Ertaklar...  ( 15317 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B

muxbir  14 Iyun 2007, 18:25:33

XASIS BOY

Qadim o‘tgan zamonda, biz bilmagan tomonda bir boy bo‘lgan ekan. Uning haddan tashqari xasisligini qishloqda hamma bilar ekan. Bir kuni boy tong saharda bomdod namozini o‘qish uchun masjidga chiqibdi. Azon aytilib, imom «Allohu akbar» deb namozini boshlaganda, xasis boyning uyda chiroqning yoniq qolgani, o‘chirib kelish esidan chiqqani yodiga tushibdi-da, namozini ham tashlab, uyiga yuguribdi. Halloslagancha yetib kelgan boy eshikni taqillatishdan o‘zini zo‘rg‘a to‘xtatibdi. Har eshikni taqillatganda bo‘yog‘iga zarar yetib, ohori ketishi mumkinligini o‘ylabdi. Axiri, bosh¬qacha yo‘l topibdi, u ovozi boricha baqirib uydagilarni chaqiribdi. Ichkaridan kelini chiqibdi. U eshikni ochishi bilanoq boy yugurib borib chiroqni o‘chiribdi.
— Xudoga shukr, yaxshiyam chiroq yonib qolgani esimga tushibdi-ya, qizim, namozni o‘qib kelgunimcha qancha yoqilg‘i, qancha pilik yonib tugardi-ya, — debdi u hansirab. Kelini shaddodroq ekan:
— Dadajon, namozni o‘qib kelguningizcha qancha kerosin, qancha pilik ketishini o‘ylabsizu, masjiddan yugurib kelguningizcha kovushingizning tagi qanchalar yeyilishini o‘ylamabsiz-da? — debdi.
Shunda boy miyig‘ida kulgancha der emish:
— Bu yog‘ini ham o‘ylab qo‘ygandim! Kovushni qo‘ltig‘imga qistirib yugurdim. To‘g‘ri, tovonimga bir-ikki tikan kirdi, ha, mayli, oyoq-ku ikki-uch kunda tuzalib qoladi, ammo kovushimga biror nima bo‘lganda men chidolmasdim!
Kelini uning haqiqiy ziqna ekanligiga yana bir bor tan beribdi.

