Muallif Mavzu: Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 163821 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #75 : 11 Yanvar 2007, 17:00:37 »
58. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Ibn Sayyodni Harra kunida yo‘qotib qo‘ydik» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Harra voqeasi taxminan hijratning 63 yilida Yazid ibn Muoviya zamonida bo‘lib o‘tgan. Demak, Ibn Sayyod Madinada musulmonlar orasida yetmish yildan ortiqroq yashagan. Harra jangi kunida yo‘qolib qolgan va hech kim uning qayoqqa ketganini bila olmagan. Hadisdan ko‘rinib turibdiki: «Ibn Sayyod o‘ldi, odamlar uning yuzini ochib ko‘rib, Dajjol emasligiga amin bo‘ldilar», kabi gaplar sahih emas ekan.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #76 : 11 Yanvar 2007, 17:02:57 »
59. Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Allohga qasamki, men Masihi Dajjolning Ibn Sayyod ekaniga shubha qilmayman» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

60. Muhammad ibn Munkadirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Jobir ibn Abdullohni (r.a.) Alloh nomiga qasam ichib:
– «Ibn Sayyod Dajjol» deganini ko‘rdim.
– Siz Alloh nomiga qasam ichyapsizmi? – deb so‘radim undan.
– Men Umarning mana shunday deb Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida qasam ichganlarini eshitganman. Nabiy alayhissalom uni inkor qilmagan edilar» (Buxoriy, Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #77 : 11 Yanvar 2007, 17:03:18 »
Dajjolning ota-onasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Termiziy rivoyat qilgan bir hadisda Ibn Sayyodning Dajjol ekani deyarli ochiq aytilgan.

61. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
– Dajjolning ota-onasi o‘ttiz yil yashab farzand ko‘rmaydilar. So‘ng bir ko‘zli bola tug‘iladi. U oilasida zarrari ko‘p, foydasi kam (bola bo‘ladi). Ko‘zlari uxlasa ham, qalbi uxlamaydi.
So‘ng Payg‘ambar alayhissalom uning ota-onasini ta’rifladilar.
– Otasi uzun bo‘yli, oriq, qushburun kishi, onasi esa ulkan gavdali, qo‘llari uzun ayol bo‘ladi».
Abu Bakra (r.a.) aytadi: «Madina yahudiylari orasida shunday ko‘rinishda tug‘ilgan bir bolaning daragini eshitdik. Men Zubayr ibn Avvom bilan birga uning ota-onasi oldiga bordim. Ularda Payg‘ambar alayhissalom aytgan sifatlar bor edi. Ulardan:
– Farzandingiz bormi? –  deb so‘radik.
– Biz o‘ttiz yil bola ko‘rmadik. So‘ng oilamizda bir ko‘zi ko‘r, zarari ko‘p, foydasi kam bir bola tug‘ildi. Uning ko‘zlari uxlaydi, ammo qalbi uyg‘oq bo‘ladi, – deb javob berdi yahudiy ota-ona.
Biz tashqariga chiqdik. Haligi bola yoping‘ichda o‘ranib, tashqarida yotgan ekan. U tomondan bir g‘o‘ldirash eshitilardi. Bola boshini ochib: «Nima dedinglar?» deb so‘radi. Biz ham: «Nima deganimizni eshitdingmi?» deb so‘radik.
«Ha – dedi u, – Mening ko‘zlarim uxlasa-da, qalbim uxlamaydi» (Termiziy rivoyati, hasan g‘arib).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #78 : 11 Yanvar 2007, 17:09:46 »
62. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir yahudiy ayoli bir ko‘zi ko‘r, boshqa ko‘zi esa bo‘rtib-turtib chiqqan bola tug‘di. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning Dajjol bo‘lib chiqishidan xavotir oldilar» (Imom Ahmad rivoyati).

