Tog’terak esa:
«Barglarimning shovurlashidan bolachalaring uxlay olmaydilar-da», - deb javob qilibdi.
So‘ng Echki pushti rang gulli, chiroyli Na’matak butasini ko‘rib qolibdi, va shu yerda uy qurishga qaror qilibdi. Ammo Na’matak unga:
«Bu yerda zinxor uy qura ko‘rma, mening tikanlarim uloqchalaringni tirnab oladi»,- deya javob beribdi.
Echki yana nariroq yurib, baland o‘sgan Qayin daraxtini ko‘rib qolibdi va undan:
«Shu yerda uy qursam bo‘ladimi?» - deb so‘rabdi.
Qayin daraxti esa:
«Sen o‘z uyingni aynan shu yerda qurishig kerak, chunki men issiq kunlarda uloqchalaringni oftobdan saqlayman, sovuq kunlarda esa shamoldan saqlab, isitaman», - debdi.
Shunday qilib Echki o‘z uyini Qayin daraxti ostiga quribdi.
O’loqchalar o‘sib, biroz ulg’ayganlaridan so‘ng, Echki ularni yolg’iz qoldirib, o‘rmonga barra o‘t va muzdek suv keltirish uchun, keta boshlabdi. Ammo ketayotganida с›ar maс›al uloqchalarga:
«Eshikni qattiq tambalab olinglar, с›ech kimga ochmanglar. Men qaytganimda, sizlarga ashula aytaman:
Uloqchalar, bolachalar,
Eshingni tez ocha qoling,
Onangiz qaytib keldi,
Sizga sut olib keldi», - deb o‘qtirar ekan.