Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)  ( 80405 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:00:04

Dunyo havasiga berilishning sabablari va bu dardning muolajasi

Biling, orzu-havaslarga berilishning ikkita sababi bor: jaholat va dunyoga muhabbat.
«Hubbud-dunyo», ya’ni «dunyoga muhabbat» degani nima?
Inson dunyoni, dunyo istaklarini, dunyoni qo‘lga kiritish vositalarini do‘st tutadi. Bu tuyg‘udan ajralish, bu ayriliqqa sabab bo‘luvchi o‘lim haqida fikrlash qalbga og‘ir. Nega-ki, nimanidir yomon ko‘rish, o‘sha narsani o‘zidan uzoqlashti-rishga majbur qiladi.
Inson bo‘lmag‘ur orzu-havaslar oshig‘idir. U doimo maqsadiga muvofiq kelgan narsa orzusida bo‘ladi. Maksadiga muvo-fiq kelgan narsa esa dunyoda abadiy qolish. U shu maqsad yo‘lida izlanadi, bu izlanish hayotining mazmuniga aylanadi. U o‘zining hech qachon amalga oshmaydigan maksadini amalga oshi-rish uchun mol-dunyo, ahli ayol, uy-joy, yor-do‘st, ulov-markab kabi dunyoviy sabablarni shu darajada kadrlaydiki, go‘yo shu-larning o‘zi ayni baqo, go‘yo shu vositalargina yagona chora!?
Ha, inson qalbi shu yolg‘onlarga aldangan. O’limni eslash, bu tuyg‘uga yaqin borish unga begona, Ba’zan o‘lim va o‘limga hozir-lik ko‘rish haqidagi o‘ylar xotiriga keladi. Lekin inson o‘sha zaxoti bu o‘ylarni xayolidan quvib: hali yoshsan, oldingda qancha kunlar bor, tavbaga ulgurasan, deydi, o‘ziga o‘zi. Vaqt o‘tib, yoshi ulg‘aygach, aytadi: ayni kuchga to‘lgan payting, qarib, kek-sayguncha sabr qil, keyin tavba qilarsan. Qarib, cholga aylan-gach, tavbani kechiktirishga sabab bo‘luvchi bahonalar yana ko‘pa-yadi: shu imoratni va mol qo‘rani kurib bitkazay yoki shu safar-dan qaytay, keyin albatta tavba qilaman; o‘g‘limning uyiga falon-falon jihozlarni olib beray yoki falon dushmanimni ham bir yoqli qilay, keyin bir yo‘la tavbaga yuzlanaman, deydi. Shu tarzda bir ishga o‘n ish ulanib ketaveradi, dunyo tashvishi tuga-maydi. Kunlar ketidan kunlar o‘taveradi, tavbani kechiktirish esa to so‘nggi kungacha, kutilmaganda o‘lim yoqadan oladigan na-fasgacha davom etadi. O’sha daqiqalarda hasrat ko‘p, qayg‘u cheksiz bo‘ladi, Axir, do‘zax ahli qichqirig‘ining aksari tavbani kechik-tirganligi uchun emasmi?! Ular: biz tavbani kechiktiruvchilarning axvoliga voy bo‘lsin, deb alam bilan baqiradilar.

