Ertaklar...  ( 19169 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Shahina  05 Dekabr 2006, 00:03:23

Bir zamonlar mohir ovchi bo‘lgan ekan. U ovchilik sir-asrorlarini mukammal egallagan bo‘lib, qo‘ygan tuzog’i hech vaqt o‘ljasiz qolmas edi. Xullas, kunlardan bir kuni ovchi odatdagidek o‘rmonga qo‘ygan tuzog‘idan xabar olish uchun boribdi va tuzoqdan qutilish uchun har tomonga o‘zini urayotgan ayiq bolasiga ko‘zi tushibdi. Shundan so‘ng ovchi ayiqchani tuzoqdan ozod etib, boqish uchun uyiga olib ketibdi. U ayiqchani  boqib katta qilibdi. Ovchining ayiqchaga mehr bilan qaragani hamda parvarish qilgani beiz qolmagan edi. Oradan ancha vaqt o‘tib, ayiqcha katta bo‘ldi. Ammo ovchi bundan hech ham xavfsiramas edi, boisi ayiqcha unga juda qattiq o‘rganib qolgandi. Ayiq ovchi qayerga borsa ortidan ergashib ketaverardi. Shunday holatda ular birgalikda juda ko‘p yerlarni aylanib chiqishdi. Ba’zi vaqtlarda ovchi charchab dam olish uchun biron joydan qo‘nim topsa, ayiq uni turli zararli hasharotlardan qo‘riqlar edi. Inson bilan qonida yirtqichlik hamda yovvoyilik jihatlari   bo‘lgan hayvon orasida bunday do‘stlarcha munosabat hayratlanarli. Shunday emasmi?
Kunlarning birida ikki do‘st har galgiday safarga otlanishdi. Yo‘lda ozgina toliqqan ovchi daraxt soyasida hordiq chiqarish uchun bir fursat to‘xtadi. Ovchining ko‘zi uyquga ilinganda ayiq uni odati bo‘yicha qo‘riqlay boshladi. Ayni shu vaqtda bir pashsha kelib ovchining yuziga qo‘naverdi. Bu hol bir necha marotaba qaytarilgach, ayiq bundan g"œazablandi. Pashshadan batamom qutulish uchun yerdan bir tosh olib, uni ovchi yuziga qo‘nib turgan pashshaga qarata bor kuchi bilan otdi. Pashshaga qo‘shilib ovchi ham halok bo‘ldi.
Ayiq yaxshilik qilmoqchi edi, ammo...
Aynan shu sababdan nodon do‘stdan, aqlli dushman yaxshi degan naql odamlar orasida og‘izdan-og‘izga ko‘chib yursa kerak.

Arab tilidan Sh.TOIROV tarjima qildi.

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:44:17

 Echkining uyi

Bir o‘rmonda Echki yashar edi. Uning yettita jajji bolachalari - o‘loqchalari bor edi. Ammo uyi yo‘q edi. U uy qo‘rsa bo‘ladigan joyni qidirib ketibdi.
Eman daraxti oldiga kelibdi-da:
«Men shu yerda o‘y qo‘rsam bo‘ladimi?» - deb so‘rabdi.
Eman daraxti unga:
«Bu yerda o‘y qo‘rmagin, mening shoxlarimdagi yong’oqlar yerga tushadi, seni bolachalaringga tegadi», - deb javob beribdi.
Echki nariroq yurib, Archa daraxtini ko‘ribdi va undan:
«Sening yoningda uy qursam maylimi?» - deb so‘radi.
Archa esa:
«Mening yonimda sira с›am uy qurmagin, bo‘lmasa mening bujurlarim bolachalaringning boshiga tushishi mumkin», - debdi.
Echki Tog’terak daraxtining oldiga kelib, shu yerda uy qursam bo‘ladimi, deb so‘rabdi.

