Bir kun qaynona va qaynsingil uyda yo’q paytida "œtasodifan" eshik taqqiladi. Aslida, bu tasodif tashrif emas, balki u qaynona va qaynsingil birga chiqib ketganini ko’rib, shosho-pisha kelgandi.
-Mehmon olasizmi qizim?
-Marhamat kiring xola.
Ichkari kirdi, oyoq kiyimlarini yechdi. Kelin ohistagina qaynonasi uyda yo’qligini aytdi. Ayol go’yo mahzunlandi:
-Ko’rdingizmi, qizim,shosha — pisha keluvdim.Mayli, bolam, salom deng,men ketay.
-Besh daqiqa o’tiring xola, hoz kelib qolsalar kerak.
-Ketay chirog’im ishim bor.Men bu yerda ekanimda kelsalar nari beri gap bo’ladi. Ular shu yerda ekanida kelarman.
Kelin zerikkan edi.Biroz suhbatlashgisi kelardi. Necha kunki qaynonaning qovog’i soliq. Uyga hokimlik havasida bo’lgan qaynsingilning gaplaridan siqilgandi. Shu sabab ular yo’g’ida Xo’jayi Hizrdek paydo bo’lgan bu ayolning kelishi bir ne’mat bo’lib, biroz suhbatlashamiz deya sevindi. Biroz o’trisa hech narsa bo’lmaydi, odam taftini odam oladi, ochilishadi.
-Xola, o’tiring, qahva olib kelay,ichib ketasiz. Yo’qsa, hurmat etmabsan, deb qaynonam mendan hafa bo’ladi. Men ham zerikib o’tiribman, besh daqiqa suhbatlashamiz, meni hafa qilmang. Xo’p deng, xola, keling, xo’p deng.
Aslida o’tirgisi kelib turgan ayol:
-Mayli, besh daqiqa bo’lsa, o’tirayin. Ammo sening hurmating uchun, bolam. Ishom bor edi,- deb qahva quygan kelinning yoniga o’tirdi. Qahvadan ustma-ust ikki marta xo’plab, yaxshi deb maqtadi, qo’li yengil, odobli, tarbiyali ekanini aytgach dedi:
-Qizim, seni yaxshi ko’rib qoldim. Oyoq ostida qolib ketmasliging uchun gapiraman. Qaynonang yaxshidir-u, faqat ba’zan bo’lar bo’lmasga asabiylashadi, pashshadan fil yasaydi. Hushingni yig’ib ol. Hurmat qil, nachora qizim. Kelinlik bu. Biz ham boshimizdan kechirdik.
Qahvaning qolganini bir ikki xo’plab xo’rillatib ichdi:
-Ofarin bolam, qo’ling dard ko’rmasin. Ko’pdan beri bunday shirin qahva ichmagan edim. Aytganday, qo’ling yengil ekan.