63. Abu Zar G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) meni uning onasi oldiga yubordilar.
– So‘ra-chi, onasi uni necha oy qornida ko‘tarib yuribdi, – dedilar.
– Men uni 12 oy ko‘tarib yurdim, – dedi onasi, – tug‘ilgan vaqtida u xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirdi» (Ahmad va Bazzoz rivoyati).

Endi Alloh izni va madadi bilan Ibn Sayyod haqidagi ulamolar so‘zini keltirib o‘tamiz.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #79 : 11 Yanvar 2007, 17:10:18 »
Xattobiyning fikri

Ibn Asir «Jome’ul usul»da Xattobiyning quyidagi so‘zlarini keltiradi:
«Ibn Sayyod xususida kishilar xilma-xil fikrlar bildirishgan. Ba’zan savol qilinadi: «Qanday qilib Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yolg‘ondan payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi kimsani Madinada sog‘-omon qoldirdilar? O‘zlariga hamshahar bo‘lib turishiga ruxsat berdilar? Buni qanday tushunmoq kerak? Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) nima uchun Duxon surasidan bir oyatni yashirdilar? So‘ng unga: «Tur, yo‘qol, hech qachon haddingdan oshma!» dedilar?»
Menimcha, bu voqea musulmonlar bilan Madina yahudiylari va uning ittifoqchilari o‘rtasida sulh tuzilgan vaqtlarda bo‘lib o‘tgan. Ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Madinaga kelganlarida yahudiylar bilan quyidagi shartlar asosida sulh tuzgan edilar:
1. Yahudiylarning hech qachon shahardan chiqib ketmasliklari.
2. Ularning o‘z hollariga tashlab qo‘yilishlari.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #80 : 11 Yanvar 2007, 17:12:37 »
Ibn Sayyod ham yahudiy yoki ularga taalluqli hisoblanardi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning da’volarini, o‘ziga g‘oyibdan xabar berilishini eshitganlaridan so‘ng, uning oldiga borib sinab ko‘rdilar. Suhbat so‘ngida ma’lum bo‘ldiki, u ham sehrgar yoki folbin yoki jin xabar keltiruvchi kimsa yoxud shayton bilan «bitim tuzgan»lardan ekan.

Duxon surasini aytolmasdan «Dux» deb qolganidan keyin Payg‘ambar (a.s.) uni: «Tur, yo‘qol! Hech qachon haddingdan oshma!» deb quvib yubordilar.

Ya’ni, bu samoviy vahiy emas, balki shayton uning tiliga solayotgan vasvasa edi. Chunki Ibn Sayyod vahiy orqali xabar beradigan nabiylar martabasidan ham, qalb nurlari ila haqni to‘g‘ri topadigan, ba’zi narsalarga ilhomlanadigan avliyolar darajasidan ham yiroq edi. U o‘zicha g‘oyibdan xabar berib, goh topib, goh adashib yurardi. «Menga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham kelyapti», deganida, «Senga ish chalkash-chigal bo‘lib ketibdi», degan edilar unga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #81 : 11 Yanvar 2007, 17:13:02 »
Xullas, Ibn Sayyod mo‘min bandalar uchun bir fitna-sinov qilib yuborilgan.

«Halok bo‘luvchilar (ya’ni kofirlik yo‘lini tutuvchilar) ochiq hujjat bilan (ya’ni, Allohning mo‘’jizasiga guvoh bo‘lgan hollarida) halok bo‘lsinlar, tirik qoluvchilar (ya’ni iymonga kiruvchilar) ham ochiq hujjat bilan tirik qolsinlar» (Anfol, 42).

