Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)  ( 80368 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:05:33

Imom G’azzoliy

IHYOU ULUMID-DIN
O’LIMNI ESLASH KITOBI

MUNDARIJA

Muqaddima

Birinchi bob. O’limni eslash va unga targ‘ib xususida
O’limni eslashning fazilati
O’lim qanday eslanadi?

Ikkinchi bob. Dunyo havasidan tiyilish fazilati, unga berilishning sabablari va bu dard muolajasi
Sahobalar va olimlarning so‘zlari
Dunyo havasiga berilishning sabablari va bu dardning muolajasi
O’tkinchi dunyoga munosabatda insonlarning farqlanishi
Solih amalga shoshilish va uni kechiktirish ofatidan saqlanmoq bayoni

Uchinchi bob. O’lim talvasasi va shu holatda qilinishi mahbub sanalgan ishlar xususida
O’lim onlarida mahbub ko‘rilgan amallar bayoni
O’lim farishtasi bilan uchrashuv onlaridagi hasrat

To‘rtinchi bob. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va xulofoi roshidinlarning vafotlari
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari
Abu Bakr Siddiq roziyallohu taolo anhuning vafotlari
Umar ibn Xattob roziyallohu taolo anhuning vafotlari
Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning vafotlari
Ali karramallohu vajhahuning vafotlari

Beshinchi bob. Xalifalar, amirlar va solih insonlarning o‘lim onlarida aytgan so‘zlari

Oltinchi bob. Janoza va qabriston xususida oriflarning so‘zlari, qabr ziyoratining hukmi
Farzand o‘limi xususida salaflarning so‘zlari

Yettinchi bob. O’limning mohiyati haqida


MUQADDIMA

Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd bo‘lsin. Darhaqiqat, «dunyoga ustunman» degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu qaysarlarga va’da haq bo‘ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldi-lar. Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ichra qoldilar.
Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo‘lsa, u bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi!
«Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!» (Maryam surasi, 98-oyat)2.
Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O’limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi.
Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la!
Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin!
O’lim - qismati, kabr - qarorgohi, tuprok - to‘shagi, Munkar va Nakir - suxbatdoshi, qurt-qumursqalar - ulfati, yer osti - xosxonasi, mahshargoh - va’dalashgan joyi, jannat yo do‘zax - so‘nggi manzili bo‘lgan har bir kishining fikru zikri - o‘lim, tadbiru tadorigi xam o‘lim uchun bo‘lishi tabiiy. Uning butun diqqat e’tibori o‘limga qaratilgan, qo‘rqinch va quvonchi ham o‘limdan, u o‘limga muntazir. U nafsini o‘liklar qatorida sanab, o‘zini qabrda ko‘radi. Chunki keluvchi narsa doimo yaqin, kelmaydigani esa uzokdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar:

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:08:38

«Nafsini tergaydigan va o‘limdan keyingi ishlarni o‘ylab amal qiladigan kishi asl ziyrakdir».
Qalbda neki ko‘p yod etilsa, u narsaning kelishiga hozir turish oson kechadi. Nimanidir qayta-qayta eslab turish uchun esa, uni esga soluvchi ishoratlarga doimo diqqatni qaratish, unga rag‘bat uyg‘otuvchi narsalar xususida jiddiy mulohazani tark etmaslik lozim.
Keling, o‘lim va unga bog‘liq masalalar xususida to‘xtalaylik. Ha, banda o‘lim va u bilan bog‘lik jihatlarni takror-takror eslamog‘i, tafakkur va basirat bilan bu manzaralarni xotirida doimiy qaror toptirmog‘i kerak. Chunki bu o‘y va zikrlar bandani og‘ir safarga tayyorlaydi, doimiy safarbarlikka undaydi. Jo‘nash vaqti yaqin, umrdan oz koldi, xalq esa, bundan g‘ofil:
«Odamlarga hisob-kitoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuzo‘girguvchidirlar» (Anbiyo surasi, 1-oyat).
                     