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:03:55

Tavbani kechiktiruvchi sho‘rlik inson bugun tavbani orkaga surishga undayotgan sabab ertaga ham o‘zi bilan birga bo‘lishi-ni anglamaydi. Muddat cho‘zilgani sayin bu sarkashlik quvvat olib, mustahkamlanib boradi. Bechora inson ham dunyoga sho‘ng‘-iydi, ham dunyodan uzulishini orzu qiladi?! Hayhot! Dunyo muhabbatidan kechish dunyoga quchoq ochish bilan emas, undan yuz o‘girish bilangina hosil bo‘ladi.
Ba’zan inson: hali yigit yoshida bo‘lsam, o‘lim menga uzoq, degan o‘yda yoshligiga ortiqcha ishonadi. Holbuki, «sho‘rlik bola» butun shahardagi erkaklarga nisbatan qariyalar soni o‘ndanbir mikdordan xam kamroq ekanligini xayoliga keltirmaydi, Axir, o‘lim yoshlar ichida ko‘proq bo‘lgani uchun ham qariyalar soni kam-ku?! Agar solishtirilsa, bitta keksa kishining vafotiga qadar mingga yaqin go‘dak va o‘spirin hayot bilan vidolashadi. Inson hali jismonan sog‘lom bo‘lgani uchun o‘limni, o‘limning kutilmaganda kelishini uzoq muddatlardan keyin sodir bo‘lishi mumkin hodisa deb biladi, uning yaqinligini his qilmaydi.Garchi, «o‘limning sharpasi hali uzokda», deb o‘zni ishontirilsada, dard, dardning to‘satdan kelishi aslo extimoldan uzoq emas. Balki, daf’atanlik har qanday dard, har qanday xastalikka xos xususiyatdir. Xastalikka chalingan kishining sog‘lom kishiga nisbatan o‘limga yaqinligi ko‘pchilikka ayon haqikat.
Kimki mana shular haqida fikr yuritsa, g‘aflatdan ogohlik sari qadam tashlagan bo‘ladi. Ogoh inson o‘lim uchun yigitlik, qarilik, o‘rta yosh yoki yoz-qish, kuz-bahor, erta-kech kabi maxsus vaqtlar tayinlanmaganini yaxshi biladi. O’limni ko‘z oldida tutib. doimo unga tayyorgarlik bilan mashg‘ul bo‘ladi.Ammo jaholat va dunyoga muxabbat insonni uzun dunyo hava-siga, o‘limning yaqinligidan g‘ofil qolishga undaydi.
To‘g‘ri, ba’zan nimalardir sabab bo‘lib, u o‘limni eslay boshlaydi, Lekin inson bu hodisa aynan o‘zi bilan sodir bo‘li-shiga, bir kun o‘zi ham albatta bu dunyo bilan xayrlashishi anik ekanligiga jidqiy qaramaydi. U janoza namozlariga chikadi, marhumlarni so‘nggi manziliga kuzatadi. Ammo o‘zi ham yaqinda shunday kuzatilishini xayoliga keltirmaydi. Chunki oyoklar o‘zga-larning janozalariga yurishga odatlangan, ko‘zlar o‘zgalar o‘limini ko‘rib o‘rgangan. Shunday ekan, inson qanday qilib o‘zining o‘limini tasavvur eta olsin?! Bu unga notanish hissiyot. Negaki, u hali o‘lmagan. Ba’zan o‘limni eslab qo‘yish masalasiga kelsak, bu o‘tkinchi holat. Inson bu holatdan tez chiqib ketadi, uni darhol unutadi. Shuning uchun o‘limni anglash yo‘lida paydo bo‘lgan bu holat har safar birinchi va oxirgi holat bo‘lib qolaveradi.
Biling, qachonki banda boshqa birovlar takdiridan o‘zi uchun ibrat ola boshlasa, unga ma’rifat eshigi ochiladi. Bu eshik-dan kirgan orif ertaga tobuti ko‘tarilishini, jasadi sovuq va qorong‘u lahadga qo‘yilib, qaro yerga topshirilishini, qabr og‘zi xom g‘isht bilan yogtilib, odamlar qabrdan asta uzoqlashi-shini tasavvur qiladi. Buni anglamaslik, anglashni kechikti-rish jaholatdan boshqa narsa emas!

