Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 95927 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 17 B


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:47:04

Sodda, lekin toza kiyingan bir xonim. Vazmin. Soz’alshi ham, sukut saqlashi ham o’rinli. Har holi hurmatga sazovar fazilat sohibasi. Mahmud og’a aytganidek, ikki soat ilgari aytgan soz;alri uchun xotinini xijolat chektiradigan,uyaltiradigan yetuk xislatlarga ega bir ayol. Aminaning ko’ngliga bu kecha ishonch  hislari to’ldi. Uni ko’rishi bilan yuragi huzurlandi. Odamlar shunaqa. Mehri ko’zidan, yaxshiligi yuzidan bilinib turadi. Bir xillari bor-ki, qancha harakat qilinsa-da, yuzi-ko’zini ko’rib so’zini eshitib,aslo yaxshi ko’rib bo’lmaydi. Shunday odamlar borki, ularni ko’rishing bilan, ko’nglingda yaxshilik qilish tuyg’ulari tuyuladi. Ular ta’sirida latif hislar og’ushiga kiradi inson. Yuzlarida nur bor, iliqilik bor. Alloh ular ko’ngliga muhabbat bilan nazar solgan, ularning yuzlari Allohning zikri bilan nurlangan qalblari aks etgan oynadir. Odam ularning yuzlarida qalblaridagi samimiyat va ixlos go’zal insoniy tuyg’ular aksini ko’rib darhol mehri ortadi. Azaldan taniydigan, biladigandek bir-biriga el bo’lib qoladi.
Munavvarxonim Aminada shundat taassurot qoldirdi. Amina yiroqdan kelgan xolasi qarshisida turgandek his etdi o’zini. Uning dona-dona soz’lari, so’zlayotib ma’nolarga to’la mas’um ko’zlari bilan Aminaga qarab qo’yishlari ko’ngliga orom berardi. Yarim soat avval koshki kelmasalar edi deya o’ylagan Amina ketishlari yaqinlagan sayin yana biroz o’tirishlarini chin ko’ngildan istardi.
Ey, hush hulq! Ey,go’zal ahloq! Qanday qimmatli, qanday buyuksan. Sen-la dushmanlar do’stga, musibatlar saodatga aylanadi. Ey, go’zal ahloq! Alloh huzurida sharafing ulug’!!!!Aminaning bo’lajak qaynonasi haqidagi tushunchasi Munavvarxonimning hush fe’li, go’zal hulqi, ochiq chehrasi tufayli qisqa bir fursatda o’zgardi.

-Qanday onasi, nima deysan? Boshida kali bo’lmasa bir bora kelardi, deganding. O’sha o’ydamisan?
Xotini kulimsirab turardi. Mamnun edi.
-Hozircha bir narsa deb bo’lmaydi. Yaxshi ayolga o’xshaydi. InshaAlloh oxiri hayrli bo’lar.


Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:48:02

Mustafo o’qirdi. Uylanadigan erkak vazifalarini, o’ziga omonat berilayotgan bir xonimga haqsizlik qilmaslikni o’qib o’rganmoqda edi. Adolatli, mehribon oila boshlig’i qanday ahloq qoidalariga rioya etishi kerakligi to’g’risida izlanmoqda edi u. Uning izlanishi o’ziga oid vazifalarini bilishiga aloqador. Aminaga aloqadorini Amina o’ylasin. Oilada yaxshilik va insoniylik yo’lini, har bir yaxshi ishni o’ziga ravo ko’rish, shu bilan birga Aminaga ham go’zal muomala qilish yo’lini tutish lozim. Avvalo pichoqni o’zingga ur og’rimasa birovga. Nomusga aloqasi bo’lmagan ayblarni berkitib avf etmoq yo’lini, yillar bo’yi onasidan o’rgangan sabr, azmu qaror yo’lini tutmoq lozim. Amina ham bularni bilsa kerak,ehtimol eshitgandir. U ham inson. Mustafoning yaxshiligiga yomonlik bilan javob qaytarmas, axir?!
Xato kamchiliksiz, bekamu ko’st insonni axtarish"¦ imkondan tashqari ish. Shu qadar imkonsiz-ku, o’z yaratganiga qarshi hatto kech-kunduz isyon qilgan inson, o’ziga o’xshash bir insonga nisbatan vazifasini ado etolmasa, bu g’arib-g’alat qabul qilinmasligi kerak, ya’ni bundan ajablanmasa bo’ladi. Modomiki gulning ham tikani bor ekan, Mustafo gulni tikani bilan birga yaxshi ko’radi. Kim bilsin, o’zining ham qilajak qancha xatolari bor? O’zaro munosabatlarda Mustafo yaxshi insonligini ko’rsatishga azmu qaror qildi. Hayotda ham, oilada ham yaxshi yashashni ta’minlash — Alloh rizosini topish uchun harakatdir. Mustafo shunday qilmoqchi. Aslo odamlar yaxshi yashadilar, deyishalri uchun emas.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:48:24