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:11:45

                                           Birinchi bob
O’limni eslash va unga targ‘ib xususida

Biling! Dunyoga mukkasidan ketgan, uning aldovlariga ishonib, shahvatlar og‘ushida qolgan kishining qalbi, shubhasiz, o‘limni eslash amalidan g‘ofil, bu ne’matdan bebahradir. Bun-day odam o‘limni esga olishni yoqtirmaydi, bundan qochadi. Olloh taolo deydi:
«Ayting: «Sizlar qochayotgan bu o‘lim, albatta sizlarga yo‘liqquvchidir. So‘ngra sizlar g‘aybu shahodatni biluvchi Zotga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur!» (Jum’a surasi, 8-oyat).
Demak, odamlar uch xil bo‘ladi:
—dunyoga mukkasidan ketganlar;
—tavba yo‘liga kirganlar;
—kamolga yetgan oriflar.
Dunyoga mukkasidan ketgan kishi o‘limni eslamaydi. Eslagan taqdirda ham dunyosi qolib ketayotganiga afsus qilib, bunga o‘lim sababchi bo‘lyapti, degan bema’ni xayolga boradi. O’limni bu tarzda eslash yaqinlik hosil bo‘lishiga emas, balki Ollohdan uzoqlashishga sabab bo‘ladi.
Tavba yo‘liga kirgan kishi o‘limni ko‘p eslaydi. Eslagani sayin qalbi qo‘rkinchu istig‘forga, vujudi xushu’ va xuzu’ga limmo-lim to‘ladi. To‘g‘ri, u ba’zan o‘lim qo‘qqis kelib, tavba tamomiga yetmay, oxirat ozug‘i g‘amlanmay qolishidan cho‘chib, o‘limni xoxlamaydi. Lekin uning bu holati uzrli. Shuning uchun ham u Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisida aytilgan kishilar jumlasiga kirmaydi:
«Kim Olloh bilan uchrashishni xohlamasa, Olloh ham u bilan uchrashishni xohlamaydi» [/i](Abu Hurayra rivoyati, muttafaqun alayh). Chunki, tavba yo‘liga kirgan odam Ollohning diydori va o‘limdan qochmaydi. Balki o‘zining qusr va nuqsonlari sabab, Olloh diydoriga yetish kabi buyuk ne’matni boy berib qo‘yishdan xavfsiraydi. Go‘yo u suyuklisi rozi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorlanish bilan mashg‘ul bo‘lib, visolga kechikishdan cho‘chiyotgan kishiga o‘xshaydi. Visolga kechikishdan cho‘chish esa visolni xoxlamaslik emas.

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:13:01

Xullas, tavba yo‘liga kirgan kishining alomati shuki, u hamisha o‘zini o‘limga hozirlaydi, bu uning doimiy mashg‘ulotiga aylanadi. Kimki shunday emas ekan, demak, u dunyoga muk-kasidan ketganlar jumlasidandir.
Orif kishi o‘limni uzluksiz eslaydi. Negaki, u yaxshi biladi: o‘lim suyukli Zot huzuriga ilk qadam, diydorlashuv va’dalashilgan manzil. Habib mahbubining visol va’dasini aslo unutmaydi. Ko‘pincha, orif zot osiylar uyi bo‘lmish ushbu isyonli dunyodan batamom kutulib, butun olamlar Parvardigoriga yaqin bo‘lish uchun o‘limning kelishini intizorlik bilan kutadi.
Olloh rozi bo‘lsin, Huzayfadan rivoyat qilinadi, o‘lim onlari yaqinlashgach, u dedi: «...Ey Olloh! Agar men uchun qashshoqlik boylikdan, xastalik sog‘likdan, o‘lim hayotdan afzal bo‘lsa, o‘limni menga oson qil, huzuringga tezroq yetay».[/i]
Demak, tavba yo‘liga kirgan kishining o‘limni xohlamasligi uzrli bo‘lganidek, oriflarning o‘limni sog‘inishi ham uzrli sanaladi. Lekin eng a’losi - ishni butkul Ollohtaologa xavola etishdir. Bu holatga kirgan kishida na o‘lim va na hayotni tanlash ixtiyori bor. Balki Mavlosiga nima suyukliroq bo‘lsa, o‘sha narsa uning uchun avlodir. Bu hol taraqqiysi chu-qur muhabbat va yaqinlik bilan eng so‘nggi chegara - taslim va rizo maqomiga yetadi.Har qanday holatda o‘limni eslash savob va fazlga daxldor. Hatto dunyoga mukkasidan ketgan kishi ham o‘limni eslaganida dunyodan tiyiladi. Bora-bora dunyo ne’matlari uning me’dasi-ga uradi, dunyo lazzatlarida tot qolmaydi. Demak, inson qalbini dunyo lazzatlari va shahvatdan xalos etuvchi har qanday narsa oxirat saodatiga sabab bo‘ladi.