Alloh taolo Muso alayhissalom qavmini buzoq bilan imtihon qilgan edi. Qavm buzoq sababli fitnalanib halok bo‘ldi. Faqat Alloh asragan va hidoyatda sobit etgan bandalargina omon  qoldilar. Ibn Sayyodning kofirligi va ulg‘ayganidan keyingi ahvoli haqida xilma-xil rivoyatlar bor. Ba’zi rivoyatlarda uning tavba qilgani va Madinada vafot etgani hikoya qilinadi. Aytishlaricha, Ibn Sayyodga janoza namozini o‘qimoqchi bo‘lgan musulmonlar uning yuzini ochib ko‘rdilar va «(Uning Dajjol emasligiga) Guvoh bo‘linglar!» deyilgan. Yana bir rivoyatda esa, Harra jangi kunida Ibn Sayyod yo‘qolib qolgani va hech kim uni topa olmagani aytilgan. Vallohu a’lam!» (Xattobiy so‘zi tugadi)
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #82 : 11 Yanvar 2007, 17:13:32 »
 «Ibn Sayyod Madinada o‘ldi», degan gap noto‘g‘ri, chunki Jobirdan (r.a.) sahih sanad bilan rivoyat qilinishicha, u Harra kunida yo‘qolgan.

Demak, Xattobiy fikricha, Ibn Said Dajjol emas balki, bir sehrgar yoki folbin edi. Barcha folbin yoki kohinlar kabi u ham jin-shaytonlari keltirgan xabarni aytgan. Uning xabarlari ba’zan rost, ba’zan yolg‘on bo‘lib chiqqan. Vallohu a’lam.

Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Qurtubiy aytadi: «Ibn Sayyod kohin-folbinlar odatiga ko‘ra, o‘zicha g‘oyibdan xabar berar va uning xabarlari ba’zan rost, ba’zan yolg‘on chiqar edi. Uning xabari atrofga tarqaldi, (lekin) u haqda vahiy nozil bo‘lmadi».

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning aynan kim ekanini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldilar.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #83 : 11 Yanvar 2007, 17:14:06 »
Ahmad Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir yahudiy ayoli bir ko‘zi ko‘r, boshqa ko‘zi esa bo‘rtib-turtib chiqqan bola tug‘di. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning Dajjol bo‘lib chiqishidan xavotir oldilar».

Termiziy Abu Bakradan (r.a.) quyidagi marfu’ hadisni rivoyat qiladi:

«Dajjolning ota-onasi o‘ttiz yil yashab farzand ko‘rmaydilar...» (61-raqamli hadis takrorlangan).
Yana Ahmad va Bazzorlar Abu Zar G‘iforiydan rivoyat qilishadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) meni uning onasi oldiga yubordilar.

– So‘ra-chi, onasi uni necha oy qornida ko‘tarib yuribdi, – dedilar.
– Uni 12 oy ko‘tarib yurdim, – dedi onasi, – tug‘ilgan vaqtida u xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirdi».

Demak, Qurtubiy ham xuddi Xattobiydek Ibn Sayyodni Dajjol emas, balki kohin-folbinlarning biri deb bilgan. Vallohu a’lam.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #84 : 11 Yanvar 2007, 17:14:48 »
Bayhaqiy fikri

«Fathul Boriy»dan keltiramiz: «Bayhaqiy Abu Bakradan Abu Dovud eshitgan quyidagi hadisni aytib o‘tgach, Ibn Sayyod qissasi haqida gapiradi:
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjolning ota-onasi o‘ttiz yil yashab farzand ko‘rmaydi. So‘ng (ularning oilasida) bir ko‘zli bola tug‘iladi...» (61-raqamli hadis).

Mazkur hadis faqat Ali ibn Yazid ibn Jud’an tomonidan rivoyat qilingan va u kuchli emas.

Endi Jobirdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisga kelsak (60-hadis), unda ham ular qasamiga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) jim turib javob berganidan boshqa narsa yo‘q. Ehtimol, o‘sha vaqtda Payg‘ambar alayhissalom Ibn Sayyod haqida aniq bir to‘xtamga kelmagandir. Ammo keyinchalik Alloh tarafidan uning Dajjol emasligi Payg‘ambarga (sollallohu alayhi vasallam) bildirilgan bo‘lishi mumkin.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #85 : 11 Yanvar 2007, 17:15:34 »
Tamim Doriy hadisi (50-raqam) ham ana shu ma’noga dalolat qilmoqda. «Dajjol Ibn Sayyod emas!» deb qat’iy aytuvchilar aynan shu hadisga asoslanadilar va bu yo‘l to‘g‘riroq.