Amina yana ikki bor qaynonasini uchratdi. Uni o’z xolasidek ko’rib qoldi. Chunki xayolidagi qaynonaga zid o’laroq, bir samimiyatni ko’rdi unda. Uyiga kelguncha soxta mehr tuygan, uyiga kelgach esa har kuni oz-ozdan o’zgarib boruvchi qaynona hislati unda yo’q. Shu sabab Amina uni o’ziga yaqin oldi. Unga nisbatan ko’nglida mehr-muhabbat va hurmat jo’sh urdi.
Ajabo, Mustafosi qanday ekan Aminaning. Agar u Munavvarxonimning o’g’li bo’lib, tarbiyani undan olgan bo’lsa,muammo yo’q. Ammo ish faqat uning o’g’li bo’lish bilan bitmaydi, albatta. Ota-onasi pok, xush ahloqli bo’lib, bolalari odobsizlar ham uchrab turibdi-ku hayotda. Ularda o’sha ota-ona tarbiyasidan hech bir alomat ko’rinmaydi. Hatto ba’zilari umrini ibodat bilan ziynatlagan ota-onasini ayblashgacha boradi-ku.
Xuddi bebaho injuni o’g’lidan asragandek sochlari ham begona ko’zlardan yashirib o’rab-chirmab, asrab avaylab o’stirilgan qizlar shu qadar ochildiki, hatto hayosizlik va yalang’ochlikning eng so’nggi darajasiga qadar yetib bordilar. Ko’zini haromdan saqlash uchun ko’r bo’lishni orzu qilganlarning o’g’illari islavotxonalarda tunashni odat qildi. Ertalabgacha qimorxona va mayxonalarni obod qiluvchilarning bir qismini ota-onasi harom yemoqdan olov yutishni afzal ko’ruvchilar edi.
Mustafo-chi, deb o’ylar edi Amina. U ham shunaqa toifadanmi yoki ona tarbiyasi bilan hayoli o’sgan bir yigitmi? Lekin hozircha bu savollar javobsiz qolib, hayolida aylanar,uni bezovta qilardi. Oh!!! Munavvarxonim kelsa edi,u haqida bir ikki og’iz so’zlasaydi, uyalmasaydi, yo’lini topib so’rasay u haqida. Ba’zan Aminani nekbin tuyg’ular tuyg’ular chulg’ar, Munavvarxonimdek ayol o’g’li loyiq bo’lmasa uylantirishga otlamsdi deb o’ylardi. Ertaga uyaltirib qo’yishini bilib bu ishga qadam ham qo’ymasdi, birovlarning eshigiga qiz so’rab, kelin axtarib bormasdi. Lekin qaysi ona o’g’lini yomon deydi, yomon ko’radi va o’g’lining uylanmasligini istaydi? Agar Mustafoni uylantirish lozim bo’lsa, o’zi chekinib, qarindoshlariga tashlab qo’ymaydi-ku"¦Lekin bo’lar ish bo’ldi. So’z berildi. Otasi so’zidan qaytadigan kishi emas. Agar Mustafoga bermasa, kimga uztadi? Yana o’shandek notanish birovga. Shunday ekan ne bo’lsa bo’lar. Hech qursa Munavvarxonimdek asl va pokiza bir qaynona bor-ku"¦


Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:48:54

Amina duo qilmoqda. Mustafo aroqxo’r, qimorboz bir kim bo’lib chiqmasligini so’rab, duolar qilmoqda. "œYo Rabbim, har ishga qodirsan, har ne sening qudrat qo’lingda, har ne sening xazinangda yetarli. Boradigan joyimda uyaltirma, turmush qilolmay ortga qaytishdan O’zing saqla. Odobli, nomusli yashashni, iymonli, ibodatli dunyodan o’tishni, huzuringga pokiza holda borishni nasib ayla yo Rabbiy!"
Amina namozdan keyin shunday duolar qilardi.

