Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 95961 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 17 B


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:40

VIII

1966 yil. Bahorning oxirgi kunlari... Havo bir salqinlab, goh isiydigan kunlar...
Bir kun Amina o‘rnidan holsiz turdi. Vujudida bir lanjlik sezdi. Munavvarxonim odatdagiday:
— Xayrli tong, qizim, qalaysiz? — der ekan uning holsizligini darhol bildi.
— Xayrli tong, ona!
— Nega holsiz ko‘rinasiz, Amina?
— O’tib ketadi, ona, unchalik og‘irmas. Munavvarxonim qo‘lini uning peshonasiga ko‘ydi, harorati baland edi. Dam olishi kerak.
— Amina, dam oling, bolam. Issig‘ingiz baland.
— Hozir o‘tib ketadi, ishlarim bor, ona.
— Ishingizni qarang-u, bir-ikkita kir-chir bilan bir uyni supurish ish bo‘ptimi?! Yaxshi bo‘lgach, qilasiz.
Amina majburan yotdi. Boshi qattiq og‘rirdi. Munavvarxonim sochiqni ho‘llab peshonasiga bosib qo‘ydi.
— Alloh shifo bersin, qizim!
Amina ko‘zlarini yumdi. Munavvarxonim zo‘rlab yotqizmasa bari bir bir-ikki soatdan so‘ng o‘zi ham yotishga mayasbur bo‘lardi. Butun vujudi pichoq sanchganday og‘rirdi. Qo‘li qaeriga tegsa, igna kirganday his etardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:46

Oradan yarim soat o‘tdi. To‘shagida bir o‘ngga, bir chapga ag‘darilib, to‘lg‘anib yotgan Amina, eshik ohista taqillab, sekin ochilganini eshitdi. Bir-ikki lahzadan so‘ng
Munavvarxonimning past ovozda:
— Amina, Amina! — deganini eshitib ko‘zlarini ochdi. Amina turishga harakat qildi. Bu orada qo‘lidagi la’li patnisni qo‘yib, Munavvarxonim yordamga yetib keldi. Yelkasiga ikki yostiqni tayab qo‘ydi, jun choyshab bilan yaxshilab o‘radi, so‘ngra jo‘ka guli qaynatmasi to‘la istakonni og‘ziga tutdi.
— Qo‘ying, ona, ovora bo‘lmang, o‘zim ichaman.
— Yo‘q, qo‘llaringiz sovuq qotmasin, o‘zim ichiraman.
— Uyaltirmang, ona!
— Uyati yo‘q, qizim. Bir ona bemor qiziga xizmat etsa, nimasi uyat?! Men xasta bo‘lsam, siz ichirmaysizmi? Qani, «Bismilloh» deng.
Amina «Bismilloh»ni aytib ichdi. Yutum-yutum, ho‘plam-ho‘plam ichar, har ichganda onasiga minnatdor boqib qo‘yardi. Har bir qaynona kelinga shunday muomalada bo‘larmikan? Ustma-ust ichirgach, yana o‘rniga o‘rab-chirmab yotqizdi.
— Issiqlab ketdim, deb ustingizni ochib yubormang, qizim. Terlang, inshaalloh shifo topasiz, — dedi Munavvarxonim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:52

