Alixonto'ra Sog'uniy. Tarixi Muhammadiyya  ( 248856 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 69 70 71 72 73 74 B


Laylo  30 Oktyabr 2007, 07:09:14

 Yuqorida yozilgan qabilalardan boshqa yana har tomondan ko‘plab elchilar kelishgan edi. Rasulullohning husni xulqlarini ko‘rib, rozi bo‘lmagan hech kim qolmagan edi.
Arabistonning har tomonlaridan kelgan elchilar ersa Islom dinining asoslarini o‘rgangach, Rasulullohdan hadyalar olib, o‘z yurtlariga qaytur edilar. Mana shu kelgan elchilar orqali butun Arabiston tuprog‘ida tezdan Islom dini tarqala boshladi.
Yuqorigi Sudo qabilasidan alarning Islom dinini qabul qilishlariga sababchi bo‘lgan Ziyod ibn Horis degan kishi edi. O‘z yeriga qaytar chog‘ida:
— Yo Rasulalloh, bizning joyimizda bir qudug‘imiz bordur. Qish mavsumi kelishi bilan uning suvi ko‘payib barchamizga yetadur. Yozga chiqib kunlar isigach, ozayib qolganlikdan, ichishga suvimiz yetishmay atrofga tarqalib keturmiz. Musulmonchilik yangidan kirgan joylarda biz uchun bu ish xatarlikdur. Duo qiling, Alloh taolo bu qudug‘imizning suvini mo‘l qilib, barakot bergay, — dedi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerdan yetti dona mayda tosh oldilar. Ularni kaftlarida uqalab turib, so‘ngra ani Ziyodga berdilar va:
— Har biriga «Bismillah» aytib, ul quduqqa tashlagil, — dedilar.
Borgandan keyin Rasululloh aytganlaridek qildi ersa, u quduq suvi qishin-yozin mo‘l bo‘lib, butun qabilaga yetib oshar bo‘ldi. Sollallohu alayhi vasallam.

Qayd etilgan


Laylo  30 Oktyabr 2007, 07:09:30

NAXA’ QABILASINING ELCHILARI

Naxa’ qabilasi Yaman viloyatida yashaydigan katta bir qabiladur. Arabistonda Rasulullohga kelgan elchilarning eng so‘ngisi edilar. Bular kelmasdan ilgari Rasulullohning elchilari Mu’oz ibn Jabal Pay¬g‘ambarimizning nomalarini topshirib, ularni dinga da’vat qilmish edi. Butun qabila u kishi qo‘lida musulmon bo‘lgan edi. So‘ngra boshliqlaridan ikki yuz kishini elchi qilib, Rasululloh oldilariga yubordilar. Rasululloh bilan ko‘rishgach, ular ichida Zurora ibn Amr degan bir kishi:
— Yo Rasulalloh, men ersam shu yo‘li safarimda kelayotib bir tush ko‘rib, undan ko‘p taajjubda qoldim, — dedi.
Rasululloh:
— Nima ko‘rding? — deb so‘radilar.
Ul aytdi:
— O‘zimni qabila ichida bir urg‘ochi eshakni minib turganimni ko‘rdim. Shu chog‘da ul eshak tug‘di, qarasam bir ola echkining bolasini tug‘ibdur. Eshakdan echki bolasi tug‘ilganini ko‘rib, hayron qolib turdim, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Uyingdagi xizmatchi cho‘ri xotin sendan bo‘g‘oz bo‘lmishdur. Ul esa o‘g‘il tug‘mishdur, sening o‘z bolang¬dur, — dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  30 Oktyabr 2007, 07:09:52

 Ul aytdi:
— Yo Rasulalloh, nechuk ola bo‘lur?
Rasululloh sekingina uning qulog‘iga:
— Sen yashirib yurgan tanangda olang bordur, u narsa bolangda ko‘rilmishdur, — dedilar.
Anda ul:
— Ulug‘ Alloh nomi bilan qasam qilurmankim, sen Allohning ulug‘ Payg‘ambari ermishsan. Mendagi bu sirni hech kim bilgani yo‘q edi, senga Alloh bildirmishdur, — dedi.
Elchilar haqida yozgan so‘zlarimizning eng oxiri shu yerga yetdi.
O‘qituvchi mo’minlarga yetarlik bo‘lg‘anlikdan qolganlarini ham qoldirmay yozmoqni ko‘p lozim topmadim. Boshqalarini ham yozib, bu maqsad ustida kitobimni eng oxiriga yetkizmagim uchun, ey ulug‘ Tangrim, ojiz qulingga o‘zing madad bergaysan, omin.

