Ahmad Lutfiy Qozonchi. Qaynona (roman)  ( 69092 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 17 B


Munira xonim  04 Dekabr 2006, 11:26:51

Eri o'lganidan keyingi ko'ngilsiz hodisalar... Agar u hayot bo'lsa, jigarporasini birovga boqish uchun berish kimning ham aqliga kelardi. Nochorlik qursin. Hozirgi sirli holatlar g'oyibona marhamatlar...Bularning oqibati qanday bo'ladi. Bir qarasang, bolani olishni o'zlari taklif qiladilar va yana o'zlari rad etadilar.Bir yoqdan bildirmay tugun tashlab ketishadi, yana kimligini aytmasdan kunlik nonlarini ta'min etishadi. Shubhasiz, bu Allohning bir lutfi karamidir. Mo'min bandasi diliga yetimlarga mehribonlik tuyg'ularini ehson etgan, Allohning O'zidir. Yer yuzida o'ziga o'hshagan tul bevalarning holi parishon, qancha qanchasi yo'qchilik girdobida. nima qilish kerak? Bu yordamlarni rad etsinmi, qabul etsinmi? Rad qilsa hovuchida ne yemishi bor va qo'lidan nima ham kelardi? Bolalarni qanday boqadi? Eridan o'ziga va bolalariga qolgani bir bog' va ikki honalik kichik uy. Daromad keladigan joy yo'q. Sotishga arzigulik narsa ham. Bundat yordamni qabul qilmoqdan o'zga chora va mulohaza yo'q. Zotan, shu paytgacha birovdan biror narsa so'ragan emas. So'rab olgandan ko;ra, so'ramasdan kelganiga rozi bo'lmoq yahhsiroqdir. Bu mahfiy yordam edi. Bunda ALloh rizosidan boshqa maqsad ko'rinmas edi. Jamilahonim holiga hsukr etishi lozim. To'g'ri, mol-mulki bisyor emsdi. Istaganiga erishgan ham emas. Eri o'ldi. Bolalarini bazo'r to'yg'izar edi. Qolaversa, farzandlari bilan birga yashashning o'zi ham katta ne'mat. Hudoga shukr. Salomatligi joyida. Tiriklik uchun nomusini toptamaydi. Qolaversa, bu dunyo rohat va farog'at makoni emasku!Kim ham istaganini topib murodga yetib g'am tashvish ko'rmay o'tgan bu dunyodan? 
Birvaqtlar onasi unga shunday rivoyat so'zlab bergan edi:
Bir podshoh hastalanib uzoq yotib qolibdi. Tabiblar davo top[olmabdi. Nihoyat sayyoh bir tabib podshoh yaqiblariga:"Agar hech dardi yo'q bir kishining ko'ylagini kiydirsangiz kasal shifo topadi, - debdi. Buni eshitganlar bundan osoni bormi, deya,ko'ylakni so'rab surishtira boshladilar. Biroq, dardim yo'q, deguvchi topilmabdi. Shaharning boylariga mansabdorlariga uchrabdi. Hammasi olam jahon dardi borligini aytishibdi. Nihoyat, eshikma eshik yurib izlaganlari holda ham darddan shikoyat etmagan odam topilmabdi. Shundan so'ng qo'shni shaharga habarlar yuborib dardi yo'qlar bo'lsa podshoh hursand qilishini bildirishibdi. Nihoyat, bir kun qo'shiq aytib tog'dan o'tin terib kelayotgan bir kishiga ro'baro' bo'lib undan:
-Ota, darding yo'qmi?Nega hursandsan? Ustingda yuk, hirgoyi qilib ketyapsan?-deb so'rashibdi.
- Nima dardim bo'lsin, hech qanday dardim yo'q.
Ishonmay qayta so'rashibdi. Shu javobni takror eshitgach:
- Jiddiy so'zlayotgan bo'lsang, seni hursand qilamiz. Bizga ko'ylagingni berasan, biz og'irligiga teng tillo beramiz,-debdilar unga.
Kishi javob beribdi:
- Jiddiy aytayapman, hech qanday dardim yo'q, ammo afsuski, ko'ylagim ham yo'q.
Ishonmay uni yechintirib ko'rishibdi, rostdan ham uning ko'ylagi ham yo'q edi.
Jamilaning onasi hikoyani tugatgach:
- Qizim, dunyoda dardsiz odam yo'q. Ahvoling bundan ham yomon emasli uchun shukr qil. Musibatlarga sabrli bo'l,- degan edi...

