Muallif Mavzu: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)  ( 51743 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #45 : 22 Fevral 2007, 21:49:39 »

                                           To‘rtinchi bob

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va xulofoi roshidinlarning vafotlari

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning vafotlari
Biling! Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayotlari va vafotlarida, fe’llari va so‘zlarida go‘zal namuna bor. Ul zotning jamiki holatlari tushungan kishilar uchun ibrat, qalb ko‘zi ochiq insonlarga nurafshon yo‘ldir. Chunki Olloh taologa u zotdan mukarram kishi yo‘q. Chunki u zot Olloh taoloning xalili, habibi, eng yaqin do‘stidir. Chunki u Olloh taoloning tanlagani, rasuli, payg‘ambaridir.
Qarang, mulohaza qiling! Suyukli Payg‘ambarning umri poyoniga yetib, muddati tugagach, Olloh taolo u zotga bu dunyoda yana ozgina, atigi bir daqiqa muhlat berdimi? Ulim soati yetgach, lahza kechiktirdimi?!
Yo‘q! Muhlat bitgach, bandalarning jonlarini olishga vakil qilingan mukarram farishtalar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam huzuriga jo‘natildi. Yaratuvchisining amriga muntazir farishtalar pok jasaddan pok ruhni olib, uni rahmatu rizvonga, eng go‘zal yaxshiliklar sari eltishga, bu pok ruhni Rahimu Rahmon bo‘lmish zotning yaqiniga, sidq maqomiga ko‘tarishga oshikdilar.Shunchalik ulug‘ martabalarga ega bo‘lsalarda, jon chikdr paytidagi shiddat Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni chetlab o‘tmadi. Qiynaldilar, ingradilar, iztirob chekdilar. Ranglari o‘zgardi, peshonalaridan ter toshdi, ko‘kraklari tez-tez ko‘tarilib tusha boshladi. Bu holatga tikilgan ko‘zlarga yosh to‘ldi, ho‘ngrab yubordilar. Bu holatga guvoh ko‘ngillar g‘amga botdi, erib okdilar.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #46 : 22 Fevral 2007, 21:53:11 »
O’lim qarshisida shoh ham gado ham barobar. Haqqa yordamchi, xalqqa jannat haqida xushxabar beruvchi, do‘zaxdan ogohlantiruvchi Payg‘ambar ham takdir oldida ojiz. O’lim farishtasi buyurilganiga bo‘ysundi, «lavhul-mahfuz»da bitilganini ado etdi.Ollohning huzuridagi «maqomi mahmud» sohibi, Kavsar hovuzining egasi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning o‘lim onlaridagi holati mana shu! Holbuki, u zot qabrdan eng avval chiqadigan, kiyomat kunida shafoat sohibi bo‘la-digan zotdir.
Ajabo! Nega o‘limdan g‘ofilmiz?! Oldimizda nimalar bo‘lishini bilmaymiz-u, shahvatlarga asir bo‘lamiz. Ma’siyat va yomonliklarni o‘zimizga do‘st tutamiz. Nima uchun sayyidul-mursalin, imomul-muttaqin, habibu rabbil-olamin bo‘lgan Muhammad alayhissalomning o‘limidan ibrat olmaymiz?! Bal-ki, «dunyoda abadiy qolamiz» degan o‘y yoki «shuncha yomon fe’llarimiz bilan ham Ollohning huzurida mukarram bo‘lamiz», degan gumon bizni aldayotgandir?
Hayhot! Balki, aniq bilamiz: barchamiz jaxannamga kirguvchimiz. Jahannamdan faqat muttaqiylargina najot topadi. Ha, jahannamga borishimiz xususida zarracha gumonimiz yo‘q. Lekin undan qay birimiz chiqamiz, buni bilmaymiz.
Yo‘q! Balki, biz nafsimizga zulm etdik, yomonliklar qilib yaxshilikka ko‘z tiqdik. Biz muttaqiy ham emasmiz! Butun olam-larning Parvardigori dedi:
«Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvo egalarini (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz» (Maryam surasi, 71-72-oyatlar).
Demak, har bir banda o‘ziga nazar solsin: u zolimlarga yaqinroqmi yoki muttaqiylarga?
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #47 : 22 Fevral 2007, 21:56:55 »
Solih salaflarimizning siyratiga nazar soling, keyin o‘zingizga boqing! Ular qanchalik yuksak darajaga erishmasinlar, Olloxdan qo‘rqquvchi edilar. So‘ngra Payg‘ambarlar sayyidi, muttaqiylar yetakchisi Muhammad sallallohu alayhi vasallamning holatiga diqqat qiling: dunyodan ajralish onlarida u zot naqadar g‘ussaga ko‘mildilar! Jannati ma’voga borayotgan bo‘lsalar ham ahvol naqadar shiddatli bo‘ldi.Olloh undan rozi bo‘lsin, Ibn Mas’ud deydi: «Bu dunyodan ajralish onlari yaqinlashgan bir paytda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizga qaradilar, ko‘zlaridan yosh oqib, dedilar:
— Marhabo, xush kelibsiz! Sizlarga Ollohning salomi bo‘lsin. Olloh sizni panohiga olsin. Olloh sizga nusrat bersin. Olloxdan taqvo qilishni sizga vasiyat qilaman. Sizlarni Ollohga topshiraman. Albatta, men sizlar uchun Olloh tarafidan tanlangan ochiq-oydin ogohlantirguvchiman. Ollohning o‘lkalarida, Ollohning bandalari orasida Ollohga kibru havo qilsangiz. Ajal yaqinlashdi, Ollohga qaytamiz. Qaytadigan joyimiz — «sidratul-muntaho», «jannatul-ma’vo», «ka’sul-uvfo» dir. Bas, men (dunyodan o‘tganim) dan so‘ng diningizga kirganlarga salomimni yetkazing, ularga Ollohning rahmati bo‘lishini ayting» (Al-Bazor rivoyati).