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:04:11

Demak, uzundan uzoq orzu-havaslarga bog‘lanib qolish ham bir kasallik, dard ekan. Dard muolajasi uni keltirib chiqa-ruvchi sabablarni bartaraf qilish bilan amalga oshiriladi. Agar bu dardning jaholat va dunyoga muhabbat kabi ikkita illati daf’ qilinsa, kasallik barham topadi. Jaholatdan qutilish yuli — oxiratga doimo safarbar qalbdan chiqadigan sof fikr hamda pokiza qalb egalari aytgan purma’no hikmat-ni tinglashdir.
Dunyoga muhabbat og‘ir dard. Bu dardning muolajasi avvalgilaru oxirgilarni qiynab keladi. Shubhasiz, bu dardning yagona davosi oxirat kuniga, oxiratda beriladigan kattiq azob va ulug‘ savoblarga iymon keltiryshdir.
Ishonch «yaqiyn» darajasiga yetganida, ya’ni shak-shubhadan batamom xalos bo‘lganida dunyoga muhabbat tuyg‘usi qalbdan ketadi, qalbda havasga joy qolmaydi. Chunki qalbni undan ulkanroq muhabbat egallaydi. Dunyoning naqadar haqir va oxiratning naqadar ulug‘ligini anglagan kishi, agar mashrikdan mag‘ribgacha bo‘lgan yerlarning podshohligi ato qilinsa ham, bu arzimas dunyoga qiyo boqmaydi. Negaki, bezovtalik va g‘am-kudurat manbai bo‘lgan ushbu dunyo, uning nazdida, zarracha kadri yo‘q. Beqadr narsaga esa kuvonib bo‘lmaydi! Bebaho ganj, ya’ni oxiratga iymon turganida, o‘tkinchi dunyoga muhabbat qalbga qanday o‘rnashishi mumkin?!
Olloh taolodan solih bandalariga bu dunyoni qanday ko‘rsatgan bo‘lsa, bizga ham shunday namoyon qilishini so‘raymiz. Dunyo bilan vidolashayotganlarni ko‘rayapsizmi? O’lim kelganida ular qay ahvolda edilar? Ular o‘limni kutganmidilar?
Ulimga hozirlik ko‘rgan kishi ulug‘ zafarga erishadi. Kimki o‘tkinchi dunyo orzu-havaslariga aldansa, ochiq-oydin ziyon ko‘radi.
Inson har lahza o‘z a’zolariga nazar solsin. Vaqti kelib, bu a’zolarni kurtlar kanday kemirishini, suyaklar qanday sochilishini tadabbur qilsin. Shoshilmasdan, batafsil ko‘z oldi-ga keltirsin: qurt-qumusqalar kemirishni avval o‘ng ko‘zining qorachig‘idan boshlaydimi yoki chap ko‘zining qorachig‘idan?
Darhaqiqat, insonnng butun a’zoi badani qurt-kumursqaga yem bo‘lishdan o‘zgaga yaramaydi. Olloh taolo roziligi uchun hosil bo‘lgan ilm va xolis amaligini u bilan qoladi.

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:05:17

O’tkinchi dunyoga munosabatda insonlarning farqlanishi

Biling! Shunday insonlar borki, mangu yashashni orzu qili-shadi:
«...ularning ayrimlari ming yil umr ko‘rishni istaydi-lar...» (Baqara surasi, 96-oyat).
Shundaylar borki, karib, munkillab qolish darajasigacha uzoq umr ko‘rishni xohlaydi. Ular dunyoga qattiq muhabbat qo‘yishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Kishi qarib, munkillab qolsa ham, qalbi doimo uzoq umr ko‘rish va boylikni sevishdek ikki narsaga nisbatan yosh bo‘ladi» (Abu Hurayradan Buxoriy va Muslim rivoyati).
Yana shunday insonlar borki, bir yillik umr orzusida bo‘lishadi. Undan u yog‘iga boshini qotirmaydi. O’zini kelgusi yil yashamaydigandek tutadi. Lekin u yozda qish uchun, qishda yoz uchun hozirlik ko‘rishni unutmaydi. Bir yilga yetadigan zahi-ra to‘plagach, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Shunday insonlar ham borki, bir mavsumgina yashashni orzuqiladi. Ular yozda qishlik, qishda yozlik kiyimi uchun qayg‘ur-maydi.Kimlardir bir kecha-kunduz yashash orzusida bo‘ladi. Ularda shu kunning g‘ami bor, ertaning g‘ami yo‘q. Iso alayhissalom dedi: «Ertagi rizq uchun g‘am yemang. Maboda ertaga ajalingiz yetadigan kun bo‘lsa, ajalingiz bilan birga rizqingiz ham ke-ladi. Agar ajalingiz yetmasa ham, baribir ertangi rizqingiz belgilangan. Shunday ekan, o‘zganing ajali uchun qayg‘urmoqqa ne hojat?!»
Shunday insonlar borki, yashash orzusi soatdan oshmaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhisalom dedilar: «Ey Abdulloh! Sahar uyg‘onar ekansan, oqshom orzusini qilma! Oqshomga yetgan ekansan, sahar orzusini qilma!» (Buxoriy).
Shunday insonlar borki, ular o‘limni bir fursat ham unutmaydi, doimo ko‘z o‘ngida tutadi, Ular bamisoli umrining vaqti-soati yetishini kutib turgan odamga o‘xshaydi. Bunday in-son o‘qiyotgan namoz vidolashayotgan inson namozini eslatadi.

