Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264525 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 B


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:57:07

Ikkinchi fasl

Qiyomatning ulkan alomatlari zamiridagi sir-asrorlar


Biz yuqorida insonning kichik bir olam ekani, unga yuz yigirma kunlik homila ekanida ruh puflangani va bu ruh insonga hayvon hayotini kechirish uchun emas, balki inson bo‘lib yashamog‘i uchun berilgani haqida suhbatlashdik. Inson aynan mana shu ruhi sababli ilohiy ma’rifat va yerdagi xalifalikka munosib ko‘rildi. Alloh iznu irodasi bilan butun borliq unga bo‘ysundirildi. Inson yerda xalifa bo‘ldi. Lekin odam tug‘yonga tushib, o‘zgalarga jabr-zulm o‘tkazsa, yaratgan ulug‘ Parvardigorini unutib, fisqu fujur ishlarga sho‘ng‘isa, o‘zicha kibru havo qilib haq yo‘ldan yuz o‘girsa, Alloh taolo uni parcha-parcha qilib tashlaydi. Shuningdek, olamda ham fasod, qirg‘inlar haddan ziyod ko‘payib ketsa, dunyo oxirgi soatlariga tobora yaqinlashadi. Agar mana shunday buzuq dunyoda Qiyomat alomatlari ko‘rinayotgan bo‘lsa, bunga sira-sira ajablanmaslik kerak.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:58:14

Qiyomatning ulkan shartlarining eng avvali Mahdiy — Muhammad ibn Abdullohning chiqishidir. Alloh taolo uning vositasida ummat holini o‘nglaydi, ularni hidoyatga yo‘llaydi. Bu ish xuddi o‘lim to‘shagida yotgan kasal kishining holatiga o‘xshaydi. Ya’ni, ramziy qilib aytadigan bo‘lsak, o‘lim to‘shagida yotgan kishining hayvoniy hislari zaiflashib, ruhoniyat nurlari yuksaladi. U Parvardigor rahmatiga talpinadi.

Demak, Mahdiyning chiqishini ramziy ma’noda o‘lim to‘shagidagi kishi holatiga o‘xshatish mumkin bo‘ladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:58:37

Qiyomat shartlarining eng avvali o‘lim to‘shagidagi insonda ko‘riladigan birinchi alomat-belgiga o‘xshashi o‘zaro munosabatli holatlardir. Hayotining so‘nggi lahzalarini yashayotgan kishi uchun yolg‘iz bitta davo bor — o‘lim!

Bugungi kunda olamning bir emas, bir nechta bedavo kasallik bilan og‘riyotgani oqil kishi uchun sir emas. Bu «kasalliklar» barcha «tabib»larni ojiz qoldirdi. Endi olamga ham bitta davo bor —Qiyomat qoyim! Alloh taolo yer va undagi bor mavjudotni meros qilib olgach, bandalarini amallariga ko‘ra so‘roq qiladi. O‘shanda:

«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur!» (Zalzala, 7-8)

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 07:59:27

Iso alayhissalom tushishlari siri

Iso alayhissalomning tushishlari o‘lim mastligining ilk lahzalarida kuzatiladigan bir ochilish - o‘ziga kelishga o‘xshaydi. Inson o‘limi oldidan o‘zini bir oz tetik his qiladi. Hatto ba’zilar "œtuzalyapmiz" deb o‘ylaydi. So‘ng esa adashganini sezadilar. O‘shanda haqiqat barchaga ayon bo‘ladi. Kofir, fojir kimsalar o‘zlarining haqdan yiroq yurganlarini anglaydilar. Ammo joni uzilayotgan kishi mo‘min bo‘lsa, jannatdagi maqomini ko‘radi, o‘limning yuziga kulib qaraydi va Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishini o‘ylab quvonadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Yanvar 2007, 08:00:14

*  *  *

Savol: Nega aynan Iso alayhissalom tushadilar?