Amina yotdi. Noma’lum bir narsa boshidan aylangandek bo‘ldi. Bu tushuncha, bu fikr, bu hodisa bir, besh, o‘n besh bor o‘tdi kallasidan. Miyasi zirqiraydi. Qutulmoq istaydi, ammo imkon yo‘q. Hech bo‘lmasa boshida tasmaday davomli aylanayotgan narsaning nimaligini bilsa edi. Goho o‘ziga kelganda zehn charchoqligini his etdi. Boshidagi nima ekanligini bilgani yo‘q. Ba’zan Munavvarxonim eshikni asta ochib, uning parishon yotganini kuzatib ohista chekinardi.
Ikki soatlardan so‘ng Aminaning peshonasida ter donalari paydo bo‘ldi. Tashqarida ishlarini bitirib kelgan Munavvarxonim uning bosh tomoniga o‘tirib, yetti bor "fotiha" o‘qib, Alloh taolodan shifo tiladi.
Amina isitma ta’sirida choyshabdan qo‘lini tashqari chiqardi, endi-endi terlayotganini ko‘rgan Munavvarxonim uni o‘rab qo‘ydi.
Orada goh Aminaning peshonasini artardi. Yarim soatcha Amina rosa terga botdi. So‘ng ko‘zlarini ochdi. Boshi ustida qaynonasini ko‘rdi. Dudoqlarida holsiz bir kulimsirash paydo bo‘ldi.
— Qalaysiz, qizim?
— Terlabman, ona.
— Ha, terladingiz, qizim. O’tib ketadi, inshaalloh. Munavvarxonim turdi, kiyim keltirdi. Tezda almashtirib yana o‘rniga yotqizib qo‘ydi.
O’sha kuni Amina yana bir necha bor terladi. Butun tanasi har gal jiqqa-jiqqa terlarga botdi.
— Ona, juda holsizman, miyam chaqnaganday bo‘lyapti.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:19:58

— Sabr eting, Amina. Bunday deyishdan foyda yo‘q, qizim. Juda qiynalganingizni bilyapman. Agar sabr etsangiz Alloh ko‘p ajru savob beradi. Sabr etib dardingizni Allohdan boshqasiga shikoyat etmasangiz, bu ter gunohlaringizni ham yuvib yuboradi. Pok-pokiza, gunohlardan forig‘ bo‘lasiz, Amina. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sabr etgan xastaning gunohlari kuzgi daraxt yaproqlaridek to‘kilishini marhamat qilganlar.
Munavvarxonim asr vaqti Aminaning kiyimlarini qayta almashtirdi, ustidan yechib olganlarini ko‘tarib tashqari chiqarkan Aminaning:
— Ona, kiyimlarimni bir chetga qo‘ying, turgach o‘zim yuvaman, — deganini eshitib:
— Xo‘p, qizim, endi dam oling. Men namozimni o‘qib kelaman, — deb tashqariga chiqdi. Namozini o‘qidi, kirlarni yuvib, ilib qo‘ydi. So‘ng Amina uchun tahorat suvi olib kirdi.
— Amina, qani tahorat qilib, namozingizni o‘qib oling, — deb uni turg‘azdi. Yordamlashib tahorat oldirdi. Amina namozini o‘qib, yana yotdi.
— Ona!
— Labbay, Amina!

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:20:05

— Tongdan beri nima bo‘layotganini bilmay ovoraman. Boshimda bir narsa muzlab, qotib qolganday. Hech qutulolmayapman. Zehnim shu qadar toldiki, tushuntirib berolmayman. Nima qilishni bilmay hayronman?
— Bu nimadanligini bilasizmi, qizim? Inson sog‘ paytida nima bilan ko‘p shug‘ullangan bo‘lsa, o‘ziga hokim bo‘lolmay xastalanib qolganida ham o‘y-xayollari majburan o‘sha narsa bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bundan keyin ko‘nglingizni Allohning zikri bilan nurlantiring. Xastalanganda o‘zingiz bilib-bilmay tilu dilingiz Uning zikri bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shunda holsizlanmaysiz. Uxlayotganda ham o‘z-o‘zidan uni eslaysiz, uyqungiz ham ibodatga aylanadi.
Amina oqshomga borib o‘ziga kelganday bo‘ldi. Turayin dedi, ruxsat etilmadi, yana yotdi. Xastaligini oyoqda utkazadiganlar bor.
— Kasal bo‘ladigan nima bor, yotishga balo bormi, noz qiladi-da, endi bir xizmatchi kerak bu kelinposhshaga, — degan so‘zlarni eshitadigan kelinlar ham bor.
Bu xastalik Munavvarxonimning olijanobligini, qaynona bunday holda o‘zini qanday tutishi kerakligini va bu holda kelinga samimiy yordam ko‘rsatish yaxshi bir vazifa janini namoyon qildi. Bu jihatdan Amina baxtiyor edi. Chunki bu uyda insoniy muomala tufayli qaynonasini onasiday yaxshi ko‘rib qolgan bir kelin, bir umr Alloh rizosini topay deb harakat qilib yashayotgan sharafli bir qaynona bor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:16:14

