Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 95970 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 17 B


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:07:07

Uch eshik naridagi qo’shnilarga kelin tushdi. Kelinni uyini mahalla kezuvchi xotinlar obdon tekshirdilar. Zarur gaplar aytildi. Ketar chog’I qaynsingil kelinga eshitilmaydigan tovushda:
-Xomroq chiqdi,opa. Qaynota uchun aqalli bir sochiq ham qo’ymadi. Bir juft paypoqqa ham loyiq emasmi? Uyalib ketdim. O’zim qo’ydim. Eshitsa qiyomatni boshlaydi. Nechora boshga tushganni ko’z  ko’radi,-dedi.
So’ngra xo’rsinib qo’shib qo’ydi:
-Bilmay qoldik, bilolmadik.
Yana gapirilajak nimalar bor? Ikki kun ichida mish-mishga arzirlik qanday voqealar ro’y berdi? Kelinni ko’rib, uning kamchiliklarini atrifga yoyish uchun kelgan, bundan zavq oladigan xotinlar uchun hozirgi voqea ham g’iybatlari uchun yetarli xom ashyodir. Ular to’g’ri o’z uylariga bormaydilar, avval qaysidir dugonlarinikiga kirib, ostanadayoq voqealarga o’zlaridan qo’shib, navbatdagi dugonanikiga shoshadilar. Axir vazifa juda og’ir,shoshilish kerak. G’iybatni tarqatish kerak. Bu orada yo’lda tanishi to’xtatadi.
-Qayoqqa bunday shoshilyapsiz, Zakiya xonim?
-("¦..) nikidan kelyapman. Kelin ko’rgani brogan edim.
-Qanday ekan?
-Bilmadim, oxiri baxyr bo’lsin. Har holda yaxshi emas. Chiqayotganimizda qaynsinglisi bir ikki gapni aytdi. Fursat bo’lganida kim biladi yana nelarni soz’alrdi. Ikki kun ichida shuncha gap, bilmadim oxiri nima bo’ladi? Yana birovlarga gapirib yurmang, egachi. Oilasi buzilib ketsa bizlardan ko’rishadi. YAxshi bo’lsa ikki kunda shuncha qabohat toparmidilar? Bu mening kelinim-ku, deb yomonini yashirib yaxshisini oshirardilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2009, 10:59:18

So’ng xo’rsinib:
-Kelinga achinaman. Qiz ne niyatlar bilan kelgan bu uyga. Qanday qilib uyalmasdan o’zlarini o’zlari maqtaydilar. Hech kimga bildirmasdan ikki kunda kelinni keltirdilar qo’ydilar. Men bilsaydim, qarab turmasdim, bermang bularga qizingizni, deb dunyoni ostin ustun qilib yuborardim. Menga nimayam qilishardi? Ko’rasiz ko’p o’tmay kelinni qay ahvolga solisharkin? Fursatini topib bularning kimligini kelinga bildirib qo’yarman. Bilsin-da bu qizcha, hech bo’lmasa shunga yarasha oyog’ini, qadamini ular bilan tang tashlasin.
Suhbatdoshi bosh tebratadi:
-Avvalgi kelinga nimalar qilishmadi bular. E, egachi siz bulardan insoniylikni qidirib yuribsiz. Tag’inam klein bardoshli yaxshi kelin ekan, ikki yil sabr toqat qilib yashadi. Qutuldi, ammo dunyosidan kechib qutuldi.
Suhbatlasharkanlar yo’l o’rtasida ekanliklarini, oyoqlari tolganini his etishib,qo’llari bilan o’taylik deganday ishora qilishib, yo’lning chetiga o’tib olishdi. Xotin takror so’z boshladi:
-Nima deyapgan edim? Ha"¦biznikilar sudlariga borishdi. Hakam:"Qizim, eringni deysanmi, otangni?" deb so’rabdi. Qiz:"Hakam afandi, men na erimni deyman, na otamni deyman.  Meni bularni qo’llaridan qutqaring. Istasangiz meni dorga osib o’ldiring,hatto shunga ham roziman", debdi. Qiz bularni aytayotganida hakamning ko’zlari yoshlanganmish.
 Xotin yana davom etdi:
-Egachi, bular Allohdan qo’rqmaydilar, hech bo’lmasa bandadan uyalsalar edi.Yo’q.
Uyida bolasini yolg’iz qoldirgani esiga tushib:
-Turaylik, egachi, bolam uyda yolg’iz uxlab qolgandi, uyg’onsa yig’laydi,-dedi va ketdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2009, 11:00:26