Rivoyat qilinadiki, « Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘lim onlarnda Jibril alayhissalomdan so‘radilar:
— Mendan so‘ng ummatimning ahvoli qanday bo‘ladi?
Shunda Olloh taolo Jibril alayhissallomga vahiy etdi: «Habibimga xushxabar ber. Ummati ichida uni uyaltirmayman. Hashr kunida u qabrdan eng avval chiqadigan insonlardan bo‘ladi va Mahshargoxda to‘planganlarning sayyidi qilinadi. To uning ummati kirmagunicha boshqa ummatlarga jannatga kirish haromdir».
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #48 : 22 Fevral 2007, 21:57:21 »
— Ana endi ko‘zim kuvonchga to‘ldi, dedilar Rasulullox sallallohu alayxi vasallam» (Tabaroniy rivoyati).Oisha roziyalloxu anho dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yettita qudukdan keltirilgan yetti mesh bilan o‘zlarini g‘usl qildirmog‘imizni buyurdilar. Shunday qildik,Rasululloh biroz orom oldilar. Masjidga chiqib, odamlarga namoz o‘qib berdilar. Uhud ahliga mag‘firat tilab, ularning haqqiga duo qildilar. Ansorlarga vasiyat qilib, dedilar;
— Ey muhojirlar jamoasi! Ansorlar menga boshpana bergan, ishonchimni qozongan kishilardnr. Bas, hurmat egalarini, ya’ni ularning muhsinlarini e’zozlanglar, xatolarini kechiringlar.
Keyin dedilar:
— Bir bandaga yo dunyoni yo Olloh huzuridagi narsalarni tanlash ixtiyori berildi. U Olloh huzuridagi narsani ixtiyor kildi.
Shunda Abu Bakr roziyallahu anhu yig‘ladi, Olloh rasulining bu so‘zlari o‘ziga tegishli ekanini sezgan edi.
— Tinchlan, ey Abu Bakr. Masjiddan ko‘chaga ochilgan eshik-larning barchasi yopilsin, Illo, Abu Bakrning eshigi ochik qoldirilsin. Chunki men uchun Abu Bakrdan afzalroq bir do‘st kishi borligini bilmayman» (Dorimiy rivoyati).
Oisha roziyallohu anho dedilar: « Rasululloh sallallohu alayhi vasallam mening xonamda, men bilan bo‘ladigan kuni qo‘llarimda jon taslim qilgan edilar. O’lim onlarida Olloh mening va Rasulullohning tupuklarini jamladi.
O’shanda birodarim Abdurahmon qo‘lida misvok bilan Payg‘ambar alayhissalom huzurlaryaga kirgan edi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Abdurahmonning qo‘lidagi misvokka qaradilar.
— Uni sizga olib beraymi?- dedim. Boshlari bilan «ha» ishoratini klldilar. Misvokni og‘izlariga qo‘ydim, qattiqlik qildi. — Yumshatibroq beraymi?-dedim. «Ha» ishoratini qildilar. Yumshatib berdim.
Rasululloh yenlarida turgan suvli idishga qo‘llarini tiqib: «Ollohdan o‘zga iloh yo‘q! Albatta o‘lim talvzsasi, o‘limning achchig‘i bor»- dedilar. Keyin qo‘lini yuqoriga ko‘tarib aytdilar:
— Ar-rafikul a’lo, ar-rafikul a’lo.
— Ollohga qasamki Rasululloh sallalloxu alayhi vasallam ortiq bizni xohlamayaptilar-dedim» (Muttafaqun alayh).
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #49 : 22 Fevral 2007, 21:58:57 »
Said ibn Abdulloh otasidan rivoyat qiladi: «Ansorlar Payg‘ambar alayhissalomning ahvoli og‘irlashganini ko‘rishgach, masjid atrofida to‘plana boshlashdi. Abbos roziyallohu anhu Pay-g‘ambar alayhissalomning oldilariga kirib, u zotga tashqarida ansorlar payg‘ambarining holidan tashvish chekib qayg‘urayotgan-larini bildirdi. Xonaga keyinroq kirgan Fazl va undan so‘ng kelgan Ali roziyallohu anhu ham shu xabarni yetkazdi.Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qo‘lini uzatdilar. Ular Rasulullohning qo‘lidan ushladilar.
— Nima deyapsiz?-dedi Rasululloh sallallohu alayxhi vasallam.
— Ulib qolishingizdan ko‘rqyapmiz, dedik.
Erlari Payg‘ambar alayhissalomning uyi tevaragida to‘plana-yotganini ko‘rgan ayollar nimanidir sezib, baqirib yig‘lashardi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘rnidan qo‘zg‘aldilar, Ali va Fazlga suyanib xonadan chiqdilar, oldda Abbos yo‘l boshlab bordi. Payg‘ambar alayhissalom oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab bosardi, to minbargacha bordilar va birinchi zinaga o‘tirdilar. Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam atrofiga jamlanishdi.
Payg‘ambar alayhissalom so‘zlarini Olloh taologa hamdu sano aytish bilan boshlab dednlar«Ey insonlar! Aytishlaricha, menga yuzlangan o‘limdan qo‘r-qayotgan ekansiz. Sizning bu ishingiz go‘yo o‘limni inkor qilish kabidir. Payg‘ambaringizning o‘limini tan olmayapsiz. O’zimga va sizlarga yetadigan o‘limning xabarini bermadimmi? Ajabo! Mendan oldin yuborilgan payg‘ambarlarning birortasi ummati orasida mangu yashab qolganmi, men orangizda abadiy kolsam?! Ogoh bo‘ling! Albatta men Rabbimga qaytuvchiman, sizlar ham unga qaytuvchisiz.
Muhojirlarning avvalgilariga yaxshi munosabatda bo‘lishlaringizni tavsiya etaman. Muhojirlar ham o‘zaro yaxshi bo‘lsinlar. Chunki ulug‘ va qudratli Olloh deydi:
 Asr  (vaqti) ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-bilariga xaq (yo‘li)ini tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchilardir)»(Val-Asr surasi, 1-3- oyatlar).
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #50 : 22 Fevral 2007, 21:59:42 »
Shubhasiz, barcha ishlar Ollohning izni bilan joriy bo‘la-di. Sekinni tezlatishga urinmang. Negaki, ulug‘ va qudratli Olloh biron kishining shoshilishi bilan ishni tezlatmaydi. Kimki Ollohni aldashga harakat qilsa, aldanib qoladi:
«Agar iymondan yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘larshgiz (bilan ham  aloqalaringiz)ni uzursizlar» (Muhammad surasi, 22- oyat).
Ansorlarga yaxshi munosabatda bo‘lishingizni tavsiya qilaman. Chunki ular siz (kelishingiz)dan oldin Madinani boshpana va iymon diyori qilib hozirladilar. Ular emasmi, meva-chevalarini siz bilan teng baham ko‘rishgan?! Ular emasmi, (tor) uylarini siz uchun keng qilgan?! Ular emasmi, qashshoq-liklariga qaramasdan, sizlarni o‘zlaridan ustun qo‘ygan (ya’ni, o‘zlari och bo‘la turib, sizlarga yedirgan)?!
Ogoh bo‘ling! Kimgaki ikki kishi o‘rtasida hukm etish top-shirilsa, ansorlardan muhsinlarining yaxshiligini qabul etib, yomonliklarini kechirsin. O’zlaringizni ulardan ustun qo‘ymang.
Ogoh bo‘ling! Albatta men sizdan avval borguvchiman. Siz-lar ham menga yetib olasiz. Ogoh bo‘ling! Va’dalashgan joyi-miz havzi Kavsardir... Kavsarning suvi sutdan oq, kaymokdan yumshoq, asaldan shirindir. Undan ichgan odam hech qachon chan-qamaydi. Havzi Kavsarning toshlari marvarid, o‘zani mushkdnr.
Kimki ertaga (mahshar kunida) bu yerga kelishdan mahrum bo‘lsa, demak u barcha yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi.
Ogoh bo‘ling! Kimki ertaga bu manzilda bo‘lishni istasa, tilini va qo‘lini yomonlikdan tiysin». Shunda Abbos:
— Ey Ollohning rasuli, kurayshliklarga ham vasiyat qiling dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dednlar:
«Men bu vasiyatlarni qurayshliklarga qildim. Boshqalar ularga tobe’dir. Ularning yaxshilari qurayshning yaxshilari-ga, fojirlari qurayshning fojirlariga ergashadi.Ey quraysh ahli! (Barcha) insonlarga yaxshi munosabatda bo‘lishingizni tavsiya etaman.Ey insonlar! Gunoxlar ne’matlarningo‘zgarishiga, nasibaning almashinishiga sabab bo‘ladi. Agar xalq mehrli bo‘lsa, boshlikda-ri ularga mehrli bo‘ladi. Agar odamlar buzg‘unchi bo‘lsa, boshliq-lar ularning arz-dodlariga kuloq tutmaydi. Olloh taolo dedi:
«Shuningdek, qilib yurgan gunoxlari sababli zolim kimsalarni bir-birlariga do‘st qilib qo‘yurmiz» (An’om surasi, 129 - oyat).
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #51 : 22 Fevral 2007, 22:00:14 »
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sallalloxu alayhi vasallam Abu Bakr roziyallohu anxuga:
— Ey Abu Bakr, so‘ra,-dedilar.
— Ey Ollohning rasuli, ajal vaqti yaqinla^pdimi? - deya so‘ra-di Abu Bakr.
— Ajal yaqinlashdi, oz qoldi.
— Olloh huzuridagi ne’mat Sizga muborak bo‘lsin, ey Na-biyyalloh! Koshki, qaytadigan joydan xabardor bo‘lsaydim.
