Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 200913 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:18:07

Navaviyning fikri

Imom Navaviy «Sahihi Muslim» sharhida yozadi:
«Uni Ibn Sayyod yoki Ibn Said deyishadi. Asli ismi Sof. Ulamolar aytadilar: «Ibn Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi tortishuvli masala. Bu mushkul qissa. Lekin uning kichik Dajjollardan biri ekaniga hech shak-shubha yo‘q. Hadislar zohiriga ko‘ra, Ibn Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi haqida vahiy tushmagan. Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) faqat Dajjolning sifatlari tushirilgan va ba’zi o‘xshashliklar Ibn Sayyodda topilgan. Shuning uchun ham Payg‘ambar alayhissalom u haqda keskin bir so‘z aytmaganlar. Umar (r.a.) uni o‘ldirmoqchi bo‘lib izn so‘raganida ham: «Agar u Dajjol bo‘lsa, hech qachon o‘ldira olmaysan», deyish bilan kifoyalangan edilar».

Ammo Ibn Sayyodning musulmonligi, Dajjolning esa kofir bo‘lishi, uning bolasi borligi, Dajjolning esa farzandsiz o‘tishi, Ibn Sayyodning Madinaga kirgani va Makka tomon safar qilgani, Dajjolning Makka-Madinaga kirmasligi — bularning barchasi Ibn Sayyodning Dajjol emasligiga dalil bo‘la olmaydi. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjolning oxir zamondagi, ya’ni insonlarni fitnaga solgan vaqtidagi sifatini aytganlar.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:18:27

Ibn Sayyod qissasining ishtibohligi uning yolg‘onchi-kazzob Dajjollardan biri ekaniga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Mening Rasululloh ekanimga guvohlik berasanmi?» deb so‘rashi va qilgan da’volari dalildir.

Ibn Sayyod quyidagi da’volarni qilar edi:
— Oldimga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham keladi.
— Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman.
— Agar menga (Dajjol bo‘lish) taklif qilinsa, yomon ko‘rmasdim.
— Men u (Dajjol)ning o‘zini ham, tug‘ilishini ham va hozir qaerda ekanini ham yaxshi bilaman.
«Ibn Sayyod shishib-kattalashib, hatto yo‘lni to‘ldirdi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:18:47

Ibn Sayyodning o‘zini muslim ko‘rsatishi, haj-jihod qilishi va unga nisbatan bildirilayotgan shabha-gumonlardan tonishi — bularning barchasi uning Dajjol emasligiga ochiq dalil bo‘la olmaydi» (Navaviy so‘zi tugadi).

Navaviyning oxirgi so‘zidan ham ko‘rinib turibdiki, u Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar va Jobir ibn Abdulloh rayini ma’qullagan. Chunki Ibn Sayyodda ko‘ringan ba’zi narsalar uning katta Dajjol bo‘lishini man qilmaydi. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan Dajjol sifatlari-ishlari faqat oxir zamonda — Dajjol chiqqan vaqtda zohir bo‘ladi. Vallohu a’lam!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:19:09

Ibn Battolning fikri

«Fathul Boriy»da yoziladi: «Ibn Battol Jobir (r.a.) dalilini, ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlarida Umar ichgan qasamga tayanib, Jobirning ham qasam ichganini tasdiqlab shunday deydi:

«Ba’zilar aytishi mumkin: Umar (r.a.) Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): «Ruxsat bering, uning bo‘yniga uray», deya murojaat etganida Payg‘ambar alayhissalom quyidagi javobni bergan edilar.

— Agar u Dajjol bo‘lsa, sen unga (uni o‘ldirishga) hargiz qodir qilinmassan!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:19:27

Bu Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganliklariga ochiq dalil. Ya’ni, Umar (r.a.): «Ibn Sayyod — Dajjol», deb qasam ichganida Payg‘ambar alayhissalomning sukut etganlari Umar qasamini tasdiqlaganlari bo‘lmaydi.

Biz bu e’tirozga quyidagi ikki javobni berishimiz mumkin.

1. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikkilangan vaqtlarida ham Alloh taolo u zotga Ibn Sayyodning Dajjol ekanini bildirmagandir... Keyin, ya’ni, Alloh taolodan ilm kelganidan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umar (r.a.) qasamlariga e’tiroz bildirmadilar.

2. Arablar ba’zan ochiq-oydin so‘zlarni ham xuddi shubhalanayotgan kishining uslubi bilan gapiradilar. Demak, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni (r.a.) Ibn Sayyod qonini to‘kishdan lutf qilib qaytarganlar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:19:56

Ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarga «Agar u Dajjol bo‘lsa, hargiz (uni o‘ldirishga) qodir qilinmassan», deganlarida lutf qilgan edilar. Bu Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganliklarini anglatmaydi. Aksincha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning Dajjol ekanini bilib turib, bir hikmat sababli ochiq aytmagandirlar. Zero, Alloh taolo Payg‘ambariga bu xabarni e’lon etishni buyurmagan edi. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni qaytarar ekanlar, ochiq gapirmasdan, lutf bilan to‘xtatib qo‘ya qoldilar.

Ko‘rinib turibdiki, Ibn Battol Ibn Sayyodni Dajjol deb bilgan. Lekin u qat’iy o‘z fikrini bayon qilmagan. Vallohu a’lam!

Ibn Battol Ibn Sayyodning Dajjol ekaniga dalolat qiluvchi hujjat keltirgan:

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:20:18

65. Ibn Umardan (r.a.) Abdurazzoq sahih sanad bilan rivoyat qiladi:
«Ibn Sayyodni bir yahudiy kishisi bilan birga ko‘rdim. Uning bir ko‘zi so‘nib (ko‘r bo‘lib), xuddi tuyaning ko‘zidek tashqariga chiqib turardi.
— Ey Ibn Sayyod, Alloh haqqi ayt-chi, qachon ko‘zing so‘ndi (ko‘rmay qoldi)? — deb so‘radim.
— Rahmonga qasamki, bilmayman, — deb javob berdi Ibn Said.
— Yolg‘on gapiryapsan! Boshingdagi ko‘zingni bilmaysanmi?!
U ko‘zini siladi-da, uch marta xirillab yubordi. (Yonidagi) yahudiy meni qo‘li bilan uning ko‘kragiga urdi, deb o‘yladi. Men unga dedim:
— Tur, yo‘qol! Haddingdan oshma!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:20:37

 (Keyin) bu voqeani Hafsaga hikoya qilib berdim. Hafsa dediki:
— Sen undan uzoq yur. Aytishlaricha, Dajjol u g‘azab qilgan vaqtda chiqar ekan».
Muslim ham mazkur hadis ma’nosidagi rivoyatni keltirgan. (56-hadis).

Ibn Battol aytadi: «Agar bu ham ikkilanishga dalolat qiladi, deyishsa, unda quyidagicha bo‘ladi:

Ibn Sayyodning Iso ibn Maryam o‘ldiradigan ulkan Masih Dajjol ekani noaniq bo‘lsa ham, har qalay uning Qiyomat oldidan chiqadigan kazzob Dajjollarning biri ekanida hech qanday shubha yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bunday kazzoblardan bizni ogohlantirib: «Qiyomat oldidan dajjollar-kazzoblar chiqadi», deganlar...» (Ibn Battol so‘zi tugadi)

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:20:56

Lekin Hafsa roziyallohu anhoning inisi Abdullohga aytgan so‘zi ikkilanishga dalolat qilmaydi. Hafsa roziyallohu anho Ibn Sayyodning g‘azabini keltirmaslik lozimligini uqtirgan. Chunki Dajjolning chiqishiga mana shu g‘azab sababchi bo‘lardi. Hafsa roziyallohu anho Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitgani uchun shunday dedi (56-hadis). Ibn Hajar Ibn Battolning oxirgi so‘zlarini shunday sharhlaydi:

«Xulosa shuki, u (ya’ni, Ibn Battol) Ibn Sayyodni qat’iy ravishda Dajjol demagan. Natijada Umar, undan keyin Jobirlar (r.a.) ichgan qasam javoblari haqidagi savol yana o‘z o‘rnida qoladi». Ya’ni, modomiki Ibn Sayyodning Masihi Dajjol ekani hali aniq emas ekan, nega Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni (r.a.) qasam ichib: «Ibn Sayyod Dajjol», deyayotganida to‘xtatmadilar?

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 17:21:12

Ammo Hafsa va Ibn Umar qissasida Ibn Battol ko‘zda tutgan ikkilanish aslida hech qanday asosga ega emas. Aksincha, dalil uning ziddiga dalolat qiladi. Aniqki, Hafsa ham, Ibn Umar ham (oxir zamonda chiqishi kutilayotgan) katta Dajjolni nazarda tutishgan. Bu haqda Ibn Hajar shunday deydi:

«Ibn Umar va Hafsa roziyallohu anhumolar qissasida ularning katta Dajjolni nazarda tutganiga dalil bor.

Abu Dovud sahih sanad bilan Muso ibn Aqabadan, u Nofe’dan rivoyat qiladi:

«Ibn Umar aytar edi:
— Allohga qasamki, men Masih Dajjol mana shu Ibn Sayyod ekaniga hech shubha qilmayman» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).

Qayd etilgan