Bir kun qaynona va qaynsingil uyda yo’q paytida "œtasodifan" eshik taqqiladi. Aslida, bu tasodif tashrif emas, balki u qaynona va qaynsingil birga chiqib ketganini ko’rib, shosho-pisha kelgandi.
-Mehmon olasizmi qizim?
-Marhamat kiring xola.
Ichkari kirdi, oyoq kiyimlarini yechdi. Kelin ohistagina qaynonasi uyda yo’qligini aytdi. Ayol go’yo mahzunlandi:
-Ko’rdingizmi, qizim,shosha — pisha keluvdim.Mayli, bolam, salom deng,men ketay.
-Besh daqiqa o’tiring xola, hoz kelib qolsalar kerak.
-Ketay chirog’im ishim bor.Men bu yerda ekanimda kelsalar nari beri gap bo’ladi. Ular shu yerda ekanida kelarman.
Kelin zerikkan edi.Biroz suhbatlashgisi kelardi. Necha kunki qaynonaning qovog’i soliq. Uyga hokimlik havasida bo’lgan qaynsingilning gaplaridan siqilgandi. Shu sabab ular yo’g’ida Xo’jayi Hizrdek paydo bo’lgan bu ayolning kelishi bir ne’mat bo’lib, biroz suhbatlashamiz deya sevindi. Biroz o’trisa hech narsa bo’lmaydi, odam taftini odam oladi, ochilishadi.
-Xola, o’tiring, qahva olib kelay,ichib ketasiz. Yo’qsa, hurmat etmabsan, deb qaynonam mendan hafa bo’ladi. Men ham zerikib o’tiribman, besh daqiqa suhbatlashamiz, meni hafa qilmang. Xo’p deng, xola, keling, xo’p deng.
Aslida o’tirgisi kelib turgan ayol:
-Mayli, besh daqiqa bo’lsa, o’tirayin. Ammo sening hurmating uchun, bolam. Ishom bor edi,- deb qahva quygan kelinning yoniga o’tirdi. Qahvadan ustma-ust ikki marta xo’plab, yaxshi deb maqtadi, qo’li yengil, odobli, tarbiyali ekanini aytgach dedi:
-Qizim, seni yaxshi ko’rib qoldim. Oyoq ostida qolib ketmasliging uchun gapiraman. Qaynonang yaxshidir-u, faqat ba’zan bo’lar bo’lmasga asabiylashadi, pashshadan fil yasaydi. Hushingni yig’ib ol. Hurmat qil, nachora qizim. Kelinlik bu. Biz ham boshimizdan kechirdik.
Qahvaning qolganini bir ikki xo’plab xo’rillatib ichdi:
-Ofarin bolam, qo’ling dard ko’rmasin. Ko’pdan beri bunday shirin qahva ichmagan edim. Aytganday, qo’ling yengil ekan.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2009, 11:00:53

Chuqur nafas olib:
-O-oh, oh, kim taqdirlaydi seni. Asosiy masala shu, qizim, shu. Kuni bilan ishlaysan, bir pullik qadring yo’q. Kelinsan. Mening ham ikki qaynsinglim, bir qaynonam bor edi. Darrov qaynsingillar qovog’I solinadi, qaynona og’ziga talqon solib olgan. Uning ham qovog’idan qor yog’iladi. Savolingga jerkib javob beradi yoki umuman javob bermay qo’ya qoladi, so’z hayf. Ovqatda sal kamchilik ko’rilsa, jag’lari ochilib ketadi. Ovqat dasturxonga qo’yilishi bilan hech kim yig’ilmaydi. Bir qoshiq luqma olib, darhol tashqariga otilib tuflab tashlaydi, so’ng quruq non yeydi. Boshqasi yana nimadir keltirib yeydi. Biri yana bir burchakka chekinib qovog’ini uyib o’tirib oladi. Erim ne qilishini bilmay hayron. Ularga bir narsa demaydi, emnga ham hech narsa demaydi. Bir kuni yana shunday chekinishayotganda erim jahl bilan baqirdi:
-Nigor, enga turib ketding,ovqatlanmaysanmi? Dedi singlisiga.
-Qornim to’q aka, yeyolmayman.
Qaynsinglim bunday pishirilgan ovqatdan to’ydim, degan ohangda gapirdi.
-Qorning to’q-u, bir luqma olish cuhun o’triganmiding. Yemasang ham hech bo’lmasa aftingni bujmaytma. Odamning kayfiyatini buzma. Sizlarga nima bo’lyapti, o’zi, bilmadim. Kechgacha ishlsam, uyga kelib sizlarning qor yoqqan qovog’ingizga qarayman. Sizlar ham hech o’ylaysizalrmi? Bizni deb shuncha urinyapti, charchab kelyapti, biz ham bir oz sabrliroq bo’laylik, uni hafa qilmaylik, demaysizlarmi? Xo’sh, ovqatlanayotganda, nega qovog’ingni solib, aftingni bujmaytirasan?
Erimning bu soz’alridan mamnun bo’ldim. Faqat bu mamnunligim uzoqqa cho’zilmadi. Qaynsinglimning javobidan yer yorilmadi — kirib ketsam.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2009, 11:01:21