To’y uchun lozim bo’lgan hozirliklar ko’rildi. Bu borada ancha tushuncha va hayotiy tajribasi bo’lgan Mahmud og’a Yusuf afandi orqali Munavvarxonimga shu xabarni yetkazdi:
-Ba’zilarga ergashib, afsuski, urf holiga kleib qolgan isrof va turli tashvishlarga berilmasin. Mutlaqo shart bo’lganini bajarsin. Elning og’ziga elak tutib bo’lmaydi. Ularni mamnun qilish uchun urinib qolmasin.
Munavvarxonim Mahmud og’aning bunday fayzli maslahati va takliflarini juda yaxshi qabul qildi. Og’a so’zida haqli edi. To’ylarda behisob pullar nechun behuda sarflanmoqda?Xositsizlik uchun! Maqtanish uchun! Shuhrat uchun!!!
Kelinposhsha bir kun, bor yo’g’I bir soatgina kiyadigan liboslar uchun! Har biri bir faqirning bir necha oyligiga teng bo’lgan qimmatbaho, lekin o’rinsiz ziynat ashyolari uchun! Bular qancha kambag’allarni tanglikdan qutqarishi, qancha mas’um go’daklarga shodlik ulashish mumkin edi, deya yaqinlariga tushuntirishdan charchamsdi Munavvarxonim. Elning bu holga tushishiga sabab bo’lgan ikki toifa insonlar bor. Birinchi toifa molini sarflab tugatolmaydigan, o’rinsiz joylarga isrof etadigan boylar. Ikkinchisi, shunday boylardan olingan qarz ostida qolib to’y — ma’raka o’tkazib, boylar bilan bellashmoqchi bo’lib, beli sinadigan faqirlar. Ana shu ikki toifa orasidan ba’zan tikanlar aro qulf urgan rangin chechakdek, aqlli va bu aqlini hayrli yo’lda ishlatadiganlar ham chiqib qoladi. Ularning to’yga hadyasi isrofu harajat emas, shu yoshlar tarbiyasidir. To’y va turmush faqat mol dunyo bilan emas ma’naviy hol, bir-birini tushunish, go’zal ahloq bilan bunyod bo’lishini yaxshi biladilar, yoshlarni shu yo’lda tayyorlab yetishtiradilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:49:19

