Muallif Mavzu: Tog'ay Murod. Oydinda yurgan odamlar (qissa)  ( 80370 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod
« Javob #240 : 30 Noyabr 2007, 19:22:49 »
Xayollari, o‘ylari qo‘ynidagi bobomiz, xushvaqtliklari, ruhiy hayitlari qo‘ynidagi bobomiz baytlarni eshitmadilar. Adir betidagi qop-qora yong‘oqqa termildilar. Yuksaklanib ketmish Vaxshivor qirlariga, Keragotog‘ cho‘qqilari bag‘rida elas-elas oqarib ko‘rinmish oppoq qorga tikildilar.
Baytlarning so‘nggi misrasini eshitdilar.
     
Bobolarim birin-ketin suyak surib o‘tgan yer.
Momolarim sochlarini qirqta o‘rib o‘tgan yer.
     
Yuzlarida, ko‘ngillarida yorug‘ tabassum o‘ynadilar.
— Hay-hay-hay... — deya pichirladilar.
— Bunday bemahalda qolib ketmasdilar-ku? — dedi oshiq.
— Ketgilari kelmayapti shekilli, — dedi ma’shuq.
— Ko‘ngillari buzilib o‘tirgandir.
— Kechroq enam, bobongning mol-hollariga qarayin deb, darichadan qaytib keldi. O‘zlari qarayotgan ekanlar, vayron ko‘ngillarini battar vayron qilmayin deb bormadim, dedi.
— Otam, har oqshom momongnikiga borib molholga qara, dedi.
— Oqshomlari borsak, bir-birimizga gap qo‘shmaymiz, maylimi? Bo‘lmasa bilib qoladilar.
— mayli.
— Qorong‘ilatib adir aylanamiz...
— Momomiz qazo qilganidan buyon televizor, radio qo‘ymaymiz.
— Biz ham qo‘ymaymiz.
— Enam qora kiyib yuribdi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod
« Javob #241 : 30 Noyabr 2007, 19:23:02 »
— Mening otam bir kuni yangiroq kiyimini kiyib shaharga bormoqchi bo‘lib edi, enam urishdi, odammisiz o‘zi, dedi. Otam farosatsizligidan o‘zini koyib, yana qora kiydi.
— Biz ham qora kiyimlarimizni kiyib yuribmiz.
— Enam taqinchoqlariniyam sandiqqa solib qo‘ydi.
— Ukalarim oqshomlari ashula aytib o‘ynardi, enam urishdi. Azalimiz, bovang eshitib qolsa nima degan odam bo‘lamiz, dedi.
— Endi momomizning qirqi o‘tguncha shunday bo‘ladi.
— Bovamiz buyoqlarga kelib yurishimizniyam bilarmikinlar? — dedi ma’shuq.
— Bilmasalar kerak, — dedi oshiq.
— Momomizning vafoti kuni sen ham yig‘ladingmi?
— Bo‘lmasam-chi, uyni aylanib, momomlab yig‘ladim.
— Men enamlab yig‘ladim.
— Qara, ketibdilar.
— Yuring, Sayrak adirga endi biz chiqamiz...
Oshiq-ma’shuq qo‘zg‘oldi. Ariq yoqalab yurdi.
Bobomiz ko‘ngillari yorishdi. To‘lqinlandilar. O‘tirishlarini-da, turishlarini-da bilmadilar. Ketlariga xiyol chayqalib, ko‘zlarini yumdilar. entikib-entikib nafas oldilar. Kiyimlari o‘zlariga torlik qilayotganday bo‘ldilar. Yoqalarini ko‘tarib-ko‘tarib, ko‘kraklarini shamollatdilar.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod
« Javob #242 : 30 Noyabr 2007, 19:23:16 »
Joylaridan avaylab turdilar. Etaklarini qoqdilar. O‘tira berib qotib qolmish qaddilarini rostlash uchun bellariga qo‘llarini tiradilar.
Adirlamish oshiq-ma’shuqlardan ko‘z uzmadilar. Suqlanib-suqlanib qaradilar...
Beixtiyor... beixtiyor qishloqqa borajak so‘qmoqdan yo‘l soldilar...
— Momosi, men ularni ko‘rdim... — dedilar. — Men senga aytib edim-u, Hazrati Xizr yuzimizdan o‘tolmaydi deb!..
Bobomiz oyoq ildilar. Sayrak adirga qayrilib qaradilar.

Bobolarim birin-ketin suyak surib o‘tgan yer,
Momolarim sochlarini qirqta o‘rib o‘tgan yer...