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:20:02

Bir kuni Muoz ibn Jabal Payg‘ambar alayhissalomdan iy-mon haqikdti (mohiyati) haqida so‘radi. Sarvari olam dedilar;«Har odim otganimda mana shunisi so‘nggi qadamnm emasmi-kan, degan o‘yga boraman» (Anas ibn Molik rivoyati).Demak, insonlar ana shu tariqa darajalanadi. Ularning har biri Olloh huzurida o‘z martabasiga ega. Bir oy yashashni istagan kishi martabasi bilan bir oyu bir kun yashashni orzu qilgan kishi martabasi bir xil emas. Ularning Olloh huzu-ridagi darajalarida tafovut bor:
«Olloh birovga bir zarra vazncha zulm qilmas» (Niso, 40-oyat).
Orzu-havasdan tiyilnsh kuchaygan sayin, solih amal salmog‘i oshadi. Kimki: men orzu-havasga berilmayman, desa, bilingki, u yolg‘onchidir. Inson to tirik ekan, orzu-havaslar og‘ushida bo‘ladi. Orzu-havasdan tiyilish esa, amallarga qarab bilinadi. In-son umri davomida ehtiyojdan tashqari narsalar g‘amida yuradi. Mana shu uning orzu-havasga berilganiga yetarli dalildir.
Kimda tavfiq bo‘lsa, buning alomati shuki, o‘lim doimo uning ko‘z oldida, u biron soat o‘limdan g‘ofil qolmaydi. Belgilangan vaqtidan bir nafasga ham kechikmay keladigan ajalga u hamisha tayyor turadi. Agar sahar uyg‘onib, umri oqshomgacha yetsa, shu kungi toatlari uchun Ollohga cheksiz shukrona ayta-di. Kunni zoe qilmagani uchun mamnun. Axir u bugundan ulu-shini oldi, ertaga-saharga hozirlik ko‘rib qo‘ydi, endi u kishi quvonmay, kim kuvonsin!
Ha, u kishi har kuni shu ruxda yangidan yashaydi, har kuni shu hol davom etaveradi. Albatta, bunday holat faqatgina erta va ertangi ishlar g‘amidan ozod bo‘lgan qalbgagina muyassar bo‘ladi. Mana shu holatda yashagan insonning hayoti xotirjam-lik sururi va munojot lazzatiga to‘liq. Uning o‘limi — sao-datli o‘lim, hayoti koni ibratdir.
Ey miskin inson! O’lim doim esingda bo‘lsin. Bu tentirab yurnshlaring o‘zingni unuttiradi, o‘zingni o‘zingdan yufil etadi. Ko‘zingni och, balki so‘nggi manzilga oz qolgandir. Fursatni g‘animat bilib, solih amalga shoshil!


Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:21:20

Solih amalga shoshilish va uni kechiktirish ofatidan saqlanmoq bayoni

Bir kishiningo‘zga yurtda ikkita birodari bo‘lib, ulardan biri ertaga, ikkinchisi esa bir oy yoki bir yildan so‘ng kelishini kutilayotgan edi. Aytingchi, qaysi bir mehmon uchun tayyorgarlik avvalroq boshlanadi? Albatta, yaqin kunlarda tash-rifi kutilayotgan mehmonning kelnshiga ko‘proq hozirlik ko‘riladi. Nimagadir tayyorgarlik ko‘rish shu narsaning yaqinda yuzaga chiqishidan darakdir. Masalan, kimki o‘limni bir yildan so‘ng keladi, deb e’tiqod qilsa, qalbiga shu muddat o‘rnashib qola-di, boshqa muddatlar uni qiziqtirmaydi. Kunlar umrning birqismini olib ketayotganini xayoliga ham keltirmaydi. Agar bir kunlik umri qolgan bo‘lsa ham, go‘yoki butun umri hali oldin-da turganday beparvo yuradi.
Bunday inson yaxshi ishlar qilishga shoshilmaydi. Vaqti behuda o‘tadi, solih amallari kechikadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«Sizning dunyodan kutadiganingiz tug‘yonga soluvchi boylik yoki oxiratni unuttiruvchi qashshoqlik, fasod qo‘zg‘ovchi dard yoki oyoqqa tushov qarilik, tish-tirnog‘i bilan kurollangan o‘lim yoki dajjoldir. Siz kutayotgan g‘oyib narsalarning eng yomoni Dajjol yoki Qiyomat soatidir! Qiyomat soati eng dah-shatlisi va achchig‘idir!» (Abu Hurayra rivoyati. Termiziy)
Ibn Abbos dedi: «Payg‘ambar alayhissalom bir kishiga shunday nasihat qildilar:«Beshta narsadan oldin beshta narsani g‘animat bil: qarilikdan oldin yoshlikni, xastalikdan oldin sog‘likni, qashshoq-likdan oldin boshshkni, mashg‘ulliqdan oldin farog‘atni, o‘lim-dan oldin hayotni» (Amr ibn Maymun al-Azdiydan. Ibn Abu Dunyo rivoyati).Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Insonlarning aksari ikki ne’mat — sog‘lik va bo‘sh vaqtning kddriga yetmaydi» (Ibn Abbos rivoyati. Buxoriy).Rasululloh, sollallohu alayhi vassallam, dedilar:«Qo‘rqqan kishi tunda yo‘lga otlanadi. Tunda yo‘lga otlan-gan odam manzilga yetadi. Ogoh bo‘ling! Olloh molining bahosi baland. Ogoh bo‘ling, Ollohning moli jannatdir» (Abu Huray-ra rivoyati. Termiziy).
Payg‘ambar alayxissalom dedilar;«Rojifa kelur (ya’ni, titratguvchi yer titrab, ustidagi bor jonzot halok qilinadi) unga Rodifa ergashur (ya’ni oradan qirq sana o‘tgach, sur ikkinchi marta chalinib, barcha narsaga qaytadan hayot ato etiladi) va o‘lim butun borlig‘i bilan kelur (ya’ni, Qiyomat kuni boshlanadi)» (Ubay ibn Ka’bdan Ter-miziy rivoyati).
Rasululloh sollalloxu alayhi vassallam ashobining g‘aflat yoki e’tiborsizlik sari mayl etayotganini ko‘rsalar, baland ovozda nido qilardi:«O’lim qanday lozim bo‘lsa, shu holda kelib, sizni yo shaqovat yoki saodat sari eltadi» (Zayd Sulaymiydan Ibn Abu Dunyo rivoyati).

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:22:18

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:«Men ogohlantirguvchiman. O’lim hujumkor, Qiyomat soati va’da etilgan vaqtdir» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Ibn Umar dedi: «Quyosh nurlari xurmo barglariga tushayotgan paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga chikdilar va shunday dedilar: «Kechagi kunga nisbatan bugundan qancha qolgan bo‘lsa, dunyodan ham atigi shuncha qoldi» (Termiziy rivoyati). Rasulullox, sollallohu alayhi va sallam dedilar:«Dunyo boshidan oxirgacha yirtilib, bittagina ipga osilib qolgan kiyimga o‘xshaydi. Mana shu bittagina ip ham uzilay-uzilay deb turibdi» (Anasdan. Ibn Abu Dunyo rivoyati.)
Jobir dedi: «Payg‘ambar alayhissalom xutbada Qiyomat so-atini esga olar ekanlar, ovozlari ko‘tarilar, yanokdari qizarib ketardi. Guyo ertalab yo kechqurun yopirilib kelishi mum-kin ko‘shindan ogohlantirayotganday der edilar: «Men va Qiyo-mat soati mana shu ikkisi kabi yaqindir», deb ikkala barmoq-lari orasini yaqinlashtirib ko‘rsatardilar» (Muslim).
Olloh rozi bo‘lsin, Ibn Mas’ud dedi:
«Olloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini i-lom uchun keng qilib qo‘yar»(An’om surasi, 125-oyat), ushbu oyatni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tilovat qilib, dedilar: «Tahqiqki, agar nur qalbga kirsa, qalb kengayadi.
— Buning alomati qanday bo‘ladi?- deya so‘rashdi.
— Yolg‘onchi dunyodan uzoqlashmoq, boqiy dunyoga qaytmoq, o‘lim kelishidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoq naqadar go‘zal!-deb javob berdilar Rasululloh, sollallohu alayhi va sal-lam» (Ibn Mas’uddan Ibn Abu Dunyo rivoyati).