-Qovoq solsak o’zimiz uchun emas, sizga achinganimizdan. ALbatta, bir ovqatga ikki uch ovqatlik yog’ solinsa, mazali bo’ladi. Bilmaganingiz uchun sizga mazali tuyuladi. Lekin men akamni o’ylaganim, yog’ puli topay deb ertadan ekchgacha ter to’kkanini bilganim cuhun menga achchiq tuyuladi. Yuzom shundan o’zgaradi. Onasi uyida yog’ solsa taom totli bo’lishidan boshqa narsa o’rgatmagan kelinposhshalar bu ishni qilayotib ichi achimaydi. Akamiz ham ikki kunlik xotinini deb, yigirma yillik singlisini ayblaydi, hafa qiladi. Birovning qizi yaxshi ko’rinadi-da.
Bu sozlar boshimga bolg’aday urildi. Ular o’zlari kunduzlari taom pishiradilar va buni menga to’nkaydilar. Haqiqatdan ham bir haftadan so’ng yog ‘tamom bo’ldi deganimda erim menga dediki:
"œXonim faqat ko’p isrof qilmang,avval olib kelganimda bir yarim oyga yetardi, endi o’n besh kunda tugayapti".
Holbuki, men taomga ortiqcha mo’l yog’ solmasdim, bu o’zlarining qilig’i. "œOnasinikida ovqatga mo’l yog’ solishdan boshqasini o’rganmagan" degan gapi menga alam qildi. Chunki buni aytgan qaynsinglim o’zi tuxum pishirishdan boshqasini bilmasdi. Buni hech bo’lmasa, qo’lidan ish keladigan qaynonam aytsa menga alam qilmasdi. Rostini aytsam, qaynonam taomni juda shirin qilib pishirardi. O’sha qaynsinglim kelin bo’lib brogan joyida qanday ish tutarkin? Loaqal biror xil taom pishrishini bilmasa? Ayniqsa uning:"Birovning qizi yaxshi ko’rinadi-da" deyishi aniq nishonga urilgan edi.  Shu sabab oqshom erim bilan rossa aytishdilar. Oxiri qaynonam:
-Bas, yetar, ikkingiz ham juda oshirib yubordinglar, endi tayoq yeysizlar,-deganidan keyin bas qilishdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2009, 11:02:08

Ertalab qaynsinglimdan garchi pazandalikda no’noqligini bilsamda, ovqat pishirishni iltimos qildim. Shunday javob berdi;
-Ovqat pishirish mening vazifammi? Siz nima uchun kelin bo’lib kelgansiz?
So’ng dag’al ohangda qo’shib qo’ydi:
Menga qarang kennoyi, bu uyda sizning emas, bizning aytganimiz bo’ladi.
Mening nima deyishimni kutib o’tirmasdan:
-Hih, shu ham o’zini odam sanaydi,-deb labini burib chiqib ketdi.
Qizim, kelin bo’lgandan ko’ra har narsa bo’lgan yaxshi. Menga juda og’ir botdi. Xonamga kirib yig’ladim. Holbuki, emn ularni mensimaydigan hech bir ish qilganim yo’q.Hali uydaligimda:"O’zing tengi ikki qaynsingling bor" deyishganida, xursand bo’lgandim:"Ular meni tushunishadi, do’stlashib ketamiz", deb o’ylagandim. Bu umidlarim puchga chiqdi. O’sha kuni ovqat tayorlayotganimda qaynsinglim yonimga kelib, bir muddat tikilib, tomosha qilib turdi.Ertalabki soz’alri yetmagandek yana nimalardir demoqchi bo’lardi.
-O’tiring,Nigor xonim,-dedim. Tomdan tarasha tushgandek:
-Ko’ramiz, bugun taomni qanday tayorlarkansiz? Kechagidek bo’lmasin,-dedi.
-Bo’lmaydi, undan shirinroq bo’ladi. Bu gap sizga ham ma’qul qilaman,-dedim. Yana meni picha kuzatib turgach:
-Ovqatni onam pishirganda ko’ring. Men onam pishirgan taomni yaxshi ko’raman,-dedi.
Jahlim chiqdi.
-Onangizga gap yo’q, ammo bundan sizga nima foyda? Onangiz siz tushgan joyga borib taom pishirib bermaydiku,-dedim. Bu so’zim uning g’azabini qo’zg’atdi:
-Menga qarang, siz mening ishimga aralashmang. Har holda sizchalik balsam kerak. Siz kimsizki, menga aql o’rgatasiz? Go’yo kelinlik vazifangizni do’ndirib bajarib qo’ygandek menga nasihat qilasiz. O’zingizni bilmasangiz, bildirib o’zingizga keltirib qo’yadiganlar, bor. Ja-a bizday yuvosh qaynsingillarning boshiga chiqib olyapsiz. Aslida ayb o’zimizda, insonday muomala qildik,-dedi.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2009, 11:03:14