* * *

Bir millatni mahv etmoq uchun izlab topilgan yo‘llarning eng tahlikali buzuvchisi moda, degan kishi yanglishmaydi. Moda ehtirosi, modaparastlik, moda tajovuzi millat ichiga vaboday kirib tarqalsa, bu yo‘l oxirida falokat bor, xolos.
Amina xastaligining uchinchi kunida yon qo‘shnisi Soriya xonim, kelini, qizi hol so‘ragani kirishdi. Eski bilan yangini bir onda ko‘rishni istagan kishi Soriya xonim bilan qiziga nazar tashlasa yetadi. Soriya xonim sochining bir tolasi ko‘rinmaydigan shaklda munosib kiyingan, qizi esa boshi tamoman, qo‘llari tirsakdan yuqorisiga va oyoqlari tizzalarigacha ochiq holda. Ona qizining bu kiyimidan, qizi onasining eskicha qolganidan uyalishmoqda. Biri qizida odob va iffat tuyg‘usi qolmaganidan, qizi oila sharafini bir pulga chiqarganidan ma’yus va iztirobda. Boshqasi onasining eski tushunchalariga berilib, madaniy olamga munosib va muvofiq qadam tashlashda g‘ayrat ko‘rsatmagani uchun mahzun. Ona istaydiki, qizi ham o‘ziday o‘ransin, sotiladigan molday o‘rtaga chiqmasin. Qizi orzu etadiki, onasi xonanishin bo‘lib, uyda bekinib qolmasin va dunyodan bir oz bo‘lsada nasibasini olsin.
Mehmonlar keldilar, o‘tirdilar. Amina endi o‘rnida yotmas, turib o‘tirardi.
— Tuzukmisiz, Amina, xasta deb eshitdik?
— Rahmat, Soriya xola, bir oz shamollabman. Xudoga shukr o‘tib ketdi.
— O’zingizga qarang, qizim, yaxshi qarang. Ehtiyot bo‘lish kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:16:25

So‘ng Munavvarxonimga qaradi:
— Bizning qizimiz gapga kirmayapti, so‘zimizni olmayapti, qo‘shnijon. Qizim bunchalik ochilma, shamollab qolasan desam, quloq solmaydi. Boshiga ro‘mol o‘ratolmayman. Ko‘ylagini tizzasidan baland kiyarmish. Moda bu yil shunaqamish. Shu yetmay turgandi o‘zi. Bu modasi qayoqdan chiqdi. Avvallar biz bunaqa moda-podani bilmasdik. Shundaymi, Munavvarxonim?!
Qiz "portladi":
— Siz onamga qaramang, quloq solmang, Munavvar xola. Eskilik sarkitlariga yopishib olganlar. Zamonga moslashaylik degan maqsad yo‘q. Qo‘llaridan kelsa, meni erli xotinlar, kampirlarday kiyintiradilar. Ro‘mol o‘rarmishman, tizzamdan bir qarich past libos kiyarmishman. Kinoga borish yo‘q. Yana bir qancha mantiqsiz ishlar. Hech bu ham yosh, aylansin, ko‘ngil ochsin, yoshlik zavqini totsin demaydilar.
So‘ng onasiga qaradi:
— Ona, nima bo‘ldi o‘zi sizga?! Uyda gapirasiz mayli, endi bu yerda nimaga tinmaysiz?! Uyning gapini tashqariga chiqarishdan ne foyda? Hamma kulmaydimi? Bunchalik mutaassib bo‘lish to‘g‘rimi? O’zingiz amal qilmaysiz, bizga xalal bermang, masxara bo‘lmaylik.
Amina xastaligini unutdi. Ona-bola hol so‘ragani emas, bahslashgani, gurunglashgani chiqqanday. Soriya xonim qizining gaplaridan ko‘ngli og‘ridi.
— To‘g‘ri aytasan qizim, hamma mendan kulmoqda. Qizini modaga o‘rgatdi, odobga o‘rgatmadi, axloqini unutdirdi, sotiladigan narsaning mazasi, hidini ko‘rsatganday qizining qo‘l-oyog‘ini ochib qo‘ydi, deb mendan kulishmoqda. Qarang qizimga, ochiq joylarini ko‘rib qo‘ying, shunga ko‘ra baho bering, deyayotganlar bu holga tushganim uchun kulsalar o‘rinli, qizim. Mening otam: «Xotinim, qizim nomusli bo‘lsin, hayo bilan yashasin, yo‘qsa o‘laman», deb dushman bilan urushdi, shu yo‘lda shahid bo‘ldi. Men uning vasiyatiga amal qilib, shu kungacha bir tola sochimni nomahramga ko‘rsatmadim. Faqat sen meni xor qilding, naslingga tortmading. Nima, soyangni sotasanmi, hammaga ko‘z-ko‘z qilasan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:16:34