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:24:03

«(Olloh) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq-yaxshiroq amal qilguvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yaragan Zotdir» (Mulk surasi, 2-oyat). Suddiy (to‘liq ismi — Muhammad ibn Marvon al-Kufiy) bu oyatni shunday tafsir qiladi: «...Sizlardan kaysilaringiz o‘limni ko‘proq esga oluvchi va unga chiroyli hozirlik ko‘ruvchi, o‘lnmdan qat-tiq qo‘rqib, undan ogoh bo‘luvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yaratgan Zotdir».Huzayfa dedi: «Xar kuni ertalab va kechqurun bir muno-diy: «Ey insonlar! Otlaninglar, otlaninglar! - deb nido qiladi. Ushbu oyat buning tasdig‘idir:
«Albatta u (jahannam barcha) insonlar uchun-sizlarning orangizda (yaxshilik va toat-ibodat tomonga) ilgarilayotgan yoki (kufru isyon tomoniga) chekinayotgan kishilar uchun-ogohlantirguvchi bo‘lgan ulkan (balo)lardan biridir» (Muddassir surasi. 35-36-37-oyatlar).
Olloh rozi bo‘lsin, Umar dedi: «Kimki shoshilmayotgan ekan, bunda xayr bor. Lekin oxirat uchun qilinadigan xayr amallar bundan mustasnodir».
Munzir ibn Sa’laba al-Abdiy dedi: «Molik ibn Dinorning o‘ziga o‘zi shunday deganini eshitganman: «Qolingga voy, o‘lim kelishidan burun shoshil! Holingga voy, o‘lim kelishidan burun shoshil!» U bu lafzni o‘ttiz bor takrorladi. Men uni eshitib turardim, u meni ko‘rmasdi».
Qasan Basriy mav’izasida derdi: «Shoshiling, shoshiling! Agar nafaslaringiz to‘xtasa, sizni ulug‘ va qudratli Ollohga yaqinlashtiradigan amallardan kesilasiz, O’z nafsiga nazar solib, gunoxlarining ko‘pligini eslab yig‘lagan kishini Olloh rahmatiga olsin!» Keyin ushbu oyatni o‘qidi:
«Hech shak-shubuhasiz biz ularni aniq hisob-kitob qilib tururmiz» (Maryam surasi, 84-oyat). Ya’ni nafaslaringni, nafa-singning oxirgi damlarini, ahlingdan ajralayotgan payting-dagi oxirgi damlarni aniq hisob-kitob qilib tururmiz.