Qayd etilgan

muxbir  14 Iyun 2007, 18:26:11

VA’DAGA VAFO

Qadim zamonda bir boy odam bo‘lgan ekan. Uning bir arzanda o‘g‘li bo‘lib, ota  o‘g‘lining oila  qurib, baxtli hayot kechirishini juda-juda istar ekan. Noqobil o‘g‘il otasi istagini bajo keltirishni aslo xayoliga ham keltirmasdi. U hayoti davomida hali ko‘ngliga mos qizni uchratmagan ekan.
Kunlardan bir kun ota o‘g‘lini oldiga chorlab, shunday nasihat qilibdi:
— O‘g‘lim, ko‘zim ochiqligida baxtingni ko‘rsam deyman. Umrim ham poyoniga yetib bormoqda. Qachongacha so‘qqabosh bo‘lib yurasan, uylan! Men bu dunyodan armon bilan ketmayin, — debdi.
O‘g‘il biroz o‘ylanib, otasiga boshi bilan tasdiq ishorasini beribdi.
— Rahmat, o‘g‘lim, — debdi ota xursand bo‘lib, — men senga bir-biridan go‘zal, parqu liboslar kiygan to‘rt qizni ko‘rsataman. Sen ulardan bittasini, eng ko‘nglingga  yoqqanini yagona shart bilan tanlab olasan.
— Qanaqa shart? — so‘rabdi yigit ajablanib.
— Shart shundan iboratki, — debdi ota, — sen qizlarni birin-ketin kuzatasan. Qizlar oldingga nav-
batma-navbat kirishadi. Sen faqat bir qizni kuzatib, so‘ng unga  ruxsat berib, ikkinchisini qabul qilsang va u yoqmasdan birinchi ko‘rgan qizingni tanlasang, shart buziladi. Sening bunga haqqing yo‘q.
O‘g‘il otasining shartlariga  ko‘nibdi va aytganlarini bekamu ko‘st bajarishga va’da beribdi. Va’daga binoan, uni dastlab go‘zal, yoshgina, yashil va sariq rangdagi ko‘ylak kiygan qizga uchrashtirishibdi. Qizning ko‘zlari osmon singari musaffo, moviy, mayingina hilpirayotgan jingalak sochlariga turfa chechaklardan to‘qilgan gulchambar taqqan, chehrasi endigina uyqudan uyg‘ongan bolakayning lo‘ppi yuzchalaridek qip-qizil edi. Sohibjamolning jajji yuragi quvongan bolachaning yuragidek bilinar-bilinmas ohista tepayotganligini yaqqol sezish mumkin edi. U bahor nafasi kelib turgan nozik barmoqlariga qo‘ngan bulbul bilan  yigitchaning oldiga keldi. Yigit unga mutlaqo mahliyo bo‘lib qolgan edi.
—   U yoqdimi? — so‘radi ota. — Unga uylanishni xohlaysanmi, yo‘qmi? Otaning bu savolidan o‘g‘il o‘ziga keldi.
—   U haqiqatan ham, go‘zal, — dedi o‘g‘il, — mening bunga hecham shubham yo‘q. Ammo bu go‘zallikning chegarasi bor, deb o‘ylayman. Chunki bu go‘zallik bir kunmas bir kun so‘nishi mumkin. Balki, keyingi  qiz bundan ham go‘zaldir.
Birinchi go‘zal xonani ohistagina tark etishi bilanoq, otaning buyrug‘i bilan  ostonada ikkinchi go‘zal paydo bo‘ldi. Bu nomzod avvalgisidan qolishmay-
digan darajada latofatli edi. Uning nozik qo‘lchalaridagi o‘roq quyosh nurida yaltirardi. Go‘zal atrofga o‘tli nigoh tashlardi. Yigit bu masalani yana hal qilolmay otasiga yuzlandi.
— U menga juda yoqdi, men uning vafodor bo‘lishini istayman!
Otaning buyrug‘iga binoan uchinchi — boshqa go‘zal kirib keldi. Bu qiz boshqalariga qaraganda quvnoq,
navqiron edi. Bu hurliqo ma’yus kelinlarday uyalibgina turar va parqu liboslarga burkangandi. Sohibjamol boshqa qizlardan farqli ravishda har xil mevalar solingan laganni chambar misol ko‘tarib turardi. Mallarang
sochlari to‘lqin-to‘lqin...
Bu pari avvalgi ikki qizga sira o‘xshamasdi. Boshqa go‘zallar bilan taqqoslab bo‘lmas darajada ma’suma ekanligini yigit ich-ichidan yaqqol his etib turardi. Yigitning ko‘ngli shu nomzodga bog‘lansa-da, qiziqish ustun kelib so‘nggi — to‘rtinchi go‘zalning kirishiga izn berdi. Galdagi qiz esa yigitga bir zumgina afsuslangandek nigoh-la qarab turdi.  U loyqalangan suvdek, bo‘rondek kayfiyat bilan shovqin-suron solib kirib kelgandi, boshida tikonlardan to‘qilgan chambar qo‘ndirilgan, yuzi, sovuq tishlari yaltirab, shaqirlab ovoz chiqarardi.
U kumush parchalarga o‘rangan bo‘lib, sovuq, muz va qorning hidi kelib turardi. Yigit bir seskanib, orqaga chekindi.
— Nahotki, sen mening malikam bo‘lsang, ishongim kelmayapti, — dedi u. Qiz yigitning ikkala qo‘lidan ushladi va dedi:
— Sevgilim, hech ikkilanma. Men yoring — qishman va  sovqotyapman. Sen men bilan o‘z taqdiringni bog‘lashing zarur.
Ota, nihoyat ikki yoshga oq fotiha berdi. Qanchadan-qancha go‘zallarni tanlamagan yigit va’dasiga vafo qilib, o‘z hayotini sovuq, quruq va injiq qish bilan bog‘lashga majbur bo‘ldi.

