Топ рейтинг www.uz Takliflar

Takliflar  ( 29507 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


inson  16 May 2007, 23:39:07

 ;)O'ylab chiqadigan bo'sak bunda antikuvar  malumotla yo'g'akan misol uchun  ginnesga kirganlani en qiziqlari yoki quron yod olish bo'yicha qorilar reytingimi dunyo bo'yicha  shuni ko'rib chiqarsla  :1<a href="http://" target="_blank" class="new_win">http://</a>

Qayd etilgan



Murod_bek  11 Avgust 2007, 10:22:16

Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?

Qayd etilgan


Huseyn  18 Sentyabr 2007, 09:29:01

Taklif: http://quran.ziyo.uz/sura%2056/sura%2056.htm - bu yerda voqea surasining 71 oyatini yana bir ko'zdan kechirsangiz. Yog'ayotgan olovmi yoki yonayotgan olovmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 14:05:08

Taklif: http://quran.ziyo.uz/sura%2056/sura%2056.htm - bu yerda voqea surasining 71 oyatini yana bir ko'zdan kechirsangiz. Yog'ayotgan olovmi yoki yonayotgan olovmi?

Assalomu alaykum!
Siz keltirgan Abdulaziz Mansur tarjimasida Voqea surasining 71-oyati shunday tarjima qilinadi:
71. Sizlar yog'ayotgan olovni (o'ylab) ko'rdingizmi?!   

Shayx Alouddin Mansur tarjimasida esa quyidagicha:
71. Sizlar yoqadigan o‘t-olov haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

Demak, Abdulaziz Mansurning tarjimasida raspechatka ketgan. Yoqayotgan yoki yonayotgan bo'lishi kerak, vallohi a'lam.

Qayd etilgan


AbdurRohman  22 Sentyabr 2007, 14:37:45

Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?
Admin aka, juda zo'r ish bo'lardi shu bo'lim ochilsa!

Qayd etilgan


Lincoln  22 Sentyabr 2007, 14:43:18

Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?
Muslim bo'limida muslim birodarlarimizdan so'raydigan bir islomiy savolim bor edi, to'g'rirog'i bir do'stimiz so'rab berishni iltimos qilgandi. Iloji bo'lsa, tezroq ochsalaringiz!

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Sentyabr 2007, 14:49:12

Hosh,Muslim bo'limi ochiladimi? :1
Hurmatli Admin shu ish nima bo'ldi?
Muslim bo'limida muslim birodarlarimizdan so'raydigan bir islomiy savolim bor edi, to'g'rirog'i bir do'stimiz so'rab berishni iltimos qilgandi. Iloji bo'lsa, tezroq ochsalaringiz!

Assalamu alaykum!
Savolni PMda qoldirishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Sentyabr 2007, 15:55:18

Assalamu alaykum.
Abdulaziz, hafa bo'lmasangiz meni bir taklifim bor edi.
Shu ko'ngilochar bo'limi ochilganidan keyin va u yerda har hil bemaza va bachkana mavzular ko'payib ketganidan keyin, forumdan fayz ketdi nazarimda. Bu faqat meni fikrim emas, bu ko'pchilikni fikri. Shuning uchun bu bo'limdagi insonlar uchun foydasi tegadigan mavzularni Madaniyat bo'limiga qo'shib bu bo'limni umuman yopib yuborsangiz juda yahshi bo'lardi.
Chunki ko'pchilik vaqtini bekorga o'tkazishni yahshi ko'radiganlar va ko'nglini chog' qilishni hohlaganlar shu bo'limga kirib har hil bemaza postlar ko'payib bormoqda. Va natijada forumdan fayz ketmoqda.
Buni o'qigan ba'zi shu bo'limni shinavandalari hafa bo'lishmaydi, deb umid qilaman.
Bu meni taklifim xolos, uni bajarish yoki bajarmaslik o'zingizga bog'liq.
Buni Pm orqali yozib yuborsam ham bo'lardi, lekin hammani orqasidan ish qilgim kelmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2007, 08:21:38

Va alaykum assalom!
Man ham anchadan beri shu haqda o'ylab kelayotganadim. Aynan shu bo'limda oldin forumimizda kuzatilmagan birqancha qoidabuzarliklar va dilxiraliklar bo'lib o'tdi.
Bu taklifga menimcha ko'pchilik qarshi bo'lmaydi. Agar biron mulohazalaringiz bo'lsa, bemalol qoldirishingiz mumkin.

