Muallif Mavzu: Ertaklar...  ( 13403 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Ertaklar...
« : 05 Dekabr 2006, 00:03:23 »
Bir zamonlar mohir ovchi bo‘lgan ekan. U ovchilik sir-asrorlarini mukammal egallagan bo‘lib, qo‘ygan tuzog’i hech vaqt o‘ljasiz qolmas edi. Xullas, kunlardan bir kuni ovchi odatdagidek o‘rmonga qo‘ygan tuzog‘idan xabar olish uchun boribdi va tuzoqdan qutilish uchun har tomonga o‘zini urayotgan ayiq bolasiga ko‘zi tushibdi. Shundan so‘ng ovchi ayiqchani tuzoqdan ozod etib, boqish uchun uyiga olib ketibdi. U ayiqchani  boqib katta qilibdi. Ovchining ayiqchaga mehr bilan qaragani hamda parvarish qilgani beiz qolmagan edi. Oradan ancha vaqt o‘tib, ayiqcha katta bo‘ldi. Ammo ovchi bundan hech ham xavfsiramas edi, boisi ayiqcha unga juda qattiq o‘rganib qolgandi. Ayiq ovchi qayerga borsa ortidan ergashib ketaverardi. Shunday holatda ular birgalikda juda ko‘p yerlarni aylanib chiqishdi. Ba’zi vaqtlarda ovchi charchab dam olish uchun biron joydan qo‘nim topsa, ayiq uni turli zararli hasharotlardan qo‘riqlar edi. Inson bilan qonida yirtqichlik hamda yovvoyilik jihatlari   bo‘lgan hayvon orasida bunday do‘stlarcha munosabat hayratlanarli. Shunday emasmi?
Kunlarning birida ikki do‘st har galgiday safarga otlanishdi. Yo‘lda ozgina toliqqan ovchi daraxt soyasida hordiq chiqarish uchun bir fursat to‘xtadi. Ovchining ko‘zi uyquga ilinganda ayiq uni odati bo‘yicha qo‘riqlay boshladi. Ayni shu vaqtda bir pashsha kelib ovchining yuziga qo‘naverdi. Bu hol bir necha marotaba qaytarilgach, ayiq bundan g“azablandi. Pashshadan batamom qutulish uchun yerdan bir tosh olib, uni ovchi yuziga qo‘nib turgan pashshaga qarata bor kuchi bilan otdi. Pashshaga qo‘shilib ovchi ham halok bo‘ldi.
Ayiq yaxshilik qilmoqchi edi, ammo...
Aynan shu sababdan nodon do‘stdan, aqlli dushman yaxshi degan naql odamlar orasida og‘izdan-og‘izga ko‘chib yursa kerak.

Arab tilidan Sh.TOIROV tarjima qildi.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Ertaklar...
« Javob #1 : 28 Fevral 2007, 17:44:17 »
 Echkining uyi

