Takliflar  ( 46060 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  05 Sentyabr 2008, 11:56:51

Assalomu alaykum! Menda bir taklif bor edi: mana , bir necha yillardan buyon forumning a'zosimiz, ammo bizda hech qanaqa belgi-nishon yo'q. Ya'ni, shu forum a'zoligini bildirib turuvchi biror narsa demoqchiman.
  Taklifim: sayt administratori va boshqalarning ishtiroki, maslahati asosida o'zimizning Forum.ziyouz.com dan ekanligmizni bildirish va butun respublikada (dunyoda desak ham bo'ladi) "ziyo.uz"chilar safini kengaytirish maqsadida biror nishon tashkil qilinsa, yoki vizitkaga o'xshash (aynan nimaligini bilmaganligim uchun shu misolni keltiryapman) o'zida user haqida ma'lumotni jamlagan bir belgi berilsa zo'r bo'lardi.

PS.: tushuntirolmagan bo'lsam, uzr.

OFF: bu oddiy narsa bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo keng ko'lamda ish olib borayotgan forum boshqalardan ajralib turishi keragu...Vallohi a'lam!

Qayd etilgan


Mars  06 Sentyabr 2008, 01:24:48

Assalomu alaykum! Menda bir taklif bor edi: mana , bir necha yillardan buyon forumning a'zosimiz, ammo bizda hech qanaqa belgi-nishon yo'q. Ya'ni, shu forum a'zoligini bildirib turuvchi biror narsa demoqchiman.
  Taklifim: sayt administratori va boshqalarning ishtiroki, maslahati asosida o'zimizning Forum.ziyouz.com dan ekanligmizni bildirish va butun respublikada (dunyoda desak ham bo'ladi) "ziyo.uz"chilar safini kengaytirish maqsadida biror nishon tashkil qilinsa, yoki vizitkaga o'xshash (aynan nimaligini bilmaganligim uchun shu misolni keltiryapman) o'zida user haqida ma'lumotni jamlagan bir belgi berilsa zo'r bo'lardi.

PS.: tushuntirolmagan bo'lsam, uzr.

Yahshi fikir bo'libdi,menga ham yoqdi amalga oshirilsa yahshi bo'lari.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Sentyabr 2008, 07:55:51

Robiya, taklifingizni to'liqroq yoritsangiz.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 14:55:36

Robiya, taklifingizni to'liqroq yoritsangiz.

Qanday tushuntirishni bilmayapman. Hozir.... mana masalan "O'zbekiston Qahramoni" mukofoti egalari nishon taqib yurishadi, Zulfiya mukofoti egalari ham shunday. Xuddi shunga o'xshash forum a'zolariga yoki hozircha faqat moderator, administratorlarga shunaqa belgi-nishon tashkil qilinsa degandim. Bu biror medal bo'lishi shartmas, shunchaki Ziyouz.com danligimizni bildirib tursa bo'ldi.

Qayd etilgan


Mr.Twister  06 Sentyabr 2008, 16:59:31

Yaxshi fikr lekin, bir birimiz bilan ko`cha ko`yda uchrashib ham olardik!

Qayd etilgan


ZUBAIR  12 Noyabr 2008, 01:49:44

Assalamu Alaykum. Mening fikrimcha forumda smayliklar yetarli emas. Yana smayliklar qo'shishni iloji bormi? Masalan Yahoo messengerdagi smayliklarni. Smayliklar ham o'z fikrimizni to'g'ri tushuntirish uchun hizmat qiladi deb hisoblayman.

Qayd etilgan


Robiya  13 Noyabr 2008, 13:46:25

Assalamu Alaykum. Mening fikrimcha forumda smayliklar yetarli emas. Yana smayliklar qo'shishni iloji bormi? Masalan Yahoo messengerdagi smayliklarni. Smayliklar ham o'z fikrimizni to'g'ri tushuntirish uchun hizmat qiladi deb hisoblayman.

Vaalaykum assalam! Menimcha smayliklar yetarli.

Qayd etilgan


ZUBAIR  13 Noyabr 2008, 22:25:43

Iqtibos
Vaalaykum assalam! Menimcha smayliklar yetarli.

O'z fikringizni bildirganingiz uchun rahmat. Bu haqda admin Abdulaziz aka ham fikrlarini aytsalar foydadan xoli bo'lmasdi.

Qayd etilgan


Munavvara  13 Noyabr 2008, 23:34:22

Menimcha smilelar kam bo'lgani bir tarafdan yaxshi chunki ko'pi ham backana bo'lib ketadi meni nazarimda... Aytishadiku "Asalniyam ozi shirin deb"

Qayd etilgan


Rukhiya  14 Noyabr 2008, 00:53:07

Smayliklar ko'paysa,xech bachkana bo'lmaydi. Nimasi bachkana,qaytanga ba'zan kerak bo'ladi. Shaxsan man ba'zan biror narsalarni tushuntirayorganda smaylikga ihtiyoj sezaman. Tushuntirmoqchi bo'lgan narsamni aksini tushunishadi. Smayliklar shunaqa paytlarda kk bo'ladi. Albatta smayliklarni yaxshisi,odamdagi hissiyotlarni ifodalab beradigani kk.
Ba'zi keraksiz smayliklarni olib tashlab,yangilarini kiritish kerakmikin?
Yana bilmadim.........

Qayd etilgan