Ko'ngilochar bo'limni yopish sekin-asta amalga oshiriladi. Avvalo keraksiz mavzular yopilib, ba'zi mavzular boshqa bo'limlarga o'tkaziladi. Bu haqda foydalanuvchilarimizga ma'lum qilishimiz kerak. Mana shu ishlar amalga oshirib bo'lganidan so'ng, bu bo'lim tamoman yopiladi.

Hozircha bu bo'limda quyidagi qisqartiruvlar amalga oshirildi:

Nozli ochgan Ruslan Chagayev.....Yutib chiqdi mavzusi Yangiliklar bo'limidagi Valuyev vs Chagayev!!!Kim kuchli? mavzusiga birlashtirildi.
Mastura ochgan kitob o'qish haqidagi savol?! mavzusi Umumiy bo'limdagi Kitob o'qish kimga yoqar... mavzusi bilan birlashtirildi.

Ushbu mavzular boshqa bo'limlarga ko'chirildi:
Zakovat - Intellekt bo'limiga.
Stop complaining yoki hayotdan norozimisan?  - Oila va jamiyat bo'limiga.
Bog'cha/maktab/universitetdegi qiziq voqealar - Oila va jamiyat bo'limiga.
Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda? - Oila va jamiyat bo'limiga.
Tez aytishlar - Ma'rifat bo'limiga.
Nimasiz yashay olmaysiz? - Umumiy bo'limga.
OG`ABEK SOBIROV - Sehrli ovoz sohibi - Qo'shiqlar bo'limiga.
Siz sevgan qo'shiq - Qo'shiqlar bo'limiga.
 
Ushbu mavzular avval, shunaqa mavzular ochilgani sababidan yopildi:
Donolar bisotidan
Xotirangizni sinab ko'ring
Ajoyib "she'r Zanjir" o'yni

Ushbu mavzular forumning asl maqsadi va g'oyalariga to'g'ril kelmaganligi uchun yopildi:
Gulmisiz,rayxonmisiz,jambilmisiz?
Agar tanlash imkoni berilganda?

Qayd etilgan


Farida  24 Sentyabr 2007, 10:43:31

Assalomu alaykum!
Shaxsan man qarshi emasman, yopilishiga.
Mavzular boshqa bo'limlarga ko'chirilsa ham, o'sha yerda fikr bildirish mumkin.
Lekin u yerdagi mavzularni o'chirib yubormasliklaringizni iltimos qilaman.
Tortishuv va masharaga aylanib qolgan mavzularni yopganilar yaxshi bo'libdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Sentyabr 2007, 07:29:00

Assalomu alaykum!

Ko'ngilochar bo'limdagi keraksiz mavzular yopilib, foydali mavzular boshqa bo'limlarga ko'chirib bo'lindi.
Bu bo'lim rasman yopildi.

Bo'limda yopilgan va ko'chirilgan mavzular haqida axborotlar qoldirildi. To userlar ko'nikib, mavzularning yangi manzillarini bilib olgunlariga qadar Ko'ngilochar faqatgina o'qisa bo'ladigan, lekin yozib bo'lmaydigan rejimda turadi. Faqatgina shu bo'lim haqidagi fikrlar mavzusi ochiq qoladi. Keyinchalik esa bo'lim batamom yopiladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  28 Sentyabr 2007, 05:02:10

Assalomu alaykum!
Ko'ngilochar bo'limidagi bir haftaga ban yegan  "Shoutbox" "oqmi qorami"  mavzulariga nima bo'ladi?!

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2007, 07:01:46

Assalomu alaykum!
Ko'ngilochar bo'limidagi bir haftaga ban yegan  "Shoutbox" "oqmi qorami"  mavzulariga nima bo'ladi?!

Va alaykum assalom!
Bu mavzular hech kimga foydasi tegmaydigan mavzular qatorida qoldi.

Qayd etilgan


Muzayyana  14 Oktyabr 2007, 10:16:10

Assalomu alekum! Forumga gap yo'q! Forumga "Chat" ni xam kirtishni iloji yo'mi a? Forumdoshlani suxbtlashishi osonro b'lardide!

Qayd etilgan