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Dekabr 2006, 10:23:17

o'sha kuni non olish uchun do'konga borsa odam juda ko'p ekan. Ortiga qaytdi. Birpas kutib yana bordi. Deyarli navbat yo'q edi. Uyalib-tortinib do'knga kirdi va non chekini uzatdi. Nonvoy biroz avval o'zi yuborgan chekni tanidi, non olib Jamilaning oldiga qo'ydi. Jamila qo'lini uzatmadi:
- Amaki, daftarni menga yuborgan ehson sohibini bilmoqchi edim.
Do'kon egasi ko'pni ko'rgan odamga o'hshaydi:
-Qizim,o'sha kishi o'zini tanitishni hohlasa chekni boladan berib yubormay o'zi olib borgan yoki o'zingizni chaqirib bergan bo'lardi. Bilib ham nimaqilasiz? Bu bir yahshilik. Istagi: siz bilmasangiz, uni oldida tilingiz qisilmasa, hijolat ham bo'lmasangiz. Uni niyati shu.
honimni faromush ko'rib, samimiy ohangda qo'shimcha qildi;
- Buning zamirida yomon niyat yo'q, qizim. Sizning qiyin holga tushmasligingiz uchun, Alloh rizosi uchun yordan qizim. O'zingiz so'rab borgan emassiz, to'g'rimi? Hech kimdan hech narsa so'ramadingiz-ku. Alloh sizga va bolalaringizga mehribonlik qilib yahshiligini yuzingizga solmaydigan bir yordamchi yubordi. Bemalol yordamini qabul qiling.U odam ham savobga erishsin. Sizning nonga ehtiyojingiz qanday bo'lsa u kishining ajr va savobga ehtiyoji shunday! Va hatto undan ham ziyod. Nonni hotirjam yeyaveringlar qizim.
- Ho'p amaki, bu oliyjanob kishini tanisam, haqqiga duo qilsam,degandim.
Do'kin egasi bu soddalikdan yengilgina kulimsirab qo'yishdan o'zini tiyolmadi. Nonni uning qo'liga qo'ygach:
- Duo qiling. Agar siz ismini aytmasangiz ham duoyingiz ijobat bo'ladi, Inshaalloh. Alloh bu yahhsilikni kim qilganini bilmaydi deb o'ylaysizmi? Boshqa safar siz ovora bo'lib kelmang, daftarni bolangiz olib kelsin. Buning hech ham hijolat bo'ladigan joyi yo'q.
Jamilahonim nonni olib uyiga jo'nadi. Non chekini savobtalab Usmon og'a jo'natganini bilmadi. Shunday yahshilik qilinajagini eshitgan nonvoy - yetimparvar kimsa ularga nonni yarim bahosida berishini aytgan edi. Mahmud og'a, Usmon og'a va nonvoydan iborat savobtalab insonlarning shu zaylda boshlagan ishi sirligicha qoldi...

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Dekabr 2006, 10:35:37

* * *

Oradan bir hafta o'tdi. Yusuf afandi Munavvarhonimning iltimosiga ko'ra Mustafo haqida mahmud va Usmon og'alardan, boshqa choyhonachiga o'hshash yana bir  ikki tanishlaridan so'rab bildi. Barchaning fikri ijobiy bo'ldi. "Bu yoshdagi yigitning ayni holatidan quvonmoq lozim bo'ladi',- deyishdi ular. Munavvarhonim Yusuf afandi tavsifidan manun bo'ldi. Allohga shukronalar aytdi. Yonidagi 11 yashar o'g'li Aliga ham havas bilan qaradi. ichidan akasiga o'hshasin,Ilohim,dedi. O'sha seshanba kuni Mustafoning uylanishidan so'z ochildi.Munavvarhonim buni anchadan buyon o'ylayotgan edi. Endi yurak yutib tog'asining o'g'liga maslahat soldi.
- Meni yolg'iz tashlab qo'ymang, Mustafo meni o'g'lim bo'lsa, sizga jiyan bo'ladi. birgalashib uni boshini ikki qilib qo'yaylik. Munosib joydan kelin izlaylik.
Yusuf afandi nimadir demoqchi edi gapga hotini aralashdi:
- Izlab uzoqqa borishni hojati yo'q. Ana, Mahmud og'aning qizi Amina bor. Unga hammaning havasi keladi. Odobli, yoqimli, go'zal qiz. Ular ham Mustafodan ortiq yahshi yigit topisholmaydi, menimcha.
Yusuf afandi hotining mulohazasini maqulladi:
- To'g'ri, Mahmud og'aning qizi juda munosib. Munavvar shuni bir o'ylab ko'ring. Otasi mening yaqin do'stim. O'tgan kuni Mustafoni menga o'zi maqtab qoldi. Yahshi odam. Pokiza bir musulmon kishi. birovdan yordamini ayamaydi. Mahmud og'a uchun men kafil,lekin qizi to'g'risida bir nima deyolmayman. Qo'shnilaridan so'rab surishtiring. Lekin ehtiyot bo'ling, meni hijolat qilib qo'ymang...