Nemis tilidan Shavkat HAMIDOV tarjimasi

Qayd etilgan

Farida  06 Fevral 2008, 16:09:10

Qayiqchi
(ertak)

Qadim zamonda bir qayiqchi bo‘lgan ekan. U daryo bo‘yida yashar va har kuni daryodan baliq ovlab, sotar ekan. Qayiqchi bolalari bilan Xudoga ibodat qilishni kanda qilmas ekan. Buni ko‘rolmagan shayton qayiqchini yo‘ldan urishga urinibdi:
—   Qayiqchi, bu daryo qayerga borib qo‘shiladi?
—   Bilmayman, — deya javob qaytaribdi qayiqchi.
—   Dengiz degan katta suvga qo‘shiladi. Bu katta suvda turli xil baliqlar bo‘ladi. Go‘shtining ta’mi tovuqning go‘shtidan ham, mol go‘shtidan ham shirin bo‘ladi. Kattaligi senday, vazni ho‘kizday. Bittasini tutib sotsang, o‘rniga sut beradigan yaxshi bir sigir beradi.
Qayiqchi og‘zini ochib, shaytonning gapiga laqqa ishonibdi.
—   Bu yerda bir umr baliqchilik qilib kuningni bazo‘r o‘tkazayapsan. Menga qara, qayiqchi, sen katta bir qayiq yasa, bir marta baliq tutsang, umrbod to‘kin-sochin yashaysan.
Qayiqchi nafsga, orzu-umidlarga berilib, Yaratganni unutibdi. Bir hafta deganda, u katta qayiq yasabdi. Bola-chaqasi bilan xayrlashib, ularga tayinlabdi:
—   Sizlar hamma xonalarni bo‘shatinglar. Xonalarga  baliq to‘ldiramiz.
Shu payt qayerdandir paydo bo‘lgan o‘sha shayton qayiqchining yelkasiga yana o‘tirib olibdi.
—   Xafa bo‘lma, qayiqchi, men bilan do‘st tutinganlarning yelkasiga o‘tirishni yaxshi ko‘raman. Qayiqchi, sen tayyormisan? Bo‘lmasa, ketdik.
Qayiqchi xursand edi, u shaytonning ko‘rsatmalariga so‘zsiz itoat etardi. Shayton va qayiqchi ikki kun suzganlaridan keyin «dengiz» deb ataladigan katta bir maydonga chiqishibdi. Dengizni ko‘rib, qayiqchi shaytonga qayta-qayta minnatdorchilik bildiribdi.
—   Rahmat senga, do‘stim, endi ayt, qayerga to‘r tashlay?
—   Shoshilma, sohil bo‘ylarida baliqlar kichkina bo‘ladi. Dengiz o‘rtasida aytganimdek, ho‘kizday-ho‘kizday baliqlar bo‘ladi.
Ular dengiz o‘rtasigacha suzib borishibdi. Qayiqchi shahd bilan eshkak eshib, kun botganini ham sezmay qolibdi. U dengiz o‘rtasiga borib, charchab, biroz dam olgisi kelibdi. Dengizning na boshi va na oxiri ko‘rinarkan. Birdan chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘a boshlabdi. To‘lqin ko‘tarilib, qayiqni chayqata boshlabdi. Timsohga o‘xshagan hayvonlar qayiqqa hamla qila boshlabdi. Qayiqchi bunday qo‘rqinchli manzarani endi ko‘rishi ekan. Qayiqni dengiz o‘z domiga torta boshlabdi.
—   Do‘stim, qaydasan, qayerga olib kelding, meni?
Shayton qah-qah kulib:
—   Men seni to‘g‘ri yo‘lingdan adashtirdim. Agar menga ergashmasang, hozir mazza qilib bola-chaqangni oldida yayrab, ibodatingni qilgan bo‘larding. Shunga aytadilar-da, «Uzoqning bug‘doyidan yaqinning somoni yaxshi» deb.
Qayiqchi tushunibdi, «do‘sti»ning shayton ekanligini fahmlabdi. Qayiqchi dod-voy qilganicha suvga g‘arq bo‘libdi...