Qayd etilgan


Laylo  30 Oktyabr 2007, 07:17:06

MUNDARIJA

Buyuk ustoz haqida so'z
Bobom haqida (Bahmanyor Shokir)
So'z boshi

ISLOMGA DA'VATNING BOSHLANISHI
Payg‘ambarimizning nasablari va tug‘ilishlari
Emizdirilishlari
Ko‘ksi yorilish voqeasi
Onalari bilan Madinaga safar va undan qaytishlari
Amakilari Abu Tolibning tarbiyasiga o‘tishlari
Xadicha savdogarchiligiga vakil bo‘lib Shom safariga chiqqanlari
Xadichaga nikohlanishlari
Baytullohning dastlabki binosi
Hajarul asvad tarixi
Payg‘ambarlik. Vahiyning kelishi
Amir Hamzaning islomga kirishi
Hazrati Umarning iymon keltirishi
Islom diniga umumiy da’vat va habashistonga birinchi hijrat
Habashistonga ikkinchi hijrat
Najoshiyga qarshi voqea
Sahiyfa voqeasi
Tufayl ibn Abu Amrning islomga kirishi
Bani Qays shoiri a’shoning voqeasi
Payg‘ambarimizni masxara qilgan quraysh raislarining voqeasi
Rakona ibn Abdu Yazid voqeasi
Xadicha onamizning vafotlari
Toif xalqini dinga da’vat qilish
Me’roj voqeasi
Qurayshdan boshqa qabilalarni islomga da’vat qilish
«Dorun-nadva» maslahati
Madinaga hijrat
Payg‘ambarimizning Madinaga kirishlari
Islom olamida qurilgan birinchi masjid
Azonning joriy etilishi
Madina yahudlarining tarixi

G'AZOTNING BOSHLANISHI
G‘azotning boshlanishi
Buvot g‘azoti
Al-Ushayra g‘azoti
Qiblaning yo‘tqalishi (o‘zgarishi)
Ro‘zaning farz bo‘lishi
Zakotning farz bo‘lishi
Badr g‘azoti
Asirlar haqida muzokara
Qaynuqo’ g‘azoti
Saviq g‘azoti
Ka’b ibn Ashrafning o‘ldirilishi
G‘atafon g‘azoti
Uhud g‘azoti
Hamroul Asad g‘azoti
Urana voqeasi
Azal va Qorra qabilalarining xiyonatlari
Mauvna voqeasi
Banin-Nazir g‘azoti
Zotir-Riqo’ g‘azoti
Ikkinchi Badr g‘azoti
Davmatul Jandal g‘azoti
Badr jangi g‘oziylarining ismlari
Bani Mustaliq g‘azoti
Handaq g‘azoti
Bani Qurayza g‘azoti
Quruto chopuli
Bani Lihyon g‘azoti
G‘oba g‘azoti
Zayd ibn Horisaning chopuli
Hudaybiya qissasi
Xaybar g‘azoti
G‘atafon qabilasining voqeasi
Vodil Quro voqeasi
Quraysh bahodirlaridan uch kishining iymon keltirishlari
Havozin voqeasi
Bani Murra voqeasi
Mayfa’a voqeasi
G‘atafon voqeasi
Umratul qazo voqeasi
G‘olib ibn Abdulloh chopuli
Bani Murra qabilasiga chopul
Mu’ta g‘azoti
Zotis-salosil g‘azoti
Alxabat g‘azoti
Makka shahrining fathi
Hunayn g‘azoti
Tabuk g‘azoti

Qayd etilgan



AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 08:18:53

Tarixi Muhammadiy



Muallif: Alixonto'ra Sog'uniy

Hajmi: 1,26 Mb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan


Foniy  07 Iyun 2008, 16:30:27

Alixonto'ra Sog'uniy hazratlari, u zotdan Olloh rozi bo'lsin!


Qayd etilgan