Muallif Mavzu: Tohir Malik. Shaytanat (to'rtinchi kitob)  ( 238471 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (to'rtinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #720 : 25 Noyabr 2007, 16:24:33 »
Bir haftadan so‘ng pochtachi Asadbeknikiga qalin xatjild tashlab ketdi. Asadbek birovga xat ham yozmasdi, maktub ham olmasdi. Shuning uchun ajablanib, jild-ni ochdi. Undan gazeta chiqdi. Yarim betga yaqin joyni egallagan maqola o‘rtasida Xongireyning rasmi bor edi. Yo‘g‘on harflar bilan «XX asr: Girey xonning hojatxonada o‘ldirilishi» deb sarlavha qo‘yilgan maqola «O‘tgan kuni Moskvada «Xongirey» nomi bilan mashhur qonundagi o‘g‘ri hojatxonada chavaqlab tashlandi...» degan satrlar bilan boshlanardi.
Asadbek maqolani oxirigacha o‘qimadi.
Iliko uni dog‘da qoldirgani uchun armon bilan xo‘rsindi.
Xongireyning o‘limini eshitgan Iliko ham shunday armon bilan xo‘rsinganda, Xongireyni tomsklik Balabuxaning yigitlari o‘ldirib ketishganidan u bexabar edi.
Asadbek uyga sig‘may, ko‘chaga chiqdi.
Nima uchundir ko‘cha gavjum edi.
Asadbek nima uchundir odamlar oqimiga qarshi yurib borardi...
Bu voqeadan bir yil o‘tib, O‘zbekistonning pokiza osmonida ozodlik bayrog‘i hilpiradi...
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (to'rtinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #721 : 25 Noyabr 2007, 16:25:23 »
AYTAR SO‘ZIMIZNING INTIHOSI

Vasl tugab, firoqqa yetishildi.
Uzoq yillar mobaynida behisob satrlar orqali tanishganimiz yaxshi-yomon odamlar bilan xayrlashish fursati yetdi.
Hazrat Navoiy «Munshaot»larida «Mashaqqat esa ibtidosi aning, murod o‘lg‘usi intihosi aning», deb yozmish ekanlar.
Olloh barchalarimizni mashaqqat sahrosidan kechib o‘tib, murodga yetishganlardan qilsin.
Dastlabki satrlarni bitishdan oldin Yaratganga munojot etib, bayonlarimda Haq yo‘ldan toydirmasligini tilagan edim, yana iltijo etaman: Yo, Rab, bizlarni, to qiyomatga qadar zurriyodlarimizni ham adashganlardan qilmagin.
Tangri taologa behisob-behisob va yana behisob shukronalarimiz bo‘lsinkim, o‘zining madadi ila shuningdek, Siz aziz kitobxonlarning duolari tufayli mo‘ljalimizdagi yana bir bayon nihoyasiga yetdi. Tangri tilagimizni ravo aylab, ajoyib bir baxt bag‘ishladi. Bundayin baxt siz azizlarga, xususan, hamasrlarimizga ham nasib etsin! Endigi tilagimiz: bajargan ishimiz xayrli bo‘lg‘ay. Omiyn ya Rabbil-olamiyn. Shubhasizki, bu bayonlarda qalamning ojizligi sababli yo‘l qo‘yilgan xatolar ham uchrar. Buning uchun tavbalar qilganimiz barobarinda Siz, azizlardan uzr so‘raymiz.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (to'rtinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #722 : 25 Noyabr 2007, 16:26:42 »
Yana hazrat Navoiy debdilarkim:

Intihosi ishqning hijron emish, ey ahli ishq,
Vasl davroni aro mag‘rur bo‘lmang asru ham.


Bizning bayonimizdagi ko‘p odamlar dunyo vasliga mag‘rur bo‘lib, oqibatda alamga bandi bo‘ldilar. Ular Yaratganning ogohlantirishini eshitmaslik uchun quloqlariga go‘yo qo‘rg‘oshin quydilar. Rahmonning eslatmalarini o‘qimaslik uchun go‘yo ko‘zlariga nil tortib, ko‘r bo‘lib oldilar. Bu dunyoda qul bo‘lishga arziydigan matohning o‘zi yo‘qligini fahmlamadilar. Oqibat, Olloh o‘zining va’dasiga ko‘ra, ularga shaytonlarni hamroh qilib qo‘ydi. Shayton ularni to‘g‘ri yo‘ldan to‘sdi. Qachonki qiyomat chinqirig‘i yangrab, bundaylar Ollohning huzuriga borishgach, afsus chekadilar va umrlari bo‘yi jonajon hamroh bo‘lgan shayton alayhila’naga qarab «Qani edi, men bilan sening oramizdagi masofa mag‘rib va mashriqchalik uzoq bo‘lsa. Sen eng yomon hamrohsan»*, der ekanlar.
Olloh hech qaysimizni — o‘zimizni, zurriyodlarimizni, qavmu qarindoshlarimizni, birodarlarimizni, tanish-bilishlarimizni bundaylardan qilmasin, inshaolloh!
Barcha, barchaga, hatto o‘zimizga dushman deb bilgan kimsalarga ham hidoyat bersin.
Barchaga hidoyat nasib etsa bu dunyo qanchalar go‘zal bo‘lar edi, vallohi a’lam!

________________
* Zuhruf surasining 39-oyatidan ma’no tarjima.
© Tohir Malik
Islom.uz ma'rifat markazidan olindi.
www.ziyouz.com - 2007
« So'nggi tahrir: 25 Noyabr 2007, 16:31:05 muallifi Ali Rizo Bek »
Never say "never"

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Shaytanat (to'rtinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #723 : 21 Noyabr 2009, 10:45:00 »
Shaytanat (to'rtinchi kitob)



Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 955 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 506
Ko'rilgan: 244099
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:52:04
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Shaytanat (ikkinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 532
Ko'rilgan: 175880
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:51:38
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Shaytanat (uchinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 511
Ko'rilgan: 201297
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:51:05
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Iymonlashish umidi

Muallif shoirBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 196
Ko'rilgan: 86687
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:13:49
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. So'nggi o'q (qissa)

Muallif shoirBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 276
Ko'rilgan: 93914
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:31:21
muallifi AbdulAziz