Ismatullo QOSIMOV oqqa ko‘chirdi.

Qayd etilgan

Shirinqiz  07 Fevral 2008, 04:26:33

                                                            Do’stlar.   

      Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda Ali va Vali ismli do’stlar bo’lgan ekan. Ular har kuni birgalikda o’tkazar ekan. Birga o’ynashar, birgalikda darslarni tayyorlashar, birgalikda ovqatlanishar ekanlar. Alining onasi unga issiq kulcha yopib bеrsa, tеzda Valiga tutqazar, Valining onasi unga shirinlik olib kеlsa, u ham darrov Ali bilan shirinliklarni baham ko’rar ekan. Ularning bu mеhribonchiligidan atrofdagi qo’ni-qo’shnilar, qarindosh-urug’lar ularni go’yoki aka-ukalar dеb o’ylar ekanlar. Ularning bu do’stligiga hattoki quyosh-u oylar, kichik qurt-qumurskalar, yangi ochilgan gullar-u, ulardagi shabnam tomchilar ham xavas ko’zi bilan karar ekan.

    Lеkin birdan ularning do’stligiga bir ko’z tеgibdi. Ularning yoniga qo’shni bo’lib bir oila ko’chib kеlibdi. Bu oilaning Ali va Vali singari o’g’li Anvar tеngdosh ekan. Ali va Vali boshida yangi bola bilan tanishmoqchi bo’lishibdi. Anvar yam-yashil o’tloq ustida turli-tuman o’yinchoqlari bilan o’ynab utirganida ikki do’st uning yoniga kеlishibdi. Ali va Vali undan so’rashibdi:

- Anvar sеn buncha o’yinchoqni bitta o’zing o’ynayapsanmi?

- Ha. Sizlar xam o’ynamoqchimisizlar?

- Agar qarshi bo’lmasang, albatta. — dеb bolalarning ko’zlari chaqnab kеtibdi. Anvar o’ylab turib Aliga, - «Faqatgina sеn o’ynashing mumkin.» - dеbdi. Valini esa ularga qo’shilib o’ynashiga ruhsat bеrmabdi. Vali Anvar va Alining quvonchi bilan o’yinchoqni o’ynashiga xavas bilan qarabdi. Lеkin eng yaqin do’sti Alidan xafa bo’lib, endi uni do’stim dеmayman dеb yig’lab kеtib qolibdi.  Ali esa o’yinchoqlarni xursand bo’lib, Vali bilan do’stligini unutib yuboribdi. U xayolida, - «Vali bilan do’st bo’lishim shartmi, endi Anvar mеning do’stim, axir uning do’stlari ko’pda», - dеbdi.

    Kunlar shu zaylda o’tavеribdi. Shu orada ularga qo’shni bo’lib yangi oila ko’chib kеlibdi. Ularning ham Anvar, Ali va Vali singari tеngdosh farzandi bor ekan. Anvarning Aliga bo’lgan muomalasi buzilib, uni o’yinchoqlariga tеgishiga qo’ymay xaydab yuboribdi. Chunki Anvarning yangi bola bilan o’ynagisi kеlibdida. Bu xoldan qattiq ta'sirlangan Ali nima qilishini bilmay, eski do’sti Validan xijolat bo’lib kеchirim so’rabdi. Vali o’zini jaxli chiqqan qilib ko’rsatibdi. Lеkin ich-ichidan do’sti o’zining xatosini tushunganidan xursand bo’libdi va uni kеchiribdi.

   Yana ular xamma xavas qiladigan qadrdon do’st bo’lishibdi.

Qayd etilgan

mutaallimah  07 Fevral 2008, 17:31:33

Assalomu alaykum.
Ajoyib ertak ekan...
Afsuski bunday do'stlikni qadrlaydigan insonlar faqat ertaklarda qolib ketayapti... Qaniydi shunday do'stlik hayotda ham bo'lsa....