Onasi o‘rtanib, yuragi yonib-yonib, ko‘zlari yoshlarga to‘lib so‘zladi. Kizi bu so‘zlarni miyig‘ida kulib tingladi. Onasi: «Sen meni xor qilding, naslingga tortmading», deganda qah-qaha otib kuldi. So‘ng jiddiy tortdi.
— Nimalar deysiz, ona, faqat o‘ranganlar nomusli bo‘ladimi? Nomus insonning ichidagi bir tuyg‘u. O’zimni jiddiy tutsam, kim menga nima deydi? Ochilganimiz uchun xor bo‘larmishmiz. Naslu nasabimizga tortmayotgan emishmiz. Naslimizga tortamiz deb, nima, uyda qamalib o‘tiramizmi?
Keyin Munavvarxonimga qaradi:
— Munavvar xola, onam bunchalik iskanjaga olmasin. Aytib qo‘ying. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq demaydilarmi? Bir oz aqlni ishlatish kerak-da. Bunchalik qilishlari ayb emasmi?
Munavvarxonim, bir tarafdan bu qizning hayosizligini, odobsizligini, ikkinchi tomondan yosh qizlarning, hatto onalarining sekin-asta ochilib borayotganini, uyat tuyg‘usidan uzoqlashayotganini o‘ylardi.
Qizning «Munavvar xola» degan murojaati o‘ylarini tarqatib yubordi. Bechora qiz yordam umidida murojaat qilardi.
— Qizim, keling, men sizlarga bir orachilik qilay. Ona-bola bahslashib, bir-biringizni xafa qilishingizning asosiy sababini aytay. Bu, bir suhbatda yechilib, hal bo‘ladigan masala emas. Bularning bir asosiy manbai bor. Masalan, sen bir gazmol olsang uni tikish yoki tiktirish uchun darhol bir andoza izlaysan, shundaymi?
— Shunday, xola.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:16:42

