Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 182307 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:35:12

— U quriy-quriy deb qolmadimi? (Endi) Zug‘ar bulog‘i haqida gapiringiz!
— Uning nimasi haqida xabar kerak?
— Buloqda suv bormi? Aholi uning suvi bilan ekin ekyaptimi?
— Ha, buloqda suv ko‘p. Buloq ahli uning suvidan foydalanib ekin ekishyapti.
— Ummiylar payg‘ambari haqida xabar beringiz! U nima qildi?
— Payg‘ambar Makkadan chiqdi. Madinaga tushdi.
— Arablar bilan urushdimi?
— Ha!
— Ularga qanday muomala qildi?
Unga payg‘ambarning atrofdagi arablar ustidan g‘olib kelganini va ularning itoatga kirganini aytib berdik.
— Shunday bo‘ldimi?
— Ha.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:35:56

— Unga itoat etishlari o‘zlariga yaxshi emasmidi? (Endi) sizlarga o‘zim haqimda xabar beray. Men Masih Dajjolman. Chiqishga izn berilishiga yaqin qoldi, deb turibman. Qirq kun ichida Makka va Toyyibadan boshqa barcha qishloq (shahar)ni kezib chiqaman. Makka bilan Toyyiba menga harom qilingan. Qachon ularga maqsad qilsam, meni qo‘lida yalong‘ochlangan qilich tutgan farishta qarshilab, u yerdan to‘sadi. Uning (shaharning) har bir (kirish) yo‘lida farishtalar qo‘riqchilik qiladi».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng asolari bilan minbarga urib: «Mana shu (er) Toyyiba (ya’ni, Madina) Axir men sizlarga mana shu gaplarni aytmaganmidim?!» dedilar. «Ha (aytgansiz)», deyishdi kishilar. «Tamimning so‘zlari mening Dajjol va Madina-Makka haqida sizlarga aytgan so‘zlarimga muvofiq kelganidan ajablandim. Ogoh bo‘lingizkim, u (Dajjol) Shom va Yaman dengizida. Yo‘q, balki u mashriq tomondan, mashriq tomondan, mashriq tomondan», deya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llari bilan mashriqqa ishora qildilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:36:21

Fotima binti Qays aytadi: «Men bularni Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) (eshitib) yodlab olganman» (Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Mazkur hadisni Fotima binti Qays bilan birgalikda Abu Hurayra, Oisha va Jobir (roziyallohu anhum) ham rivoyat qilishgan.

Yuqoridagi sahih hadis Masih Dajjolning Yaman va Shom dengizi orollaridan birida zanjirband ekaniga ochiq dalolat qilmoqda. Boshqa (38- va 39-) hadislarda sharhlanganidek, u mashriq tomondan — Xuroson yoki Isfahondan chiqadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:37:33

*  *  *

Savol: Bugunga kelib barcha katta-kichik orollar kashf qilib bo‘lindi. Biron yerda Dajjolga tegishli bir narsa topilmadi. Xo‘sh, bunga nima deyiladi?

Javob: Biz Allohga va Uning rasuliga iymon keltirganmiz. Inshaalloh, bu savolga mana shu javob kifoya. Endi boshqacharoq bir javob aytishga ham urinib ko‘ramiz:

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:38:10

Alloh taolo Masih Dajjolni insonlar ko‘zidan yashirib qo‘ygan. Biz agar butun orollarni kezib chiqsak ham, baribir uni hozir ko‘ra olmaymiz. Tamim Doriyning ko‘rishi esa Alloh tomonidan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) haqliklariga qilingan qo‘shimcha alomat bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan so‘zlar bilan Tamim Doriy keltirgan xabar bir-biriga muvofiq edi.

Nabiy alayhissalom uning so‘zlarini kishilarga yetkazar ekanlar, quvonchlarini hech kimdan yashirmagan edilar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:39:25

Ibn Sayyod Masih Dajjolmi?!

Ibn Sayyod Madinai Munavvarada tug‘ilgan. Ota-onasi yahudiy bo‘lgan. Unda Dajjol alomat-belgilari topilgan. Ashobi kiromlar uning Dajjol yoki Dajjol emasligini bila olmaganlar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ochiq bir gap gapirmaganlar. Biz bu faslda Ibn Sayyod haqidagi hadislarni va masalaning daqiq o‘rinlarini sharhlagan ulamolar so‘zlarini keltirib o‘tamiz. So‘ng, inshaalloh, o‘zimiz haq deb topgan xulosani bayon qilamiz.

51. Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattob va bir guruh sahobalar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan Ibn Sayyod tomonga (uni izlab) chiqdilar. Ibn Sayyod Bani Mug‘olaning baland uylari yonida bolalar bilan o‘ynab yurgan ekan. Bu vaqtda u balog‘atga yetay deb qolgan edi. Ibn Sayyod to Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning yelkasiga turtmagunlariga qadar hech narsa sezmadi. «Mening Alloh payg‘ambari ekanimga guvohlik berasanmi?» deb so‘radilar. Ibn Sayyod Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) qaradi-da: «Sizning ummiylar payg‘ambari ekaningizga guvohlik beraman, siz meni Allohning rasuli deb guvohlik berasizmi?» dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uni rad qildilar va: «Allohga va Uning rasuliga iymon keltirdim», dedilar. So‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyoddan so‘radilar: «Nimalar ko‘ryapsan?» «Menga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham kelyapti», javob berdi Ibn Sayyod. «Inshaalloh, sen uchun chigal bo‘libdi (aralashib ketibdi)», dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam). So‘ng yana Ibn Sayyodga gapirdilar: «Men sendan bir narsani yashirdim».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:44:21

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon surasining quyidagi oyatini yashirgan edilar:

«Osmon ochiq tutun (duxon)ni keltiradigan kun» (Duxon, 10).

Ibn Sayyod: «Dux», dedi (ya’ni to‘liq ayta olmadi).

«Tur, yo‘qol! — dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam), — hech qachon haddingdan oshma!»

Shunda Umar ibn Xattob dedi: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Ruxsat bering, uning bo‘yniga uray!» Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Agar u (haqiqatan ham Dajjol) bo‘lsa, hech qachon uning ustida hukmingni o‘tkaza olmaysan. Agar u (Dajjol) bo‘lmasa, uni o‘ldirishda sen uchun biron yaxshilik yo‘q» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:45:45

Olim aytadiki: «Men Ibn Umarning shunday deganini eshitganman: Shu (voqea)dan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ubay ibn Ka’b Ansoriy bilan Ibn Sayyod yotgan xurmozorga bordilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xurmo shoxlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo‘lib xurmozorga kirdilar. Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodga o‘zlarini ko‘rsatmay turib, uning so‘zlarini eshitmoqchi edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning o‘z to‘shagida barxat yopinchig‘i ustida yotganini ko‘rdilar. U yerdan g‘o‘ng‘illagan ovoz kelardi. Banogoh Ibn Sayyodning onasi Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib qoldi va Ibn Sayyodga: «Ey Sof, ana Muhammad», dedi (Sof — Ibn Sayyodning ismi). (Onasining so‘zlarini eshitgan) Ibn Sayyod o‘rnidan sakrab turdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Agar (onasi) indamaganida, uning ishi oydinlashgan bo‘lardi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:46:25

52. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolar Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni uchratib qolishdi.
— Mening Alloh rasuli ekanimga guvohlik berasanmi? — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam).
— Siz meni Alloh rasuli deb guvohlik berasizmi? — dedi Ibn Sayyod.
— Allohga, farishtalariga va kitoblariga iymon keltirdim. (Ey Ibn Sayyod) Nimalarni ko‘ryapsan?
— Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman.
— Sen dengiz ustida Iblis arshini ko‘rgansan. (Yana) nima ko‘ryapsan?
— Ikki rostgo‘y va bir yolg‘onchini yoki ikki yolg‘onchi va bir rostgo‘yni ko‘ryapman.
— Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi. Qo‘yinglar uni, — dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) (Muslim va Termiziy rivoyati).
«Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi», degan so‘zdan unga shayton xabar olib kelishi, hammasi aralashib ketgani tushuniladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 16:46:59

53. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: «Makka yo‘lida Ibn Sayyodga hamroh bo‘ldim. Yo‘lda u menga shunday dedi:
— Meni Dajjol deb gumon qiladigan kishilarni uchratganmisan? Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham, Makkaga ham kirmaydi», degan so‘zlarini eshitmaganmisan?
— Ha (eshitganman), — dedim men.
— Men Madinada tug‘ilganman. Hozir Makkaga ketyapman...
So‘ng so‘zi oxirida yana shunday dedi:
— Allohga qasamki, Dajjolning tug‘ilgan joyini, makon-manzilini va qaerda ekanini bilmaymanmi?! (Bilaman.)
Abu Said Xudriy aytadi: «U meni shubhalantirib qo‘ydi» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan