Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)  ( 80387 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 B


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:05:17

Yettinchi bob
O’limning mohiyati haqida


Biling! limning mohiyati xususida odamlarda har xil asossiz karashlar mavjud.Ba’zilar: «O’lim bu yo‘qlikdir. Inson o‘lgandan so‘ng qayta tirilmaydi, ishlari uchun hisob ham bermaydi. Yaxshilik va yomonlikning oqibati yo‘q. Inson o‘limi hayvon o‘limi, shuningdek, o‘t-o‘lanlarning qurishi orasida hech qanday fark yo‘q», deya gumon qiladi.

Bu dinsizlarning, Ollohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlarning qarashidir.

Ba’zilar: «Inson o‘lim bilan yo‘qlikka yuz tutadi. To qiematgacha qabrda na jazo alamini, na savob ne’matini his qiladi», deb o‘ylaydi.

Boshqa birovlar: «Ruh boqiydir, u o‘lim bilan yo‘qolmaydi. Savob oladigan ham, azoblanadigan ham jasad emas ruxdir. Jasadlar na tiriladi, na hisob-kitob uchun to‘planadi», deydi.

Bu fikrlarning hammasi haqiqatdan yiroq, buzuq karashlardir. O’lim haqidagi eng to‘g‘ri qarash oyat va xabarlarda so-bit bo‘lgan. Shunga ko‘ra o‘limning ma’nosi holat o‘zgarishidan boshqa narsa emas. Ruh tanaddn ajralishi esa jasadda ruh tasarrufining to‘xtashi, jasadning ruh izmidan chiqishidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:06:53

Inson a’zolari ruhning vositalaridir. Ruh shu vositalardan foydalanadi. Qo‘l bilan ushlaydi, quloq bilan eshitadi, ko‘z bilan ko‘radi, qalb bilan narsalar mohiyatini anglaydi. Bu o‘rinda zikr qilinayotgan qalb ruxdir. Ruhning o‘zi vosita-siz ham narsalar mohiyatini anglaydi. Shuning uchun ba’zan hech bir a’zo ishtirokisiz qalbning o‘zi turli xil g‘am, kulfatlar alamini tortsa, ba’zan kuvonchu shodliklarga to‘lib suyunadi.

Ruhning o‘zida bo‘lgan sifat ruh tanadan ajraganidan so‘ng Ham ruh bilan birga qoladi. Ruhga a’zolar orkali bog‘langan narsalar faoliyati, jasad o‘limi bilan to‘xtaydi. Bu harakat-sizlik to ruh yana jasadga qaytguncha davom etadi.

Ruxning qabrda jasadga qaytarilishi ehtimoldan uzoq ish emas. Shuningdek, bu ishning to qiyomat kunigacha kechiktiri-lish ehtimoli ham bor. Ollohning o‘zi bandalariga kanday hukm etishni eng yaxshi bilguvchi Zotdir.

Ulim tufayli jasadning faoliyatdan to‘xtashi xastalikka chalingan kishi a’zolarining faoliyatdan to‘xtashiga o‘xshaydi...

Agarda barcha a’zolar ruhga bo‘ysunishdan to‘xtasa, o‘lim ro‘y beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:08:53

Inson holatining o‘lim bilan bog‘liq o‘zgarishida ikki jihat bor:

Birinchisi, inson o‘lishi bilan undan ko‘zi, qulog‘i, tili, qo‘li, oyog‘i, umuman barcha a’zolari tortib olinadi. Shuningdek, u ayoli, farzandi, yaqinlari va boshqa tanishlaridan ajra-ladi. Chorva hayvonlari, xizmatkorlari, dalalari, hovlilari va boshqa mulklari qo‘lidan ketadi.

Aslida bu ashyolarning insondan tortib olinishi bilan insonning bu ashyolardan tortib olinishi o‘rtasida farq yo‘k. Ne-gaki, og‘riq beruvchi narsa bu — firok, ayrilikdir. Bir gal ayrilik, kishvdan molini tortib olish tufayli yuz bergan bo‘lsa, keyingi safar kishini mulki va molidan ajratib, asir qilish orqali sodir bo‘lgan. Og‘riq ikkala holatda ham bir xil.