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:14:49

O’limni eslashning fazilati
Rasulullohsollallohu alayhi vasallam dedilar:«Lazzatlarni mag‘lub etadigan narsalarni ko‘p zikr qilinglar» (Abu Hurayradan Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati). Ya’ni o‘limni ko‘p eslash bilan lazzatlar kasrini buzing. Shunda, shahvatlarga bo‘lgan maylingiz so‘nadi, Olloh taologa yaqin bo‘lasiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Agar hayvonlar ham odam farzandlari darajasida o‘limni anglaganlarida zdi, ularning semizini yemagan bo‘lar edinglar» (Bayhaqiy rivoyati).
Oisha roziyalloxu anho Payg‘ambarimizdan so‘radi:
— Ey Rasululloh, maxsharda shahidlar bilan birga tiri-ladigan kishi ham bo‘ladimi?
— Ha, bir kecha-kunduzda o‘limni yigirma mahal yod etgan banda shahidlar bilan birga tiriladi,- dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.
Demak, o‘limni eslash shunday fazlki, bandani oxiratga tayyorlaydi, yolg‘on dunyodan uzoqlashtiradi. O’limdan g‘ofillik esa, dunyo shahvatlariga mukkasidan ketishga undaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«O’lim mo‘minga tuhfadir» (Abdulloh ibn Umardan Ibn Abu Dunyo, Tabaroniy va Hokim rivoyati). Darhaqiqat, dunyo mo‘minning zindoni. Mo‘min kishi bu zindonda nafs shafqatsizliklaridan ozor ko‘radi, shahvatlar yuki ostida shayton hujumlaridan aziyat chekadi. Ulim uni o‘sha azoblardan ozod etadi. Bu ozodlik esa, mo‘min uchun tuhfadir.Rasulullox sollallohu alayhi vasallam dedilar:«O’lim har bir musulmonga kafforatdir» (Anas roziyallohu anhudan Bayhaqiy rivoyati).Ya’ni, haqiqiy musulmon shunday sodik mo‘minki, musulmonlar uning tili va qo‘lidan ozor ko‘rmaydi. Garchi kichik gunoxlardan xali poklanmagan bo‘lsa-da, mana shu nuqtada mo‘min-lar axloqi yuzaga chiqadi, o‘lim unn poklaydi. Modomiki, farz-larni ado qilib, katta gunohlardan sakdangan ekan, o‘lim uning kichik gunohlariga kafforat bo‘ladi.

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:16:19

Ato al-Xurosoniy dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suhbatlashib o‘tirgan bir to‘p odamlar yonidan o‘tayotib, kulgu tovushini eshitdilar va ularga:
- Majlislaringizga dunyo lazzatlarini aritadigan zikrni
qo‘shinglar, - dedilar.
- Lazzatlarni nima aritadi? — deb so‘rashdi.
- O’lim, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Anas roziyallohu anhudan).
Anas roziyallohu anqu Payg‘ambarimiz sollallohu alay-hi vasallamdan rivoyat qiladilar;«O’limni ko‘p eslanglar. Chunki u gunohlardan poklaydi, dunyodan tiyilishga undaydi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati). Payg‘ambar sollalloxu alayhi vasallam dedilar:«O’lim nasixatlanishga kifoyadir» (Tabaroniy va Bayhaqiyrivoyati).Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga chiqayotib, suhbatlashib, kulishib o‘tirgan odamlarni ko‘rib dedilar:
«O’limni eslanglar! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga kasamki, agar mening bilganlarimni bilganlaringda, kamrok kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lar edinglar» (Ibn Abu Dunyo zaif isnod bilan Ibn Umardan rivoyat qilgan).
«Rasulullox sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bir kishini eslashib, uni rosa maqtashdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom:
- Do‘stingiz o‘limni ham eslab turarmidi? - deb so‘radilar.
- O’limni eslaganini hech eshitmadik, - deyishdi.
- Demak, do‘stingiz sizlar aytganday emas ekan, - dedilar Ollohning rasuli» (Anas roziyalloxu anhudan Ibn Abu Dunyo zaif sanad bilan chiqargan).