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:44:39

 Tog’terak esa:
«Barglarimning shovurlashidan bolachalaring uxlay olmaydilar-da», - deb javob qilibdi.
So‘ng Echki pushti rang gulli, chiroyli Na’matak butasini ko‘rib qolibdi, va shu yerda uy qurishga qaror qilibdi. Ammo Na’matak unga:
«Bu yerda zinxor uy qura ko‘rma, mening tikanlarim uloqchalaringni tirnab oladi»,- deya javob beribdi.
Echki yana nariroq yurib, baland o‘sgan Qayin daraxtini ko‘rib qolibdi va undan:
    «Shu yerda uy qursam bo‘ladimi?» - deb so‘rabdi.
Qayin daraxti esa:
«Sen o‘z uyingni aynan shu yerda qurishig kerak, chunki men issiq kunlarda uloqchalaringni oftobdan saqlayman, sovuq kunlarda esa shamoldan saqlab, isitaman», - debdi.
Shunday qilib Echki o‘z uyini Qayin daraxti ostiga quribdi.
O’loqchalar o‘sib, biroz ulg’ayganlaridan so‘ng, Echki ularni yolg’iz qoldirib, o‘rmonga barra o‘t va muzdek suv keltirish uchun, keta boshlabdi. Ammo ketayotganida с›ar  maс›al uloqchalarga:
«Eshikni qattiq tambalab olinglar, с›ech kimga ochmanglar. Men qaytganimda, sizlarga ashula aytaman:
Uloqchalar, bolachalar,
Eshingni tez ocha qoling,
Onangiz qaytib keldi,
Sizga sut olib keldi», - deb o‘qtirar ekan.

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:45:15

Uloqchalar eshikni maс›kam berkitib, onalarning qaytishini kutishar ekan.
Ko‘plardan bir kun, ona Echki uyga qaytib kelib, ashula aytayotganda, uni Bo‘ri eshtib qolibdi va keyingi gal, Echki o‘rmonga ketganda, Bo‘rivoy eshik yoniga kelib, do‘rillagan, yo‘g’on ovozda:
«Ey, uloqcha- bolachalar,
Tez eshikni ocha qoling,
Onangiz qaytib keldi,
Tez eshikni ocha qoling,
Onangiz qayti keldi,
Sizga sut olib keldi», - deb ashula aytibdi.
Ammo uloqchalar ashulaga yaxshila quloq solishibdi va ashula aytayotgan o‘z Onalari emasligini darrov tushunib olishib, eshikni ochishmabdi.
Ona Echki uyga qaytganda esa, uloqchalar unga bo‘lgan voqeani aytib berishibdi. Echki bu gaplarni eshitib bo‘lgach:
«Barakalla, bolachalarim, eshikni yaxshi с›am ochmabsiz! Bu kelgan och Bo‘ri edi. Agar eshikni ochganingizda u sizlarni yeb qo‘yar edi», - deb xitob qilibdi.
Mana shu bilan ertak tugabdi.

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:46:00

Quyonchaning uyi

   Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Tulkivoy bilan Quyoncha bo‘lgan ekan. Tulkini uychasi muzdan, Quyonniki esa yog’ochdan yasalgan ekan.
   Baс›or kelib, kunlar isigach, Tulkining muz uychasi erib ketibdi, Quyonniki esa usha-usha turaveribdi. Tulkivoy Quyonchaning uyiga kirib isinib olgisi kelibdi, Quyoncha unga mayli debdi, biroq Tulkivoy uni o‘z uyidan с›aydab solibdi.
   Quyoncha yo‘l-yo‘lakay yig’lab,xafa bo‘lib ketyotsa, oldindan itlar chiqib qolishibdi:
   «Nega yig’layapsan, Quyoncha?»
   «Yig’lamasdan nima qilay?! Mening uyim yog’ochdan, Tulkiniki muzdan qurilgan edi. Baс›or kelib, kunlar isib, uning uyi erib ketdi. Men uni uyimga isinishga kiritsam, u bo‘lsa meni с›aydab yubordi».
   «Yig’lama, Quyoncha, biz Tulkivoyning o‘zini с›aydab yuboramiz — deb javob beribdi Itlar va Quyonchaning uyi oldiga kelib:
   «Av-av-av! Tulkivoy, yo‘qol bu yerdan!» - deb baqirishibdi.
   Tulkivoy bo‘lsa ularga:
   «Bir sakrasam, tez yetvolsam,
Parcha-parcha qilvoraman!» - deb qichqiribdi. Itlar bu gaplardan qo‘rqib, qochib qolishibdi.