— Ollohga va sidratul-muntahoga, keyin jannatul ma’voga, firdavsul- a’loga, ka’sul uvfoga, rafiqul a’loga, saodatga, ma-shaqqatsiz hayotga qaytajaksan.
— Ey Ollohning payg‘ambari, Sizni kim yuvadi?-so‘radi Abu Bakr.
— Axli baytimdan eng yaqinlarim.
— Sizni nimaga kafanlaylik?
— Meni egnimdagi ko‘ylagimga, yamaniy bir hullaga, oq bir matoga kafanlanglar.
—   Janoza namozini kdnday o‘kdymiz?
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yig‘ladilar, biz ham yig‘ladik. Dedilar:
—   Olloh sizni mag‘firat qilsin, shoshmang. Olloh ajrin-gizni bersin, shoshmanglar. Ha, jasadimni yuvasiz, tobutga so-lasiz va hujramning bir chekkasidan qabr qaziysiz. So‘ngra bir soat meni xoli qo‘ying. Avvalo, ulug‘ va qudratli Zot Ol-lohning o‘zi menga rahmatini yog‘diradi:
«U  sizlarga marhamat ko‘rsatadiganZotdir. Uning farishtalari ham (haqlaringizga duo qilurlar)» (Ahzob surasi, 43 - oyat).
Keyin menga salovot aytishlari uchun farishtalarga izn beriladi. Olloh yaratgan jonzotlardan huzurimga birinchi bo‘lib kiradigan va mag‘firat tilaydigan zot Jibril alayhis-salom bo‘ladi, Keyin Mikoil, keyin Isrofil, keyin Mala-kul-mavt — o‘lim farishtasi ko‘p qo‘shnilari va (boshqa) farish-talar huzurimga kirib, men uchun mag‘firat tilaydi. Olloh ularning barchasini rahmatiga olsin.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #52 : 22 Fevral 2007, 22:00:31 »
Keyin sizlar huzurimga guruh-guruh kirib, menga salovot va salomlar aytinglar. Baqirib-chaqirib menga aziyat yetkazmang-lar. Janoza namozini sizlar va ahli baytim boshlab bersin. Keyin ayollar guruhi, so‘ngra o‘smir yoshlar guruh-guruh bo‘lib huzurimga kirsin, salovot va salomlar aytsin.
— Sizni kim kabrga qo‘yadi? - so‘radi Abu Bakr,
— Ahli baytlarim va sizlar ko‘rolmasangiz ham sizlarni ko‘radigan farishtalar meni qabrga ko‘yadi...
Endi boring, mendan keyingilarga diningizni yetkazing, -dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam» (Ibn Sa’d rivoyati).
Abdulloh ibn Zam’a hikoya qiladi: «Robi’al-avval oyi-ning boshi edi. Bilol masjidga kelib, namozga azon aytdi. Shunda Rasululloh:
— Boring, Abu Bakrni chaqiring, odamlarga namoz o‘kib bersin,- dedilar.
Keyin men chiqib qaradim. Masjid eshigi oldida Umar va yana bir nechta kishilar bo‘lib, ularning ichida Abu Bakr yo‘q edi. Shunda men:
— Ey Umar, odamlarga imomlik qiling,- dedim. Umar o‘rnidan turib takbir aytdi, Ovozi yo‘g‘on kishi bo‘lga-ni uchun Payg‘ambar alayhissalom Umarni ovozidan tanidilar:
— Abu Bakr qani? Olloh ham, musulmonlar ham Abu Bakr-dan o‘zgasi imom bo‘lishini xohlamaydi.
Rasululloh bu gapni uch bora takrorladilar va:
— Boringlar. Abu Bakrni chaqiring. Odamlarga imomlik qilsin,-dedilar.
Shunda Oisha roziyallohu anho aytdilar:
— Ey Ollohning rasuli, Abu Bakr ko‘ngilchan kishi. Agar u sizning o‘rningizda namoz o‘qisa, o‘zini tutib turolmaydi, ho‘ngrab yig‘lab yuboradi.
— Albatta, siz xotinlar Yusuf alayhissalomning xotin-lariga o‘xshaysizlar. Boringlar. Abu Bakrni chaqiring, odam-larga namoz o‘qib bersin,- dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.
Umardan so‘ng Abu Bakr namoz o‘qib berdilar. Namozdan forig‘ bo‘lishgach Umar Abdulloh ibn Zam’aga:
— Voy bo‘lsnn senga, ey Ibn Zam’a! Nima qilib qo‘yding. Valloh! Koshki Rasululloh senga bu ishni buyurgan deb gu-monga bormasam va bu ishni kilmasam edi, - dedilar.
— Axir o‘sha payt bu ishga sizdan munosibrog‘ini ko‘rma-dim-da!-dedi, Abdulloh ibn Zam’a hazrati Umarga».