Bir o‘rmonda Echki yashar edi. Uning yettita jajji bolachalari - o‘loqchalari bor edi. Ammo uyi yo‘q edi. U uy qo‘rsa bo‘ladigan joyni qidirib ketibdi.
Eman daraxti oldiga kelibdi-da:
«Men shu yerda o‘y qo‘rsam bo‘ladimi?» - deb so‘rabdi.
Eman daraxti unga:
«Bu yerda o‘y qo‘rmagin, mening shoxlarimdagi yong’oqlar yerga tushadi, seni bolachalaringga tegadi», - deb javob beribdi.
Echki nariroq yurib, Archa daraxtini ko‘ribdi va undan:
«Sening yoningda uy qursam maylimi?» - deb so‘radi.
Archa esa:
«Mening yonimda sira Ñ›am uy qurmagin, bo‘lmasa mening bujurlarim bolachalaringning boshiga tushishi mumkin», - debdi.
Echki Tog’terak daraxtining oldiga kelib, shu yerda uy qursam bo‘ladimi, deb so‘rabdi.
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Ertaklar...
« Javob #2 : 28 Fevral 2007, 17:44:39 »
 Tog’terak esa:
«Barglarimning shovurlashidan bolachalaring uxlay olmaydilar-da», - deb javob qilibdi.
So‘ng Echki pushti rang gulli, chiroyli Na’matak butasini ko‘rib qolibdi, va shu yerda uy qurishga qaror qilibdi. Ammo Na’matak unga:
«Bu yerda zinxor uy qura ko‘rma, mening tikanlarim uloqchalaringni tirnab oladi»,- deya javob beribdi.
Echki yana nariroq yurib, baland o‘sgan Qayin daraxtini ko‘rib qolibdi va undan:
    «Shu yerda uy qursam bo‘ladimi?» - deb so‘rabdi.
Qayin daraxti esa:
«Sen o‘z uyingni aynan shu yerda qurishig kerak, chunki men issiq kunlarda uloqchalaringni oftobdan saqlayman, sovuq kunlarda esa shamoldan saqlab, isitaman», - debdi.
Shunday qilib Echki o‘z uyini Qayin daraxti ostiga quribdi.
O’loqchalar o‘sib, biroz ulg’ayganlaridan so‘ng, Echki ularni yolg’iz qoldirib, o‘rmonga barra o‘t va muzdek suv keltirish uchun, keta boshlabdi. Ammo ketayotganida Ñ›ar  maÑ›al uloqchalarga:
«Eshikni qattiq tambalab olinglar, Ñ›ech kimga ochmanglar. Men qaytganimda, sizlarga ashula aytaman:
Uloqchalar, bolachalar,
Eshingni tez ocha qoling,
Onangiz qaytib keldi,
Sizga sut olib keldi», - deb o‘qtirar ekan.
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Ertaklar...
« Javob #3 : 28 Fevral 2007, 17:45:15 »
Uloqchalar eshikni maћkam berkitib, onalarning qaytishini kutishar ekan.
Ko‘plardan bir kun, ona Echki uyga qaytib kelib, ashula aytayotganda, uni Bo‘ri eshtib qolibdi va keyingi gal, Echki o‘rmonga ketganda, Bo‘rivoy eshik yoniga kelib, do‘rillagan, yo‘g’on ovozda:
«Ey, uloqcha- bolachalar,
Tez eshikni ocha qoling,
Onangiz qaytib keldi,
Tez eshikni ocha qoling,
Onangiz qayti keldi,
Sizga sut olib keldi», - deb ashula aytibdi.
Ammo uloqchalar ashulaga yaxshila quloq solishibdi va ashula aytayotgan o‘z Onalari emasligini darrov tushunib olishib, eshikni ochishmabdi.
Ona Echki uyga qaytganda esa, uloqchalar unga bo‘lgan voqeani aytib berishibdi. Echki bu gaplarni eshitib bo‘lgach:
«Barakalla, bolachalarim, eshikni yaxshi Ñ›am ochmabsiz! Bu kelgan och Bo‘ri edi. Agar eshikni ochganingizda u sizlarni yeb qo‘yar edi», - deb xitob qilibdi.
Mana shu bilan ertak tugabdi.
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Ertaklar...
« Javob #4 : 28 Fevral 2007, 17:46:00 »
Quyonchaning uyi

   Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Tulkivoy bilan Quyoncha bo‘lgan ekan. Tulkini uychasi muzdan, Quyonniki esa yog’ochdan yasalgan ekan.
   BaÑ›or kelib, kunlar isigach, Tulkining muz uychasi erib ketibdi, Quyonniki esa usha-usha turaveribdi. Tulkivoy Quyonchaning uyiga kirib isinib olgisi kelibdi, Quyoncha unga mayli debdi, biroq Tulkivoy uni o‘z uyidan Ñ›aydab solibdi.
   Quyoncha yo‘l-yo‘lakay yig’lab,xafa bo‘lib ketyotsa, oldindan itlar chiqib qolishibdi:
   «Nega yig’layapsan, Quyoncha?»
   «Yig’lamasdan nima qilay?! Mening uyim yog’ochdan, Tulkiniki muzdan qurilgan edi. BaÑ›or kelib, kunlar isib, uning uyi erib ketdi. Men uni uyimga isinishga kiritsam, u bo‘lsa meni Ñ›aydab yubordi».
   «Yig’lama, Quyoncha, biz Tulkivoyning o‘zini Ñ›aydab yuboramiz – deb javob beribdi Itlar va Quyonchaning uyi oldiga kelib:
   «Av-av-av! Tulkivoy, yo‘qol bu yerdan!» - deb baqirishibdi.
   Tulkivoy bo‘lsa ularga:
   «Bir sakrasam, tez yetvolsam,
Parcha-parcha qilvoraman!» - deb qichqiribdi. Itlar bu gaplardan qo‘rqib, qochib qolishibdi.
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Ertaklar...
« Javob #5 : 28 Fevral 2007, 17:46:29 »
Quyoncha daraxt ostida utirib, yana yig’lay boshlabdi. Shu tobda Ayiqpolvon utib ketayotgan yekan, Quyonni ko‘rib:
«Nega yig’lab qolding, Quyoncha?» - deb so‘rabdi.
Quyon esa:
«Yig’lamasdan nima qilay?! Mening uyim yog’ochdan, Tulkiniki esa muzdan yasalgan edi. BaÑ›or kelib, kunlar isib, uning uyi erib ketdi. Men uni o‘z uyimgaisnishga kiritsam, u meni Ñ›aydab yubordi.
«Yig’lama, Quyoncha, men Tulkini Ñ›aydab yuboraman», - debdi Ayiqpolvon.
«Yo‘q, Ayiqpolvon, sen uni Ñ›aydab olmaysan, Itlar Ñ›am Ñ›aydab-Ñ›aydab, uydan chiqara olmadilar!»
«Yo‘q, men Ñ›aydab yuboraman Tulkini! Yur uyingga».
«Tulkivoy, yo‘qol bu yerdan!» - bir bo‘kiribdi.
Tulkivoy esa unga yotgan joyidan:
«Bir sakrasam, tez yetvolsam,
Parcha-parcha qilvoraman!» - deya qichqiribdi.
Ayiqpolvon qo‘rqib qochib qolibdi.
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Ertaklar...
« Javob #6 : 28 Fevral 2007, 17:46:42 »
Quyoncha yana daraxt ostida yig’lab o‘tirgan ekan, shu tobda yelkasiga o‘roq osgan, tojisi oltinga o‘xshash Xo‘rozvoy o‘tib qolibdi. U Quyonchaga ko‘zi tushgach:
«Nega yig’layapsan, Quyoncha?» - deb so‘rabdi.
«Yig’lamasdan iloj qancha?! Mening uyim yog’ochdan, Tulkiniki muzdan qurilgan edi. BaÑ›or kelib, kunlar isib, uning uyi erib ketdi. Men uni isinishga kiritsam, u bo‘lsa  meni Ñ›aydab soldi.»
«Yur, men Tulkini Ñ›aydab yuboray», - debdi Xo‘rozvoy.
«Yo‘q, sen uni Ñ›aydab yuboraolmaysan. Itlar uni Ñ›aydab-Ñ›aydab, Ayiqpolvon Ñ›aydab-Ñ›aydab, chiqara olmadilar, sen Ñ›am Ñ›ayday olmaysan».
«Men Ñ›ayday olaman, qani yur!»
Uychaning oldiga kelishgach, Xo‘rozvoy ashula ayta boshlabdi:
«Quqarequ!
Yelkamda o‘rog’im bor,
Tulkidan so‘rog’im bor!
Tulki yo‘qol bu yerdan!»
Tulkivoy qo‘rqib ketib:
«Kiyimimni kiyvolay!» - deb javob qilibdi.
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Ertaklar...
« Javob #7 : 28 Fevral 2007, 17:46:58 »
«Quqarequ!
Yelkamda o‘rog’im bor,
 Tulkivoydan so‘rog’im bor,
Tulki, yo‘qol bu yerdan!»
Tulkivoy qo‘rqib ketib:
«Po‘stinimni ilvolay!» - deb javob qilibdi.
Xo‘rozvoy uchinchi marta:
«Qo‘qarequ!
Yelkamda o‘rog’im bor,
Tulkidan so‘rog’im bor!
Tulki, yo‘qol bu yerdan!» - deya qichqirgan ekan, Tulkivoy uychadan chiqib, o‘rmonga qochib qolibdi.
Quyoncha esa yog’ochdan yasalgan o‘z uychasida Xo‘rozvoy bilan birga mazza qilib yashay boshlashibdi.
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ertaklar...
« Javob #8 : 04 Mart 2007, 14:18:12 »
Yo'q bunday ertaklar etadigan bo'sek mavzu qiziq ketmidi.Mana bunaqa qilamiza mana masalan man silaga erteni boshini boshlab beraman.Bir chol bor ekan uning 3 o'g'li bor ekan u chol o'g'illarining har biriga kompyuter olib bergan ekan.U o'g'illar esa qayerlardandir Ziyouz ziyo istalgan qalblar uchun degan Islomiy forum topib olishibdi....Sila davom ettirila...