Qayd etilgan

Munira xonim  07 Fevral 2008, 19:52:47

Assalamu alaykum.
Hurmatli forumdosh!
Mahzunabonu va Mastura bu yerda ilm o'rganish uchun kirar ekansiz, vaqtingizni qadriga yeting.
Mastura o'z postlarini o'chirib tashladi, Mahzunabonunikini esa men o'chirdim. Rozi bo'lasiz endi...
Bu yer ilm oladigan makon. Bir-birimizni hurmat qilib post qoldiraylik. Har hil piching va kesatiqlardan holi postlar qoldirishingizni umid qilaman...
Alloh sizlardan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2008, 12:52:23

USTA BILAN SHER
(O`zbek xalq ertagi)

Qadim zamonda gulchi chol bilan kampir yashagan ekan. Ular o`zlariga qarashli bog`da bir juft tovus boqibdi. Bolalar tovuslarga tinchlik berishmas ekan. Qo`llariga cho`p olib, mudom quvlab yurisharkan. Oxiri tovuslar maslahatlashib, bog`dan qochib ketmoqchi bo`libdilar.
Shunday qilib, ikkala tovus uchib borib, bir dashtlikka qo`nibdi. Nar tovus ovqat axtarib pastlikka tushib ketibdi. Xashak orasida bir narsa aylanayotganini ko`rib oldin qo`rqibdi, yaqinroq borib qarasa, Qaqnus qush ekan. Qush tovusga boshidan kechirgan kunlarini aytib beribdi:
— E, tovusjon, nimasini so`raysan, men xushovoz qushman. Bolalar, sayra, deyaverib holi-jonimga qo`yishmadi, hech tinchlik bo`lmagach, shu yerga uchib keldim.
Tovus ham boshidan o`tganlarni gapirib berib:
— Sen ham azob chekkan ekansan. Yur men bilan, — debdi.
Tovus bilan Qaqnus yo`lda sherning bolasini uchratib, o`zlari bilan birga olib ketibdilar. Yo`l yuribdilar, yo`l yursalar ham mo`l yurib, cho`lga chiqib qolibdilar. Dam olib o`tirgan-larida chang-to`zon ko`tarilibdi-yu, bir ot yugurib kelibdi. Tovus otni gulchi-ning hovlisida ko`rgani uchun undan qo`rqmabdi. Qaqnus bilan sherning bolasi qo`rqib yashirinishibdi. Tovus, bu odam emas, ot, o`zimizdek jonivor, deb dalda beribdi. Ular otdan:
— Sen nima uchun bu yoqlarga kelding? — deb so`rabdilar.
— E, nimasini so`raysiz, odamzotning yaxshisi ko`p-u, yomoni ham yo`q emas. Xo`jayinim meni o`n yil mindi, ishlatdi. Endi meni boqib, so`yib, go`shtimni qazi qilmoqchi edi, qochib buyoqlarga keldim, — debdi ot. Sherning bolasi otdan:
— Sen odamdan kuchli emasmisan? — deb so`rabdi.
Ot bo`lsa:
— Odamning qo`liga tushsang, keyin bilasan, — debdi. So`ngra to`rtovlon yana yo`lga tushibdilar. Bir vaqt ro`paralaridan tuya chiqib qolibdi. Tuya ham berahm boy dastidan qochib kelayotganini, ko`p azob chekkanini aytibdi:
— O`ttiz olti yil bir boy qozoqning hovlisida xizmat qildim, burnimdan ip o`tkazib mindi, o`tin, ko`mir, yantoq tashidim. Bir kun meni so`ymoqchi bo`ldi. Karim qassob kelib, uch yuz chorak go`sht qiladi, dedi qozoq egamga. Choy ichib, keyin meni so`ymoqchi edilar, qattiq shamol ko`tarilib, qum ko`chdi. Paytdan foydalanib qochib qoldim. Agar qochmasam, go`shtimni bo`lib olardilar.
— Sen odamzotdan kuchlisan, o`ldirsang bo`lmaydimi? — debdi sherning jahli chiqib. Tuya sherga:
— Sen ham odam qo`liga tushsang keyin uning kuchini bilasan, — debdi.
Yo`l bo`yida maslahatlashib o`tirganlarida, yo`ldan asboblarini xurjunga solib eshakka ortgan usta o`tib qolibdi. Ustani ko`rib qolgan tovus sheriklariga:
— Ana, ko`ryapsizlarmi, odamzot o`tib ketyapti, — debdi. Sherning bolasi ustaga tashlanib, uni yiqitibdi.
— Kuchimni ko`rdinglarmi, Odamzot qimir etsa, burdalab tashlayman, — deya maqtanibdi.
— Jonivor, menga tegma, bir bechoraman, senga yomonlik qilmayman, rahming kelsin! — debdi usta o`rnidan turayotib. Sherning odamga rahmi kelibdi.
Usta eshak ustidagi taxtalardan olib, taqillatib qoqa boshlabdi.
— Nima yasayapsiz? — deb so`rashibdi qush va hayvonlar.
— Sher menga yaxshilik qilib o`ldirmagani uchun unga uycha yasab beraman. Charchasangiz hammangiz kirib yotaverasizlar, — debdi usta.
Sher duradgorning ishidan mamnun bo`libdi. Usta uycha deb sandiq yasabdi. Odam zotiga ixlosi ortgan sher paysallamasdan usta aytishi bilanoq sandiqqa kirib yotib olibdi.
— Ana endi rohat qilib yotaverasan, — debdi-yu, usta sandiqning qopqog`ini mahkamlabdi. Bir ozdan keyin sher:
— Nafasim qaytyapti, och, chiqaman, — debdi. Usta sandiqni qulflabdi.
Sher qanchalik kuchli bo`lmasin, baribir ustaning hiylasiga aldanibdi.
Inson hammavaqt o`zining aqli, ziyrakligi bilan xavf-xatardan qutulib qoladi.