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:46:29

Quyoncha daraxt ostida utirib, yana yig’lay boshlabdi. Shu tobda Ayiqpolvon utib ketayotgan yekan, Quyonni ko‘rib:
«Nega yig’lab qolding, Quyoncha?» - deb so‘rabdi.
Quyon esa:
«Yig’lamasdan nima qilay?! Mening uyim yog’ochdan, Tulkiniki esa muzdan yasalgan edi. Baс›or kelib, kunlar isib, uning uyi erib ketdi. Men uni o‘z uyimgaisnishga kiritsam, u meni с›aydab yubordi.
«Yig’lama, Quyoncha, men Tulkini с›aydab yuboraman», - debdi Ayiqpolvon.
«Yo‘q, Ayiqpolvon, sen uni с›aydab olmaysan, Itlar с›am с›aydab-с›aydab, uydan chiqara olmadilar!»
«Yo‘q, men с›aydab yuboraman Tulkini! Yur uyingga».
«Tulkivoy, yo‘qol bu yerdan!» - bir bo‘kiribdi.
Tulkivoy esa unga yotgan joyidan:
«Bir sakrasam, tez yetvolsam,
Parcha-parcha qilvoraman!» - deya qichqiribdi.
Ayiqpolvon qo‘rqib qochib qolibdi.

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:46:42

Quyoncha yana daraxt ostida yig’lab o‘tirgan ekan, shu tobda yelkasiga o‘roq osgan, tojisi oltinga o‘xshash Xo‘rozvoy o‘tib qolibdi. U Quyonchaga ko‘zi tushgach:
«Nega yig’layapsan, Quyoncha?» - deb so‘rabdi.
«Yig’lamasdan iloj qancha?! Mening uyim yog’ochdan, Tulkiniki muzdan qurilgan edi. Baс›or kelib, kunlar isib, uning uyi erib ketdi. Men uni isinishga kiritsam, u bo‘lsa  meni с›aydab soldi.»
«Yur, men Tulkini с›aydab yuboray», - debdi Xo‘rozvoy.
«Yo‘q, sen uni с›aydab yuboraolmaysan. Itlar uni с›aydab-с›aydab, Ayiqpolvon с›aydab-с›aydab, chiqara olmadilar, sen с›am с›ayday olmaysan».
«Men с›ayday olaman, qani yur!»
Uychaning oldiga kelishgach, Xo‘rozvoy ashula ayta boshlabdi:
«Quqarequ!
Yelkamda o‘rog’im bor,
Tulkidan so‘rog’im bor!
Tulki yo‘qol bu yerdan!»
Tulkivoy qo‘rqib ketib:
«Kiyimimni kiyvolay!» - deb javob qilibdi.

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:46:58

«Quqarequ!
Yelkamda o‘rog’im bor,
 Tulkivoydan so‘rog’im bor,
Tulki, yo‘qol bu yerdan!»
Tulkivoy qo‘rqib ketib:
«Po‘stinimni ilvolay!» - deb javob qilibdi.
Xo‘rozvoy uchinchi marta:
«Qo‘qarequ!
Yelkamda o‘rog’im bor,
Tulkidan so‘rog’im bor!
Tulki, yo‘qol bu yerdan!» - deya qichqirgan ekan, Tulkivoy uychadan chiqib, o‘rmonga qochib qolibdi.
Quyoncha esa yog’ochdan yasalgan o‘z uychasida Xo‘rozvoy bilan birga mazza qilib yashay boshlashibdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 14:18:12

Yo'q bunday ertaklar etadigan bo'sek mavzu qiziq ketmidi.Mana bunaqa qilamiza mana masalan man silaga erteni boshini boshlab beraman.Bir chol bor ekan uning 3 o'g'li bor ekan u chol o'g'illarining har biriga kompyuter olib bergan ekan.U o'g'illar esa qayerlardandir Ziyouz ziyo istalgan qalblar uchun degan Islomiy forum topib olishibdi....Sila davom ettirila...

Hurmatli userimiz, siz aytgan mavzu Kon'ngilochar bo'limda mavjud:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1160.0

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 May 2007, 15:20:57

Теги.рмончи[/center]]
Теги.рмончи
[/url].
              Бир бор скан  бир йук скан,  бир тегирмончи булган скан.
 Тегирмончининг иккита угли бор скан. Угилларининг каттаси дангаса, ишёкмас скан.  Кичиги мехнатсевар, пишик, одобли йигит
А­кан.. Бир куни тегирмончи икки углини ёнига чакириб:
             Угилларим, мен снди кариб колдим, - дебди,- бир оёгим турда булса, бир оёгим гурда.  Мендан сизларга коладиган мана шу
Ховлию тегирмон, холос. Иккалаларинг хамжихат булиб, ахил
Яшанглар.
         Чол  шу насихатни килгандан кейин  бир неча кун утгач
Вафот  стибди.
           Угилларига тегирмон билан ховли мерос колибди. Катта
Углига ховли тегибди,  кичигига тегирмон тегибди. Кичик угил хар куни одамларнинг  бугдойларини тортиб,    ун килиб, уйга у бу егулик топиб келар скан.  Аммо акаси унга сира карашмас  скан.
Бир куни укаси  ака, келинг бир бахтимизни синаб курамиз, дебди.
Шунда акаси:
             Бахтимизни синаш учун  кишлокнинг бой кизига уйланамиз,
Бой киз купгина сепи  билан келиб, бизларни хам бой килади, кел
Сен топган пулларингни  менга бер,  пул йигайлик, - дебди. Бундай
Луч гапларга укаси кунмабди. Уртада жанжал кутарилибди.   Акаси
Укасини уйдан хайдаб чикарибди.  Укаси тегирмон тошини хам олиб, уйдан чикиб кетибди.  Йул юрибди, йул юрса хам мул юрибди.
Коронгу тушганда бир сски уй ёнига етиб борибди.  А­ски уйда тунагани куркиб,  дарахтнинг тепасига чикиб олибди.  Тегирмон тошини хам узи билан дарахтга олиб ччикиб кетибди. Ярим тунда дарахтда ухлаб утириб, кулидан тегирмон тошини тушириб юборибди  ва уйгониб кетибди. Уйгонганида турли шарпалар
Кочиб кетаётганини курибди-ю,  пастга тушгани куркиб утираверибди.  Тонг отгач, пастга тушса, тегирмон тошининг тагида ётган  срим коп олтин ва атрофга сочилиб ётган  кимматбахо такинчокларни курибди.
           Кечаси угрилар  угирланган нарсаларни буламиз    деб турганда тепадан тегирмон тоши тушган, улар нарсаларини ташлаб кочган сканлар.
            Йигит  тош билан бирга  олтин ва такинчокларни хам
 Йигиштириб,   уйга бормокчи булибди. 
           Аммо акаси билан  сна  кунглиз гаплар   булишини уйлаб,
Бойликларни кутарганича  боши оккан томонга кетибди. Акаси
Булса,  укасини уйдан кувлаб чикаргач,  кийинчилик билан кун кура бошлабди. Тез кунда егулик нарса топа олмай, уйни сотибди.
              Уйнинг пули хам тугаб,  у кучада колибди  ва  кишиларнинг хизматларини  килишга мажбур булибди. Утин териб, сотиб кун
Курибди.  Кунлар шу тарзда утаверибди.  Уаввалгидан анча — мунча
Иш киладиган булиб колибди. Лул йигиб, укасини кидириб топишни максад килибди. Бир куни утин териб  хориб-толиб юрганда бир мухташам сарой олдидан чикиб колибди.  Дарвозасини
Кокиб, сув сурабди.
            Ичкаридан 5-6  йошлардаги бир кизча чикибди. Кизча кузига
Иссик куринибди.  Бу уй кимнинг уйи сканлигини сурабди. Кизча
Одамлар дадасини «тегирмончи»    деб аташларини айтибди,
Дадамлар хозир ишдалар дебди.   
            Утегирмончи келишини кутибди. Терган  утинларини хам шу ховлига олиб келибди.  Бир вакт тегирмончи  ишдан кайтиб келибди.
Уузининг укаси скан.  Ака-ука бир-бирларини  куриб,  севинганларидан  йиглаб  юборибдилар.
           Ака-ука бир-бирларини   нихостда  согинган   сканлар.  Укаси
Акасини  суроклаган  пайтда Унинг уйни сотиб  кетганини билган,
Топа олмай, нихостда хафа булган скан.
           Ака — ука  бир — бирларидан  хол-ахвол сураптилар, укаси акасини уйга таклиф килибди.
           Ука акаси хам анча мехнатсевар  одам булиб колганини
Мехнат билан кун кураётганини англабди. Иккалалари бир булиб,
Оталаридан колган ховлини кайта сотиб  олибдилар. Шу кишлокнинг одобли хонадонига  совчи куйиб, акасини хам уйлаб куйибди. Акаси уз кишлогида  бахтли хаёт кечирибди.  Укаси хам оиласи ёнига  кайтибди. Ака-ука ахил ва инок сшашиб,  мурод максадларига етибдилар.

Qayd etilgan