Oisha roziyallohu anho dedilar: «O’shanda Abu Bakr xususi-da Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga aytganimning sa-babi uning dunyoga yaqinlashishini xoxlamagan edim. Xalqni bosh-qarish xatarli va halokatli ish. Faqat Olloh asragan kishigi-na bu xatardan omon bo‘lishi mumkin.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #53 : 22 Fevral 2007, 22:00:58 »
Yana bir sababi, Payg‘ambar alayxissalomning hayot bo‘la turib, u zotning o‘rniga namoz o‘qigan kishini xalq bir umrga yoqtirmay qolishidan cho‘chidim. Lekin Ollohning xoxlagani bo‘ldi. Ha, Abu Bakrga hasad qildilar, qarshi bo‘ldilar, uning xalifaligini mash’um alomati deb bil-dilar. Ammo, Ollohning amri, Ollohning hukmi hamisha g‘olib-dir. Yaratuvchining o‘zi Abu Bakrni din va dunyo ishlarida men
qo‘rqkan barcha xatarlardan sakladi»( Abu Dovud rivoyati),
Oisha roziyallohu anho deydilar: «Vafotlaridan sal av-valroq, ya’ni o‘sha kuni ertalab Rasululloh sallallohu alayhi vasallamda bir yengillik paydo bo‘ldi. Sahobalar bu o‘zgarish-dan quvonchga to‘lib, uylariga, ishlariga tarkaldilar. Ollox rasulini ahli bayti bilan xoli qoldirdilar. Biz ham bu holdan boshimiz osmonga yetdi. Misli ko‘rnlmagan sevinch va umid bilan quvondik. Kutilmaganda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizga:
— Meni xoli qoldiring. Bu farishta huzurimga kirishga izn so‘rayapti,- dedilar.
Mendan boshka barcha ayollar xonadan chivdi. Rasulullohning boshi tizzamda edi. O’tirib oldilar. Men uyning bir burchagiga borib turdim. Farishta bilan uzok suxbatlashganlaridan so‘ng meni chaqirib, boshini tizzamga qo‘ydilar va ayollarga huzuriga kirnshni buyurdilar. Keyin men Rasulullohga:
— Bu Jibril alayhissalomga o‘xshamayapti?-dedim,
— Ha, ey Oisha. Bu o‘lim farishtasidir. U menga dedi: «Ulug‘ va qudratli Olloh sendan izn bo‘lmaguncha xuzuringga kirmas-ligimni buyurdi. Agar izn bermasang qaytaman. Izn bersang, xuzuringga kiraman. Yana Olloh taolo: To Muxammadning o‘zi ixtiyor etmaguncha jonini olma,- deb buyurdi. Ayt, nimani xoh-laysan».
— To Jibril alayhissalom kelgunicha menga tegma. Mana hozir uning keladigan vaqti bo‘ldi, dedim.
Oisha roziyallohu anxo deydilar; Ushanda biz shunday mush-kul ishga duch keldikki, bu ish qarshisida barchamiz hayratdan lol qotdik. Go‘yoki dahshatli bir qichqirik bizni domiga tort-gan, bu ulkan ishning haybati kalblarimizni to‘la egallab olgan edi.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #54 : 22 Fevral 2007, 22:01:13 »
Jibril alayhissalom o‘z soatida keldi. Men uning kelga-nini his etdim. Ahli bayt uydan chiqdi. Jibril alayhissa-lom uyga kirib, Rasulullohga dedi;
— Ulug‘ va kudratli Olloxdan senga salom bo‘lsin. GarchiOlloh taolo sening ahvolingni sendan yaxshiroq bilguvchi bo‘lsa-da, o‘zingni qanday xis qilayotganingni so‘radi. Albat-ta, Olloh taolo o‘zining bu so‘rovi bilan sening hurmating va sharafingni yanada ziyoda qilishni, barchanikidan ustun hurma-ting va sharafingni komil etishni va bu yo‘riq ummating ora-sida sunnat bo‘lishini iroda qildi.
— O’zimni nimjon his qilyapman,- dedilar Payg‘ambar alayhissalom.
— Xushxabar aytay: Olloh taolo sen uchun tayyorlab qo‘y-gan ne’matga seni musharraf qilmoqni iroda etdi,- dedi Jib-ril alayhissalom.
— Ey Jibril, o‘lim farishtasi kelib, huzurimga kirish uchun mendan izn so‘radi,- dedilar Rasululloh va bo‘lgan voqe-ani aytib berdilar.
Shunda Jibril alayhissalom:
— Ey Ollohning rasuli! Rabbing senga mushtokdir. Ol-loxga qasamki, o‘lim farishtasi shu paytgacha birontasidan huzu-riga kirish uchun izn so‘ramagan va bundan keyin ham so‘ramay-di. Lekin sendan izn so‘radi. Bularning barchasi sharafingni komil darajaga ko‘tarish uchun Rabbingning senga marhamati-dir, U Zot senga mushtok,-dedi.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #55 : 22 Fevral 2007, 22:01:28 »
— U xolda to o‘lim farishtasi kelguncha, meni tark etma,-dedilar Rasulullox Jibril alayhissalomga. So‘ngra ahli bay-tni ichkariga chorladilar.
— Ey Fotima, yaqinroq kel,- dedilar Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam. Fotima otasining yoniga bordi va en-gashdi. Payg‘ambar alayhissalom suyukli qizining qulog‘iga ni-madir shivirladilar. Fotima boshini ko‘tardi, uning ko‘zla-ridan yosh tomdi, so‘zlashga majoli yo‘q edi. Keyin Rasulullox sallallohu alayhi vasallam unga:
Boshingni menga yaqinroq tut,- dedilar. Fotima engash-di. Rasululloh uning qulog‘iga nimanidir pichirladilar. Fo-tima jilmayib boshini ko‘tardi, gapirishga so‘z yo‘k, edi. Biz bu holdan ajablandik. Keyinroq bu haqda Fotimadan so‘raganimizda: — Rasululloh sallallohu alayhi vasallam «bugun men o‘laman», deb qulog‘imga shivirladilar, yig‘ladim. «Ahlim-dan birinchi bo‘lib oldimga yetib keluvchi va men bilan birga qoluvchi sen bo‘lishingni Ollohdan so‘radim», deb pichirladi-lar, jilmaydim degan edi.
So‘ngra Fotima ikki o‘g‘lini Rasulullohning yoniga olib keldi. Payg‘ambar alayhissalom ularni hidladilar.
Keyin o‘lim farishtasi keldi, kirishga izn so‘radi. Pay-g‘ambar alayhissalom unga izn berdi. O’lim farishtasi dedi:
— Ey Muhammad! Bizga nimani buyurasan?
— Endi meni Rabbimga yetkazing.
— Ha, bugun shu ish bo‘ladi. Albatta Rabbingsenga mushtoq... Ulim farishtasi chikdi. Jibril alayhissalom kelib, dedi:
— Salom senga ey Ollohning rasuli! Mana shu kelishim— yerga oxirgi tushishimdir. Vahiy kesildi, dunyoning poyoni ko‘-rindi. Endi yer yuzida Sendan o‘zga, Sening huzuringda bo‘lish-dan o‘zga hojatim qolmadi...
Oisha roziyallohu anho deydilar: «Muhammadni haq ila jo‘natgan Zotga qasamki, o‘shanda uydagi bironta jon Rasu-lullohga na bitta kalima aytishga, na tashqaridagi erkaklarga xabar berishga botinoldi. Tinglangan so‘zlarning naqadar ulug‘ va muhimligi barchamizni lol qoldirgan edi.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #56 : 22 Fevral 2007, 22:02:54 »
Men o‘rnimdan turib, Rasulullohning oldiga bordim, boshlarini ko‘ksimga qo‘ydim va yelkalaridan ushladim. Payg‘ambar alay-hissalom deyarli hushidan ketayozgan edi. Peshonalaridan shu da-rajada ko‘p ter kuyulayotgan ediki, hech bir insonda bunaqasini ko‘rmaganman. Terlarini arta boshladim, juda yoqimli, bu dunyoda misli yo‘qxush bo‘y taraldi. Rasululloh sallallohu alayhi va-sallam o‘ziga kelganlarida dedim:
— Ota-onam, jonim va butun ahlim sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning rasuli! Peshonangizdan namuncha ko‘p ter toshyapti?
— Ey Oisha! Mo‘minning joni ter bilan chiqadi. Kofirning joni xuddi hayvonlarnikidek og‘zining ikkala chetidan chiqadi,- dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.
Biz qo‘rqib qoldik va ahlimizni chaqirdik. Yonimizga birinchi bo‘lib yetib kelgan kishi birodarim Abdurahmon bo‘ldi. Uni otam jo‘natgan ekan.
Shunday qilib, Rasululohning vafot onlarida huzurida bironta erkak kishi yo‘q edi. So‘nggi damlarida Ollohning rasuliga Jibril va Mikoil alayhissalomlar mutasaddi qilingani uchun ham Olloh taolo o‘zgalarni undan to‘sdi..
Har safar hushidan ketayotib, Rasululloh: «Rafiqul-a’lo» {ya’ni, «eng oliy rafiqim, do‘stim Ollohni istadim») derdi. Go‘yoki undan har safar istagi so‘ralayotgandek va u javob be-rayotgandek edi...Qachon so‘zlashga madori kelsa: «Namoz! Namoz!-derdilar. Albatta namozni jamoat bo‘lib ado qilar ekansiz, birligin-giz buzilmagay, mustahkam bo‘lgay».Payg‘ambar alayhissalom to so‘nggi nafaslarigacha «namoz», «namoz» deya ibodatga tavsiya etdilar» (Tabaroniy rivoyati).Oisha roziyallohu anho deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dushanba kuni choshgoh va peshin oralig‘ida dunyodan ko‘z yumdilar» (Ibn Abdulbar rivoyati).Fotima roziyallohu anho deydilar: «Dushanba kunida ni-magadir yo‘liqaman. Ollohga qasamki, ummatga yuzlangan ul-kan musibatlar doimo dushanba kuni sodir bo‘ladi»...