Hurmatli userimiz, siz aytgan mavzu Kon'ngilochar bo'limda mavjud:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1160.0
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ertaklar...
« Javob #9 : 15 May 2007, 15:20:57 »
Теги.рмончи[/center]]
Теги.рмончи
[/url].
              Бир бор экан  бир йук экан,  бир тегирмончи булган экан.
 Ð¢ÐµÐ³Ð¸Ñ€Ð¼Ð¾Ð½Ñ‡Ð¸Ð½Ð¸Ð½Ð³ иккита угли бор экан. Угилларининг каттаси дангаса, ишёкмас экан.  Кичиги мехнатсевар, пишик, одобли йигит
Экан.. Бир куни тегирмончи икки углини ёнига чакириб:
             Ð£Ð³Ð¸Ð»Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð¼, мен энди кариб колдим, - дебди,- бир оёгим турда булса, бир оёгим гурда.  Мендан сизларга коладиган мана шу
Ховлию тегирмон, холос. Иккалаларинг хамжихат булиб, ахил
Яшанглар.
         Ð§Ð¾Ð»  шу насихатни килгандан кейин  бир неча кун утгач
Вафот  этибди.
           Ð£Ð³Ð¸Ð»Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð³Ð° тегирмон билан ховли мерос колибди. Катта
Углига ховли тегибди,  кичигига тегирмон тегибди. Кичик угил хар куни одамларнинг  бугдойларини тортиб,    ун килиб, уйга у бу егулик топиб келар экан.  Аммо акаси унга сира карашмас  экан.
Бир куни укаси  ака, келинг бир бахтимизни синаб курамиз, дебди.
Шунда акаси:
             Ð‘ахтимизни синаш учун  кишлокнинг бой кизига уйланамиз,
Бой киз купгина сепи  билан келиб, бизларни хам бой килади, кел
Сен топган пулларингни  менга бер,  пул йигайлик, - дебди. Бундай
Пуч гапларга укаси кунмабди. Уртада жанжал кутарилибди.   ÐÐºÐ°ÑÐ¸
Укасини уйдан хайдаб чикарибди.  Укаси тегирмон тошини хам олиб, уйдан чикиб кетибди.  Йул юрибди, йул юрса хам мул юрибди.
Коронгу тушганда бир эски уй ёнига етиб борибди.  Эски уйда тунагани куркиб,  дарахтнинг тепасига чикиб олибди.  Тегирмон тошини хам узи билан дарахтга олиб ччикиб кетибди. Ярим тунда дарахтда ухлаб утириб, кулидан тегирмон тошини тушириб юборибди  ва уйгониб кетибди. Уйгонганида турли шарпалар
Кочиб кетаётганини курибди-ÑŽ,  пастга тушгани куркиб утираверибди.  Тонг отгач, пастга тушса, тегирмон тошининг тагида ётган  ярим коп олтин ва атрофга сочилиб ётган  кимматбахо такинчокларни курибди.
           ÐšÐµÑ‡Ð°ÑÐ¸ угрилар  угирланган нарсаларни буламиз    деб турганда тепадан тегирмон тоши тушган, улар нарсаларини ташлаб кочган эканлар.
            Йигит  тош билан бирга  олтин ва такинчокларни хам
 Ð™Ð¸Ð³Ð¸ÑˆÑ‚ириб,   ÑƒÐ¹Ð³Ð° бормокчи булибди. 
           ÐÐ¼Ð¼Ð¾ акаси билан  яна  кунглиз гаплар   Ð±ÑƒÐ»Ð¸ÑˆÐ¸Ð½Ð¸ уйлаб,
Бойликларни кутарганича  боши оккан томонга кетибди. Акаси
Булса,  укасини уйдан кувлаб чикаргач,  кийинчилик билан кун кура бошлабди. Тез кунда егулик нарса топа олмай, уйни сотибди.
              Уйнинг пули хам тугаб,  у кучада колибди  ва  кишиларнинг хизматларини  килишга мажбур булибди. Утин териб, сотиб кун
Курибди.  Кунлар шу тарзда утаверибди.  Уаввалгидан анча – мунча
Иш киладиган булиб колибди. Пул йигиб, укасини кидириб топишни максад килибди. Бир куни утин териб  хориб-толиб юрганда бир мухташам сарой олдидан чикиб колибди.  Дарвозасини
Кокиб, сув сурабди.
            Ичкаридан 5-6  йошлардаги бир кизча чикибди. Кизча кузига
Иссик куринибди.  Бу уй кимнинг уйи эканлигини сурабди. Кизча
Одамлар дадасини «Ñ‚егирмончи»    деб аташларини айтибди,
Дадамлар хозир ишдалар дебди.   
            Утегирмончи келишини кутибди. Терган  утинларини хам шу ховлига олиб келибди.  Бир вакт тегирмончи  ишдан кайтиб келибди.
Уузининг укаси экан.  Ака-ука бир-бирларини  куриб,  севинганларидан  йиглаб  юборибдилар.
           ÐÐºÐ°-ука бир-бирларини   Ð½Ð¸Ñ…оятда  согинган   ÑÐºÐ°Ð½Ð»Ð°Ñ€.  Укаси
Акасини  суроклаган  пайтда Унинг уйни сотиб  кетганини билган,
Топа олмай, нихоятда хафа булган экан.
           ÐÐºÐ° – ука  бир – бирларидан  хол-ахвол сураптилар, укаси акасини уйга таклиф килибди.
           Ð£ÐºÐ° акаси хам анча мехнатсевар  одам булиб колганини
Мехнат билан кун кураётганини англабди. Иккалалари бир булиб,
Оталаридан колган ховлини кайта сотиб  олибдилар. Шу кишлокнинг одобли хонадонига  совчи куйиб, акасини хам уйлаб куйибди. Акаси уз кишлогида  бахтли хаёт кечирибди.  Укаси хам оиласи ёнига  кайтибди. Ака-ука ахил ва инок яшашиб,  мурод максадларига етибдилар.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Ertaklar...
« Javob #10 : 14 Iyun 2007, 18:25:33 »
XASIS BOY

Qadim o‘tgan zamonda, biz bilmagan tomonda bir boy bo‘lgan ekan. Uning haddan tashqari xasisligini qishloqda hamma bilar ekan. Bir kuni boy tong saharda bomdod namozini o‘qish uchun masjidga chiqibdi. Azon aytilib, imom «Allohu akbar» deb namozini boshlaganda, xasis boyning uyda chiroqning yoniq qolgani, o‘chirib kelish esidan chiqqani yodiga tushibdi-da, namozini ham tashlab, uyiga yuguribdi. Halloslagancha yetib kelgan boy eshikni taqillatishdan o‘zini zo‘rg‘a to‘xtatibdi. Har eshikni taqillatganda bo‘yog‘iga zarar yetib, ohori ketishi mumkinligini o‘ylabdi. Axiri, bosh¬qacha yo‘l topibdi, u ovozi boricha baqirib uydagilarni chaqiribdi. Ichkaridan kelini chiqibdi. U eshikni ochishi bilanoq boy yugurib borib chiroqni o‘chiribdi.
— Xudoga shukr, yaxshiyam chiroq yonib qolgani esimga tushibdi-ya, qizim, namozni o‘qib kelgunimcha qancha yoqilg‘i, qancha pilik yonib tugardi-ya, — debdi u hansirab. Kelini shaddodroq ekan:
— Dadajon, namozni o‘qib kelguningizcha qancha kerosin, qancha pilik ketishini o‘ylabsizu, masjiddan yugurib kelguningizcha kovushingizning tagi qanchalar yeyilishini o‘ylamabsiz-da? — debdi.
Shunda boy miyig‘ida kulgancha der emish:
— Bu yog‘ini ham o‘ylab qo‘ygandim! Kovushni qo‘ltig‘imga qistirib yugurdim. To‘g‘ri, tovonimga bir-ikki tikan kirdi, ha, mayli, oyoq-ku ikki-uch kunda tuzalib qoladi, ammo kovushimga biror nima bo‘lganda men chidolmasdim!
Kelini uning haqiqiy ziqna ekanligiga yana bir bor tan beribdi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Ertaklar...
« Javob #11 : 14 Iyun 2007, 18:26:11 »
VA’DAGA VAFO

Qadim zamonda bir boy odam bo‘lgan ekan. Uning bir arzanda o‘g‘li bo‘lib, ota  o‘g‘lining oila  qurib, baxtli hayot kechirishini juda-juda istar ekan. Noqobil o‘g‘il otasi istagini bajo keltirishni aslo xayoliga ham keltirmasdi. U hayoti davomida hali ko‘ngliga mos qizni uchratmagan ekan.
Kunlardan bir kun ota o‘g‘lini oldiga chorlab, shunday nasihat qilibdi:
— O‘g‘lim, ko‘zim ochiqligida baxtingni ko‘rsam deyman. Umrim ham poyoniga yetib bormoqda. Qachongacha so‘qqabosh bo‘lib yurasan, uylan! Men bu dunyodan armon bilan ketmayin, — debdi.
O‘g‘il biroz o‘ylanib, otasiga boshi bilan tasdiq ishorasini beribdi.
— Rahmat, o‘g‘lim, — debdi ota xursand bo‘lib, — men senga bir-biridan go‘zal, parqu liboslar kiygan to‘rt qizni ko‘rsataman. Sen ulardan bittasini, eng ko‘nglingga  yoqqanini yagona shart bilan tanlab olasan.
— Qanaqa shart? — so‘rabdi yigit ajablanib.
— Shart shundan iboratki, — debdi ota, — sen qizlarni birin-ketin kuzatasan. Qizlar oldingga nav-
batma-navbat kirishadi. Sen faqat bir qizni kuzatib, so‘ng unga  ruxsat berib, ikkinchisini qabul qilsang va u yoqmasdan birinchi ko‘rgan qizingni tanlasang, shart buziladi. Sening bunga haqqing yo‘q.
O‘g‘il otasining shartlariga  ko‘nibdi va aytganlarini bekamu ko‘st bajarishga va’da beribdi. Va’daga binoan, uni dastlab go‘zal, yoshgina, yashil va sariq rangdagi ko‘ylak kiygan qizga uchrashtirishibdi. Qizning ko‘zlari osmon singari musaffo, moviy, mayingina hilpirayotgan jingalak sochlariga turfa chechaklardan to‘qilgan gulchambar taqqan, chehrasi endigina uyqudan uyg‘ongan bolakayning lo‘ppi yuzchalaridek qip-qizil edi. Sohibjamolning jajji yuragi quvongan bolachaning yuragidek bilinar-bilinmas ohista tepayotganligini yaqqol sezish mumkin edi. U bahor nafasi kelib turgan nozik barmoqlariga qo‘ngan bulbul bilan  yigitchaning oldiga keldi. Yigit unga mutlaqo mahliyo bo‘lib qolgan edi.
—   U yoqdimi? — so‘radi ota. — Unga uylanishni xohlaysanmi, yo‘qmi? Otaning bu savolidan o‘g‘il o‘ziga keldi.
—   U haqiqatan ham, go‘zal, — dedi o‘g‘il, — mening bunga hecham shubham yo‘q. Ammo bu go‘zallikning chegarasi bor, deb o‘ylayman. Chunki bu go‘zallik bir kunmas bir kun so‘nishi mumkin. Balki, keyingi  qiz bundan ham go‘zaldir.
Birinchi go‘zal xonani ohistagina tark etishi bilanoq, otaning buyrug‘i bilan  ostonada ikkinchi go‘zal paydo bo‘ldi. Bu nomzod avvalgisidan qolishmay-
digan darajada latofatli edi. Uning nozik qo‘lchalaridagi o‘roq quyosh nurida yaltirardi. Go‘zal atrofga o‘tli nigoh tashlardi. Yigit bu masalani yana hal qilolmay otasiga yuzlandi.
— U menga juda yoqdi, men uning vafodor bo‘lishini istayman!
Otaning buyrug‘iga binoan uchinchi — boshqa go‘zal kirib keldi. Bu qiz boshqalariga qaraganda quvnoq,
navqiron edi. Bu hurliqo ma’yus kelinlarday uyalibgina turar va parqu liboslarga burkangandi. Sohibjamol boshqa qizlardan farqli ravishda har xil mevalar solingan laganni chambar misol ko‘tarib turardi. Mallarang
sochlari to‘lqin-to‘lqin...
Bu pari avvalgi ikki qizga sira o‘xshamasdi. Boshqa go‘zallar bilan taqqoslab bo‘lmas darajada ma’suma ekanligini yigit ich-ichidan yaqqol his etib turardi. Yigitning ko‘ngli shu nomzodga bog‘lansa-da, qiziqish ustun kelib so‘nggi — to‘rtinchi go‘zalning kirishiga izn berdi. Galdagi qiz esa yigitga bir zumgina afsuslangandek nigoh-la qarab turdi.  U loyqalangan suvdek, bo‘rondek kayfiyat bilan shovqin-suron solib kirib kelgandi, boshida tikonlardan to‘qilgan chambar qo‘ndirilgan, yuzi, sovuq tishlari yaltirab, shaqirlab ovoz chiqarardi.
U kumush parchalarga o‘rangan bo‘lib, sovuq, muz va qorning hidi kelib turardi. Yigit bir seskanib, orqaga chekindi.
— Nahotki, sen mening malikam bo‘lsang, ishongim kelmayapti, — dedi u. Qiz yigitning ikkala qo‘lidan ushladi va dedi:
— Sevgilim, hech ikkilanma. Men yoring — qishman va  sovqotyapman. Sen men bilan o‘z taqdiringni bog‘lashing zarur.
Ota, nihoyat ikki yoshga oq fotiha berdi. Qanchadan-qancha go‘zallarni tanlamagan yigit va’dasiga vafo qilib, o‘z hayotini sovuq, quruq va injiq qish bilan bog‘lashga majbur bo‘ldi.