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Dekabr 2006, 10:53:18

Qo'shnilarning samimiy va holis maqtovlaridan keyin yahshi hulosa chiqarildi. Amina Mustafo uchun so'rab boriladigan bo'ldi. Yusuf afandi dangaliga ko'chdi:
- Menimcha, hayrli ishni cho'zishdan ma'no yo'q. Avval ayollar bir necha marta borib, keyin erkaklar qatnaydilar. Menga qolsa,bu qatnovlardan foyda yo'q. O'zim borib Mahmud og'a bilan gaplashayin. Atrofga ovoza qilmay bir so'rab ko'raychi. Ko'nishsa, gap yo'q, masala hal. Aksi bo'lsa, o'zlari biladi. Yopig'liq qozon yopig'liq qoladi. Jilla qursa beribdi-bermabdi degan mish-mishlar bo'lmaydi.
Bu taklif Munavvarhonimga ma'qul keldi. To'yga bog'liq erkaklar bilan bitadigan har hususdagi ishni Yusuf og'aga topshirdi. "Alloh hayrli qilsin",-deya duolar bilan maslahatga yakun yasaldi. Vaqt allamahla bo'lib qolgani uchun Ali sekin-asta mudray boshlagan edi.

Mustafodan so'raldi:
-Onang seni uylantirmoqchi nima deysan?
- Nima ham derdim/
- Ko'z ostingga olib yurganing bormi?
- Yo'q. Iymonli, pokiza, hushhulq bir qiz bo'lsa, boshqa istagim yo'q.
Bu qisqa suhbat onasiga bildirildi...

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Dekabr 2006, 10:58:34

Mustafo bu masalada onasi bilan gaplashmadi. Faqat to'y bo'lguncha namozlarida, yolg'iz qolgan kezlarida duoda bo'ldi:"Yo, Rabbim, uylanadigan bo'lsam, menga pokiza bir honim nasib et. Halol sut emgan, Senga bandalik qiladigan,meni Sening yo'lingan qo'ymaydigan umr yo'ldoshga ro'baro qil. Mening ham, onamning ham haqqiga rioya qiladigan, bu dunyo u dunyo yuzimni yorug' qiladigan bir jufti halol nasib et.Ey, Allohim, yahshi turmush, go'zal hayot, nasib ayla. Agar turmush yahshi kechmasa, bir-birimizni tushunmasak, mening uylanishdan foyda yo'q. Allohim, meni huzuri pokingda uyatga qo'yma!"