Demak, Mahmud og’a shularning biri. Isrof emas, yaxshi turmush zarurligini chuqur anglagan bo’lsa kerak-ki, qudalariga ham shunday xabar jo’natdi.
Oradan ikki oy o’tdi. To’y hozirligi tugadi. Aslida hech bir to’yda bunday tayorgarlik mukamml bo’lgan emas. To’y xoh kelishuvdan  bir oy so’ng qilinsin,xoh ikki yil keyin qilinsin, natija bari bir shu, bari bir yana talay ishlar, tikilishi, bichilishi, olinishi kerak bo’lgan ashyolar qolib ketadi. Inson bu dunyodan har bir ishini tamomlab ketolmaganiga o’xshaydi bu hol.
Uch kundan keyin Aminani olib ketadilar. Endi o’zga bir oilaning qizi bo’ladi, u yerni yurt tutadi va bir umr o’sha yerda qoladi. Hozirlangan narsalar o’raldi, chirmaldi, tugildi, sandiqqa solindi. Yo’lga chiqishi yaqin musofir go’yo. Et bilan tirnoq ajralishidek holat bu hol. Non va suvdan ortiq sevilgan ota-onaning qo’llari o’pilajak. Bu mahalla, bu uy, bu bog’ Aminaga faqat bir mehmonxona bo’lajak. Endi Amina yayrab kezgan, shodlanib, o’ynab-kulgan, umrining eng shirin, eng saodatli kunlari kechgan bu xonadonga xohlagan paytida kelolmaydi. Qo’ylarini sog’arkan otasi yelkasiga ohistagina urib, silab "œhayr, Amina" deyishini eshitmaydi va javoban:"Ishingizni Alloh o’nglasin!" deyish zavqini endi tuymaydi.
Ha, otlanish damlari yaqinlashmoqda. Har bo’yi yetgan qizning boshida bor bu hodisa. Buni chetlab o’tib bo’lmaydi. Lekin ba’zan Amina chiday olmay qoladi, ayriliq o’gir ko’rinadi. Dunyoga kelmasaydim, ayol bo’lmasaydim demoqchi bo’lardi. Faqat bu bilan hech narsa o’zgarmasligini, bu fikr Allohga xush kelmasligini yaxshui tushunadi. Istig’for aytadi darhol. U bo’lmasa, boshqa bir qiz o’sha uydan ketadi. Ayriliq azobini tortib, uning yuragi ham dog’lanmaydimi?
Amina ota-onasiga ichdan toshib kelayotgan nimalarnidir aytmoqchi bo’ladi. Faqat nima deydi? Oh, ularga dilini yorsaydi, shashqator yoshlar to’ksaydi. Yo’q, bu holat ularni ham yig’latadi, dardlarini ziyoda qiladi. Lekin qo’ylari unaqa emas, ular Aminaning hamdardlari. Shu sabab ikki-uch kun dardini ularga yordi, ko’zlaridan o’pdi, boshlarini siladi, hidladi, erkaladi. To’yib-to’yib yig’ladi"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:49:54

O’sha oqshom Amina o’z xonasida ekan, tashqaridan oyoq tovushi kelgandek bo’ldi. QUloq soldi. Ha, zinadan kimdir ko’tarilmoqda. Otasi:
-Amina, yotdingmi qizim?
Amina eshikni ochi:
-Hali yotmadim, ota, kiring,-dedi.
-Bolam, bilasan, sening xonanagga kirish odatim yo’q,ammo bugun ikki o’giz suhbatlashib bir pas o’tirsam dedim.
Otasining rostan ham  bunday odati yo’q edi. Amina biroz hayajonlandi,ammo bu tezda o’tib ketdi. O’zini o’ngladi.
-Qizim,ikki kundan keyin kelin bo’lib ketsan. Alloh hayrli turmush ato qilsin. Ikki dunyo yuzingni yorug’ qilsin. Bu yerdan ketib, borgan yeringni qizi bo’lasan. Qaynonangni onangdek hurmat qilishngni istardim. Doimo kichikligingni, kattalarga izzat-ikrom ko’rsatishni untma, yomon so’z eshitsang ham yaxshi so’zla. Sen samimiyatdan ayrilma. Shuni unutma-ki, qilgan kichik yaxshiliging, Alloh tarafidan ziyoda qilib qaytariladi. Bugun kattalarga hurmat ko’rsatsang, ertangilar seni ham hurmat etishadi. Seni borgan joyingda uyalmaydigan bir odaob o’rganishga, yaxshi tarbiya berishga harakat qildim. Umid qilamanki, sen ham meni uyaltirmaslik uchun qo’lingdan kelganinicha g’ayrat ko’rsatasan.
Mahmud og’a sukut saqladi. Qareshisida bosh egib turgan qiziga bir-ikki lahza qarab qoldi. O’zi ham hayajonlandi. Yolg’iz qizini uzatish arafasida bu soz’alrni aytish osonmi? Ellikdan oshganiga, tajribalarda kechgan umriga qaramasdan hayajonlana boshladi. Qarshisida odob va tarbiya bilan o’stirgan yolg’iz guli, malaksifat qizi,lekin bir mehmondek o’tiribdi. Og’a umr bo’yi uning o’sib unishiga harakat qildi.Umrini shu gulni yetishtirish zavqi bezadi. Shu zavq bilan ovunardi. Endi, mana ayriliq kunlari Endi u ketmoqda. Farzand mehri bilan to’la keksayib borayotgan ko’ngli ham u bilan ketmoqda. Faqat endi hisning emas, aqlning amriga muvofiq ish tutish payti edi. Qiziga aytishi kerak bo’lgan so’zlari bor edi. Shu bois so’zlarini dona-dona, vazmin-vazmin davom ettirdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:50:21

