qaynona yonida men nima qilaman degan hayolda edi. Onasi xotinga qarab dedi:
-Shoshmang, buvi, bunday ishlar ayb-ku, bularni o’z qizingizga ravo ko’rasizmi, demadingizmi?
Xotin ko’zlarini yarim yumib, sal iyagini ko’tarib, :qani bo’sh kelma" degandek:
-Ey, mening ishim nima qizim. Aqli, vijdoni bor bo’lsa, mening maslahatimga ehtiyoji bormi? Demak, hamiyati buni ko’taradi. Menday bir bo’hchachining gapi deb o’z so’zidan qaytarmidi? Haqiqatda shayton chalg’itgan. Sizga bir narsa aytaymi? O’sha uyga kelin bo’lib boradigan qizga yuragim achiydi, og’ir bo’ldi unga deyinmi, nima deyishni ham bilmayman. Ota-onasi so’rab surishtirishsa bo’lardi-da. Ota-onasining joni yo’qmi, zardasi yo’qmi, bilmadim. Bolamni bunday kuydirgandan ko’ra uyda saqlardim. So’ng o’zicha soz’aldi:
-Qornini to’yg’izolmasang, bo’g’ziga ip solib tort. Hech bo’lmasa bola bechora kimligi noma’lum bir kishining qo’lida umr bo’yi qiynalishdan ozod bo’ladi.
Ayol soz’alri yetarli bo’lganini fahmladi, shekilli, bo’g’chasini olib, "œAllohga topshirdik,hayr", derkan:
-Kimning qizini olayotganini bilganimda edi, tap tortmay ogohlantirgan bo’lardim. Bunday ishlar savob. Hech bo’lmasa mas’um bir qizchani qutqargan bo’lardim. Odamgarchilik bizni tark etdi. Onam akamni uylantirayotganida nimalar qilmadi. O’sha kunlar o’tdi-ketdi"¦
Shularni aytib-aytib bo’xchasini ko’tarib chiqdi-ketdi. Ortidan eshik yopgan Amina va onasi bu so’zlardan bir qarich cho’kkandek bo’ldi.
Umuman ayollar shunday. Yu daf’a yolg’on tuzog’iga tushib, yana yolg’onni eshitsa, ishonadi, shu qadar ko’p boshdan kechirdimku, deyish ularga yot. Bo’xchachi ayol bu ish bilan nimaga erishib, nimani yo’qotadi. Yo’qotadigannarsasi yo’q. Aslida odobdan, hayodan iffatdan mahrum kimsaning odatiy ishi. Har kun shu zaylda kechadi. U uchun muhimi, pul, ig’vo, g’iybat. B ishi to’g’rimi, yo’qmi, o’ylab ham ko’rmaydi.