Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264682 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 27 B


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:52:22

Iso alayhissalom vafotidan so‘ng quyosh g‘arbdan chiqadi. So‘ng Dobbatul arz, so‘ng mo‘minlarning jonini oluvchi hushbo‘y shamol, so‘ng insonlarni o‘z mashhargohlari tomon haydovchi olov va so‘ng Qiyomat bo‘ladi.

Bizga Allohning O‘zi kifoya va U naqadar yaxshi kifoya qilguvchi!

Quyida quyoshning mag‘ribdan bosh ko‘tarishi haqidagi ba’zi hadislarni keltirib o‘tamiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:52:59

84. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «To quyosh mag‘ribdan chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqach, uni ko‘rib, hamma iymon keltiradi. Lekin bu paytda ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (keltirgan) iymoni foyda bermaydi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

85. Abu Zar G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ey Abu Zar! Hali unga: «Qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qayt», deyiladigan (zamon) keladi. Bu shunday vaqtki, unda ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:53:34

86. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan rivoyat qilinadi: «Biz Qiyomat haqida gaplashib o‘tirganimizda Rasulluloh (sollallohu alayhi vasallam) hujralaridan chiqib keldilar.

— To o‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). — Quyoshning g‘arbdan chiqishi, duxon-tutun, dobba, Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi, Iso alayhissalomning chiqishi, Dajjolning chiqishi, uch joyda — mashriqda, mag‘ribda va arab jazirasida oyning tutilishi hamda odamlarni haydaydigan — yoki to‘playdigan — Adan qa’ridan chiquvchi olov. U kishilarga kechki uyquda ham, kunduzgi uyquda ham sherik bo‘ladi (ya’ni, ular bilan birga yuradi) (Sunan sohiblari rivoyati. Termiziy hasan sahih degan. Muslimda ham shunga o‘xshash hadis rivoyat qilingan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:53:48

87. Safron ibn Assoldan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini eshitdim: «Alloh taolo tavba uchun mag‘rib tomondan kengligi yetmish yillik yo‘l bo‘lgan bir darvozani ochib qo‘ydi. Bu darvoza to quyosh o‘sha yerdan chiqquniga qadar berkilmaydi» (Termiziy rivoyati. Nasoiy va Ibn Moja sahih degan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:54:10

88. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Albatta, hijrat ikki xislatdir. Ularning biri yomon ishlardan uzoqlashish. Ikkinchisi esa Alloh va Rasuli tomon (uchun) hijrat qilish. Hijrat, modomiki tavba qabul qilinar ekan, to‘xtamaydi. Tavba esa to quyosh mag‘ribdan bosh ko‘tarmaguniga qadar qabul qilinaveradi. Qachonki quyosh mag‘ribdan chiqsa, har bir qalb (oxirgi lahzadagi) narsasi bilan muhrlanadi. Odamlar amaldan kifoyalanadilar (Ya’ni, amallar ham to‘xtaydi)». (Hadis ma’nosi tarjima qilindi. Vallohu a’lam!)

Ibn Kasir aytadi: «Ushbu hadisning isnodi hasan. Lekin uni olti kitob muallifidan birontasi ham rivoyat etmagan. Vallohu a’lam!»

«Ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan iymoni) foyda bermas».

Ibn Kasir ushbu oyat tafsirida shunday deydi: «Ya’ni agar o‘sha kuni biron kofir iymon keltirsa, uning iymoni qabul qilinmaydi. Ammo mo‘min kishi avvaldan yaxshi amallar qilib yurgan bo‘lsa, u, albatta, ulug‘ yaxshilik ustida turadi. Agar mo‘min bo‘laturib solih amal qilmagan bo‘lsa va faqat o‘sha kuni tavba-tazarrular qila boshlasa, endi uning tavbasi qabul qilinmaydi. Bunga boshqa bir qancha hadislar ham dalolat qiladi. Oyati karimada «yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo‘lsa» deyilgan. Ya’ni, agar mo‘min ilgaridan solih amallar qilib kelmagan bo‘lsa, endi qiladigan yaxshi ishlari qabul etilmas» (Ibn Kasir so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:54:39

89. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «(Quyidagi) olti (narsa kelmasidan burun yaxshi) amallarga shoshilinglar: quyoshning mag‘ribdan chiqishi, duxon-tutun, Dajjol, Dobba, biringizning fitnalar(ga uchrashi) va umumiy fitnalarning (kelishi)» (Muslim rivoyati. Hadis ma’nosi tarjima qilindi. Vallohu a’lam).