Nemis tilidan Shavkat HAMIDOV tarjimasi
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ertaklar...
« Javob #12 : 06 Fevral 2008, 16:09:10 »
Qayiqchi
(ertak)

Qadim zamonda bir qayiqchi bo‘lgan ekan. U daryo bo‘yida yashar va har kuni daryodan baliq ovlab, sotar ekan. Qayiqchi bolalari bilan Xudoga ibodat qilishni kanda qilmas ekan. Buni ko‘rolmagan shayton qayiqchini yo‘ldan urishga urinibdi:
—   Qayiqchi, bu daryo qayerga borib qo‘shiladi?
—   Bilmayman, — deya javob qaytaribdi qayiqchi.
—   Dengiz degan katta suvga qo‘shiladi. Bu katta suvda turli xil baliqlar bo‘ladi. Go‘shtining ta’mi tovuqning go‘shtidan ham, mol go‘shtidan ham shirin bo‘ladi. Kattaligi senday, vazni ho‘kizday. Bittasini tutib sotsang, o‘rniga sut beradigan yaxshi bir sigir beradi.
Qayiqchi og‘zini ochib, shaytonning gapiga laqqa ishonibdi.
—   Bu yerda bir umr baliqchilik qilib kuningni bazo‘r o‘tkazayapsan. Menga qara, qayiqchi, sen katta bir qayiq yasa, bir marta baliq tutsang, umrbod to‘kin-sochin yashaysan.
Qayiqchi nafsga, orzu-umidlarga berilib, Yaratganni unutibdi. Bir hafta deganda, u katta qayiq yasabdi. Bola-chaqasi bilan xayrlashib, ularga tayinlabdi:
—   Sizlar hamma xonalarni bo‘shatinglar. Xonalarga  baliq to‘ldiramiz.
Shu payt qayerdandir paydo bo‘lgan o‘sha shayton qayiqchining yelkasiga yana o‘tirib olibdi.
—   Xafa bo‘lma, qayiqchi, men bilan do‘st tutinganlarning yelkasiga o‘tirishni yaxshi ko‘raman. Qayiqchi, sen tayyormisan? Bo‘lmasa, ketdik.
Qayiqchi xursand edi, u shaytonning ko‘rsatmalariga so‘zsiz itoat etardi. Shayton va qayiqchi ikki kun suzganlaridan keyin «dengiz» deb ataladigan katta bir maydonga chiqishibdi. Dengizni ko‘rib, qayiqchi shaytonga qayta-qayta minnatdorchilik bildiribdi.
—   Rahmat senga, do‘stim, endi ayt, qayerga to‘r tashlay?
—   Shoshilma, sohil bo‘ylarida baliqlar kichkina bo‘ladi. Dengiz o‘rtasida aytganimdek, ho‘kizday-ho‘kizday baliqlar bo‘ladi.
Ular dengiz o‘rtasigacha suzib borishibdi. Qayiqchi shahd bilan eshkak eshib, kun botganini ham sezmay qolibdi. U dengiz o‘rtasiga borib, charchab, biroz dam olgisi kelibdi. Dengizning na boshi va na oxiri ko‘rinarkan. Birdan chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘a boshlabdi. To‘lqin ko‘tarilib, qayiqni chayqata boshlabdi. Timsohga o‘xshagan hayvonlar qayiqqa hamla qila boshlabdi. Qayiqchi bunday qo‘rqinchli manzarani endi ko‘rishi ekan. Qayiqni dengiz o‘z domiga torta boshlabdi.
—   Do‘stim, qaydasan, qayerga olib kelding, meni?
Shayton qah-qah kulib:
—   Men seni to‘g‘ri yo‘lingdan adashtirdim. Agar menga ergashmasang, hozir mazza qilib bola-chaqangni oldida yayrab, ibodatingni qilgan bo‘larding. Shunga aytadilar-da, «Uzoqning bug‘doyidan yaqinning somoni yaxshi» deb.
Qayiqchi tushunibdi, «do‘sti»ning shayton ekanligini fahmlabdi. Qayiqchi dod-voy qilganicha suvga g‘arq bo‘libdi...