-Ular bilan kelganingda doimo eshigim ochiq. Faqat ulardan shikoyat qilib, turmushingdan nolib kelmagaysan. Doimo o’z holingdan rozi bo’l, qizim,shukr qil. Dunyo inson istagan narsasini topadigan joy emas. Unutma-ki, turmushi buzilib ichidan qon yig’lahan ayollar bor. Seni onangdek yaxshi ko’radigan bir qaynonaga ro’baro’ kelishingga, sening haqlaring toptalmasligiga ishonamiz. Yaxshi tarbiyali kuyov topishga harakat qildik. Alloh bizni uyaltirmasin. Hamma ham turmush quradi, bunga qarshi bormoqqa birovning haqqi yo’q. Shu sababli hafa bo’lma, bolam. Allohning qonuniga, amriga sen ham albatta, itoat etursan. Sen ham Allohning buyrug’iga muvofiq oila qurursan. Qur’on va namoz o’qishda davom et. Allohning quli eknaligingni hech ham unutma. Yaxshi turmush ato etishi uchun doimo Unga yolvor. Sen Allohni unutmasang,Alloh ham seni aslo unutmaydi. Qani, endi menga ruxsat, qizim.Senga hayrli tun tilayman.
-Xudo hayringizni bersin, ota.
Amina otasining ko’ngli to’lib- to’liqib, sal buzilib, jon qulog’I bilan tingladi va uzoq vaqt uning ma’nodor so’zlarini o’ylab yotdi. Uning nasihatlari hayolidan ketmadi. Ko’nglini band etdi. O’zicha ularni aql tarozusiga qo’yib, otasining har so’zi naqadar salmoqdor ekaniga tan berdi va jon deb qabul qildi. Yaxshi turmush qurishni istagan har bir aqlli inson bunday nasihatlarga amal qilish majburiyatida ekanini, buni chetlab o’tishning iloji yo’qligini e’tirof etmoqdan o’zga chora topolmadi. Zotan, hayot tajribasiga ega, yaxshi yomonni ajratadigan ota qiziga yanglish o’git bermaydi. Shularni o’ylab Amina o’z yotog’iga, o’rniga kirdi va birpasdan keyin uyquga ketdi. To’y ajoyib bir narsa, go’zal yig’in. Bor-faqir, do’stu g’anim bir joyga to’planadi. Dardlini ham chorlaydi to’y. Hatto inson taxammul qilish mushkul bo’lgan dardi bepayonlar ham kelishadi to’yga. Barchasi shod xurramga o’xshaydi. Ammo koplarning dardi to’yda yangilanadi, ko’plari yangi dard orttirib oladilar. Masalan, bu to’yda farzand dog’I, yo’qotish azonbini kechirayotgan bir ona bor. Odamlar orasida o’zini tutib turgan, qalbi pora-pora bo’layotgan yillar davomida oq yuvib, oq tarab o’stirgan gul yuzli bolasini qo’ldan oldirgan ona dardini o’zidan boshqa kim ham chuqurrqo his etardi? To’yga taklif etilganlar orasida bir xonim bor, yonida so’lg’in yuzli ikki farzandi bilan mahzun-mahzun atrofni tomosha qilmoqda. Goh-goh oylardan buyon ota qo’li tegmagan yetimlar boshlarini, tosh kabi qattiqlashgan boshlarini silab, sochlarini tarab qo’ygandek bo’lardi. Ismi Jamila uning. Jamilaxonim har kuni ikki do’sti bilan unikiga non va oziq ovqatlar yuborayotgan Mahmud akaning uyida ekanligni bilmasdi. Bu xonim hozir Kelinlik libosi ichida ming bir hayajon bilan ota ota uyida so’nggi kechani o’tkazayotgan qizga boqardi. U qadar hayajonli emas, faqat unda ziyoda o’ychanlik bor. Necha yillar bu hayotni bugungi holga tushishini hayoliga keltirmasdan yashadi. Bugun ikkisi yonida, biri qo’shnisi qaramog’ida, jami uch yetimi bo’lgan Jamilaxonim kelinlik zavqini to’yib-to’yib totgan edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:50:48