Duxon-tutun — rojih qavlga ko‘ra, u Makka kofirlari ustida bo‘lib o‘tgan. Ba’zilar Duxon voqeasi hali bo‘lmagan deyishadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:55:02

90. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) bir hadis yodladim va uni hanuz unutganim yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan edilar: «(Qiyomatning ulkan) alomatlarining eng birinchi bo‘lib ko‘rinadiganlari quyoshning mag‘ribdan chiqishi va choshgohda odamlar oldiga Dobbaning chiqishidir. Ularning qay biri ko‘rinsa, ikkinchisi ham tezda ko‘rinadi» (Muslim rivoyati).

Quyoshning kunbotishdan bosh ko‘tarishi olamning umri juda oz qolganini bildiruvchi alomatdir. Quyoshning g‘arbdan chiqishi bu borliqning tebranishga tushganidan, olamning xarob bo‘layotganidan darak.

Iso alayhissalomning tushishi, Dajjolni o‘ldirishi, so‘ng Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi sahih hadislarda quyoshning g‘arbdan chiqishidan muqaddam berilgan. Yana bir dalil: Quyosh g‘arbdan chiqishi bilan tavba eshigi berkitiladi. Lekin Iso alayhissalom yerga tushgan vaqtlarda Islomga kirgan kishining islomi qabul qilinar edi.

Abdulloh ibn Salomning quyidagi so‘zini ham mana shunday tushunmog‘imiz lozim.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:55:17

91. Abdulloh ibn Salom aytadi: «Qiyomat shartlarining eng avvali kishilarni mashriqdan mag‘ribga to‘playdigan olovdir» (Buxoriy rivoyati).

Ya’ni, Qiyomat qoyim bo‘lishiga dalolat qiluvchi eng birinchi alomat mana shu olovdir. Keyin surga nafxa uriladi.

Ibn Hajar yozadi: «Hadislar majmuidan ko‘rinadiki, Dajjolning chiqishi yerning katta qismida umumiy ahvolning o‘zgarayotganini bildiradi va u (ya’ni, bu alomatlar) Iso alayhissalom vafot etishi bilan tugallanadi. Quyoshning g‘arbdan chiqishi esa, yuqori olamda-samoda holatlarning o‘zgarayotganini bildiruvchi katta alomatlarning eng avvalidir va u Qiyomat qoyim bo‘lishi bilan yakun topadi» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:55:38

Yettinchi fasl

Dobbatul arz


Dobbatul arz (er hayvoni) — Allohning bir maxluqi. Faqat hech kim uning mohiyati-ichini, sirini bilmaydi. Haqiqati yolg‘iz Allohga ma’lum. Biz faqat uning bir kun chiqishini bilamiz, xolos.

Yer hayvoni mo‘minni kofirdan ajratish, kofir burniga belgi qo‘yib, mo‘minning yuzini yoritish uchun chiqadi. Ana o‘shanda hammaning asl basharasi ochiladi. Har kim yonidagi kishining kofir yoki mo‘min ekanini ajratib olishga qodir bo‘ladi. Hadislar zohiriga ko‘ra, Dobba Iso alayhissalom vafotidan so‘ng, quyosh mag‘ribdan chiqqanidan ozgina keyin yoki ozgina oldin chiqadi. Vallohu a’lam. Ushbu so‘zimizga Abdulloh ibn Amr rivoyatini dalil sifatida keltirishimiz mumkin:

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Yanvar 2007, 01:56:22

92. «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) bir hadis yodladim va uni hanuz unutganim yo‘q».

Mazkur hadis «Sahihi Muslim»da rivoyat qilingan. (90-hadisga qarang).

Musiy yozadi: «Haq gap shuki, Dobbatul arz chiqqan vaqtda odamlar orasida mo‘mini ham, kofiri ham bo‘ladi».
Quyidagi rivoyat ham fikrimizga dalil bo‘la oladi:

Qayd etilgan