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Dekabr 2006, 11:27:03

Mahmud o'ga bilan Yusuf afandi asr namozini Qubbali jome'sida o'qib chiqishdi.Quyosh shomga asta sekin yo'l olgan. Daraxt shohlari yengilgina qimirlaydi.
- Afandi, biror piyola choy ichib ikki og'zi gurunglashsak, nima deysiz?
-Yahshi,ammo holiroq joyni tanlasak. Choy bizdan...
- Buning ahamiyati yo'q. Choy bahona biroz gurunglashsak.
Ularga choyhonaning holiroq joyi ham ma'qul kelmadi.Shunda Mahmud og'a:
-Yusuf og'a, yahshisi biznikiga borsak. Ho'p deng. Biroz damolib, bemalolroq o'tiramiz.
Do'sti ikkilanganini ko'rib Mahmud og'a uning qo'ltig'idan oldi.
- Qani, qani, menga bu joylar yoqmaydi. Hali zamon har hil odamlar keladi, turib ketishga majbur bo'lamiz. Yahshisi, uyga yuring.
- Men siz bilan shahsiy masalada gaplashmoqchiman.
- Juda yahshi uyda bunday suhbatlar taqiqlanmagan. Bemalol gaplashamiz. Hech kim halal bermaydi.
Yusuf og'a ko'ndi. Uyga borishdi. Mahmud og'a ichkariladi. Birozdan keyin:"Keling, marhamat qiling!"taklif qildi. Ichkari kirildi. Oyoq kiyimlarini yechib bir chekkaga qo'yar ekan Yusuf og'a dedi:
- Bolaligimizdan onam shunday o'rgatgan. Rahmatli, intizomga juda qattiq edilar. Oyoq kiyimlarni mahsus joyga qo'yilmasa, qulog'imizni yengilgina cho'zar va aytganini qldirar edi. Har narsani o'z joyiga qo'yishga odatlanganmiz. Tunda chanqab uyg'ongan kishi suvni qiynalmay topardi. Kiyim-kechaklar har doim saranjom turardi.
Mahmud og'a buni maqulladi.
- Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. Ota-onamiz tarbiya bermasa,hudo biladi hozir kim bo'lardik. Bolalikdan menga namzo o'qishni o'rgatdi. O'yin eng qizigan payti otam behosdan so'rab qolardi:"Namoz o'qidingmi, o'g'lim?" Yolg'on gapirsang jahannamga tushasan. Bu tushuncha miyamga muhrlangan. Shu sabab to'g'risini aytardim:"Yo'q, birozdan keyin o'qiyman". Otamning bunga javobini ham juda yahshi bilaman. Ammo o'yinni tashlab ketish ham qiyin. Ilinj bilan otamga qarayman. Otam esa:"Bo'lmaydi bolam, namoz o'tib ketadi. O'yin o'tmaydi",der edilar. Shunda o'yinni qoldirib namozga shosh.ardim. Shunday ulg'aydik. Hudoga shukr, shu yoshga kirdik, namozni o'tkazib yubormadik. Esdan chiqarmadik. Alloh taolo oatmni behisob rahmat bilan siylagan bo'lsin!
Shu payt eshik ohista taqqiladi. Ostonada 17-18 yoshlardagi go'zal bir qiz paydo bo'ldi. Boshiga chiroyli ro'mol o'rab olgan, muslimalarning bejirim libosidagi istarali qiz otasiga qarab:"Labbay,otajon",dedi.Otasi Yusuf afandiga ishora qilib:
- Qizim, amaking mehmon. Choy-non keltirgin.
- Ho'p ota, amaki hush kelibsiz.
- Alloh hushbahtu, hushvaqt qilsin, qizim.
Qiz sekingina iziga qaytdi...

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Dekabr 2006, 10:31:22

Mahmud og'a:
- Mening yolg'izgizna qizim bor, afandi. Ibodatli,itoatli, Allohdan qo'rquvchi bo'lsin duolar qildim,Hudoga shukr,shunday bo'ldi.
- Mashaalloh,qizingiz odobli tarbiyali ekan.Alloh qo'llasin.
Suhbat asnosida maqsad o'z-o'zidan o'rtaga chiqib kelmoqda edi. Yusuf afandi gapni nimadan boshlashni bilmay taraddudlanar ekan,og'a bir narsa nogoh esiga tushgandek:
- Afandi, hali shahsiy bir masala hususida gapirdingiz,-dedi.
Endi ikkilnaishga hojat qolmaganini sezgan mehmon hozirlanib tomoq qirdi. Negadir yurak urishi tezlashgandek bo'ldi. Tashqarida sukunat,qadam qadam tovushlari ham tindi. Hali bir daqiqa avval yonida bo'lgan Aminaning otasiga Yusuf og'a dedi:
-Og'a, sizga bir kuni choyhonada ikki yigitni ko'rsatgan edim. Esingizdami?
-Ha. O'tgan kuni gaplashgan yigitlar...
- Ha. Ulardan biri Mustafo,ammamning nabirasi, qizining o'g'li.
Og'a birdan hayajonlanib:
-Shundaymi?
Yusuf afandi:
-Shunday og'a. Uning buvisi bilan mening otam tug'ishgan aka-singil.
- Ko'p yahshi,juda soz,unday bo'lsa,nega o'sha kuni tanimaganga oldingiz?
- Bir kuni onasi biznikiga kelib,Mustafoni chetdan kuzatgan bir-ikki odamlar fikrini bilib ber, deb mendan iltimos qildi. Men sizlardan so'radim og'a. Tabiiyki,hatoyimiz uchun jazoga tayyormiz, og'a...Biz shu yigitni uylantirish harakatidamiz.
Bu orada tashqaridan qadam tovushi eshitilib yaqinlab kela boshladi. Yusuf afandi jim bo'ldi. Bir-ikki soniyadan keyin Amina ichkariga kirdi. Olib kelgan ayronni izzat-ikrom bilan avval mehmonga, keyin esa otasiga tutdi. Otasi:
-Qo'ling dard ko'rmasin,qizim. Ayronni shu yerga qo'ygin.Sen boraver,-dedi.
Amina ayronni qo'yib chiqib ketgach, Yusuf afandi davom etdi:
- Nima edi, ha, o'sha Musatfoni uylantirmoqchimiz. Allohning amri, Rasululloh s.a.v. sunnatlariga binoan qizingiz Aminani o'g'limiz, jiyanimiz Mustafoga so'rab keldim,og'a. Mana, siz bilan bo'ladigan shahsiy gapimiz shu.
Yusuf afandi bir ikki lahza tin olib, Mahmud og'aning og'ziga tikildi va javob kutib o'tirmasdan so'zida davom etdi:
-Odatimizga ko'ra avval ayollar bir ikki marta qatnaydi, so'ng ishga erkaklar aralashadi. Men esa boshqacha yo'l tutmoqchi bo'ldim. Tabiiyki, masala faqat sizning maqullashingiz bilan hal bo'lmaydi. Albatta, onasidan so'raysiz, qizning fikrini bilasiz va shunga ko'ra javob berasiz. Agar rizolik bersangizlar yahshi bo'lardi. Shunda sovchiligimizni oshkor etardik. Biror sababga ko'ra bermaydigan bo'lsangiz, bu sirligicha qolardi.
Mahmud og'ani hayajon bosgandek bo'ldi. Quloqlarim aldamayaptimi, degandek ko'zlarini bir nuqtadan olmasdan so'radi:
- Aminani Musatfoga dedingizmi,afandi?
- Ha,og'a.
- Musatfo yahshi yigit. Madaniyatli. O'tgan kun ham u haqdagi fikrimni aytib edim. Vazmin,oliyjanob yigit.
So'ng Yusuf afandiga qaradi:
- Afandi, inshaalloh bu ishni cho'zmasmiz. Men ra'yimni hozirdaniq bildirishim mumkin. Agar onasi va qizim rozi bo'lsalar, men ham bu taklifni ma'qullayman. Alloh hayrli etsin. Barobar duoda bo'laylik. Mendan so'rasangiz, qizim Mustafodek yigitga aslida loyiq ham emas. Endi bizgabiroz muhlat bersangiz. Uydagilarga vaziyatni tushuntiray. Chunki turmush qiladigan Amina.
- To'g'ri og'a, aslida qiz va hotindan so'ramay maslahatlashmay, o'zboshimchalik bilan qizini duch kelganga berib yuborishga men ham qarshiman. Bu dinimizga zid. Ba'zilar puliga, mol-davlatiga qarab qizini uzatadi va ikki kun o'tar - o'tmas ish mahkama eshigiga taqaladi. Qiz bormayman deb qarshilik qilishiga qaramay ota qaysarlik qilib turib oladi. Natijada qiz bir oliyjanob yigit bilan qochib ketadi. Ikki kundan keyin esa majburan nikoh o'qiladi.
Ular bu mavzuda uzoq suhbatlashib o'tirdilar.Yusuf afandi oqshom yaqinlashgani uchun og;aning qistoviga qaramasdan o'rnidan turdi:
- O'tirsam bo'lar edi, ammo kech qaytishimni uyga aytmagan edim...

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Dekabr 2006, 10:51:31

Amina otasi bilan kelgan birga kelgan mehmonning maqsadini bilmaydi. Tashqarida qo'ylarini sog'moqda. Ayni paytda ichkarida ota-onasi uning turmushga uzatilishi huzusida maslahatlashayotganidan ham habari yo'q. Oradan biroz vaqy o'tgach, shom namzoiga chorlagan muazzining tiniq ovozi yangradi. Otasi qo'liga hassasini olib honasidan chiqdi. Oyoq kiyimlarini kiydi, odatdagidek nimalarnidir pichirlab bog' eshigiga qarab yurdi. Amina qo'lida sut chelakni ko'targanicha har diomgidek:
- Alloh qabul qilsin,-deyishni unutmadi.Otasi:"Rahmat, sog'a bo'l,qizim!', degandek bosh qimirlatib qo'ydi. Hech narsadan habarsiz qiziga mehr  va iztirob bilan qaradi. So'ng jamoatdan kechikmaslik uchun qadamini tezlatdi. Namozda va namozdan so'ng, agar bu turmushga chiqishning oqibati hayrli bo'lsa osonlik va saodatlar ato etishini, yo'qsa, o'rtaga bir to'siq chiqarishini har ishga Qodir Allohdan so'radi.

Shu kuni taomni biroz vaqtliroq tanavvul qilib, ertaroq uyidan chiqqan Mahmud og'a ko'ngliga orom beradigan masjid burchagida jimgina o'tirgandek ko'rinsada, aslida Allohning uyida ekanini, Uning uyida zikr bilan mashg'ul bo'lish kerakligini yahshi biladi. Yana biladiki, mehmonni e'zozlashga buyurgan bir din sohibi ALloh,jome'larda mehmondorchilik odobiga rioya etgan mo'min qullarni mutlaqo mamnun etajak.
Til jim. Faqat dil yo'li Allohga ochilgan,o'z istagini o'zidan yahshi biluvchi Parvardigori huzuriga chiqqan, arzi hol aylagan. Yillar shamolida to'zimas ixlos bilan qilingan ibodatdan, oppoq nurga g'arq boo'lgan soqol ham qalbdan qo'zg'alib ko'zdan oqqan yoshlar bilan nam bo'lmoqda.
Bu orada masjid minorasidan bir sado eshitildi. Qarshi binolarda aks-sadolar berib yangradi. Ko'ngildan chiqib, ko'ngillarni to'ldiruvchi nido. Allohning buyukligini e'lon etuvchi fig'on. Yuksaklik,ulug'lik,kamol Allohga oidligini anglatuvchi nola:"Allohu Akbar! Allohu AKbar!". Mo'minlarni ALlohning uyiga chorlov. Mo'minlarni Allohnig uyiga mehmonga, ma'naviy ziyofatlarga chorlovchi eng go'zal, eng dilbar tovush! Yangroq navo. Bu ss oyoqni tolg'in, tazzaru holidan umidli holatga keltiradi. Buyuk Alloh uyida qilingan so'rivni qaytarmasligi va huzurida samimiyat ila ko'tarilgan qo'llarni bo'sh qo'ymasligi ko'nglida bir qanoat hosil etadi. Namoz ibodati shu qanoat va huzur ichida ado qilinadi...

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Dekabr 2006, 10:58:38

Uyda ona bilan qiz yolg'iz. Onasi Aminani yoniga chorladi. "Qizim, senga gapim bor". Ona so'z boshladi:
- Amina, bugun biznikiga keligan kishi bor-ku...
- Ha, ona.
- Shu kishi sovchi bo'lib, Mustafo degan jiyaniga seni so'rab kelibdi,qizim...
Amina bunday taklifni kutmagani uchun dovdiran qoldi. Yuzi hayodan qirmizi tus oldi. Tili tutilib, yerga qardi. Bir muddat shu zaylda jim o'tirdi. Uning javob bermaganini ko'rgan onasisochlarini tuzata turib, ilova etdi:
-Nima bo'ldi senga Amina? Hafa bo'ldingmi,qizim? Bu barchaning boshida bor gap. Bu Allohning bir qonuni-ki, uni o'zgartirib bo'lmaydi. Hech kim bunga qarshi borolmaydi. Otangning aytishicha, pokiza, ahloqli, odobli, oliyjanob yigit emish. Onasining onasi Munavvar, otasi avvalroq vafot etgan ekan. Yana 11 yoshli o'g'li ham bor emish. O'ylab ko'r. Uch kun ichida menga javobingni aytgin, qizim.