Demak, Ibn Sayyod faqat sifatda Dajjolga o‘xshash bo‘lib qolgan, xolos».

Shundan so‘ng Bayhaqiy Tamim Doriy hadisini keltiradi. Dajjolning Yaman orollarining birida kishanlab qo‘yilgani aytiladi.

Bayhaqiy o‘z so‘zini quyidagicha davom ettiradi: «Tamim Doriyning hadisida oxir zamonda chiqadigan Dajjol Ibn Sayyod emasligiga dalil bor. Ibn Sayyod Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) chiqadi deb xabar bergan yolg‘onchi Dajjollarning bittasi, xolos. Bunaqa kichik Dajjollar ko‘p chiqqan. Qat’iy ravishda: «Ibn Sayyod Dajjol», deganlar Tamim Doriy qissasini eshitmaganga o‘xshaydilar. Illo Tamim Doriy qissasi bilan ular so‘zini sira bir-biriga bog‘lab bo‘lmaydi. Axir, qanday qilib Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan balog‘atga yetar yoshda savol-javob qilgan bola – vaholanki, bu nubuvvat hayoti o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan – nabaviy hayot oxirlariga kelib qaysi bir orolda kishanlanib yotgan bo‘ladi? «Payg‘ambar chiqdimi, yo‘qmi?» deb musofirlardan so‘raydi? Ularni Tamim Doriy qissasidan bexabar qolgan deyish, eng afzal (echimdir)». (Bayhaqiy so‘zi tugadi)
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #86 : 11 Yanvar 2007, 17:16:07 »
Bayhaqiy «ularni» deganda Umar va Jobirni (r.a.) ko‘zda tutmoqda.

Ya’ni, ular: «Ibn Sayyod Dajjol», deb qasam ichganlarida Tamim Doriy qissasidan bexabar bo‘lganlar. Lekin bu taxmin noto‘g‘ri. Chunki Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Tamim Doriy qissasining roviylaridan biri hisoblanadi.

64. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) Abu Dovud hasan sanad bilan rivoyat qiladi. Rivoyatda jumladan shunday deyiladi.
«Ibn Abu Salama aytadi:
Jobir u (Dajjol) Ibn Sayyod deb guvohlik berdi.
– U (ya’ni, Ibn Sayyod) o‘lgan-ku, – dedim men.
– O‘lgan bo‘lsa ham! – dedi Jobir
– (Ibn Sayyod) Islomni qabul qilgan?
– Islomni qabul qilgan bo‘lsa ham!
– U Madinaga kirgan?
– Madinaga kirgan bo‘lsa ham!»
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #87 : 11 Yanvar 2007, 17:16:37 »
Jobir ibn Abdulloh baribir o‘z so‘zida qat’iy turgan. Bunga yuqoridagi hadis ochiq dalil bo‘la oladi. Bizningcha, Jobir (r.a.) Dajjolni juda ko‘p narsaga qodir deb o‘ylaydi. Ya’ni iymoni zaiflarni yo‘ldan ura oladigan darajada g‘ayri oddiy imkoniyatlari bor. Masalan, u bir mo‘minni odamlar ko‘zi o‘ngida o‘ldirib, so‘ng tiriltiradi. Dajjol uzoq orollarning birida zanjirband bo‘lib yotishi va keyin yahudiy oilasida go‘dak bo‘lib dunyoga kelishi ehtimoldan uzoq emas. So‘ng 63-yilda Harra kunida birdan g‘oyib bo‘ladi va to oxirzamonga qadar Isbahon yahudiylari yurtida yashirinib turadi. Vallohu a’lam!

Endi Bayhaqiy shubhalari haqida gaplashamiz. Alloma Ibn Sayyodning bolog‘atga yaqin yoshda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan uchrashganidan so‘ng qanday qilib oradan uncha uzoq vaqt o‘tmasdan qaysi bir oroldagi zanjirband qariyaga aylanib qolishidan ajablanadi. Ya’ni, bu ikki narsani bir-biriga bog‘lab bo‘lmasligini aytadi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #88 : 11 Yanvar 2007, 17:17:19 »
Agar Dajjolni ham bashariy qonun-qoidalarga, insoniy chegaralarga tushadi, deb hisoblansa, Bayhaqiy so‘zini tasdiqlashdan o‘zga chora qolmaydi. Lekin Dajjolga g‘ayri oddiy imkoniyatlar berilgan va u mana shu imkoniyatlar yordamida kishilarni fitnalaydi, degan fikrga qo‘shilsak, inshaalloh, masala o‘z-o‘zidan yechiladi. Shunda Umar ibn Xattob va uning o‘g‘li Abdulloh Ibn Umarlar rayi haq bo‘lib chiqadi.

Bayhaqiy: «Dajjol odamlardan: «Payg‘ambar chiqdimi?» deb xabar so‘radi. Nega?» mazmunida savol beradi. Ya’ni, Ibn Sayyodning Dajjol emasligiga mana shuni ham dalil qilib ko‘rsatadi. Lekin quruq savolning o‘zi uning bexabar ekanini anglatmaydi. Ba’zan kishi o‘rgatib qo‘yish niyatida (bilib olish uchun emas), bildirish uchun ham savol berishi mumkin. U holda savol-javob o‘rgatish uchun bir vosita hisoblanadi, xolos. Masalan, Dajjol Tamim Doriy va uning sheriklariga: «Axir unga (sollallohu alayhi vasallam) itoat qilishlari (arablarning) o‘zlari uchun yaxshi emasmi?» dedi. Alloh va Rasulini qattiq yomon ko‘radigan Dajjol nega endi payg‘ambarga itoatga da’vat qilyapti?!
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
« Javob #89 : 11 Yanvar 2007, 17:17:40 »
Ha! Alloh taolo ba’zida eng ashaddiy kofir tilidan ham haq kalimasini chiqarishi mumkin. Sahih hadisda shaytonning bir sahobaga quyidagi narsani o‘rgatgani rivoyat qilinadi: Shayton sahobaga dedi: «Oyatul kursiyni o‘qisang, Alloh seni men(ing yomonligim)dan saqlaydi». So‘ng sahobiy uning so‘zlarini Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetkazdi. «U o‘zi yolg‘onchiyu, (lekin) senga rost so‘zlabdi», dedilar Payg‘ambar alayhissalom.

Tamim Doriyning Makkaga kelib Islomni qabul qilishiga Dajjol so‘zlarining ham ta’siri bo‘ldi.

Yuqorida Bayhaqiyning Ali ibn Yazid ibn Jud’anni – Abu Bakra hadisi roviylaridan birini zaif degani aytib o‘tilgan edi. Lekin Termiziy Ali ibn Yazidni «rostgo‘y» deb sifatlagan. Ma’lumki, «jurh» (bir kishiga zaif, ishonchsiz, deb ta’rif berish) ochiq bo‘lmasa, qabul qilinmaydi. Ya’ni, tanqid qiluvchi kishi o‘z so‘ziga hujjat keltirishi shart. Aks holda tavsiq (roviyni ishonchli, rostgo‘y kabi so‘zlar bilan sifatlash) jurhdan yuqori qo‘yiladi.
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

 

Muhammad Huzariy. Nur-ul yaqin

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 545
Ko'rilgan: 170726
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 08:27:09
muallifi AbdulAziz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari

Muallif AbdusalomBo'lim Islom

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 93453
So'nggi javob 30 Noyabr 2013, 14:05:53
muallifi Ҳанафий
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43278
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32198
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Rasululloh (s.a.v.) qaytarganlar

Muallif MuslimaxonBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 31787
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:30:54
muallifi AbdulAziz