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:26:13

Abu Muso Ash’oriy o‘limiga yaqin qolgan kunlarda ibodatga qattiq berildi. Shunda unga: «Sal tin olib, nafsingizga yen-gillik bermaysizmi?» deyildi. «Chopayotgan otlar marraga yetay deb qolganida butun jon-jaxdi bilan tashlanib chopmaydimi?! Mening ajalimga bundan ham ozroq qoldi» - dedi Abu Muso.Sal turib u jon berdi.Xalifalardan biri minbarga chiqib, degan edi: «Ey, Olloh-ning bandalari! Quvvatingiz boricha Ollohdan qo‘rqinglar. Biling! Dunyo foniydir, o‘lim boshingiz uzra soya solyapti, safar tadorigini ko‘ring. Qisqagina muddat uchun yaralgan bu dunyo lahza sayin kemtshshb, soat sayin yemrilyapti. Kun va tun atalmish g‘oyib sharpa uni yeb bitiryapti. Bu maydonga kirgan inson yo zafar quchadi yo mag‘lub bo‘ladi. Demak, inson doimo safarbar turishi shart. Nafsiga nasihat etgan, tavba qilib, shahvatdan g‘olib bo‘lgan kishi Parvardigoriga yorug‘ yuz bilan yo‘liqadi. Ajal qachon yetishini inson bilmaydi. Orzu-havas-lar insonni aldaydi. Shayton uning yonida turib, tavbani ke-chiktirishga, gunoh qilishga undaydi. Gunoh amallarni chiroy-li ko‘rsatib, o‘limdan g‘ofil qoldirmoq qasdida bo‘ladi. Ogoh bo‘ling! Sizlar bilan jannat yo do‘zaxning orasida faqat o‘lim bordir. Voh! O’lim kelsa-yu, siz bundan g‘ofil bo‘lsangiz, o‘tgan umringiz o‘zingizga qarshi hujjat bo‘lsa, kunlar sizni bad-baxtlik sari sudrasa, bu qanday hasrat!
Olloh bizni va sizni O’zining ne’matiga shukr qilguvchi, toatida bardavom etsin. O’limdan so‘nggi hasratdan saqlasin. Albatta, Olloh duolarni eshitguvchi, barcha yaxshiliklar ko‘lida bo‘lgan Zotdir. U Zot nimani xohlasa, albatta uni qilguvchidir».

Qayd etilgan


Muslima_subh  15 Fevral 2007, 07:26:54

«...o‘zlaringizni fitnaga duchor qildinglar, ko‘z tutdinglar hamda shubhalandinglar va to Ollohning amri kelgunicha sizlarni xomxayollar aldadi...» (Hadid surasi, 14-oyat). Mufassirlardan biri ushbu oyat tafsirida deydi: «O’zlaringizni shahvatlar va lazzatlarga duchor qildinglar. To o‘lim kelgunicha, shayton sizlarni aldadi».
Hasan Basriy dedi: «Sabrli bo‘ling, belni mahkam bog‘lang. Kunlar o‘tkinchi. Siz go‘yo karvonsiz. Manzilga oz qoldi. «To‘xta» deyilsa, bas chaqiriqqa javob berasiz. Ko‘chyapsiz, manzilga eng yaxshi narsalar bilan boring».
Ibn Mas’ud dedi: «Tundan o‘tib, saharga yetgan kishi mehmondir. Uning moli omonat. Mehmon ketadi, omonat egasiga qaytariladi».
Abu Ubayda Al-Bojiy dedi: «Xasta paytida Hasan Basriyning huzuriga kirdik (shu xastalik uni o‘lim sari yetaklagan edi). U bizga: «Marhabo, xush kelibsizlar. Sizlarga Olloh-ning salomi bo‘lsin, deya o‘zi sari chorladi. Yaratgan Egam sizu bizga jannatni nasib qilsin. Biling, agar sabrli bo‘lib, rost gapirsangiz va taqvo qilsangiz — bu ochiq-oydin yaxshilik. Olloh sizga rahmatini yog‘dirsin, eshitganlaringiz bu qulo-g‘ingizdan kirib, unisidan chiqib ketmasin. Ollohning elchi-si — Muhammad alayhissalomdan ibrat oling... Shoshiling, najotga shoshing! Qayon yuz buryapsiz?! Ka’baning Egasi haqqi, biling, o‘lim yonginangizda, siz bilan barobar turibdi. Parcha nonga qanoatlangan, yamoq kiyimga rozi, yerga yopishib ibodatga berilgan, xatolari uchun yig‘lagan, uqubatdan qochib, rahmati-dan umidvor bo‘lgan kishiga Ollohning rahmati bo‘lsin».
Hasan Basriy shu ahvolda jon berdi».

Qayd etilgan