Bobomiz boshlarini  egganlaricha turib qoldilar!
— Momosi, yur, ketamiz... — dedilar.
Bobomiz yo‘llarida imillab, bir-bir bosib davom etdilar.
Shunda, Sayrak adirda... hassasi... qarilik hassasi qolib ketganini esladilar.
— Mayli, ularga qolsin... — deya qo‘l siltadilar.
Boshlari g‘uvillab, o‘zlarini majolsiz his qildilar. Ko‘z o‘nglari g‘imirladi.
Oydinlar to‘lqinday chayqaldi. Oydinlar to‘lqinday mavjlandi.
Bobomiz xasta qalblari o‘rtandi, g‘arib qalblari o‘rtandi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi. Ko‘z yoshlari oyday oppoq soqollariga sizib tushdi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod
« Javob #243 : 30 Noyabr 2007, 19:23:39 »
— Momosi, men ularni ko‘rdim. Ular bayt aytdi, eshitayapsanmi, bayt!.. — dedilar.
Bobomiz ko‘z oldilari oydinlandi. Tag‘in Sayrak adirga qayrilib qaradilar.
Sayrak adirda ikkita qora qoldi.
Biri oshiq, biri ma’shuq bo‘ldi.
Oshiq bilan ma’shuq bir ikkita bo‘lib qoldi, bir bitta bo‘lib qoldi...
Bobomiz jilmaydilar.
— Ana, bizning bolalarimiz! — dedilar. — Hazrati Xizr bovajonim, umringizdan baraka toping!..
Bobomizning jilmaymish yonoqlaridan betinim yoshlar sizdi.
Momomiz vafotidan keyin ko‘z yoshlari qurib qolganday bo‘lib edi. Qaylarda yotib edi, shashqator yoshlar?
Shashqator yoshlar bobomiz lablariga sizdi, iyaklariga sizdi.
Bobomiz ko‘z yoshlarini yenglari bilan artib oldilar. Adirdan ko‘z uzmadilar.
— Ana, bizning nevaralarimiz! — dedilar. — Qulluq, Hazrati Xizr bovajonim, qulluq!
Bobomiz ko‘ngillaridan nimalardir toshib kela berdi.
Bu toshqinni qayg‘u desak-da bo‘ladi, xushvaqtlik desak-da bo‘ladi.
Bobomiz ko‘ngillaridan qayg‘uli xushvaqtlik o‘ksib-o‘ksib kela berdi.
— Yur, ketdik, momosi, endi biz kelmaymiz... — dedilar.
Ko‘zlari kulmish bobomiz, yuzlari kulmish bobomiz, yonoqlari kulmish bobomiz, lablari kulmish bobomiz tantana qildilar.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod
« Javob #244 : 30 Noyabr 2007, 19:23:57 »
— Bu adirlar bizniki! — dedilar.
O‘ksiklar zarbidan yelkalari silkina berdi.
— Bu oydinlar bizniki! — dedilar.
Ko‘ngillari tinmayin o‘ksimish bobomiz, yelkalari tinmayin silkinmish bobomiz so‘nggi bor, so‘nggi bor oyoq ildilar. Qomatlarini adl tutdilar.
Sayrak adir, adirda o‘tirmish o‘g‘il-qizlariga tantana bilan qaradilar.
     
Bobolarim birin-ketin suyak surib o‘tgan yer.
Momolarim sochlarini qirqta o‘rib o‘tgan yer.
     
Bobomiz so‘qmoqdagi so‘nggi qadamlarini bosa-bosa, oydindagi so‘nggi so‘zlarini ayta-ayta, yo‘llarida davom etdilar:
— Endi ketsak mayli!..     

1980.

www.ziyouz.com - 2007

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod
« Javob #245 : 21 Noyabr 2009, 10:31:32 »
Oydinda yurgan odamlar (qissa)



Muallif: Tog'ay Murod
Hajmi: 230 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Tog'ay Murod. Ot kishnagan oqshom (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 240
Ko'rilgan: 77168
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:02:02
muallifi AbdulAziz
Tog'ay Murod. Momo Yer qo'shig'i (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 12597
So'nggi javob 08 Dekabr 2010, 13:51:24
muallifi Ansora
Tog'ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 24075
So'nggi javob 09 Dekabr 2010, 17:33:42
muallifi Ansora
Tog'ay Murod. Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 322
Ko'rilgan: 97320
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:37:15
muallifi AbdulAziz
Men qaytib kelaman (Tog'ay Murod zamondoshlari xotirasida)

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiy esdaliklar, xotiralar

Javoblar: 290
Ko'rilgan: 74985
So'nggi javob 06 Mart 2010, 22:09:48
muallifi Ansora