Gapni cho’zmadim. Vaysayotgan qaynsinglimga biroz tikilib turdim. Inson zoti shu qadar orsiz bo’lishini shu kungacha bilmasdim. So’zlarini javobsiz qoldirganim uchun qayrilib ketdi. Qozonga masalliq solib, boshqa ishalr bilan mashg’ul bo’ldim. Orada ovqat tagiga olmasin, deb suviga qaradim, ta’mini ko’rdim. Olovni past baland qildim, qani bu kech nima deyisharkin? Menimcha ovqatning hech kamchiligi yo’q. Lekin qayerdadir kamchilik qilganday, yana gap eshitadiganday tuyulaverdi. Haqiqatdan ham kutganimdek bo’lib chiqdi. Erim birinchi qoshiqni olar olmas yuzini burishtirdi. "œey, voh endi u ham kamchilik axtara boshlaydi" Yuragimni urushi tezlashdi. Ajabo, nima bo’lyapti? Qaynonam ko’zlarini menga tikdi. Bir narsalar demoqchi bo’ldi. Indamadi. Balki erimning so’z boshlashi uni to’xtatdi. Erim to’g’ri qaynsingillarimning oldiga borib so’radi:
-Kim pishirdi bu ovqatni?
-Men pishirdim.
Ulardan avval javob berdim.
Erim mulohazakor:
-Unday bo’lsa bir qoshiq sen ham ol. Ko’r, qanday bo’libdi.
Tezda bir qoshiq oldim. Mening ham yuzim burishdi. Yeyishning hehc ilojisi yo’q edi. Sho’r, juda ham sho’r edi ovqat. Yuzlarim qirmizi tus oldi, lekin bu xatolik cuhun measdi. Kapalaklarday bir burchakka o’zini urgan qaynsingillarimdan keyin qaynonam ham qo’zg’oldi. Erim ham qo’liga non olib o’rnidan turgach:
-HasbunAlloh va ne’mal vakiyl,-deb jo’nab qoldi. Dasturxon atrofida mendan boshqa hech kim qolmadi. Men ham turaymi — turmaymi, deb taraddudlandim. Nima qilishimni bilmay hayron qoldim. Tursam o’ziyam yeyolmadiku deyishadi, qolsam, bilmadim yana nima balolar deyishadi. Baraka topsin erim:
-Dasturxonni yig’ishtir, har kim topganini yesin,-dedi va dasturxonni o’rab olib qo’ydim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:25:56

Yotish oldidan erimga so‘z ochdim:
— Agar musulmon bo‘lsangiz so‘zimga ishoning. Taom sho‘r emasdi. Oqshomgacha necha marta suvini ham, tuzini ham ko‘rdim. Dasturxonga qo‘yishdan oldin ham hammasi joyida edi, — dedim. Bu gaplarim erimni hayron qoldirdi.
— Tushunolmadim, taomning tuzi yaxshi edi dedingmi?
— Ha, yaxshiydi.
— Xo‘sh, unda qanday qilib sho‘r bo‘lib qoldi?
— Mana, shunisini bilolmayapman. Bilganim shuki, men buncha tuz solganim yo‘q.
Erim o‘ylanib qoldi. So‘zimga ishonsinmi? Bir to‘xtamga kelolmasdi. Juda sof, pok va beg‘ubor yigit edi. Singillari shu xiyonatni qilishlari xayoliga ham kelmasdi.
— Men endi bunday hiylalarga chidayolmayman. Yodingizda bo‘lsin, ertaga taomga umuman tuz solmayman. Ko‘raylik-chi, nima bo‘larkin? — dedim.
Erim hayratlanib so‘radi:
— Nima bo‘ladi?
— Bilmadim. Lekin shuni biling-ki, ertangi taomni tuzsiz pishiraman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:26:09