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Dekabr 2006, 10:23:15

Mahmud og'aning oydek qizi Amina o'zicha kelin bo'lishiga hali uch-to'rt yil borligini chamalab qo'ygandiyu,lekin onasining nogoh taklifi uni shoshirib qo'ydi,hayajonlantirdi, o'ylantirib qo'ydi. Yoshi o'n yettida edi. Yigirma yoshga qadar hali fursatim bor degan qanoat bilan o'zini ovutib yurardi. Yana to'g'risini istasangiz, Amina hatto turmushga chiqmaslikka ham rozi edi. Nechun deysizmi?
Atrofda bunday hayol-hulosaga olib keluvchi misollar ko'p edi. U hech bir qaynona va kelin o'zaro turmushlaridan mamnun ekanliklarini eshitgan emas. Honadon siri ko'chaga chiqmasindeguvchilarning til uchida:"Yahshimiz,  binoyidek yashab yuribmiz",desalar ham, ularning gap ohanglaridan "Chiqisha olmayapmiz, ammo nachora", degan ma'noni uqish qiyin meas edi. Ikki hotin uchrashib qolishsa, qaynonasi yoki kelinidan shikoyat qiladi. Yoki mahalla kuydagi shunday bahtsizlardan gap ochadi. Oddiy bir misol:to'rt eshik naridagi qo'shning kelini Kazbon. Uning aytishicha eri bozordan kelganda kutib olishga uyalgan. Qaynonasi darhol:
-O'g'limni kutib olmaysizmi? Nimaga turibsiz? Sizni kim uchun olib keldim?-deya arazlagan emish. Ikki kun o'tganidan keyin uyida bir mehmon borligida, bog' eshigidan kirayotgan erini kutib olish uchun borayotsa, qaynonasi:
- Qizim ayb bo'ladi.el yurt bor-a, deya mehmon oldida izza qilgan emish.
Bunday aqldan, mantiq va insoniylikdan yiroq hodisalarni tinglash Aminaning ko'nglini hira qilar, turmushga chiqish istagini sekin asta yo'qqa chiqarib borardi. Yana Kazbon aytishicha, biroz e'tiborsizligi tufayli pishirayotgan taomi tagiga olib kuyadi.Qaynona ovi o'ngidan kelgan qoplandek unga tashlandi. Ahir kelin ko'r bo'lmasa, o'g'li otdek ishlab topgan narsalarni isrof etadimi? Beli og'rib pul topmaganda...Ustiga ustak o'tin ham ko'p, istaganingcha kuydir, yoq...
Qaynonam birpas to'ng'illagach, menga qarab shunday dedi:
- Allohdan qo'rqing, qizim, boshqa narsa demayman. U mening o'g'lim bo'lsa, sizning eringiz.
- Ona bilmay qolibman. Atay kuydirmadimku....
- Albatta,bilmay kuydirasiz. Qanday topilayotganini, qandat ter to'kilayotganini bilmaganingiz uchun,kuydirsangiz ham zararini sezmaysiz. Agar ota uyida shu ishni qilsangiz nima bo'ladi? Ehtimol hech narsa...tarbiyaga qaraydi-da.Bo'y o'sgani bilan ish bitmaydi. Terakda ham boi'y bor, natija meva yo'q...
Qaynonam arzimagan bahonani topib avjiga chiqardi. Ovqatni bilmasdan kudirib qo'yganim uchun shunchalik qilishi shartmi? Shunga hafa qilish shartmi? Shumi insoniylik? Qaysi ahloq kitobida bitilgan bu? O'zimni aybli sanab:
- Ona boshqa takrorlanmaydi. E'tiborli bo'laman,desam, javobi hammasidan oshib tushdi. Ikki soatcha javradiyu, tag'in nima deydi deng:
- Yahshiyam bugun birovga ozor berilmaydigan muborak kun. Yo'qsa ko'nglingizni hufton qilardim. Shukr eting. Yana bir bor shunday ish tutadigan bo'lsangiz, o'zingizdan ko'ring. Qozonning qopqog'ini shunday eringizni oldida ochaman!...

Qayd etilgan