— Andoza kitoblarni olib takror-takror qaraysan, nihoyat bittasiga o‘xshatib tikasan. Ya’ni sening doimiy bir mo‘ljallagan, o‘rnak oladigan nusxang yo‘q. Bugun bir turlisini, ertaga boshqa bir turlisini tiktirasan. O’tgan yili modangiz tizzadan pastda edi. Bu yil tizzaga chiqdi, men aminman-ki, kelgusi yil tizzadan balandda bo‘ladi. Kelajak yillarda bir qarich yana yuqori ko‘tarasiz va bundan uyalmaysizlar. Men yana aminman-ki, bir kun keladi-ki, uyat joylaringizni ham ochasiz, uyatli joylaringizni ham ko‘rsatib yurish sizlar uchun sharaf va obro‘ga aylanadi. Moda tufayli kimdir qo‘liga qaychi olib, libosining oldini qirqadi, yirtadi va modaning yangi shaklini, joriy etadi. Moda deb sizlarni kimlardir barmog‘ida o‘ynatadilar, aylantiradilar, xohlagan kuylariga soladilar. Kimlar bular? Bir pullik, nasli-nasabining tayini yo‘q kimsalar emasmi? Barcha o‘y-maqsadi sodda xalqni aldamoq, oila nomusini toptamoq, musulmonlar sharafini yo‘qqa chiqarmoq, mo‘minlarni ham o‘zlariga o‘xshatmoqchi bo‘lgan buzg‘unchi kimsalar ishi emasmi bu? Boshlaringiz, sochlaringiz, har oy har tusga kiradi, qo‘llaringiz, yelkalaringiz ochildi. Ertaga ko‘ksingiz ochilmog‘i amr etiladi, keyin yana bir kun keladi-ki, onadan tug‘ilgandek qip-yalang‘och kezmoqdan nomus qilmay qo‘yasiz.
Munavvarxonim bir oz sukut qilgach:
— Hozir mehmondorchilikda ayol-erkak aralash-quralash o‘tiradi, shundaymi? To‘g‘rimi? — dedi.
So‘zlarini qiziqish va hayratlanish bilan tinglayotgan qiz:
— Ha, shunday xola, — dedi
— Xo‘sh, ular birga o‘tirishganda ayol-erkakning bir-biriga ko‘zi tushmaydimi, ko‘zlarini urishtirmaydimi? Ertaga bir bahona bilan bir-birlariga yanada yaqinroq kelmaydilarmi? Hozir yangicha to‘ylarda bir-birlarining xotinlari bilan tansaga tusha boshladilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 13:16:50

Munavvarxonim so‘zlayotganda sekin-sekin peshonasida va yonoqlaridan chiqqan terlar bu nuroniy yuzni yomg‘ir tomchilariday yuvib, go‘yo bir gul holiga keltirayotgandek edi. Kizning bir oz avval onasiga nisbatan masxaromuz qarashi jiddiylasha boshladi. Va masala ham jiddiyroq tus oldi. Chunki qarshisida turgan ayol onasi emas, va onasiga o‘xshab «Biz shularni ko‘rdik, sen ham shunday bo‘l», demayotgandi. Munavvarxonim bir oz hayajonlandi. Bir muddat hayajoni bosilishini kutib, sukut qilgach, davom etdi:
— Biz bunday emasmiz, qizim. Sen moda deya bir yo‘lga kiryapsan. Bu modaning yetakchisi kim, boshqaruvchisi qaysi imonsiz bilmaysan. Imonsiz deyapman, mening ta’rifim shu so‘zda mujassam. Butun bir mamlakatni buzdilar, yuz minglarcha insonni odob-axloqidan judo qildilar. Nomahramdan arslondan qochganday berkingan ayollarning qizlarini fohishalar kabi yalang‘ochladilar. Dengiz qirg‘oqlarida xammomda yechinganday yechinib, erkaklarga aralashib yurganlar akasining yonida tizzasini ochishdan uyalgan ayollarning qizlari edi. Yana nimalar qiladi? Qaysi dushman bir millatga bundai kattaroq yomonlik qilgan yoki kilishi mumkin?
Shunday qizim, sizning modalaringiz sizga shularni o‘rgatmoqda. Bu yashash shakli sizningcha nomusli, fazilat to‘la bir turmush tarzi emish. Bilmadim. Bo‘lishi mumkin. Bir narsa deyolmayman.
Munavvarxonim qattiq hayajonlanar, ovozi ko‘tarilib borar, ko‘tarilgan sayin qiz ezilardi.
— Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham o‘rnak oladigan ulug‘larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni ko‘rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yo‘qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yo‘lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha o‘zgarmadi, qiyomatga qadar o‘zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni o‘z onasiday ko‘rgan, o‘z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qo‘ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan ko‘ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qo‘rquv hissi bilan to‘la, har ishi Alloh rizosi uchun bo‘lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir.

Qayd etilgan