Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 182486 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:18:07

34. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol haqida bizga uzoq gapirib shunday degan edilar: «Dajjol chiqadi. Unga Madina o‘rovi (devori)ga kirish harom qilingan. Dajjol Madinadagi ba’zi o‘t unmas (yaydoq) yerlarga yetadi. O‘sha kunlarda unga eng yaxshi kishi yoki yaxshilardan bo‘lgan bir kishi chiqib aytadi: «Guvohlik beramanki, albatta sen Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga ta’riflagan Dajjoldirsan!» Shunda Dajjol (atrofdagi kishilarga): «Agar mana shuni o‘ldirib tiriltirsam, (keyin ham) ishda (ya’ni, mening haqligimda) shubha qilasizlarmi?» deydi. «Yo‘q!» deyishadi (odamlar). Dajjol haligi kishini o‘ldirib, so‘ng yana tiriltiradi. (Haq so‘zni aytgan o‘sha) kishi tirilganidan so‘ng shunday deydi: «Allohga qasamki, seni bugungichalik yaxshi tanib olmagan edim». Dajjol uni yana o‘ldiraman, deydi. Lekin (bu gal) unga qodir qilinmaydi» (Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:18:48

35. Muslim Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol chiqadi. Uning qarshisida bir mo‘min kishi turadi. Shunda (Dajjolning) sipohiylari unga qarab: «Bizning parvardigorimizga iymon keltirmaysanmi?» deyishadi. «Parvardigorimizda maxfiylik yo‘q!» deb javob beradi mo‘min. «Uni o‘ldiringlar!» deyishadi sipohiylar. Shunda itlaridan qay biri aytadi: «Parvardigoringiz u(ning izni)siz biron kishini o‘ldirishdan sizni qaytarmaganmi?!»

Keyin mo‘minni olib Dajjol oldiga olib borishadi. Mo‘min kishi uni (Dajjolni) ko‘rishi bilan shunday deydi: «Ey odamlar! Bu Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan Dajjol (bo‘ladi)!» Dajjol uni yorish-yaralashga buyuradi: «Uni ushlanglar-da, yorib-yaralanglar!» Mo‘minning yelkasi va qornini yorib ketadilar. Keyin Dajjol so‘raydi: «(Endi ham) menga iymon keltirmaysanmi?! «Sen Masih Dajjoldirsan!» deydi mo‘min. So‘ng Dajjol buyrug‘iga binoan arra bilan uning boshidan oyog‘igacha bo‘lib tashlaydilar. Dajjol mo‘min tanasining ikki bo‘lagi o‘rtasidan yurib o‘tadi. Keyin «tur» deb amr qiladi. Mo‘min yana oyoqqa turadi. «(Endi ham) menga ishonmaysanmi?» deydi «Men endi seni yana-da yaxshiroq tanib oldim. Ey odamlar! Mendan so‘ng u endi hech kimga (hech narsa) qila olmaydi», deb aytadi mo‘min. Dajjol uni so‘ymoqchi bo‘ladi. Bo‘yni bilan o‘mrov suyagi oralig‘iga mis (pichoq) tiraydi. Lekin o‘ldirishga qurbi yetmaydi. So‘ng qo‘l-oyog‘idan ushlab, mo‘minni uloqtirib yuboradi. Odamlar uni olov-do‘zaxga uloqtirildi deb o‘ylaydilar. Lekin u jannatga tashlangan bo‘ladi. Bu odam Olamlar Parvardigori oldida eng ulug‘ guvohlik bergan kishi bo‘ladi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:19:49

36. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Men Dajjoldagi narsani uning o‘zidan yaxshiroq bilguvchiman. Dajjol bilan birga ikki daryo bo‘ladi. Biri ko‘zga oppoq suv bo‘lib ko‘rinsa, boshqasi alangalanab turgan olov bo‘lib ko‘rinadi. Agar biron kishi (Dajjolgacha) yetadigan bo‘lsa, olov bo‘lib ko‘ringan daryoga kelsin. (Ko‘zini) yumsin. So‘ng boshini egib, undan ichsin. U sovuq suv bo‘ladi. Dajjolning bir ko‘zi mash etilgan (yumuq). Uning (yumuq ko‘zning) ustida qalin-qo‘pol teri bor. Ikki ko‘zi o‘rtasiga «kofir» deb yozib qo‘yilgan. Bu yozuvni yozishni bilganu bilmagan barcha mo‘min o‘qiy oladi» (Muslim rivoyati).