To’yda yosh qizlar bor. Aminaga hasad-havas aralash boqib, bir kun kleib biz ham yopinchiqqa o’ranib kelin bo’lamiz, deya mag’rur yurgan qizlar. Yana bu to’yda borgan joyida totli hayotga vido aytgan, kelin bo’lganiga emas, dunyoga kelganiga pushaymon bo’lib, ota-onasiga la’nat yog’dirganlar ham bor. Bu yerda o’tirib,sassiz-sadosiz yig’lashgan, atrofga e’tiborsiz ikki yosh xonimga ne deysiz? Yuz — ko’zlari bir biriga naqadar o’xshash bularning. To’yga faqat yig’almoq uchun kelishganmi? Boshqa topishib yig’laydigan joylari yo’qmi? Ha, bular oylardir bir-birini ko’rishdan mahrum, agar tasodifan uchrashsalar-da, suhbatlashish man etilagn baxti qaro opa singillar. Ikkovi ham oilali, erlari orasidagi kelishmovchilik tufayli toy’da ham suhbatlasholmaydilar. Suhbatlashsalar erlari ajrashishni shart qilgan. Aslida to’yga bir-biridan tamoman xabrasiz kelgan bu xonimlar tasodifan ko’rishib, quchoqlashib, o’pishib, yig’lashdilar,ammo bir so’z aytolamydilar, qalaysan, jigarim deyolmaydilar. Endi yonma — yon o’tirish zavqini totar ekanlar, ayni paytda suhbatlashmaslik iztirobidan ezilar, bu ikki tuyg’u qo’shilib, sevinch va azob ostida yig’lashar edi. Bir uyda o’sib, minglab shirin — achchiq xotirlarni soz’alshdan mahrum. Bu zulm. Qaysi ahloq qoidasida bor bu.
Shunga qaramasdan to’y ko’ngilxushlik bilan davom etardi. Ba’zan bir-biriga qarab o’ynaymiz deb turishgan ikki bolakay tomoshabinlarga zavq ulashar, ularni kuldirishardi. Ba’zan bazo’r qo’llaridan tortib o’rtaga taklif etilgan kelinlar bir ikki aylanib o’z joyiga o’tirishardi. Bu orada semiz qornini sakrata-sakrata o’rtaga yosh bir juvon chiqdi. Modomiki, to’yga kelidikmi, o’ynab kulaylik deya aylandi. Turli nag’ma, muqom hunarlarini ko’rsatib, goh o’ngga, goh chapga aylanib zavq va shodlik ulashardi.

"œQozonda hedik qaynona,
Tishlari kemtik qaynona,
O’g’ling yegulik keltirmish,
Sensiz yedik qaynona."

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:51:13

Munavvarxonimga qarab sizga aytyapman, degandek bo’lardi. Yoshi o’ttiz beshlar atrofida ko’ringan bu ayolning yo qaynonasi yo’q, yo uning o’gzini ochirmaydigan holga keltirgan. Yana kim bilsin, o’z uyida kelinidan mag’lub, o’’g;ini uylantirganidan, shu o’y boshiga kelganidan pushaymon, har kun kelinidan yomon so’z eshitadigan,kaltak yeydigan qancha — qancha qaynonalar bordir-ki, bu soz’alr ularga balki ignadek botib borardi. Boshalriga musht tushgandek bo’lardi. Qorindor ayol yetarlicha o’ynadi. So’ng tishlarining bir qismi tushgan, bir qismi chiriy boshlagan o’n olti  o’n yettilarga kirgan bir qizni terlarini artib, bir tarafdan qiz sening qanday hunarlaring bor, degandek kulimsirab o’rtadagi qizni kuzata boshladi. Qiz agar boshqasi taklif etmasa, o’zi o’rtaga otilib chiqadiganlar xilidan edi. Ba’zilarning uyala-uyala, bir aylanib — qoqilib, o’tirib qoladigan o’yingohni zavq va hayajonla kezsihlari butun mahoratini namoyon qilib ustaliklarini ko’rsatardi. Tishlarining xunukligiga qaramasdan nihoyatda xush ovoz edi.