Ismatullo QOSIMOV oqqa ko‘chirdi.

Shirinqiz

  • Muslima Munis
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 304
  • Jins: Ayol
  • Fарибларга Жаннат бўлсин !!!
Re: Ertaklar...
« Javob #13 : 07 Fevral 2008, 04:26:33 »
                                                            Do’stlar.   

      Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda Ali va Vali ismli do’stlar bo’lgan ekan. Ular har kuni birgalikda o’tkazar ekan. Birga o’ynashar, birgalikda darslarni tayyorlashar, birgalikda ovqatlanishar ekanlar. Alining onasi unga issiq kulcha yopib bеrsa, tеzda Valiga tutqazar, Valining onasi unga shirinlik olib kеlsa, u ham darrov Ali bilan shirinliklarni baham ko’rar ekan. Ularning bu mеhribonchiligidan atrofdagi qo’ni-qo’shnilar, qarindosh-urug’lar ularni go’yoki aka-ukalar dеb o’ylar ekanlar. Ularning bu do’stligiga hattoki quyosh-u oylar, kichik qurt-qumurskalar, yangi ochilgan gullar-u, ulardagi shabnam tomchilar ham xavas ko’zi bilan karar ekan.

    Lеkin birdan ularning do’stligiga bir ko’z tеgibdi. Ularning yoniga qo’shni bo’lib bir oila ko’chib kеlibdi. Bu oilaning Ali va Vali singari o’g’li Anvar tеngdosh ekan. Ali va Vali boshida yangi bola bilan tanishmoqchi bo’lishibdi. Anvar yam-yashil o’tloq ustida turli-tuman o’yinchoqlari bilan o’ynab utirganida ikki do’st uning yoniga kеlishibdi. Ali va Vali undan so’rashibdi:

- Anvar sеn buncha o’yinchoqni bitta o’zing o’ynayapsanmi?

- Ha. Sizlar xam o’ynamoqchimisizlar?

- Agar qarshi bo’lmasang, albatta. – dеb bolalarning ko’zlari chaqnab kеtibdi. Anvar o’ylab turib Aliga, - «Faqatgina sеn o’ynashing mumkin.» - dеbdi. Valini esa ularga qo’shilib o’ynashiga ruhsat bеrmabdi. Vali Anvar va Alining quvonchi bilan o’yinchoqni o’ynashiga xavas bilan qarabdi. Lеkin eng yaqin do’sti Alidan xafa bo’lib, endi uni do’stim dеmayman dеb yig’lab kеtib qolibdi.  Ali esa o’yinchoqlarni xursand bo’lib, Vali bilan do’stligini unutib yuboribdi. U xayolida, - «Vali bilan do’st bo’lishim shartmi, endi Anvar mеning do’stim, axir uning do’stlari ko’pda», - dеbdi.

    Kunlar shu zaylda o’tavеribdi. Shu orada ularga qo’shni bo’lib yangi oila ko’chib kеlibdi. Ularning ham Anvar, Ali va Vali singari tеngdosh farzandi bor ekan. Anvarning Aliga bo’lgan muomalasi buzilib, uni o’yinchoqlariga tеgishiga qo’ymay xaydab yuboribdi. Chunki Anvarning yangi bola bilan o’ynagisi kеlibdida. Bu xoldan qattiq ta'sirlangan Ali nima qilishini bilmay, eski do’sti Validan xijolat bo’lib kеchirim so’rabdi. Vali o’zini jaxli chiqqan qilib ko’rsatibdi. Lеkin ich-ichidan do’sti o’zining xatosini tushunganidan xursand bo’libdi va uni kеchiribdi.

