Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 184885 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:21:39

Ibn Hajarning fikri

Buxoriyning «Al-i’tisomu bil kitabi vas sunnati» kitobida rivoyat qilingan Jobirning (r.a.) hadisini sharhlar ekan, hofiz Ibn Hajar: «Ibn Sayyod Yaman orollaridan birida zanjirband qilingan o‘sha katta Masih Dajjoldir», degan fikrga yon bosgan.

Ibn Hajar aytadi: «Tamim Doriy hadisining ma’nosi bilan Ibn Sayyodning Dajjolligini bir-biriga bog‘laydigan eng yaqin fikr shuki, Tamim orolda aynan Masih Dajjolni ko‘rgan... (50-hadis)

Ibn Sayyod to Isbahonga yuzlanguniga qadar o‘zini Dajjol suratida ko‘rsatuvchi shaytondir. U Isbahonga kelib, Alloh  belgilab qo‘ygan muhlat bitmagunicha boshqa ko‘rinishda yashirinib yuradi. Insonlarni chalg‘itmoq niyatida oxir zamonida chiqquniga qadar shunday ishlar qiladi...

Buxoriy tarjeh yo‘lini tutgan va faqat Jobirning Umardan qilgan rivoyatini keltirish bilan kifoyalangan (60-hadis).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:21:56

So‘ng Ibn Hajar quyidagi hadisni keltiradi: «Umar ibn Abu Salama Jobirdan rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) minbarda turib aytdilar: «Kishilar dengizda (suzib) yurganlarida yeguliklari tugab qoldi. Ularga bir orol ko‘ringan edi, yegulik topmoq ilinjida orolga tushdilar...» (64-hadis)

Jobir uni (ya’ni, Dajjolni) Ibn Sayyod deb guvohlik berdi.
— Axir u o‘lgan-ku, — dedim men.
— O‘lgan bo‘lsa ham! — dedi Jobir
— (Ibn Sayyod) Islomni qabul qilgan?
— Islomni qabul qilgan bo‘lsa ham!
— U Madinaga kirgan?
— Madinaga kirgan bo‘lsa ham!» (Abu Dovud hasan sanad bilan rivoyat qilgan).

Jobir (r.a.) Masih Dajjolning ishi chalkash-noaniq ekaniga ishora etgan. Ya’ni, Dajjol tomonidan qilinayotgan ba’zi ishlar oxir zamonda qiladigan ishlariga zid emas. U bularning barini qilishi — ko‘rsatishi mumkin.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:22:29

66. Ahmad Abu Zarning (r.a.) quyidagi so‘zlarini rivoyat etadi: «Ibn Sayyodni Dajjol deb o‘n marta qasam ichish men uchun uni Dajjol emas deb qasam ichishdan yaxshiroqdir!» (Sanadi sahih).

67. Abdulloh ibn Mas’ud ham shunday degan edi. U faqat «o‘n marta» o‘rniga «etti marta» so‘zini ishlatgan. (Tabaroniy rivoyati)

Hadisda kishining g‘olibu zon (o‘zi to‘g‘ri deb gumon qilgan narsasi) bilan qasam ichishi mumkinligiga dalil bor. (Ibn Hajar so‘zi tugadi)

Avval aytganimizdek, Ibn Hajar so‘zlarida Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Hafsa binti Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abu Zar G‘iforiy va Abdulloh ibn Mas’udlar rayiga moyillik sezilib turibdi.

Sahobalarning ulug‘lari hamda olimlari sanalmish ushbu zotlar fikriga tayanib, Ibn Sayyodni o‘sha Masih Dajjol desak bo‘laverar... Faqat hali Dajjol chiqishi uchun ruxsat berilmagan, xolos. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:22:53

Shavkoniyning fikri

Shavkoniy «Naylul avtor»da shunday yozadi: «Kishilar Ibn Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi xususida xilma-xil fikr bildirganlar. Bu haqda deyarli hamma gap aytildi. (51-raqamli) hadis zohiriga ko‘ra, Rasululloh  (sollallohu alayhi vasallam) bu masalada aniq bir narsa demaganlar.

Buxoriy, Muslim va Abu Dovud Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qilgan hadis Ibn Sayyodning Dajjol ekaniga dalolat qiladi:

Muhammad ibn Munkadir aytadi: Men Jobir ibn Abdullohning Alloh nomiga qasam ichib: «Ibn Sayyod Dajjol», deyayotganini ko‘rdim.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:23:13

— Siz Alloh nomiga qasam ichyapsizmi?! — so‘radim undan.
— Men Umarning mana shunday deb Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida qasam ichganini eshitganman, — dedi Jobir, — Nabiy alayhissalom uni inkor qilmagan edilar.

Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan Ibn Umarning hadisida (51-hadis) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyod xususida taraddudga tushganlari — ya’ni, ochiq bir so‘z aytmaganlari zikr qilingan. Bu ikkilanishni ikki xil sharhlaydilar:

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganlarida hali Alloh taolo Ibn Sayyodning Dajjolligini u zotga bildirmagan edi. Alloh tomonidan Ibn Sayyodning Dajjol ekani ma’lum qilingandan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni qasam ichishdan qaytarmadilar.