Oisha roziyallohu anho deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam jon taslim qilgach, odamlar sarosimaga tushishdi. Dod-faryodlar kuchaydi. Farishtalar Payg‘ambar alayhissa-lomning o‘zining kiyimiga o‘radilar. Odamlar Olloh rasulining o‘lim xususida ixtilofga borishdi. Kimlardir bu o‘limni yolg‘on-ga chiqarsa, kimlardir ancha vaqtgacha sukut sakladi. Ba’zilar so‘zlarni qorishtirib, tushunib bo‘lmaydigan darajada valdira-di. Yana ba’zilar bu voqeaga aql bilan yondoshdi. Ayrimlar o‘zini yo‘qotib, cho‘kib qoldilar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anxu bu o‘limni yolg‘on deguvchi-lar jumlasidan bo‘lsa, Ali roziyallohu anhu cho‘kib qolganlar, Usmon roziyalloxu anhu sukut saklaganlar jumlasidan bo‘ldi.O’shanda Umar xalqning oldida: «Albatta, Rasululloh sal-lallohu alayhi vasallam o‘lmadi. Ulug‘ va qudratli Olloh uni batahqiq qaytaradi. Ollohning rasulini «o‘ldi» degan xayolga borayotgan munofiq kishilarining oyoq-qo‘llari albat-ta kesilajakdir. Ulug‘ va qudratli Olloh : «U sizlarga kay-tib kelguvchidir», deb Muso alayhissalomga va’da bergani kabi, Rasulullohga ham va’dasi bor» (Sanadi noma’lum).Yana bir rivoyatda keladi: «Ey insonlar! Rasululloh sal-lallohu alayxi vasallamni «o‘ldi» deyishdan tilingizni tiying-lar. Albatta u o‘lmadi. Ollohga qasamki, kimning: «Rasululloho‘ldi», deganini eshitsam mana shu qilichim bilan boshini chopaman».
Ali roziyallohu anhu uyidan tashqariga chiqmadi. Usmon roziyallohu anhu hech kimga gapirmadi, u o‘zini batamom yo‘qo-tib qo‘ygan edi. Uni ko‘lidan ushlab olib kelishdi va qo‘lidan ushlab olib ketishdi.
Shunday og‘ir vaziyatda o‘zini tutishdan birorta musulmon Abu Bakr Siddiq va Abbosga teng kelolmadi. Chunki ulug‘ va qudratli Zot bu ikkala shaxsni tavfiq va to‘rrilik ila quv-vatlantirgan edi.
Odamlar faqat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning so‘zlariga rioya qilishlari mumkin bir sharoitda hazrati Ab-bos kelib dedi: «Yolg‘iz Ollohga qasamki, Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam o‘lim ta’mini totdilar. U zot hayot paytla-rida ushbu oyatni aytar edilar:
«(Ey Muhammad), hech shubha yo‘qki, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar. So‘ngra albatta sizlar qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib tortishursizlar» (Zumar surasi, 30-31- oyatlar).
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #57 : 22 Fevral 2007, 22:03:58 »
Payg‘ambar alayxissalomning vafotlari haqidagi xabar yetib kelganida Abu Bakr Siddiq Horis ibn Hazraj qabilasi orasida edilar. Xabarni eshitgan zahoti darhol Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam tomon shoshdilar. Yetib borgach, Payg‘am-bar alayhissalom hujralariga kirib, u Zotga tikildilar. So‘ngra egilib, yuzlaridan o‘pdilar va dedilar: «Ota-onam Sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning rasuli! Olloh taolo sizga o‘limni ikki marta tottirmaydi. Ollohga qasamki, Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam vafot etdi».Keyin odamlar oldiga chiqib dedilar:
— Ey insonlar! Bilingki, kim Muhammadga ibodat qilayot-gan ekan, Muhammad vafot etdi. Kim Muhammadning Rabbiga ibodat qilayotgan ekan, albatta, U zot hamisha tirik, o‘lmay-di. Olloh taolo deydi:
«Muhammad faqat bir Payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandir. Bas, agar u vafot etsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) ketasizmi?!..» (Oli-Imron surasi, 144 - oyat). (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Go‘yoki odamlar bu oyatni bugun eshitayotgandek edilar.Yana bir rivoyatda keladi: «Abu Bakr roziyallohu anhuga Rasulullohning o‘limi haqidagn xabar yetgach, yig‘lab, salovot aytib, Payg‘ambar alayhissalomning xujralariga kirdilar. Tamoman russaga botgan edilar. Lekin so‘zi ham, ishi xam mustaxkam Abu Bakr Siddiq o‘zini tutib oldi. Engashib, Payg‘am-bar alayhissalomning yuzlariga yopib qo‘yilgan matoni oldi, peshonasi va yonoqlaridan o‘pdilar, yuzlarini siladilar. Yana yig‘lay boshladilar:
Ota-onam, jonim, ahlim Sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning payg‘ambari! Tirigingiz ham, o‘ligingiz ham go‘zaldir. Hech bir payg‘ambarning o‘limi bilan nihoya topmagan payg‘ambar-lik Sizning o‘limingiz bilan xotimalandi. Siz har qanday maqtovdan yuksak, yig‘i-yu ko‘z yoshlardan ustunsiz. Tasalli bo‘ladigan darajada xossiz, bizdan farklanmaydigan darajada umu-miysiz. Agar o‘limni o‘zingiz ixtiyor etmaganingizda edi, jon-larimizni sizga fido qilardnk. Agar yig‘idan qaytarmaganin-gizda edi, (to‘xtovsiz ho‘ngrashlardan) ko‘z yoshlarimiz tugab qolar edi. Ammo harchand urinmaylik, ikki narsa — qayg‘u va xotiradan kecholmaymiz. Bir-biriga chambarchas bog‘liq bu ikki holat (hech qachon) bizni tark etmaydi.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #58 : 22 Fevral 2007, 22:04:23 »
Ollohim! Bizni salovot va salomimizni Rasulingga yetkaz. Ey Muhammad! Sizga Olloxning raxmati bo‘lsin, Rabbingizning huzurida bizni yod eting. Agar o‘zingizdan so‘ng sakinat va xotirjamlikni koldirmaganingizda o‘limingiz sodir et-gan dahshatdan hech kim qutulolmagan bo‘lardi.