"œOnajonim, jigarni mushuklar yedi,
Oh, shu mushukni tutib olsam"¦
Shu mushukning tukalrini yulib olsam,
Etlarini dudlab qoq qilsam,
Qaynonamga, qaynsinglimga yedirsam"¦"

Shu zaylda kuylab hammani kuldirar, to’yni qizdirardi. Faqat u o;ylab ko’rmagan balki o’ylasa-da beparvo qaraydigan bir narsa bor edi. Balki bo’lajak qaynonasi hozir uni tinglayotgandir. Na qadar xunuk bo’lsa ham, bitli yosmiqqa ham bir ko’r xaridor topiladi. Unga:"Eh, bir qo’limga tushsayding", deb tish qayraganlar bilan birga:"Alloh sendan o’zi qarasin, hozirdan shunday desang, kim bilsin borgan joyingdagilarning boshiga ne savdolar, ne kunlar solasan.Alloh bo’lkaj qaynonagga sabr bersin", deguvchilar ham bor. Tajribali kelinlar uning bu so’zlaridan keljak hayotini tasavvur qilayotgandek, achinayotgandek bo’lishardi. Shulardan birining ko’zlari unga:"Dunyo neligini tezda bilarsan va bu soz’alrinng pushmon qilarsan", degandek boqib turardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2008, 14:51:41

Munavvarxonim hammasini tinglar, atrofni vazmin va ohista kuzatib yurardi. U bu xil qaynonalardan bo’lmoqchi emas. Bo’lmaydi ham. Buning uchun qo’lidan kelgancha harakat qiladi. Uning sabri bir kun, biro y, bir yillik emas. Toshlarni chatnatib, eng marhamatsiz, eng vijdonsiz kimsalarni tiz cho’ktirajak bir sabr bu! Hach bir qaynonaga nasib bo’lmagan tengsiz bir sabr! Munavvarxonim kechirimli, bu xislatni keliniga ko’rsatadi. Har kun qusurli ish qiluvchi, har kun qabih bir yomonlik etadigan kelin kelsa ham uni kechiradi. Yaxshilik yomonlikni ketkazishini biladi. Yaxshilik dushmanlarni do’st aylashiga ishongan bir azmu qaror ila avf etadi. Faqat odamlar:"Munavvarxonim kelinini yaxshi idora etdi", deyishlari uchun emas, Alloh rizosi cuhun va hurmati uchun kechiradi, sabr etadi. Munavvarxonim shunday to’yga tarafdormidi? Yo’q. Qo’lidan kelsa yanada soda va samimiy bir to’y qilardi. Faqat turli odatlarga ko’nikkan jamoatni qanday qilib birdaniga ko’ngildagidek to’yga ko’ndira oladi? U zimmasiga tushgan vazifani qo’lidan kelganicha ado etdi. Masalan, ayollar orasiga erkak cholg’uchi kirgizmoq u yoqda tursin, har  biri erkaksifat, ayollik odobidan yiroq behayo cholg’uchilarni ham yaqinlashtirmadi. Ammo bu mahrumiyat ichida ham o’zicha bir ko’ngilxushlik tartibi tuzib olganlarga uddavuron ayollar har to’yda topiladi. Qolaversa to;y ham bir ko’ngilochar dilxushlik bo’lgani cuhun bundaylar, agar Allohga isyon darajasiga bormasa, yaxshi kutib olinishi kerak. Kemtik tishli qiz qorindor ayol namoyish etgan maqomlarni davom ettirdi. U maromiga yetkaza olmagan o’rinlarni qoyillatishga harakat qilardi, oyoqlarini kuyga mos tarzda o’ynatar ekan:
"œQozonda pish qaynona,
Tilarga tush qaynona,
O’g’lingni senga qoldirmam,
Kel, undan kech, qaynona".
Shu to’rtlikni kuylab yana aylana boshladi.

Qayd etilgan