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2008, 13:04:54

BOG`BONNING BAXIL DO`STI

Qadim o`tgan zamonda olis bir mamlakatning, uzoq bir qishlog`ida bir baxil, hasadgo`y kishi yashar ekan. O`sha kishi yerga nima eksa ham ko`karmay, qurib qolaverar ekan. Buning sababini esa hech topolmas ekan.
Bir kuni u bog`bon do`stining oldiga borib shikoyat qilibdi:
— Ey do`stim, sen bog`dorchilik bilan ko`pdan buyon shug`ullanasan, nima eksang, ko`karib gullayveradi. Lekin nega men ekkan nihollar hosil bermay qurib qolyapti?
Bog`bon ajablanib, yelka qisibdi.
— Kel, yaxshisi ikkimiz bir joydan yer olib, go`zal bog` yaratamiz, shoyad shunda bu sir ham ayon bo`lib qolsa, — debdi.
Ikki do`st quvonib, belini bog`lab, ishga kirishibdi.
Bir joydan yer olishib, alohida-alohida nihol eka boshlashibdi. Ko`kat ekayotganida ham baxil do`sti bog`bon mendan ko`p ko`chat ekyapti, deb baxilligi kelaveribdi. Bog`bon bo`lsa, o`z nihollarini mehr-e`tibor bilan yaxshi parvarish qila boshlabdi. Vaqti kelib, bog`bonning ekkan nihollari gullab-yashnasa, baxil do`stniki qurib, qovjirabdi. Тoqati-toq bo`lgan baxil do`st omadsizlikdan nolibdi, zorlanibdi, ko`chatlarni so`kibdi. Shunda bog`bon kulib, do`stiga bunday debdi:
— Eh do`stim, sen ko`chatlardan ham, omaddan ham nolima. Seni zimdan kuzatganimda dilingda baxillik, ko`rolmaslik illatlarini ko`rdim. Ekkan nihollaring qurib qolishiga aynan shu sabab deb o`ylayman.
Aytadilar-ku, "œbaxilning bog`i ko`karmas" deb. Dilingda yaxshi niyatlar bilan ko`chat ekkaningda bunday bo`lmas edi, — debdi bog`bon saimiylik bilan.

Derlar:
Baxillik yomondir,
sen undan qochgin,
Ayamay yaxshilik
urug`in sochgin.