Javob: Iso alayhissalom otasiz tug‘ilganlar. Alloh qudrati ila Maryam unga (Isoga) homilador bo‘lgan edi. Shuning uchun ham Iso alayhissalomni "œAllohning kalimasi", "œRuhulloh" deydilar. Chunki Ruhulloh Alloh izni bilan o‘liklarni tiriltirar edilar. "œRuhulloh" nomini eshitib, Isoning Allohga biron bog‘liqligi bor, deb tushunmaslik kerak. Alloh taolo bunday bo‘htonlardan pokdir. U maxluqotlarida aslo ko‘rinmas va maxluqotlar ham hech qachon Alloh taoloda ko‘rina olmaslar! Alloh ba’zi kimsalar aytayotgan nomunosib sifatlardan pokdir!

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Yanvar 2007, 13:46:45

«(Ey Muhammad), ayting: «U - Alloh birdir (Ya’ni, uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakkayu yolg‘izdir). Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni, Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir» (Ixlos surasi).

Kimki Iso alayhissalomni g‘ayribashariy, ya’ni, ilohiy biron sifat bilan sifatlar ekan, u shak-shubhasiz kofir bo‘ladi. Bu borada barcha imomlar bir xil fatvo berishgan.

Iso alayhissalom sharafini oshirish uchun «Ruhulloh» deydilar. Masalan, biz «Baytulloh» deymiz. Ya’ni, Allohning bayti — uyi deb uni sharaflaymiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Yanvar 2007, 13:48:06

Isoning Alloh izni bilan o‘liklarni tiriltirish xislatiga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi tavsiflari ham dalolat qiladi:
— U boshini egsa, (suv) tomchilaydi. Agar boshini ko‘tarsa, undan la’ldek tomchilar sachraydi;
— Uning boshidan xuddi (hozirgina) hammomdan chiqqanga o‘xshab (suv) tomchilaydi;
— Unga suv tegmagan bo‘lsa ham, boshidan (suv) tomchilab turadi.

Biz nega buni dalil sifatida keltiryapmiz? Chunki uning boshidan tomchilayotgan tomchilar (vaholanki, hali unga suv tekani yo‘q) hayot suviga dalolat qiladi.

"œVa barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qildik» (Anbiyo, 30).

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Yanvar 2007, 13:48:26

Dajjol chiqishining siri

Dajjol Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek kutilayotgan g‘aybiy yomonlikdir. Qiyomat shartlaridan sanalmish uning ulkan fitnasi o‘lim mastligini boshidan kechirayotgan kishining fitnasiga (ya’ni, fitnaga solinishiga) o‘xshaydi. Jon berayotgan kishi oldiga Iblis kelib, uni yahudiy yoki nasroniy bo‘lib o‘lishga da’vat qiladi, islomida shak-shubhaga solishga urinadi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) masih Dajjol fitnasi yoniga qo‘ygan o‘lim fitnasi mana shu edi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Yanvar 2007, 13:49:27

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Parvardigoro! Men Sendan do‘zax azobidan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan hamda Masih Dajjol fitnasidan panoh tilayman!»

Iblisning jon chiqar mahalda insonni fitnaga solishi Qiyomat qoyim oldidan bo‘ladigan Dajjol fitnasiga muqobildir. Axir Qiyomat ham butun olamning o‘limi emasmi?!

Alloh taolodan dunyoyu oxirat omonligini so‘raymiz! Amiyn!

Qayd etilgan


Muslimaxon  16 Yanvar 2007, 13:50:35

Quyoshning mag‘ribdan chiqishi siri

Oxirat olami... Dunyo olamiga nisbatan u kunbotar tarafdir. Jon bo‘g‘izga tiqilib, haqiqat olamiga o‘tay-o‘tay deb turganida mana shu o‘zga olamdan haqiqat quyoshi balqiydi. Ruh botgan tarafdan nurli yog‘dular ko‘rinadi va ana shunda tavba eshigi yopiladi, amallar qabul qilinmaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Quyosh mag‘ribdan chiqmagunga qadar Qiyomat bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqach, uni ko‘rib hamma iymon keltiradi. Ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan kimsaga u paytda (endi keltirgan) iymoni foyda bermas» (Buxoriy rivoyati. Muslim ham shu ma’nodagi hadisni rivoyat qilgan).

Qayd etilgan