Ollohim! Payg‘ambarimizga bizning salomimizni yetkaz va sunnatlarini doimo biz bilan birga qil» (Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Abu Bakr Rasululloh sal-lallohu alayxi vasallamning xujralariga kirib, salovot va sano aytdi. Ahli bayt (Payg‘ambar alayhissalomning yaqinla-ri) masjiddagi namozxonlar eshitadigan darajada ohu-faryod qilishdi. Har safar Abu Bakr nimanidir zikr qilganida fa-ryod kuchayardi. Bu faryodlar to eshik oldiga kelgan bir kishi-ning qat’iyat to‘la ovoz bilan: «Ey ahli bayt! «Har bir jon o‘lim (sharbati)sh totguvchidir»(Ankabut surasi, 57 - oyat).
Albatta har bir o‘tgan jonning o‘rniga keyingisini paydo qil-moq, xar bir rag‘bat ztilgan narsaga erishmoq, xar bir xavfdan najot topmoq Ollohning izmidadir. Bas, Olloh taologa umid qiling, U zotga maxkam bog‘laning!» - degunicha davom etdi.
Jamoat bu so‘zlarini jim tingladi, lekin ovoz egasini tanimadilar. Yig‘ilar to‘xtagach, haligi ovoz ham tindi. Yon-atrofga boqib, hech kimni ko‘rishmadi. Odamlar yana faryodura boshladi. Shunda ovozi notanish boshqa bir kishi nido qildi: «Ey ahli bayt! Olloh taoloni zikr eting. Har qanday xolat-da Unga xamd ayting, muxlislardan bo‘lasiz. Albatta, xar bir musibat uchun Ollohning tasallisi, har bir rag‘bat uchun bir evazi bor. Bas, Olloh taoloning amriga itoat etinglar, amal qilinglar!»
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: O'LIMNI ESLASH KITOBI Imom G'azzoliy
« Javob #59 : 22 Fevral 2007, 22:05:02 »
Shunda Abu Bakr: «Bu ovozning egalari Rasulullox sallallohu alayhi vasallamni oxirgi manzilga kuzatishga kel-gan Xizr va Ilyos alayhimassalomdir», dedi. (Tabaroniy rn-voyati, isnodi zaif).
Abu Bakr roziyalloxu anhuning xutbalarini to‘liq hikoya qilar ekan, Qa’qa’a ibn Amr deydi: «Abu Bakr o‘rnidan turib, nnsoniyatga ibrat bo‘larlik xutbasini o‘qidi. Xutbani Olloh taologa hamdu sano, Payg‘ambar alayhisalomga salovot aytib, boshladilar: «Olloxdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik bera-man. Olloh taolo va’dasiga vafo qildi, bandasiga yordam berdi, dushmanlarni mag‘lub ztdi. Barcha maqtov yolg‘iz Ollohga xos.
Guvohlik beraman, Muxammad Ollohning quli va rasuli, payg‘ambarlarning so‘nggisidir. Guvoxlik beraman, Kitob (Qur’oni karim) qanday nozil qilingan bo‘lsa, hadis qanday aytidgan bo‘lsa, so‘zlar qanday so‘zlangan bo‘lsa, hech bir o‘zga-rishsiz shundaydir! Albatta, Ollox Haqqul Mubin (aniq haq)dir.Ollohim! Quling va rasuling, payg‘ambaring va habibing, amining va tanlaganing Muhammadga bironta bandangga ato et-magan eng afzal salovoting bo‘lsin!Ollohim! Rasullar sayyidi, nabiylar xotami, muttaqiy-lar imomi, xayrning boshi va boshlovchisi, rahmat elchisi Muhammadga salovoting, afving, rahmatingni indir!
Ollohim! Rasulingni O’zingga yanada yaqinroq et.Dalilini ulug‘, maqomini mukarram qil. Habibingni avvalgilaru oxir-gilar havas qiladigan maqomi mahmudda tiriltir. Qiyomat ku-nida bizni u zotning maqtalgan maqomi bilan manfaatlan-tir. Dunyo va oxiratda bizga Muhammad Mustafo sallallohu alayxi vasallamni xalifa qil. Uni jannatdagi daraja va vasilaga yetkaz.
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

 

Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 320
Ko'rilgan: 117216
So'nggi javob 23 Iyun 2008, 07:38:49
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Tavba kitobi)

Muallif Musannif AdhamBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 222
Ko'rilgan: 80038
So'nggi javob 20 Sentyabr 2008, 00:41:06
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ro‘za sirlari kitobi)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 17175
So'nggi javob 29 Sentyabr 2008, 01:35:42
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Zakot sirlari kitobi)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 65
Ko'rilgan: 26692
So'nggi javob 29 Sentyabr 2008, 02:15:22
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Tafakkur kitobi)

Muallif AbdullоhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 85
Ko'rilgan: 33514
So'nggi javob 31 Yanvar 2009, 02:23:23
muallifi AbdulAziz