Rustam ТUROPOV,
Zangiota tumani

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2008, 13:11:47

USTA BILAN SHER
(O`zbek xalq ertagi)

Qadim zamonda gulchi chol bilan kampir yashagan ekan. Ular o`zlariga qarashli bog`da bir juft tovus boqibdi. Bolalar tovuslarga tinchlik berishmas ekan. Qo`llariga cho`p olib, mudom quvlab yurisharkan. Oxiri tovuslar maslahatlashib, bog`dan qochib ketmoqchi bo`libdilar.
Shunday qilib, ikkala tovus uchib borib, bir dashtlikka qo`nibdi. Nar tovus ovqat axtarib pastlikka tushib ketibdi. Xashak orasida bir narsa aylanayotganini ko`rib oldin qo`rqibdi, yaqinroq borib qarasa, Qaqnus qush ekan. Qush tovusga boshidan kechirgan kunlarini aytib beribdi:
— E, tovusjon, nimasini so`raysan, men xushovoz qushman. Bolalar, sayra, deyaverib holi-jonimga qo`yishmadi, hech tinchlik bo`lmagach, shu yerga uchib keldim.
Tovus ham boshidan o`tganlarni gapirib berib:
— Sen ham azob chekkan ekansan. Yur men bilan, — debdi.
Tovus bilan Qaqnus yo`lda sherning bolasini uchratib, o`zlari bilan birga olib ketibdilar. Yo`l yuribdilar, yo`l yursalar ham mo`l yurib, cho`lga chiqib qolibdilar. Dam olib o`tirgan-larida chang-to`zon ko`tarilibdi-yu, bir ot yugurib kelibdi. Tovus otni gulchi-ning hovlisida ko`rgani uchun undan qo`rqmabdi. Qaqnus bilan sherning bolasi qo`rqib yashirinishibdi. Tovus, bu odam emas, ot, o`zimizdek jonivor, deb dalda beribdi. Ular otdan:
— Sen nima uchun bu yoqlarga kelding? — deb so`rabdilar.
— E, nimasini so`raysiz, odamzotning yaxshisi ko`p-u, yomoni ham yo`q emas. Xo`jayinim meni o`n yil mindi, ishlatdi. Endi meni boqib, so`yib, go`shtimni qazi qilmoqchi edi, qochib buyoqlarga keldim, — debdi ot. Sherning bolasi otdan:
— Sen odamdan kuchli emasmisan? — deb so`rabdi.
Ot bo`lsa:
— Odamning qo`liga tushsang, keyin bilasan, — debdi. So`ngra to`rtovlon yana yo`lga tushibdilar. Bir vaqt ro`paralaridan tuya chiqib qolibdi. Tuya ham berahm boy dastidan qochib kelayotganini, ko`p azob chekkanini aytibdi:
— O`ttiz olti yil bir boy qozoqning hovlisida xizmat qildim, burnimdan ip o`tkazib mindi, o`tin, ko`mir, yantoq tashidim. Bir kun meni so`ymoqchi bo`ldi. Karim qassob kelib, uch yuz chorak go`sht qiladi, dedi qozoq egamga. Choy ichib, keyin meni so`ymoqchi edilar, qattiq shamol ko`tarilib, qum ko`chdi. Paytdan foydalanib qochib qoldim. Agar qochmasam, go`shtimni bo`lib olardilar.
— Sen odamzotdan kuchlisan, o`ldirsang bo`lmaydimi? — debdi sherning jahli chiqib. Tuya sherga:
— Sen ham odam qo`liga tushsang keyin uning kuchini bilasan, — debdi.
Yo`l bo`yida maslahatlashib o`tirganlarida, yo`ldan asboblarini xurjunga solib eshakka ortgan usta o`tib qolibdi. Ustani ko`rib qolgan tovus sheriklariga:
— Ana, ko`ryapsizlarmi, odamzot o`tib ketyapti, — debdi. Sherning bolasi ustaga tashlanib, uni yiqitibdi.
— Kuchimni ko`rdinglarmi, Odamzot qimir etsa, burdalab tashlayman, — deya maqtanibdi.
— Jonivor, menga tegma, bir bechoraman, senga yomonlik qilmayman, rahming kelsin! — debdi usta o`rnidan turayotib. Sherning odamga rahmi kelibdi.
Usta eshak ustidagi taxtalardan olib, taqillatib qoqa boshlabdi.
— Nima yasayapsiz? — deb so`rashibdi qush va hayvonlar.
— Sher menga yaxshilik qilib o`ldirmagani uchun unga uycha yasab beraman. Charchasangiz hammangiz kirib yotaverasizlar, — debdi usta.
Sher duradgorning ishidan mamnun bo`libdi. Usta uycha deb sandiq yasabdi. Odam zotiga ixlosi ortgan sher paysallamasdan usta aytishi bilanoq sandiqqa kirib yotib olibdi.
— Ana endi rohat qilib yotaverasan, — debdi-yu, usta sandiqning qopqog`ini mahkamlabdi. Bir ozdan keyin sher:
— Nafasim qaytyapti, och, chiqaman, — debdi. Usta sandiqni qulflabdi.
Sher qanchalik kuchli bo`lmasin, baribir ustaning hiylasiga aldanibdi.
Inson hammavaqt o`zining aqli, ziyrakligi bilan xavf-xatardan qutulib qoladi.