«Dajjolning chap ko‘zi ko‘r. Sochi qalin, bir-biriga buralib-yopishib ketgan. Uning jannati va do‘zaxi bo‘ladi. Uning do‘zaxi jannat, jannati esa do‘zaxdir» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:20:36

37. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol haqida hali hech bir nabiy qavmiga aytmagan hadisni sizlarga aytayinmi?! U bir ko‘zli bo‘ladi. Jannat va do‘zaxning misli bilan keladi. Uning «jannat» degani do‘zax bo‘ladi. Men sizlarni xuddi Nuh o‘z qavmini undan ogohlantirganidek ogohlantiryapman» (Muttafaqun alayh).

Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Men sizlarga Dajjol haqida gapirdim. Hatto, aql yurgizmay qo‘yasizlarmi, deb qo‘rqdim. Masih Dajjol qisqa, maymoq (qiyshiq oyoq), jingalak sochli, bir ko‘zli. Uning bir ko‘zi yumuq (qoplangan). (Lekin bu yumuq ko‘zi) turtib ham chiqmagan, yashirin ham emas. Agar (Dajjolni yana) aniq ajratolmay qolsangiz, bilinglarki, Parvar-digoringiz bir ko‘zli emas!» (Abu Dovud rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:21:01

38. Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Dajjol mashriq yerlaridan chiqadi. U yerni Xuroson deyishadi. Dajjolga yuzlari xuddi qalqon, bolg‘adek bo‘lgan qavmlar ergashadi» (Termiziy rivoyati. Hasan g‘arib).

39. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolga Isbahon (Isfahon) yahudiylarining yetmish mingtasi ergashadi. Ular ustida taylason (rido) bo‘ladi» (Muslim rivoyati).

40. Mujamma’ ibn Jofiyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolni Ibn Maryam Lud (Shom yoki Falastindagi joy nomi) darvozasi oldida o‘ldiradi» (Termiziy rivoyati. Sahih).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:21:54

41. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Madinaga kirish yo‘llarida farishtalar turadi. U yerga Dajjol ham, o‘lat ham kirmaydi» (Buxoriy rivoyati).

42. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol Madina (yoni)ga kelib, u yerni qo‘riqlab turgan farishtalarni ko‘radi. Inshaalloh, Madinaga Dajjol ham, vabo ham yaqinlashmaydi» (Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:22:27

43. Ansoriy sahobalarning biridan rivoyat qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarni Masihdan ogohlantiraman. U yer yuzida qirq tong (kun) turadi. Saltanati barcha buloq bo‘yiga yetadi. Faqat to‘rtta masjidga kelmaydi (kirmaydi): Ka’ba, Payg‘ambar masjidi, Masjidul Aqso va Tur (masjidi)».

Ibn Hajar: «Bu hadisni Ahmad rivoyat etgan, roviylari ishonchli kishilardir», deb aytgan («Fathul Boriy»dan).

Abu Nuaym siqot (ishonchli) tobe’inlardan biri Hasson ibn Atiyya tarjimai holida sahih sanad bilan rivoyat qiladi: «Dajjol fitnasidan faqat o‘n ikki ming erkak va yetti ming ayolgina omon qoladi (xolos)».

Ibn Hajar aytadi: «Bu o‘ylab turib aytiladigan gap emas. Ehtimol, ma’ruf hadisdir. Ehtimol, uni ba’zi bir ahli kitob so‘zidan olgandir» («Fathul Boriy»dan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:23:06

44. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol kelib, Madinaning yaqiniga tushadi. So‘ng Madina uch marta silkinadi. Shunda uning oldiga barcha kofir va munofiq kimsalar chiqadi» (Buxoriy rivoyati).

45. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qildim. Qoracha, sochlari yoyilgan bir kishi boshidan suv tomchilardi. Men: «Bu kim?» deb so‘radim. «(Iso) ibn Maryam», deyishdi. So‘ng yana aylanishda davom etdim. Banogoh gavdali, qip-qizil, jingalak sochli bir ko‘zi ko‘r kishi(ga ko‘zim tushdi). Uning ko‘zi uzum donasidek nursiz edi. «Bu Dajjol», deyishdi. U xuzoalik Ibn Qatonga (Ibn Qaton — Abdul Uzzo Qaton. Xuzoadan. Johiliyatda hayotdan ko‘z yumgan) juda o‘xshab ketadi» (Buxoriy rivoyati).

«Dajjol Madinaga kirishdan mahrum qilingan-ku?! U qanday qilib Ka’bani tavof etishi mumkin?!» degan savolga qozi Iyoz shunday javob beradi: «Dajjol Makkaga oxir zamonda chiqqan payti kiritilmaydi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:25:41

46. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) namozda Dajjol fitnasidan panoh tilaganlarini eshitganman» (Buxoriy rivoyati).

47. Nuvas ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol haqida gapirib shunday dedilar: «Agar u chiqqanida men orangizda bo‘lsam, qarshingizda o‘zim unga hujjat keltiruvchiman. Agar orangizda yo‘qligimda chiqsa, har kim o‘ziga-o‘zi hujjat keltiruvchi (himoyachi) bo‘ladi. Barcha muslim ustida Alloh o‘rinbosarim (hujjat keltiruvchi)dir. Sizlardan qay biringiz Dajjol (zamoni)ga yetsa, unga (qarshi) Kahf surasining avvalgi (oyatlari)ni o‘qisin. Bu oyatlar sizlarni Dajjol fitnasidan saqlovchi bo‘ladi.
— U qancha turadi? — deb so‘radik biz.
— Qirq kun, — dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), — bir kuni yildek, bir kun oydek va yana bir kuni haftadek, qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi.
— Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). Bir yildek bo‘ladigan kunda bir kecha-kunduzlik namoz bizga kifoya qiladimi?
— Yo‘q. Unga o‘z miqdorini belgilaysizlar. So‘ng Damashq sharqidagi oq minora oldiga Iso ibn Maryam tushadi. Lud darvozasi yonida Dajjolga yetib, uni o‘ldiradi» (Muslim va Termiziy batafsil rivoyat etishgan. Abu Dovud muxtasar bayon qilgan. Yuqoridagi lafz Abu Dovud rivoyatidan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:26:14

Navaviy «Sharhi Sahihi Muslim»da aytadi: «Ulamolar mazkur hadisni zohiriga ko‘ra olishgan. Yuqorida aytib o‘tilgan uch kun uzunlikda haqiqatan yil, oy va haftaga teng keladi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi», deganlari ham shunga dalolat qiladi. Endi o‘sha uzun kunlarga o‘z miqdor-o‘lchovini berishga kelsak, bu quyidagicha tushuniladi: o‘sha kunning tonggi otgach, har kuni o‘lchov bilan peshin kutiladi. Odatdagi vaqtga ko‘ra peshin kirganligi aniqlanib, namoz o‘qiladi. Peshindan so‘ng odatda asr kirishi uchun qancha kutilsa, shuncha turilib asr o‘qiladi. Asrdan so‘ng shom kirishi uchun ilgari qancha vaqt kutilgan bo‘lsa, yana shuncha muddat kutiladi-da, keyin shom o‘qiladi. Xufton va bomdodlar ham xuddi shunday belgilanadi».

Menimcha, mazkur uch kunning uzunligidan murod — u kunlarda Dajjol fitnasi sababli qattiq qayg‘urish bo‘lsa kerak. Ya’ni, kunlar qayg‘u-g‘am ko‘pligi bois yildek, oydek uzun tuyuladi.

Qayd etilgan