Arablar xabarda hech qanday shak-shubha bo‘lmasa ham, ba’zan xuddi shubhalidek gapiradilar (Imom Shavkoniy so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:23:32

Abu Nuaym Isbahoniy fikri

Ibn Hajar aytadi: «Abu Nuaym Isbohoniy  «Isbahon tarixida Ibn Sayyodning Dajjol ekanini quvvatlaydigan bir rivoyatni keltirgan.

U Shubayldan, Hasan ibn Abdurahmondan va otasidan rivoyat qiladi: «O‘zimizga zarur narsalarni sotib olardik. Bir kuni yahudiylar qishlog‘ida doiralar chalib xursandchilik qilayotgan ekan. Men o‘sha yerdagi tanishimdan nima gapligini surishtirdim.

— Shohimiz tashrif buyurdi, — deydi u. — Biz uning yetakchiligida arablar ustiga yurish qilamiz — ularni fath etamiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:23:52

So‘ng tanishimning ayvonida tunab qoldim. Tongda turib bomdod o‘qidim. Quyosh chiqqanida ular tomonda yana chang-to‘zon ko‘tarildi. Qarasam, boshi ustida rayhon qubbasi o‘rnatilgan bir kishi atrofida yahudiylar daf chalib o‘yinga tushishyapti. Men haligi odamning Ibn Sayyod ekanini ko‘rib qoldim. U shaharga kirdi va qaytib chiqmadi» (u Qiyomatgacha qaytib chiqmaydi).

Ibn Hajar aytadi: «Abdurahmon ibn Hassonni (hadis roviylaridan biri) bilmayman, qolgan roviylar ishonchli kishilar» («Fathul Boriy»dan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:24:14

Nuaym ibn Hammod fikri

Ibn Hajar aytadi: «Buxoriyning shayxi Nuaym ibn Hammod «Fitnalar» kitobida Dajjolga va uning chiqishiga taalluqli hadislarni rivoyat qilgan.

Kitobdan Jubayr ibn Nozir, Shurayh ibn Ubayd, Amr ibn Asvod va Kasir ibn Murralarning quyidagi so‘zi keltirilgan:

«Dajjol inson emas. U Yaman orollaridan birida yetmish halqa bilan kishanband qilingan shaytondir. Dajjol chiqqanida oldiga urg‘ochi eshagi keladi. Uning (eshakning) ikki qulog‘i orasi qirq ziro’ bo‘ladi. Eshagi ustiga misdan yasalgan minbar o‘rnatadi. So‘ng uni minib oladi. Dajjolga jin qabilalari ergashadi. Unga yer xazinalarini chiqarib berishadi».

Ular so‘ziga binoan Ibn Sayyodning Dajjol bo‘lishi mumkin emas. Bu ishonchli kishilar, garchi rostgo‘y-ishonchli bo‘lsalar-da, yuqoridagi gapni biron ahli kitobdan olishgan bo‘lishi ehtimol» (Ibn Hajar sharhi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:24:33

Ibn Hajar mazkur to‘rt ishonchli kishining «Dajjol inson emas, shayton», degan so‘zini inkor qilyapti. Ibn Hajarning hujjati shuki, agar ularning gapi tasdiqlanadigan bo‘lsa, Ibn Sayyodning Dajjol ekani tasavvurga sig‘may qoladi (ya’ni Ibn Sayyod Dajjol bo‘lmaydi). Lekin bu inkor g‘ayri maqbuldir.

Chunki Dajjol inson emas, shayton, degan so‘z Dajjolning mutlaqo inson emasligini va uning to‘la-to‘kis jinlarga mansubligini anglatmaydi. Ehtimol, ular xuddi Ibn Vasif sharhlagani kabi Dajjolni ins va jin o‘rtasidagi aralash maxluq demoqchidirlar.

Tarixchi Ibn Vasif aytadi: «Dajjol Shaqning (mashhur folbin) o‘zi. Onasi jinlardan bo‘lgan. (Shaqning) otasini yaxshi ko‘rib qolib, undan farzand ko‘rgan...»

(Bu yerda Ibn Hajarning yuqoridagi gaplari takrorlangan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:24:51

Har nima bo‘lganda ham, menimcha — yana tag‘in Allohning o‘zi bilguvchiroq — Dajjol insu jin o‘rtasidagi bir maxluq yoki aniq jin-shaytonmi, bilmadimu, lekin uning inson (jinga aloqasiz inson) emasligi aniq. Dajjol sifatlari, fitnalari, hatto o‘ziga ishongan mo‘minni ham aldab-fitnalab qo‘yishi, vaholanki, u qabih ko‘rinishli, bir ko‘zli maxluq edi va boshqa shu kabi insonga ta’sir qilish kuchlari faqat jin-shaytonda yoki shayton bilan ashaddiy kofir qo‘shiluvida hosil bo‘lgan. Aralash maxluqda shunday bo‘lishi mumkin, xolos.

Alloh taolo O‘z fazli karami ila bizni dunyo fitnalaridan, qabr va oxirat azobidan omon saqlasin. Omiyn.

Qayd etilgan