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2008, 13:12:56

CHOL BILAN OLMAXON
Humoyunning ertagi

Bir bor ekan, bir yo`q ekan, qadim-qadim zamonda, juda katta o`rmonda bir chol yashar ekan. U o`rmon qorovuli ekan. O`rmondagi hamma daraxtlar, hamma gullar, qushlar uni yaxshi ko`rarkan.
Qahraton qish kunlaridan birida, yarim kechasi chol uyg`onib ketibdi. Quloq solsa, birov derazani taqillayotganga o`xshabdi. Chol chiroqni yoqib, deraza oldiga kelsa, hech nima ko`rinmabdi. Bo`ronda qor derazaga urilayotgan bo`lsa kerak, deb o`ylabdi. Birpasdan keyin deraza yana taqillagandek bo`pti. Chol borib ochsa, derazaning narigi tomonidan o`zi kichkinagina, dumi uzungina bir olmaxon o`tirganmish.
— Bobojon, — debdi olmaxon, — uyingizga kirsam maylimi, sovuqotib ketdim.
— Kiraver, — debdi chol. Olmaxon bir sakrab uyga kiribdi. Keyin bo`lgan voqeani aytib beribdi.
— Kun bo`yi bo`ron bo`lib, men kavagiga uycha qurgan qarag`ayni ag`darib yubordi. Sovuqda muzlab qolay dedim. Undan keyin o`rmonda bo`rilar izg`ib yuribdi, o`shalardan qochib keldim...
— Yoz chiqquncha menikida turaverasan, — debdi chol.
Shunday deb, olmaxonni non, yong`oq, quruq mevalar bilan rosa mehmon qipti. Ular bir necha oy birga yashabdilar. Bahor kelib kunlar isigach, Olmaxon cholga rahmat aytib, o`rmonga kirib ketibdi. Keyin yoz kelibdi. Chol bir kuni o`rmonni aylanib kelsa, uyning ostonasida ancha-muncha yong`oq yotganmish. "œShuncha yong`oqni menga kim obkeldiykin?" deb o`ylabdi chol. Ertasiga esa tag`in ancha-muncha maymunjonlar, yovvoyi qulupnoylar paydo bo`libdi.
— Bularni menga kim obkelyapti? — deb so`rabdi chol. Shunda ro`paradagi kattakon archa ustidan:
— Men, degan ovoz kepti.
Chol qarasa, archa shoxida bir emas, bir qancha olmaxonlar o`tirgan emish. Ular orasida qishda uning uyida turgan olmaxon ham bormish.
— Bular mening do`stlarim, — debdi olmaxon cholga. — Biz sizga o`rmondagi eng yaxshi mevalarni olib keldik. Bundan keyin ham olib kelamiz...
O`sha-o`sha chol bilan olmaxon qadrdon do`st bo`lib qolishibdi.

O'tkir Hoshimov

Qayd etilgan