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:18:04

Olloh rozi bo‘lsin, Ibn Umar dedilar: «Payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga keldim. Shunda ansorlardan bittasi so‘radi:
- Ey Ollohning rasuli! Odamlarning eng zakiyi kim?
- O’limni ko‘p eslaydigan, unga jiddiy hozirlik ko‘radi-gan kishilar. Ana o‘shalar dunyo sharafiga va oxirat karomati-ga noil bo‘lgan zakovat egalaridir» (Ibn Moja rivoyati).
Hasan Basriy hazratlari aytadilar: «O’lim dunyoning bori-ni oshkor etdi. Aqli borlar uchun dunyoning quvonchi kolmadi». Robe’ ibn Xasim deydilar: «Mo‘min kishi intizorlik bi-lan kutadigan g‘oyib narsalarning yaxshirog‘i o‘limdir».
Axli donishlardan biri birodariga shunday mazmunda maktub yozgan ekan: «Ey birodarim! O’limni qancha orzu qilsang ham o‘lib bo‘lmaydigan dunega ketishdan oldin mana shu dunyoda o‘limdan ogox bo‘l!»
Aytishlaricha, o‘lim zikr qilinganda Ibn Sirinning har bir tuki xavfdan titrab ketardi. Umar ibn Abdulaziz har kecha faqihlarni jamlab, o‘lim, qiyomat, oxirat ko‘rqinchla-rini yodga olishar, go‘yo oldlarida bir tobut turgandek yig‘la-shardi.Ibrohim Taymiy deydilar: «Ikki narsa meni dunyo lazzati-dan uzadi: o‘limni eslash va Ollohning oldida turish».
Ka’b aytadilar: «Kim o‘limni anglasa, unga bu dunyoning musibatlariyu mashaqqatlari arzimas bo‘lib qoladi».Mutarrif: «Xuddi tushda bo‘layotgandek zdi: Basradagi mas-jidning o‘rtasida bir odam: «Olloxdan qo‘rkuvchi qalblar o‘lim-ni eslashdan to‘xtasa, Ollohga qasamki, albatta, ular hushdan ayriladi», deb qichqirar edi», deya hikoya qiladilar.

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:18:43

Iso alayhissalom o‘limni eslagan paytlarida terilaridan qon tomib turar ekan. Dovud alayhissalom o‘lim va qiyomatni eslaganlarida, yig‘lab, hushlaridan ketar edilar. Ollohning rahmatini eslaganlarida, o‘zlariga kelardilar.Umar ibn Abdulaziz olimlardan biriga:
- Menga nasihat qiling, - dedilar.
- O’lim sari borayotgan birinchi xalifa emassan, - dedi u.
- Yana nasihat qiling, - dedilar amirul mo‘minin.
- Odam alayhissalomdan to ota-bobolaringga qadar biror kishi yo‘qki, o‘lim sharbatini totmagan bo‘lsa. Endi sening navbating kelyapti.
Keyin Umar ibn Abdulaziz yig‘ladilar.
Robe’ ibn Xasim hovlilarida kabr qazdirib qo‘ygan edilar. Har kuni bir necha marta lahadga kirib yotar, shu yo‘l bilan o‘limni doimiy yodda tutar va: «Agar kadbim bir soat o‘limni unutsa, fasod bo‘ladi», der edilar.
Mutarrif ibn Abdulloh ibn Shuxayr deydilar: «O’lim har qanday dunyo ne’matiga zavol yetkazuvchidir. Bas, bezavol ne’matlarni izlang!»
Umar ibn Abdulaziz Anbasaga: «O’limni ko‘p esla, agar to‘kinlikda bo‘lsang, tanglik neligini bilasan. Agar ahvoling tang bo‘lsa, o‘lim yodi seni kenglikka chiqaradi», deb nasihat qilgan edilar.
Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Ummu Horundan:
- O’limni yaxshi ko‘rasanmi? - deb so‘radim.
- Yo‘q, - dedi u.
- Nega?
- Axir bir odamga isyon qilsam, unga ro‘baro‘ kelishdan xijolat bo‘laman. Shunday ekan qanaqasiga tinimsiz osiylik qilayotganim Olloh bilan yuzma-yuz bo‘lishim mumkin?! - deb javob berdi».


Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:19:29

O’lim qanday eslanadi?
Bilingki, o‘limning xatari va dahshati buyukdir. Odamlar kam fikrlab, oz esga olgani uchun ham o‘limdan g‘ofildirlar. Eslaganlar xam qalblarini hamma narsadan forig‘ qilib emas, dunyoga mashg‘ul bo‘lgan hollarida eslaydilar. Bunday zslash-dan foyda yo‘q. O’limni haqiqiy eslash yo‘li - o‘limni doimo yonida bilish, o‘limdan boshqa narsani qalbdan chiqarishdir, Buni bamisoli xatarli sahro yoki dengiz orqali safarga otlangan kishi holatiga o‘xshatish mumkin. Uning butun fikri-zikri safarda bo‘ladi. Qalb ham o‘limni eslash bilan mashg‘ul bo‘lsa, bu ish qalbni butkul band etadi. O’lim bilan band bo‘l-gan qalbda aysh-ishrat talabi, dunyo quvonchi kamayadi, toshqin-lik bosiladi. Kishi o‘limni ko‘p eslagani sayin har xil o‘lim onlari, bu dahshatli onlarni boshidan o‘tkazgan do‘stlari, tengqurlarining iltijo to‘la so‘nggi nigohlari xotirida jonlanadi. Ularning o‘limlarini, so‘nggi manzillarini eslab, og‘ir o‘ylar girdobida qoladi: ular kim va qanday edilar? Endi ularning mavqelari, holatlari qanday? Bu chiroyli siymolar tup-roqqa qanday singib yo‘qoladi? Ularning jasadlari qabrlar-da qanday parchalanadi? Ular aellarini beva, farzandlarini yetim qoldirdilar, mol-dunyolarini tashlab ketdilar. Ularnnng masjid va majlislardagi o‘rni bo‘sh, qadamlari dunyodan uzil-gan...
Ha, kishi o‘limni eslagani sayin qalbida mana shunday uzoq va yaqin o‘limlar, vahimali suratlar batafsil jonlanaveradi. Ba’zan ortga qaytib, ularning shijoat to‘la yoshligi, dovdirash-lari, hayotga bo‘lgan mayllari va unda o‘zini go‘yo boqny qoladigandeyok tutishlari, o‘limni unutishlari, yoshlikdagi kuvvat va g‘ay-ratga suyanib qolishlari, o‘yin-kulguga berilishlari, shundoq yoni-dagi o‘limdan, uning kutilmaganda kelishidan g‘ofil bo‘lganlari-ni eslaysiz. Tiriklikda vujudini ko‘tarib turgan oyoqlar, hara-katga sabab bo‘lgan a’zolar yakson bo‘ldi, endi qanday yursin?! Tilini qurtlar kemirdi, kanday gapirsin?! Og‘ziga tuproqto‘lgan, qanday kulsin?!

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Yanvar 2007, 09:19:57

O’lib bo‘ldi, endi nafsga o‘limning tadbirini qilishdan ne hojat?! Shuncha yillar beparvo, g‘ofil yurdi, o‘lim farishtasi esa u kutmagan vaqtda keldi va nido kildi: «Yo jan-nat, yo do‘zax».Ana shu payt kishi o‘ziga nazar soladi, o‘zining ham o‘shalarga o‘xshashligini ko‘radi, g‘aflati ham, oqibati ham ular bilan bir xil bo‘lishi mumkinligini his etadi.Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: «O’liklarni eslar ekansan, o‘zingni ham shulardan biri kabi hisobla».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu esa: «O’zgadan ibratlangan odamgina saodatmanddir», deganlar.
Mana shunday fikrlar va misollar orkali o‘limni eslaysiz, o‘lim yonginangizda turganini xis qilasiz. Allaqachon o‘limga hozirlik ko‘rish fursati yetganini, dunyoning esa naqadar al-damchiligini teran anglay boshlaysiz. Endi o‘limni nomigagina, til uchida eslab, ibrat va ogohlik hosil qilib bo‘lmasligi-ni yaxshi bilasiz. Demak, qachonki, qalb dunyo bilan ovuna boshlasa, o‘sha zahoti o‘limni eslang, aslingizga qaytasiz.
Bir kuni Ibn Muti’ hovlilariga nazar solib, uning go‘zalligidan hayratga tushdilar. Keyin: «Ollohga qasamki, agar o‘lim bo‘lmaganida, seni ko‘rib shodlanar edim. Agar qop-qorong‘u, tor qabrlarga qaytish bo‘lmaganida, dunyo bilan ko‘zlari-miz quvonar edi», dedilar.

Qayd etilgan