Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari  ( 264930 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 27 B


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:46:20

Ikkinchi fasl
Qiyomatning yaqin qolgani haqida xabar beruvchi zikrlar

Bu faslda Qiyomatning yaqinligi va uning kichik shartlari bayon qilingan sahih hadislar keltiriladi. Tushunish qiyin bo‘lgan ayrim so‘zlar ustidagina bir oz to‘xtab o‘tiladi. Alloh madadkordir!

1. Buxoriy va Muslim Sahl ibn Sa’d as-Sayyodiydan (r.a.) rivoyat qilishadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikki barmoqlariga ishora qilib, ularni cho‘zib turib aytdilar: «Men (payg‘ambar qilib) yuborilganimda Qiyomat mana shu ikkisidek edi».

2. Imom Ahmad Buraydadan rivoyat qiladi: «Men yuborildim. Qiyomat mendan o‘zay-o‘zay deb qoldi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:46:38

3. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: «Men Qiyomat nafasida yuborildim. Undan xuddi mana bunisi unisidan o‘zganidek o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar.

«Qiyomat nafasida» — ya’ni, nafas olishida. Bu ham yaqinlikni bildiruvchi belgi, ya’ni, inson boshqa bir kishining nafasini eshitish uchun juda yaqin turishi kerak.

4. Buxoriy va Muslim Ibn Umardan rivoyat qilishadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarning muhlat-ajallaringiz ilgarigilar ajali oldida asr namozidan quyosh botgunichalik (muddat), xolos».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:46:59

5. Ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida edik. Asrdan keyin edi. Quyosh Qu’ayqion tog‘i (Makkadagi tog‘) ustida edi. Nabiy alayhissalom dedilar: «O‘tgan kishilar umri oldida sizlarning umrlaringiz xuddi mana shu kunning o‘tgan qismi oldidagi qolgan qismi kabidir» (Ahmad rivoyati. Sanadi sahih).

Hadisda asrdan keyingi quyosh botishiga yaqin qolganidek, Qiyomat qoyimga ham yaqin qolgani aytilmoqda.

6. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan, Zotga qasamki, imomlaringizni o‘ldirib, (bir-biringizga) qilich solmagunlaringizgacha va dunyolaringizni yomonlaringiz meros qilib olmagunicha, Qiyomat qoyim bo‘lmaydi».

Bu fitna bo‘lib o‘tgan. Usmon ibn Affon o‘ldirildi. So‘ng fitna avj oldi. Allohning o‘zi asrasin!

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:47:20

7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Musulmonlarning ikki guruhi bir-birlari bilan urushmagunicha Qiyomat bo‘lmaydi. Ular o‘rtasida ulkan jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisining da’vosi bitta bo‘ladi» (Muttafaqun alayh).

Bu ish Siffin jangida ko‘rindi.

8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
— Harj ko‘paymagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi.
— Yo Rasululloh. Harj nima o‘zi? — deb so‘rashdi sahobalar.
Qatl, qatl, — deb javob berdilar Nabiy alayhissalom» (Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:47:34

9. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Qiyomat oldidan qop-qorong‘u tun bo‘laklaridek fitnalar bo‘ladi. Kishi mo‘min holda tong ottirib, kofir holda kech kirgizadi. Mo‘minligida kech kirgizgan kishi kofir bo‘lib tong ottiradi. Qavmlar o‘z dinlarini dunyoning bir arazi — o‘tkinchi narsasi uchun sotadilar» (Termiziy rivoyati. Hasan sahih).

10. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dunyoda eng saodatli kimsa Luka’ ibn Luka’ bo‘lib qolmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati, hasan).

Luka’ ibn Luka’ — past, yaramas qul yoki nodon kimsa.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:48:37

11. Anas ibn Molik (r.a.) vafoti yaqinlashganida aytdi: «Sizlarga Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) bir hadis aytib beraymi?! Mendan keyin hech kim uni sizga aytmaydi! Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman:

— Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning zohir bo‘lishi, xamrning ichilishi, zinoning yoyilishi va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir. Hatto ellik ayolga bitta qarovchi-erkak bo‘ladi».

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:48:49

12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Hijoz yeridan olov chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Hijozdan chiqqan bu olov) Busradagi tuyalarning bo‘ynini yoritadi» (Muttafaqun alayh).

Ibn Hajar aytadi: «Qurtubiy o‘zining «Tazkira»sida shunday deydi: «Hijoz olovi Madinadan chiqdi. U tungi ulkan zilzila bilan boshlandi. Bu 654 hijriy sana, jumodul oxirning uchinchi (seshanba) kunida boshlanib, juma kuni peshinga yaqin tugadi».

Navaviy aytadi: «Barcha Shom ahli bu olovning chiqqanini juda yaxshi biladi» («Fathul Boriy»dan).

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:49:01

13. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga bordim. Payg‘ambarimiz dedilar: «Qiyomat oldidan olti narsani sana: mening vafotim, so‘ng Baytul Maqdis fathi, so‘ng xuddi chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan o‘lat, so‘ng mol-dunyoning to‘lib-toshishi, so‘ng bironta arab xonadonini qoldirmay kiradigan fitna, so‘ng sizlar bilan Bani Asfar o‘rtasidagi tinchlik. Ular aldaydilar. Sizlarning ustingizga saksonta tug‘ bilan (bostirib) kelishadi. Har bir tug‘ tagida o‘n ikki ming (jangchi) bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati).

«Chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan o‘lat». Ya’ni, orangizda bir kasallik tarqaladi va shu sababli o‘lim ko‘payadi. Bu Umar (r.a.) davrida Shomda tarqalgan vabo deb taxmin qilinadi. Mana shu vaboda Abu Ubayda va boshqa ko‘plab musulmonlar o‘lgan.

Endi Bani Asfarning xiyonatiga kelsak, ular saksonta bayroqning har biri ostiga o‘n ikki ming jangchini to‘plab bostirib keladi. Ya’ni, qariyb bir million askar bilan hujumga o‘tadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:49:29

14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dajjol (kelishi) oldidan bir necha yillar aldov-makrlar bo‘ladi. Bu yillarda rostgo‘y yolg‘onchiga chiqarilib, yolg‘onchi rostgo‘y sanaladi. Omonatdor xiyonatchiga, xiyonatkor esa omonatdorga chiqariladi. Mana shu muddatda Ruvaybaza gapga tushadi» (Ahmad, Abu Ya’lo va Bazzozlar rivoyat qilgan. Sanadi juda yaxshi).

Xuddi shu mazmundagi boshqa bir hadisni Ibn Moja Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Unda quyidagi qo‘shimcha ham bor:
«— Yo Rasululloh, ruvaybaza nima degani o‘zi? — deyishdi sahobalar.
Payg‘ambarimiz javob berdilar:
— U ommaning ishi haqida (o‘zicha) gapiruvchi bema’ni — bachkana kimsa».

Biz bugun uni ko‘pchilik notiq va jurnalistlar timsolida ko‘ryapmiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  11 Yanvar 2007, 07:49:43

15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Qiyomat qoyim bo‘lmaydi, toki ikki ulkan jamoa urushmagunicha. Ular o‘rtasida katta jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisi bir narsani da’vo qiladi. Toki o‘zini payg‘ambar hisoblaguvchi o‘ttizta dajjol chiqmagunicha, toki ilm olib qo‘yilmagunicha, zilzilalar ko‘payib, zamon yaqinlashib, fitnalar zohir bo‘lib, harj (qatl) ko‘payib ketmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Toki orangizda mol dunyo to‘lib-toshib, hatto mol egasiga zakotni oladigan kishi(ni topish) qayg‘u bo‘lmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Mol egasi birovga zakotini bersa, u: «Buning menga keragi yo‘q», deb aytmagunicha, shuningdek, toki odamlar uy qurishda musobaqaga kirishib, toki qabr yonidan o‘tayotgan kishi: «Qani edi uning o‘rnida bo‘lsam», deb aytmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Quyosh g‘arbdan bosh ko‘tarmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Quyosh g‘arbdan bosh ko‘targach, uni ko‘rib hamma-hamma iymon keltiradi. Bu ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida xayr-yaxshilik kasb qilmagan kishiga iymoni foyda bermaydigan paytdir» (Muttafaqun alayh. Hadis lafzi Buxoriyniki).

Muslim ularni alohida-alohida rivoyat etgan. Hadisda sanab o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi. Ammo katta alomatlar, ya’ni, quyoshning g‘arbdan chiqishi, zamonning qisqarishi va boshqalar Iso alayhissalom tushib, xinzirni (cho‘chqa) o‘ldirganlaridan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Qayd etilgan