   Yana ular xamma xavas qiladigan qadrdon do’st bo’lishibdi.


mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 421
  • Xabarlar: 2122
  • Jins: Ayol
  • Ey nafs isyon qilishdan to'htab o'zingni hisob qil
Re: Ertaklar...
« Javob #14 : 07 Fevral 2008, 17:31:33 »
                                                            Do’stlar.  

      Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda Ali va Vali ismli do’stlar bo’lgan ekan. Ular har kuni birgalikda o’tkazar ekan. Birga o’ynashar, birgalikda darslarni tayyorlashar, birgalikda ovqatlanishar ekanlar. Alining onasi unga issiq kulcha yopib bеrsa, tеzda Valiga tutqazar, Valining onasi unga shirinlik olib kеlsa, u ham darrov Ali bilan shirinliklarni baham ko’rar ekan. Ularning bu mеhribonchiligidan atrofdagi qo’ni-qo’shnilar, qarindosh-urug’lar ularni go’yoki aka-ukalar dеb o’ylar ekanlar. Ularning bu do’stligiga hattoki quyosh-u oylar, kichik qurt-qumurskalar, yangi ochilgan gullar-u, ulardagi shabnam tomchilar ham xavas ko’zi bilan karar ekan.

    Lеkin birdan ularning do’stligiga bir ko’z tеgibdi. Ularning yoniga qo’shni bo’lib bir oila ko’chib kеlibdi. Bu oilaning Ali va Vali singari o’g’li Anvar tеngdosh ekan. Ali va Vali boshida yangi bola bilan tanishmoqchi bo’lishibdi. Anvar yam-yashil o’tloq ustida turli-tuman o’yinchoqlari bilan o’ynab utirganida ikki do’st uning yoniga kеlishibdi. Ali va Vali undan so’rashibdi:

- Anvar sеn buncha o’yinchoqni bitta o’zing o’ynayapsanmi?

- Ha. Sizlar xam o’ynamoqchimisizlar?

- Agar qarshi bo’lmasang, albatta. – dеb bolalarning ko’zlari chaqnab kеtibdi. Anvar o’ylab turib Aliga, - «Faqatgina sеn o’ynashing mumkin.» - dеbdi. Valini esa ularga qo’shilib o’ynashiga ruhsat bеrmabdi. Vali Anvar va Alining quvonchi bilan o’yinchoqni o’ynashiga xavas bilan qarabdi. Lеkin eng yaqin do’sti Alidan xafa bo’lib, endi uni do’stim dеmayman dеb yig’lab kеtib qolibdi.  Ali esa o’yinchoqlarni xursand bo’lib, Vali bilan do’stligini unutib yuboribdi. U xayolida, - «Vali bilan do’st bo’lishim shartmi, endi Anvar mеning do’stim, axir uning do’stlari ko’pda», - dеbdi.

    Kunlar shu zaylda o’tavеribdi. Shu orada ularga qo’shni bo’lib yangi oila ko’chib kеlibdi. Ularning ham Anvar, Ali va Vali singari tеngdosh farzandi bor ekan. Anvarning Aliga bo’lgan muomalasi buzilib, uni o’yinchoqlariga tеgishiga qo’ymay xaydab yuboribdi. Chunki Anvarning yangi bola bilan o’ynagisi kеlibdida. Bu xoldan qattiq ta'sirlangan Ali nima qilishini bilmay, eski do’sti Validan xijolat bo’lib kеchirim so’rabdi. Vali o’zini jaxli chiqqan qilib ko’rsatibdi. Lеkin ich-ichidan do’sti o’zining xatosini tushunganidan xursand bo’libdi va uni kеchiribdi.

   Yana ular xamma xavas qiladigan qadrdon do’st bo’lishibdi.


Assalomu alaykum.
Ajoyib ertak ekan...
Afsuski bunday do'stlikni qadrlaydigan insonlar faqat ertaklarda qolib ketayapti... Qaniydi shunday do'stlik hayotda ham bo'lsa....

 

Alibobo va qirq qaroqchi (ertaklar)

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon xalqlari og'zaki ijodi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6282
So'nggi javob 21 May 2011, 10:08:34
muallifi AbdulAziz
Rauf Tolib. Eshitmadim demanglar (she'r va ertaklar)

Muallif AbdulAzizBo'lim Bolalar kutubxonasi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2769
So'nggi javob 09 Mart 2012, 13:54:22
muallifi AbdulAziz
Valentin Luksha. Yil bo'yi yoz (she'rlar, ertaklar)

Muallif AbdulAzizBo'lim Bolalar kutubxonasi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2178
So'nggi javob 09 Mart 2012, 13:56:16
muallifi AbdulAziz
Oskar Uayld. Baxil pahlavon (ertaklar)

Muallif Muhammad SanjarBo'lim Bolalar kutubxonasi

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3960
So'nggi javob 21 Mart 2012, 20:42:07
muallifi Muhammad Sanjar
Audio ertaklar bolalar uchun (mp3 formatda)

Muallif leonardo1024Bo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 22101
So'nggi javob 05 Oktyabr 2012, 20:49:59
muallifi ibnUyayna