Demak, o‘limning ma’nosi, insonni bu olamga o‘xshamagan boshqa olamga eltish orqali uni mol-mulkidan sug‘urib olish yoki sug‘urib olinishidir.

Agar inson bu duneda nimanidir o‘ziga do‘st tutsa, shu narsa bilan ovunib, uning borligiga odatlangan bo‘lsa, undan ajralishning hasrati katta bo‘ladi, borligiga odatlangan narsaning yo‘qolishi uni cheksiz g‘amga botiradi. Dunyoni do‘st tutgan bu qalb egasi qolib ketayotgan mol-mulkidan, mavqe-martabalarian, hovli-joylaridan, hatto bir paytlar kiyib, u bilan ko‘zla-ri kuvongan ko‘ylagidan e’tiborini uzolmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:09:52

Agar u inson faqatgina Ollohni do‘st tutib, quvonchi ham faqat Olloh zikri bilan bo‘lganida edi, unga ato qilingan ne’mat yanada ulug‘lashar, saodati komil bo‘lardi. Oradan parda ko‘tarilib, Mahbubga eltuvchi yo‘l ochilardi. Har qanday tashvishlarning bu yo‘lni to‘sishiga chek ko‘yilardi. Zero, dunyoga mehr uyg‘otuvchi sabablarning barchasi Ollohning zikridan chalg‘ituvchi tashvishlardir.Xullas, o‘lim va tiriklik holatlari o‘rtasidagi o‘zaro zid ikki jihatning birinchisi mana shudir.

Inson holatining o‘lim bilan bogliq o‘zgarishidagi ikkinchi jihat shuki, unga tirikligida oshkor bo‘lmagan narsalar o‘limdan so‘ng oydinlashadi. Bu holat bamisoli, uyquda ayon bo‘lmagan narsalar uyg‘oqlikda namoyon bo‘lganiga o‘xshaydi. Odamlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onadilar. Vafotidan so‘ng insonga eng avval zarar beradigan yomonliklar va foyda beradigan yaxshiliklar ko‘rinadi. Bular inson qalbining ichkarisiga yashirilgan kitobda bitilgandir. Dunyo tashvishlari in-sonni bu kitobga diqqat qilishdan chalg‘itgan zdi. Tashvishlar kesilgach, unga barcha amallari ko‘rinadi. Yomonliklarini ko‘rib, shu darajada hasrat chekadiki, bu hasratdan xalos bo‘lish uchun hatto olovning tubiga o‘zni otishni afzal biladi. Shunda unga aytiladi: «Nomai a’molingni o‘qi! Bugun o‘z nafsing o‘zingga qarshi yetarli hisobchidir» (Al-isro surasi, 14-oyat).

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:11:38

Bularning barchasi jon uzilishi arafasida, dafndan oldin yuz beradi. Insonning ichini firoq o‘ti yondiradi. Bu o‘t ko‘ngilni beg‘am qilib qo‘ygan o‘tkinchi dunyodan ayriliq o‘ti-dir. Lekin bunda oxirat ozig‘iga sabab bo‘ladigan, qanoat darajasidagi dunyo nazarda tutilmayapti. Negaki, kifoya qilar-lik oziq talabida bo‘lgan kishi maqsadiga erishishi bilan ortiqcha yuk mashakdatidan qutuladi va bundan uning boshi osmonga yetadi. Chunki u niyatiga ko‘ra, oxirat ozig‘iga sabab bo‘ladigan darajadagi dunyoga ega bo‘ldi, qolgani unga ortiqcha yo’q.

Ehtiyoji mikdoridagina dunyoga ega bo‘lgan kishining holati mana shudir. U dunyodan to‘la behojat bo‘lishi uchun zaruriy ehtiyojdan ham uzilishni xohlaydi. Albatta, uning bu xohi-shi hosil bo‘ladi va u dunyodan batamom uziladi...

Qayd etilgan



AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:39:38

Ihyou ulumid-din. O'limni eslash kitobi



Muallif: Imom G'azzoliy

Hajmi: 200 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan