Nemislar ustun kelishdi, bu to'g'ri. Ispanlarning yevropadagi yakkahokimligiga nihoyat nemislar nuqta qo'ydi.
Bavariya Barselonaga 4ta to'p kiritganda o'yindan tashqari holatmidi yo'qmi, hakam nohaqlik qildimi yo'qmi, farqsiz, Bavariya o'sha kuni juda kuchli o'ynadi. Bunday shiddatkor o'yin juda kamdan-kam bo'ladi. Haqiqiy tomoshabop o'yin bo'ldi, rahmat ikki jamoaga ham.
Borussiya - Real o'yini o'rtacha kechdi.
1 penalti nohaq bo'lsada, baribir Borussiya yaxshiroq o'ynadi, asosan himoyada. Birinchi bo'limda jamoalar teng kuch bilan o'ynadi, ikkinchisida Real himoyasi juda oqsadi.
Real himoyasi bunchalik bo'sh emasdi, nega bunday bo'lib qolganiga tushuna olmadim. Borussiya hujum qilyaptiyu, real himoyachilar juda katta bo'shliq hosil qilib himoyani ochib imkon yaratib berayotganga o'xshab ketaverdi.
O'rgildim shu futboldan, yaxshigina kayfiyatni beliga tepdi. Qaniydi o'qituvchi bo'lganimda, menam hamma o'quvchilarga ikki qo'yib alamdan chiqarmidim :-)