Gap shu yerda to‘xtadi. Lekin erim hanuz asabiy holda edi. Turib yuzini yuvdi. Derazani ochdi, uyga salqin shabada kirdi.
Yarim soatcha shunday turdi. Men mayda-chuyda ishlarim bilan band edim. Ko‘nglimda:
— Yo Robbiy, meni uyaltirganlarni, o‘zing parishon qil, xor qil, yuzlarini qaro ayla, — deya duoyibad qildim.
Nihoyat erim derazani yopdi:
— Qani. Endi uxlaylik, — dedi va uxladik.
Ertasi kunni bu ishni qanday amalga oshirish kerak degan o‘y bilan o‘tkazdim. Kecha hech narsa bo‘lmaganday ko‘rindim ularga, ochiq chehra bilan muomala qildim. Biron narsa so‘raganda, yaxshi javob berdim. Aytganimday taomni tuz qo‘shmay pishirdim. Kechqurun erim jome’dan qaytib keldi. Dasturxon tuzadim. Bu gal qanday bo‘larkin, deya hayajon bilan kutardim. Natija, yana avvalgi kechagidek bo‘ldi: ilk luqmadanoq burishgan yuzlar, tark etilgan qoshiqlar, yuzimga g‘azabla tikilgan ko‘zlar va yana birin-ketin dasturxondan uzoqlashishlar. Bu gal ulardan oldinroq men so‘zladim:
— Nega ovqatlanmayapsizlar? — dedim, — Bu gal o‘zingizga havola deya hech tuz solmadim, yana xatolik bo‘ldimi? Mana o‘zingiz istagancha solib oling, — deb yonimdagi tuzdonni oldilariga qo‘ydim.
— Mashaalloh, qizim. Demak, sizningcha tuzsiz shunday bo‘ladi, to‘g‘rimi? Bu ovqatni bir ko‘ring, agar umringizda zahar yemagan bo‘lsangiz, zahar qanaqa bo‘lishini bilib olasiz, — dedi qaynonam.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2010, 17:26:20

Bir qoshiq oldim. Yutishning iloji yo‘q. Tuz og‘usi deysiz. Holimni o‘zgartmadim.
— Men bugungi taomga bir chimdim ham tuz qo‘shmadim. Kim qo‘shgan bo‘lsa, Alloh qo‘lini sindirsin, razil-rasvo aylasin, — dedim.
— Sizning qo‘lingizni sindirsin, aybni o‘zingiz qilib birovga to‘nkaysiz, suvdan quruq chiqmoqchimisiz?! Uyalmaysizmi-a!?
Bu so‘zni aytgan Nigor edi. O’zini oshkor qildi. Erim endi tushunganday bo‘ldi:
— Nigor, nega bunday qilyapsan? Aybmasmi singlim? Kecha taom sho‘r bo‘ldi, yemadik, to‘kdik. Bu oqshom yana shunday. Menga osonmi, singlim? Sizlar bu yerda ovqatni yeyolmaydigan darajaga keltirar ekansiz, men bir kunlik ovqat pulini topish uchun oftobda ter to‘kaman. Yuk ko‘tarib qiynalaman. Sizlar yordam berish o‘rniga, bunday ishlar qilasizlar, Alloh rozi bo‘larmikin, singlim?!
Nigor boshini egib qoldi, hech narsa demadi. Erim ham so‘zini cho‘zmadi. Qaynonam ham jim edi. Erim xuftongacha odatdagidek "Taborak" o‘qidi... Vaqtliroq uyquga ketdik.
Ertalab oshxonada yolg‘iz edim. Nigor keldi. Devorga suyandi, oyog‘ini chalkashtirib turdi. Meni bir past kuzatib turgach:
— Kennoyi, judayam ma’rifatlisiz, — dedi kinoya bilan.
— Siz ham yaxshisiz, g‘ayratlisiz, — dedim.
Balki mendan bu so‘zni kutmagandi. Uningcha, uzr so‘rashim kerakmidi, yo‘qsa nima qilishim kerakligini bilmasdim. Bu so‘zimdan so‘ng gapirmay chiqib ketdi.
Yana nimalar bo‘lganini aytsam, katta bir kitob bo‘ladi. Har qalay ko‘p o‘tmadi, bir yildan so‘ng Nigor uzatildi. Tushgan joyida baloday bir qaynsingil mening haqimni ziyoda qilib olibdi. Zulm qilgan zulm ko‘rishi aniq. O’z turmushi to‘g‘risida mening oldimda so‘zlamasdi, ammo men sezardim.

Qayd etilgan